folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Qashqadaryo viloyatining deyarli 200 mingga yaqin o`rta maktab o`quvchilari “Mening kinoqahramonim” mavzusida o`tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok etmoqda | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bugun Qashqadaryo viloyatidagi 1200 ta maktabda “Mening kinoqahramonim” mavzusida insholar tanlovi o`tkazilmoqda.
1200 dan ortiq maktabning 200 mingga yaqin 8-10-sinf o`quvchilari klassik va zamonaviy milliy filmlar bilan tanishib, ijodiy insholar yozmoqda. O`quvchilarga namoyish etish uchun Abdulla Qodiriy asari asosida suratga olingan “O`tkan kunlar” (1969), O`zbekiston Prezidenti topshirig`i bilan rejissyor Furqat Usmonov tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” (2020), Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Ilhak» (2021) va rejissyor Ilhom Xaydarov toionidan suratga olingan “Matonat maktabi” (2022) filmlari tanlab olingan.
– O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov viloyatimizning Koson tumanida tug`ilganligidan fahrlanaman, ma`lumki uning 7 nafar aka-uka va opa-singillari bor edi, – deydi Qarshi tumanidagi 10-maktabning 9-sinf o`quvchisi Nurmatov Quvonch. - Menga film juda yoqdi. Abdulla Oripov dono, vazmin, bilimli inson. Uning tajribasi biz uchun katta saboq bo`ladi. Uning she`rlari maktab o`quv dasturiga kiritilgan bo`lib, adabiyot rivojiga katta hissa qo`shganini bilamiz. Uning haykali Toshkentdagi Yozuvchilar xiyoboniga o`rnatilgan, biz uni ko`rish uchun albatta boramiz.
– Zulfiya Zokirovaning hikoyasi meni juda ham ta`sirlantirdi. U hech bir ona chiday olmaydigan fojiaga bardosh berdi, - deydi 10-maktab o`quvchisi Rahmatullaeva Charos. - Filmni ko`rib hammamiz yig`ladik. Bu qo`rqinchli, lekin ayni paytda juda ta`sirli va muhim hikoya. Unda Vatanga sadoqat, xalqimizning buyuk jasorati haqida so`z boradi.
– Biz “Matonat maktabi” filmini tomosha qildik. Tokio Olimpiadasida g`olib bo`lgan paralimpiyachi sportchimiz Elbek Sultonovning matonati meni juda ham ruhlantirdi. Biz, yoshlar hayotda o`z o`rnimizni topishimiz uchun Prezidentimiz tomonidan juda ko`p ishlar amalga oshirilmoqda, biz ham shunga yarasha bilimlarimizni oshirishimiz, o`qib o`rganish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim, – deydi 10-maktabning 9-A sinf o`quvchisi Avliyaqulov Ozod.
– Biz to`rtta film namoyishini tashkil etdik va ushbu tashabbus bolalarni qanchalik ilhomlantirayotganiga, ular obraz va personajlar bilan ishlayotganiga guvoh bo`lyapmiz. Ular insho ustida ishlashga puxta tayyorgarlik ko`rishmoqda va mas`uliyat bilan yondashmoqda, – deydi Qarshi tumanidagi 10-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Xafiza Xudoyberdieva.
– Bugun maktablarda insholar ko`rik-tanlovi bo`lib o`tmoqda, keyinroq tuman bosqichi bo`lib o`tadi, 15 ta tumanning eng yaxshi o`quvchilari esa viloyat bosqichida g`oliblik uchun kurash olib boradi. Insholar tanlovi 17 mayga qadar davom etadi, – deydi Qarshi viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i Karimov To`lqin Tursunovich.
– Maqsadimiz bolalarning milliy kinoga bo`lgan mehrini uyg`otish, shuningdek, real hayotda uchrashi mumkin bo`lgan qahramonlarning turli xarakterlarini ko`rsatishdan iborat. O`tkazilayotgan aksiya yoshlarning ma`naviyatini shakllantirishga, yaxshilik va yomonlik, sadoqat va xiyonat nima ekanligini haqida hayotiy misollar yordamida ma`lumot berishga yordam beradi, natijada yoshlar hayotda to`g`ri yo`lni tanlashga o`rganadi, – deb fikr bildirdi Kinematografiya agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida o`tkazilayotgan madaniy-ma`rifiy tadbirlar davom etmoqda. | 161 | 3,447 |
Madaniyat | Jurnalist Boris Babayev: Iosif Kobzon o‘zbek xalqini yaxshi ko‘rardi | O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Boris Babayev 70-yillar oxirida Toshkentda Iosif Kobzondan katta intervyu olgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Sputnik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobzon 70-yillar oxiri — 80-yillar boshida O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurgan. Aynan Toshkentdan u 9 marta urush qo‘ynidagi Afg‘onistonda konsertlar berish uchun uchib ketgan.
Toshkentdagi ofitserlar uyida bo‘lib o‘tgan konsertidan keyin, Kobzon Boris Babayevga intervyu bergan.
“Men shunchalik kuchli odamni ko‘rdim, u o‘ziga ishongan odam edi. Biz o‘shanda u bilan juda yaxshi suhbat qurdik. Iosif Kobzon bolaligini, oilasi O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan davrlarni, Yangiyo‘ldagi yog‘ zavodi yaqiniga kelib qolganlarini esga oldi”, — dedi jurnalist.
O‘shanda Kobzon o‘zbek xalqi sharofati bilan ularning oilasi omon qolganligini alohida ta’kidlagan. Uy egalari ular bilan so‘nggi bo‘lak nonini bo‘lishib yegan.
O‘zbekistondagi hayoti haqidagi xotiralari bilan Iosif Kobzon Boris Babayev ssenariysi asosidagi “Toshkentning katta yuragi” filmida ham bo‘lishgan.
Urush tugagach, Iosif Kobzonning oilasi Ukrainaga qaytib ketgan. Kobzon mashhur bo‘lib ketganidan keyin, u faxriylarni tabriklash uchun Toshkentga xayriya konsertlari bilan ko‘p kelgan. U O‘zbekistonga kelishni yaxshi ko‘rardi, bu yerga uning buvisi dafn qilingan. | 68 | 1,315 |
Madaniyat | Rossiya Tergov qo‘mitasi: Detsl o‘tkir yurak yetishmovchiligidan o‘lgan | Detsl taxallusi bilan ijod qiluvchi reper Kirill Tolmatskiy “yurak-qon tomir tizimidagi kasalliklarning asorati” o‘tkir yurak yetishmovchiigidan vafot etgan, deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ekspertlar musiqachining tanasida hech qanday jarohat izlarini topmagan, deyiladi sud-tibbiy ekspertiza xulosasida.
Kirill Tolmatskiy 3-fevral kuni Ijevskdagi konsertdan so‘ng vafot etgan. Avvalroq, musiqachi yuragi to‘xtab qolgani sabab vafot etdi deya hisoblanayotgan edi. | 71 | 494 |
Madaniyat | Alisher Fayzning konsert dasturidan fotoreportaj | 9—13-may kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz “Vasling izlab” deb nomlangan navbatdagi konsert dasturini taqdim etmoqda.
Dasturning birinchi kunida suratga olingan eng qiziq jarayonlardan iborat fotoreportaj hukmingizga havola qilinadi. | 48 | 309 |
Madaniyat | Foto: Nilufar Usmonovaning qizi Sa’diyaning ilk surati | Nilufar Usmonova birinchi marta qizi Sa’diyaning suratini ko‘rsatdi, deb yozadi My Day xonandaning matbuot kotibiga tayanib. Aniqrog‘i, suratni Liv Hospital klinikasi taqdim etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda homiladorlik vaqtida Liv Hospital xizmatlaridan doimiy ravishda foydalangan va shu sababli qizaloq dunyoga kelishi bilanoq, Liv Hospital’ning yangi yuziga aylangan, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Liv Hospital Turkiyadagi tibbiyot markazlari tarmog‘idir. | 54 | 466 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik yigit Los-Anjelesdagi kinofestivalda o‘zining qisqa metrajli filmi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi | Anvar Madraimov joriy yilning yozida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Hollyshorts Film Festival kinofestivalida o‘zining A Brithday Card filmi bilan qatnashib yosh kinomatograflar orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Narimon Madraimov “Daryo”ga xabar berdi.
Bu endi boshalanyotgan faoliyatim davomida qo‘lga kiritgan birinchi mukofotim va men buni O‘zbekiston Mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlashni istayman. Men sevimli mamlakatimiz va mehribon xalqimiz barcha yuksak marralarni egallashini tilayman.
Biz nafaqat kino sanoatimizni yaxshilay olamiz, balki jahon maydonlarida ham o‘z so‘zimizni ayta olishimizga ishonaman.
Anvar Madraimov
Anvar Madraimov 1995-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Turin universitetining poytaxtdagi litseyida o‘qigan. Shundan so‘ng 2013—2017-yillar oralig‘ida Los-Anjelesdagi New York Film Academy kino maktabining kinomatografiya fakultetida tahsil olgan.
Hollyshorts Film Festival festivalida faqatgina qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi. U Kaliforniya shtatidagi eng nufuzli festivallardan biri bo‘lib, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda unda 65 mamlakatdan 4000 ga yaqin filmlar ishtirok etdi. 10 kun davom etgan festivalning 4 kuniga Anvarning filmi drama yo‘nalishida namoyish etilgan.
A Birthday Card filmi yangi yoki yaxshi tanish bo‘lgan eski hayot o‘rtasidagi tanlov haqida so‘zlaydi. | 119 | 1,349 |
Madaniyat | O‘zbek san’atkorlari qanday noqulay vaziyatlarga tushgan? | O‘zbek shou-biznesi vakillari “Darakchi.uz” nashriga o‘zlari tushgan noqulay holatlar haqida hikoya qilib berdi.
“Ustozimning oldida noqulay bo‘ldi”
Mirolim Qilichev, aktyor:
– Bir kuni ustozimni bozorda savdo qiladigan qarindoshimning yoniga olib borib tanishtirdim. “Bu kishi menga ustoz bo‘ladi”, deya. Balki qarindoshimning kayfiyati yo‘qmi yoki ishi bilan bog‘liq biror muammo bo‘lganmi, xullas menga qarata “Xo‘sh, nima qilay?” degan. Ustozim oldida uyatdan bo‘larim bo‘lgandi. Uzr so‘rab, “Yo‘l-yo‘lakay kirib o‘tgandik”, deganman.
“To‘yga borib...”
Aziz Rajabiy, xonanda:
– Ijodimni endi boshlagan kezlar, birrovga xizmatga chaqirishdi. Navbatim kelib kuylayotganimda bir mashhur hofizning ma’muri yonimga kelib, qulog‘imga asta shivirladi: “Qo‘shiqni tezroq tugating, bizga gal berishmoqchi”. Shu payt ikkinchi taronani boshlayotgandim. Xayolim buzilib, fonogramma ketayotganini ham bilmabman. Birinchi kupletning ikkinchi qatori boshlanganida o‘zimga keldim. Bundoq qarasam, hamma menga qarab turibdi. Ma’murimga qarab, “musiqani o‘chir” dedim-u, to‘yxonadan yerga qarab chiqib ketdim. Juda noqulay ahvolga tushgandim.
“Qimmatbaho idishni sindirdim...”
Madina Mumtoz, xonanda:
– Yangi kelinligimda qaynonamning yaxshi ko‘rgan idishini sindirib qo‘yganman. Ko‘rib qolmaslaridan tezgina yig‘ishtirib ola qolay deganimda, qaynonam kirib kelgan. “Oyijon, yaxshi ko‘rgan idishingizni sindirib qo‘ydim, atay qilmadim”, deganman yig‘lamsirab. Oyijonim bo‘lsa, “Xafa bo‘lmang, yaxshilikka bo‘lsin, joningiz sog‘ bo‘lsa bo‘ldi, qizim”, degan. Shu voqeani eslasam, o‘sha paytda rosa uyatga qolganim ko‘z oldiga keladi.
“O‘zimniki o‘zimga qaytdi...”
Farhod Abdullayev, bastakor:
– Mendan yordam so‘rab kelgan odamni qaytarganman “qo‘limdan kelmaydi”, deb. Aslida esa uddalaydigan ishim edi. Yolg‘on so‘zlaganimdan xijolat bo‘lib, ancha vaqt o‘zimni kechirolmay yurdim. Oradan vaqt o‘tib esa o‘zim ham xuddi shunday vaziyatga tushdim. Umid qilgan odamlarim ko‘mak berishmadi. Bir vaqtlar o‘zim qanday qilib, o‘sha odamni qaytargan bo‘lsam, menga ham shunday muomala qilishdi. Bildimki, har bir narsaning javobi bo‘larkan.
“Qayerdaligim esimdan chiqqan”
Aziza Nizomova, xonanda:
– Ijodiy safar payti qattiq charchaganimdanmi, qaysi viloyatda ekanligimiz yodimdan ko‘tarilgan. Samarqand shahridagi tadbirda sahnaga chiqqanman-da, “Buxoro yoshlari, salom!”, deganman. Keyin adashib ketganimni bilganimda rosa uyalgandim.
“Bolaligimga borganman...”
Nigina Anorboyeva, aktrisa:
– Kichikligimda nastarin gulini uzaman deb, qilgan ishim bir umrlik saboq bo‘lgan. Ko‘p qavatli uylardan birining atrofida gullab turgan nastarin daraxtiga ko‘zim tushgan-u, shartta bir bandini uzib olganman. Shu payt podyezddan onam va nastarin daraxtining egasi chiqib kelishdi. Onamni ko‘rib, “Siz yaxshi ko‘rasiz deb uzgandim, olib bormoqchi edim”, dedim. Ikkisi ham menga qarab kulishgan bo‘lishsa-da, onam “So‘ramay olmaydi”, deya koyigandi.
“Anglab-anglamay izza bo‘lgandim...”
Samandar Hamroqulov, xonanda:
– Talabalik paytlarimiz to‘y xizmatlariga chiqardik. Endi to‘ylarga chiqib yurgan paytlarim yotoqxonadagi do‘stlarim “Qaytayotganingda to‘y xonadagi ayollarga aytsang, paket qilib berishadi, dasturxondagi noz-ne’matlari bilan”, deyishdi. Tajribasizligim shu yerda pand bergan. Toshkent to‘ylarida shunday qilinarkan-da deb, o‘sha kuni to‘yxonadan chiqayotganda “paket” berishlarini aytganman. Xizmatga esa birinchi marta Ahror Usmonov bilan borgandim. U kishi “Bu nima?” deganlarida “O‘zimgamas, do‘stlarimga” deganman-u darrov noto‘g‘ri ish qilganimni bilib, yerga kirib ketgudek bo‘lganman. Ahror aka, “Hechqisi yo‘q, biz ham talaba bo‘lganmiz”, deganini hali ham yaxshi eslayman.
“So‘zlarim adashib ketgan...”
Ra’no Alimova, tele-radio boshlovchi:
– Ko‘p yillar avval bir voqea bo‘lgandi. Qaysidir tadbirda rus tilida so‘zlashim kerak bo‘lgan. Qattiq hayajonlanganimdan rus va o‘zbek tilidagi matn aralashib ketgan. Yanglish so‘zlayotganimni bilib, vaziyatni to‘g‘rilay olganman-u, ammo qilgan ishimdan xijolat bo‘lgandim.
“Kutilmagan voqea bo‘lgan...”
Anvar Sobirov, xonanda:
– Teatrda ustozlar bilan uchrashuv bo‘ldi. Menga navbat kelganida boshlovchi “Qo‘shiqni tugatgach, ustoz san’atkorni tanishtiring”, dedi. Kuylayotganda o‘zim bilan bo‘lib, ustozning ismi xayolimdan ko‘tarilsa deng. Muxlislarga ustoz san’atkorni ta’rifini keltirayapman-u, ismlarini aytolmayman-da. Naq 10 daqiqa uyatdan shunday qiynaldim. Oxiri parda ortidan turgan kishilardan biri ahvolimni fahmladi chog‘i, yordam berib yubordi.
“Telefonim sharmanda qilgan”
Sarvar Azimov, xonanda:
– Sensorli telefonlar endi chiqqan payti edi. Bir tanishim qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Rosti unga unchalik ro‘yxushligim yo‘q edi. Suhbatlashib, telefonni o‘chirdim. Biroq sensor tizimining qo‘l harakatiga sezuvchanligini bilmasdim. Yonimdagi do‘stlarimga qo‘ng‘iroqlashgan tanishimni obdon yomonlab, kamchiliklarini aytaveribman. “Aqlli” telefonim esa tanishimga sim qoqib, barchasini yetkazib turgan ekan. Keyin u menga qayta “Hammasini eshitdim” deya qo‘ng‘iroq qildi. Bo‘larim bo‘lgan-u, ammo sir boy bermaslik uchun “Atay qildim, eshitgin, aqlingni yiqqin deb”, deganman. | 57 | 5,124 |
Madaniyat | “Ming bir kecha” filmida sharq go‘zali Shahrizodani gavdalantirgan aktrisa hayoti qanday kechdi? (foto) | Tojik rejissori Toxir Sobirovning “Shahrizodaning yana bir kechasi”, “Shahrizodaning yangi hikoyalari”, “Shahrizodaning so‘nggi kechasi” filmlarida bosh qahramon rolini ijro qilgan aktrisa Yelena Tonuns haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
1954-yilda Magadanda dengiz ofitserlari oilasida dunyoga kelgan Yelena Konstantinovna Kokalevskaya bolaligida badiiy gimnastika va balet bilan shug‘ullangan, aniq fanlar bo‘yicha musobaqalarda bir necha marta faxrli o‘rinlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.
1976-yilda Moskva davlat universitetining geologiya fakultetini tamomlagan. Talabalik yillaridayoq u aktrisalik karyerasini orzu qilgan.
1981-yilda Konstantin Mixaylovning o‘quv kursini tamomlagan. “Ayollarni avaylang” filmidagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisa bunga qadar epizodik rollar ijro qilgan. Shundan keyin u “Bo‘ron” filmida Galya rolini ijro qilgan. Ammo haqiqiy omad “Ming bir kecha” filmidagi Shahrizoda ijrosidan keyin kulib boqqan.
Aktrisa 10 yil davomida faol ravishda aktrisalik faoliyatini davom ettirgan, 1990-yilda esa rejissorlik bo‘yicha tahsil olishga kirishgan. Mustaqil ssenariy yozib “Seni hech qayerga qo‘yib yubormayman”, “ Bir kuni oqshomda” filmini qayta suratga olgan.
90-yillar Tonuns uchun oson bo‘lmagan. Uning farzandi bo‘lmagan va u turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. 2000-yillar boshida esa teleekranlarda takror ko‘rinish bera boshlagan.
Uning ijrosidagi “Mohirlar”, “Ayollar konsultatsiyasi” va boshqa seriallarni tomosha qilish mumkin. Muxlislar uchun Shahrizoda sifatida ma’lum bo‘lgan aktrisa ayni vaqtda 66 yoshda. | 103 | 1,553 |
Madaniyat | Kaniza: Lola, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov va boshqalar g‘oyalarimni o‘g‘irlamoqda | Xonanda Kaniza 28-aprel kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Unda xonanda “so‘nggi kunlarda uning ijodidagi qo‘shiqlardan ko‘chirayotgan, g‘oyalarini o‘g‘irlayotgan xonandalar ko‘payib ketayotgani” haqidagi mavzuni ko‘tardi.
“Ijodimni kuzatgan bo‘lsangiz, men hech kim kuylamagan mavzularni ko‘tarishga harakat qilaman. Biroq bir necha hafta yoki bir necha oy o‘tishi bilan boshqa bir xonanda aynan men tanlagan mavzuda qo‘shiq chiqaradi. Hattoki, so‘zlarigacha ko‘chirishmoqda”, — dedi Kaniza va “Benom” guruhini misol qilib keltirdi.
“Men ularning yoniga borsam, ular ‘Ammasi-yu xolasi’ qo‘shig‘imdan ilhomlanib, tarona kuylaganini aytdi. Mayli degandim. Undan keyin Rayhon ‘Tabib’ qo‘shig‘ini mendan ikki oy o‘tib chiqardi. So‘zlarigacha bir xil. So‘nggi yillarda arabcha kuylamagan Rayhon nima uchun aynan mening qo‘shig‘imdan ko‘chiradi? So‘rab-surishtirsam, bu qo‘shiqni ham ‘Benom’ yozib beribdi. Yaqindagina bunday holatlardan xafa bo‘lib, ajrashgan ota-onani deb qiynalayotgan farzandlar to‘g‘risida qo‘shiq yozayotganimni e’lon qilgan edim. Hech kim bu mavzuga qo‘l urmas degan niyatda edim. Biroq Ozodbek Nazarbekov konsertida aynan shu mavzudagi qo‘shiqni ijro etayotgan ekan. Aytishlaricha, so‘zlari ham juda o‘xshash. Kompozitorlar chet el qo‘shiqlaridan ko‘chirib, bizning xonandalarga tarona yozib beradi. Bunga-ku mayli, lekin, o‘zimiznikidan o‘g‘irlashlari oshib tushdi”, — deya noroziligini bildirdi san’atkor.
Uning aytishicha, hattoki, klipmeykerlar ham uning kliplari ssenariylarini o‘zlashtirmoqda. “Supurgi bilan chiqsam, boshqasi ham supurgi olib chiqadi. Kir yuvsam, kir yuvadi. Bunday holatlarga dugonam Munisa Rizayevaning kliplarini misol qilishim mumkin. Qolaversa, Lola klipida kal bo‘lib chiqqan. Men ham 7—8 yil oldim ‘His et haroratimni’ qo‘shig‘ida kal bo‘lib chiqqanman. Nega aynan mening ijodimdan ko‘chirishadi? Nima uchun izlanishmaydi? Tasodif desak, ketma-ket tasodif bo‘lmaydi-ku! Bu holatlardan juda charchadim. Shu bois ushbu mavzuni ko‘tardim”, — dedi xonanda Kaniza. | 80 | 2,110 |
Madaniyat | Farg‘onada jamoat joylarida elektron kutubxonalar tashkil etilmoqda | O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida jamoat joylarida elektron kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Farg‘ona xalqaro aeroporti kutish zallarida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Marg‘ilon stansiyasi vokzalida, Farg‘ona shahridagi avtobus bekatlarida o‘zbek zamonaviy va mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti durdonalaridan QR-kodli elektron kitoblar maxsus tablolarda joylashtirilmoqda.
Ushbu kitoblar doimiy yangilanmoqda va hozirda xorijiy tildagi adabiyotlar bilan boyitish ishlari olib borilmoqda. | 67 | 990 |
Madaniyat | Meros qoldirilgan istara: Bollivud afsonalarining kino yo‘lini tanlagan nabiralari (foto) | Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yulduzlar va ularning izidan ketgan nabiralari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Chand Berk va uning nabirasi Ranvir Singx
Aktyorlik mahorati, tashqi ko‘rinishi bilan Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Ranvir Singx — zamonasida mashhur bo‘lgan aktrisa Chandning nabirasi. Pokistondagi xristian oilasida 12 farzanddan bittasi hisoblangan Chand 1946-yildan karyerasini boshlagan. Raqsga tushishni qoyillatgani sabab uni “Panjobning raqsga tushadigan liliyasi” deb atashgan. U ikki marta turmush qurgan, birinchi turmushi o‘xshamaganidan keyin biznesmen Sundara Singxa Bxavnani bilan oila qurgan. Ikkinchi turmushidan bir qiz va o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. U o‘g‘lini o‘zi singari san’atni tanlashini istagan, ammo o‘g‘li ota kasbni tanlagan. Orzusini nabirasi Ranvir amalga oshirib, buvisining izidan ketdi.
Usha Kiran va uning nabirasi Sayyami Kxer
50-yillarda mashhur bo‘lgan aktrisa avvaliga aktrisa bo‘lish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. U turmush qurganidan keyin ikki farzandni: Advayt va Tanvini dunyoga keltirgan. Advayt modellik bilan shug‘ullangan kezlari Uttara bilan tanishgan va Saunskruti va Sayyami ismli farzandlar dunyoga kelgan. Sayyami ham buvisining izidan ketib, ilk bor “Mirza” filmida suratga tushgan.
Purnima va uning nabirasi Emran Xashmi
Purnima Das Verma 40-yillar oxiri 50-yillarning mashhur aktrisalaridan. U ikki marta turmush qurgan. Birinchi turmushidan bo‘lgan Anvar Xashmi, Farida Jalal bilan birga suratga tushgan. Ammo shunga qaramasdan, u karyera borasida muvaffaqiyatga erishmagan. Ammo Anvarning o‘g‘li Emran ijodkorlik borasida muvaffaqiyat qozongan. U “Gangster” va “Bir kuni Mumbayda” singari filmlarda suratga tushgan.
Nutan va uning nabirasi Pranutan Baxl
Filmfare Award mukofotining 5 karra sovrindori, eng yaxshi aktrisalardan biri Nutan — rejissor Kumarsen Samarta hamda Shobxana Samartning qizi. Nutan Rajish Baxl bilan turmush qurgan va o‘g‘li Monishni dunyoga keltirgan. Monish ham aktyorlikni tanlagan. Monishning qizi Pranutan “Kundalik” filmida rol ijro qilgan, ayni vaqtda esa “Helmet” komediyasida suratga tushmoqda.
Raj Kapur va uning nabirasi Ranbir Kapur
Raj Kapur singari aktyorlar 100 yilda bir dunyoga kelishi aniq. Ranbir Kapurlar ajdodiga munosib ravishda mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olishga harakat qiladigan ijod vakillaridan. Filmfare Awards mukofotining 6 karra sovrindori Bollivud muxlislarini rang-barang rollari bilan quvontirishda davom etadi.
Shobxana Samart va uning nabirasi Kajol
Samart-Mukerjilar sulolasi hind kinosanoatida Kapurlardan kam mashhur emas. Sulola vakili hisoblangan Shobxana Samart 1930-1940-yillar Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi. U aktrisalikni majburlikdan tanlab, suratga olish maydonchasida rejissor Kumarsen bilan tanishgan. Ular turmush qurgan va Nutan, Tanuju, Chaturu ismli qizlar va o‘g‘li Jaydipni dunyoga keltirgan. Tanujining qizlari Kajol va Tanisha buvisining izidan ketib aktrisa bo‘lishni tanlagan. Kajol ijoddagi muvaffaqiyat borasida hatto xolasi Nutandan ham o‘zib ketgan.
Mukesh va uning nabirasi Nil Nitin Mukesh
Mukesh Chand Matxur hind kinosida Raj Kapur ijrosidagi deyarli barcha qo‘shiqlarni kuylagan. Mukeshning uch qiz va ikki o‘g‘il farzandi bor. Nabirasi Nil Nitin dunyoga kelganida u allaqachon vafot etgan edi. Nil “Sotqin Jonni” filmidagi ilk roli sabab Filmfare Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Suchitra Sen va uning nabiralari Riya va Rayma
Suchitraning Uttat Kumar bilan birga suratga tushgan filmi hind kinosining klassikasi bo‘lgan. U 15 yoshida Dibanatxa Senaga bilan turmush qurgan va Mun-mun ismli qizni dunyoga keltirgan. Suchitraning qizi Bxaratga turmushga chiqqan. Ularning farzandlari esa karyerasini aktrisalik bilan bog‘lagan.
Dxarmendra va Karan Deol
2019-yilda ilk marta suratga tushgan Karan aktyorlik borasidagi mahoratini to‘laqonli ochib berolmagan. Shunga qaramasdan, buvasi Dxamendra u bilan faxrlanadi va aktyorlik karyerasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi.
Sharmila Tagor va Sara Ali Xon
60-yillarning eng yaxshi aktrisalaridan biri bo‘lgan Sharmila turmushga chiqqanidan keyin aktrisalikka nuqta qo‘ygan, ammo uning farzandlari Saif Ali Xon va Soxa Ali Xon kasb borasida uning izidan ketgan. Bir necha yil avval esa Saifning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi – Sara Ali Xon ham Bollivudda debyut rol ijro qilgan. | 89 | 4,347 |
Madaniyat | Aktyor Ulug‘bek Qodirov 1-aprel kuni qizli bo‘ldi | Aktyor Ulug‘bek Qodirov 1-aprel kuni qizli bo‘ldi. Bu haqda san’atkorning ma’muri “Daryo”ga xabar berdi.
Ulug‘bek Qodirov ma’murining ma’lum qilishicha, qizaloqqa Iymona, deb ism qo‘yishgan. Iymona 1-aprel — Xalqaro hazil kunida soat 18:20 da Toshkent tibbiyot akademiyasida dunyoga kelgan.
Ulug‘bek Qodirovni farzandli bo‘lgani bilan tabriklaymiz! | 49 | 350 |
Madaniyat | Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonida to‘y, Feruza Normatovaning jahli chiqdi, Malika Ravshanova Shahzoda Muhammedovani yig‘latdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Yulduz Rajabova Turkiyada tushgan yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.
Asal Shodiyeva yangi ijod namunasiga tayyorlanayotgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, aktrisa o‘g‘li Baxtiyor bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Instabloger, aktrisa Feruza Normatova uning ro‘mol o‘ragani, qilayotgan ishlariga salbiy munosabat bildirayotgan obunachilariga murojaat qildi. Feruza Normatova obunachilaridan uning ishiga aralashmasligini so‘ragan.
Ra’no Shodiyevaning akasi o‘g‘lini uylantirdi. Aktrisa shodiyonada ishtirok etgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. To‘yda aktrisa Feruza Normatova va Munojot Alimboyeva xizmatda bo‘lgan va aktrisaning jiyaniga baxt tilagan.
Xonanda Hilola Hamidova aktrisa Shohida Uzoqova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Bundan tashqari aktrisa nevarasini ilk bor qo‘liga olgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Rashid Xoliqovning Turkiyadagi ta’tili davom etmoqda, xonanda dengizda sayr qilganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Umidaxon turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.
Xonanda Abdulla Qurbonov jahlni sabr bilan yengish kerakligi haqida gapirdi.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova qaytnotasi, qaynonasini Umra safaridan kelganini nishonladi, shodiyonada Malika Ravshanova ham ishtirok etdi va “Dadajonim” nomli taronasini ijro etdi. Aktrisa esa taronadan ta’sirlanib yig‘ladi.
Bahora Arslonova kino olamdagi ustozi Hoshim Arslonov bilan “101-reys” filmida birga suratga tushganini, bu kino aktyorning so‘nggi filmi bo‘lganini aytdi.
Rayhon G‘aniyeva Gollivud yulduzi Anjelina Joli niqobi ostida tushgan videosini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Nilufar Usmonova Samarqandda do‘stlari bilan sayrga chiqqani va velosiped haydagani aks etgan videoni e’lon qildi.
SanJay obunachilariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Lola oilasi bilan Turkiyaga sayohat qilish uchun borgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.
Farruh Komilov bolalarni tarbiya qilish kerak emasligini, aksincha ulardan buni o‘rganish kerakligini, chunki bolalar pok va beg‘ubor ekanini aytdi.
Xonanda Sevara Nazarxon chempion Shahram G‘iyosov bilan tushgan suratini joyladi va uni do‘st sifatida yaxshi ko‘rishi haqida gapirdi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi obrazida muxlislariga ko‘rinish berdi.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova aktrisa Ra’no Shodiyevaga buvi bo‘lgani munosabati bilan hadya berdi. | 129 | 2,584 |
Madaniyat | Kaniza bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi | Xonanda Kaniza “Istiqlol” san’at saroyida beradigan konsert dasturida muxlislarni ko‘plab yangiliklar kutayotganini aytib o‘tdi. “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida, shuningdek,bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini ham so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Ish yuzasidan bankka borgandim. Ichkariga kirib ketayotsam, u chiqib ketayotgan ekan. Nimadir bo‘ldi-yu, u bilan gaplashib qoldik. Bir marta gaplashgandayoq munosabatlarimiz chuqurlashib ketishi xayolimga ham kelmagan. Asta-sekin munosabatlarimiz jiddiylashib bordi. Bu inson hayotimda muhim ahamiyatga ega ekanligini angladim. Bir-birimiz uchun yaratilganimizni tushunib yetdik. Ko‘z tegmasin, hozir har doim yonimda. Yaxshi niyatlardamiz. U juda samimiy, oqko‘ngil inson. Ayol kishi turmush o‘rtog‘iga suyanishni xohlaydi. Xuddi shunday men ham u insonga suyanaman. U kishi esa doim meni qo‘llab-quvvatlaydi. Eng asosiysi, oilaning qadriga yetadigan inson. Bolalarni juda yaxshi ko‘radi, men ham yaxshi ko‘raman. Shu jihatdan bir-birimizga o‘xshaymiz. Meni tushunib, hurmat qiladi. Shu xislatlari menga ma’qul kelgan”,—deydi xonanda. | 72 | 1,116 |
Madaniyat | Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi g`olibi bo`ldi | Qozog`istonning Olmota shahrida o`tkazilgan "Bastau" VI xalqaro festivalida "Turon" teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi g`olibi bo`ldi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.
Festivalda O`zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar "Ona" nomli filmi bilan ishtirok etishgan edi. Tadbirda "Ona" filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" mukofotiga loyiq ko`rildi.
Festivalda Evropa, Osiyo va Amerikada 2017-2018 yillarda suratga olingan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animasion filmlar qo`yildi. Tadbir doirasida taniqli kinematograflar ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari o`tkazildi. | 75 | 715 |
Madaniyat | Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashishi haqida: Muhimi – farzandlarimizning farovonligi | Amerikalik aktyor Bred Pitt va aktrisa Anjelina Jolining ajrashishi haqidagi xabarlar ko‘plab muxlislarni hayratga soldi, ijtimoiy tarmoqlarni esa ostin-ustun qilib yubordi. Joli vaziyatga shaxsan izoh bermadi, ammo Pitt matbuot bilan suhbatlashishga o‘zida kuch topdi, deb xabar bermoqda “MK.ru”.
People jurnaliga bergan intervyusida Bred Pitt uning turmush o‘rtog‘i Anjelina Jolining ajrashish qaroriga o‘z munosabatini bildirdi va ushbu voqeadan xafa ekanini aytdi.
“Lekin hozir eng muhimi — farzandlarimizning farovonligi”, – dedi Pitt.
Joli singari Pitt ham OAV vakillaridan ularning olti nafar farzandini bezovta qilmaslikni so‘radi.
“Branjelina” nomini olgan Bred Pitt va Anjelina Joli juftligi 10 yillik munosabatlaridan so‘ng 2014-yili rasman turmush qurgan edi.
Juftlikning 3 nafar o‘zining va 3 nafar asrab olgan bolalari bor. Aynan Bred Pittning bolalarga bo‘lgan munosabati juftlikning ajrashishiga sabab bo‘ldi, dedi Jolining advokati.
Avvalroq Anjelina Jolining advokati u Bred Pitt bilan ajrashmoqchi ekanligi tasdiqlagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 1,200 |
Madaniyat | Abdulla Qurbonov intervyuda “Million” jamoasini “Million basharalar” degani uchun “O‘zbekkonsert” tomonidan tanbeh berildi (video) | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda muassasa rahbariyati, san’atkorlar, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov xonanda Abdulla Qurbonovga “Million” jamoasini “Million basharalar” deb intervyu bergani uchun tanbeh berdi.
Instagram tarmog‘ida “Million” jamoasining konsertiga borganingizni, ularga duo berganingizni ko‘rdik. Lekin intervyuda ularni “Million basharalar” deb intervyu berishning nima keragi bor edi. Menga “Million” hech kim emas, lekin gapirgan gapingiz, san’atning odami bo‘lib turib “Million bashara” deb intervyu berishingiz notog‘ri. Bundan keyin intervyu berishda ham o‘zingizga ehtiyot bo‘linglar.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori | 130 | 921 |
Madaniyat | Xonanda Sogdiana uchinchi marta ona bo‘ldi | Asli o‘zbekistonlik, Rossiyada yashab ijod qiluvchi xonanda Sogdiana o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Dunyoga kelganing bilan, bolam. Eng cheksiz muhabbatning 3650 grammi. Ushbu 38 hafta bu qadar tez o‘tib ketganiga haligacha ishongim kelmaydi”, — deb yozadi xonanda.
View this post on Instagram
Xonandaning muxlislari izohlarda uni tabriklab, ona va bolaga salomatlik tilagan.
Ma’lumot uchun, Sogdiananing avvalgi ikki turmushidan ikki o‘g‘li bor.
Sogdiana ilk marta hindistonlik tadbirkor Ram Govind bilan turmush qurgan hamda o‘g‘li Arjunni dunyoga keltirgan. Xonandaning oligarx Bashir Kushtovdan Mikail ismli o‘g‘li bor.
View this post on Instagram | 42 | 728 |
Madaniyat | 380 YILDA YoZIB BITIRILGAN ASAR | U tarix ilmini kasb qildi va osori atiqalarini tahqiq qilishga kirishdi
Sharq xalqlarini tarixini o`rganish, tadqiq etishda Tabariy, Narshaxiy, Bayhaqiy, Juvayniy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Abdurazzoq Samarqandiy singari olim va mutafakkirlar yaratib qoldirgan durdonalar katta ahamiyat kasb etadi. Ana shunday bebaho tarixiy asarlardan biri “Ravzatus-safo” asaridir. Ushbu tarixiy asarning nusxasi ham ertaga ish boshlaydigan "Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida taqdim etiladi.
Navoiiyning tavsiyasi bilan
Asarning ilk muallifi Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Maxmud al-Balxiy — Mirxond (1433-1498) O`rta asr tarix fanining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan biridir. Mirxondning otasi Sayyid Burhoniddin Xovandshoh Temuriylar hukmronligi davrida Buxorodan Balxga kelib qolgan edi. Mirxond 1433 yyli Balxda tug`ilgan bo`lsa-da, umrining deyarli kup qismini Hirotda o`tkazdi.
Nabirasi Xondamir «Xulosat ul-axbor» kitobida bobosi haqida quyidagilarni yozadi: «Padarpanoh janob amir Xovand Muhammad yigitlik chog`larida turli ilmlarni tahsil etish va nafis fazilatlarni kamoliga etkazish yo`lida tirishqoqlik va zo`r mehnat qildi... qisqa vaqt ichida bilimdonliqda zamon fozillarining peshqadami bo`lib oldi. U (ko`proq) tarix ilmini kasb qildi va jahon ahvolini hamda osori atiqalarini tahqiq qilishga kirishdi. Olijanob xotirani tez fursat ichida bu fanni egallashdan forig` qildi, ammo fe`lu atvori maishat ahdi bilan qo`shilishga yo`l bermadi, zavqu shavqqa berilmadi... Dars berish va amru ma`rifatga ishtiyoq uning ravshan xotirida aslo ko`rinmadi. Ammo (bu hol)... orzu va omonlikning qiblagohi, ya`ni olijanob Sulton (Husayn) hazratlari yaqin do`sti (Amir Alisher Navoiy)ning huzurlariga borgunicha va uning har turli navozish, marhamat, iltifot hamda muruvvatlarini topmagunlaricha davom etdi».
Xondamirning yana bir ma`lumotiga qaraganda, Navoiy Mirxondni o`zining «Ixlosiya» xonaqosidan bir hujra ajratib bergan va undan bir tarixiy asar yozib berishni iltimos qilgan. Mirxond bu asarni qisqa vaqt ichida yozib tamomlagan. 1497 yilning bahorida og`ir kasallikka chalinib, 1498 yilning 22 iyun kuni olamdan o`tgan.
Bobosiga tortgan nabira
Navoiyning qo`rsatmasi bilan Mirxond yaratgan asarning nomi «Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xula-fm.» («Payg`ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog`i») bo`lib, undan dunyoning yaratilishidan to 1523 yilga qadar Markaziy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarida bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Ravzat us-safo» muqaddima, ettita jild, xotima va jug`rofiy qo`shimchadan tashkil topgan.
Mirxondning vafoti sabab “Ravzatus safo”ning so`nggi ettinchi jildi tugallanmay qolgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, bu ishni uning nabirasi Xondamir davom ettirgan va unga 1497 yildan to 1523 yilgacha bo`lgan bo`lgan voqealarni kiritib o`tgan.
Xondamir (to`la ismi G`iyosiddin Muhammad ibn Xoja Xumomuddin ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Burhonuddin) ham bir qator asarlari bilan o`rta asr tarixnavisligida o`ziga xos iz qoldirgan. U ona tomonidan Mirxondning nabirasi bo`lgan. Otasi Xoja Xumomuddin Muhammad Sheroziy Badaxshon hukmdori Sulton Mahmud Mirzoning vaziri bo`lgan.
Xondamir 1473—1476 yillar orasida Hirot shahrida tug`ilgan va o`sha erda ta`lim olgan. Xondamirning olim sifatida shakllanishida Mir Alisher Navoiyning hissasi katta bo`lgan. U bo`lajak olimga boy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat bergan, shu bilan birga ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.
Alisher Navoiy vafotidan so`ng, Xondamir Balxga Sulton Husayn Boyqaroning to`ng`ich o`g`li Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shu davrda unga «sadr» unvoni berilgan. 1507 yilda temuriylar saltanati parokanda bo`lib, hukumat shayboniylar qo`liga o`tgach, Xondamir Hirotdan ketishga qaror qiladi. 1528 yili u erdan Boburiylar poytaxti Agraga, Zahiriddin Muhammad Bobur (1983-1530) saroyiga boradi.
Xondamir 1534 yili Humoyun bilan harbiy safardan qaytib kelayotganda vafot etadi. Uning vasiyatiga ko`ra jasadi Dehlida Nizomiddin Avliyo, shoir Xusrav Dehdaviylar yoniga dafn etiladi.
Oradan asrlar o`tgach...
Asar forsiy tilda, sodda va ravonn uslubda yozilgan bo`lib, ilk sahifalardanoq o`quvchining ehtiborini o`ziga tortib oladi. Asarni yozishda mualliflarga ulardan avval yashab o`tgan o`nlab tarixchilarning asarlari, turli manbalardan olingan tarixiy ma`lumotlar asos bo`lgan.
Asrlar o`tishi bilan sulolalar o`zgardi, davru davronlar almashdi. Shu bois XVI asr birinchi choragidan keyingi voqealarni puxta, asosli yoritadigan asarlarga ehtiyoj sezila boshlagandi. Ammo, bu singari katta hajmli asarni munosib tarzda davom ettirishga har qanday tarixchi olim jur`at eta olmasdi. Biroq, Eronda Qojorlar davrida yashagan mashhur tarixchi, shoir va diplomat Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871) ana shu ishga qo`l urdi.
Rizoqulixon yoshligidan Qojorlar sulolasining vakili Fathali Shoh (1797-1834)ning saroyida xizmat qilgan. O`zining rangin she`rlari bilan shohning nazariga tushgan Rizoquli “amirush-shuaro” (shoirlarning amiri” unvonini olgan. U sulolaning keyingi vakili Nasriddin Shoh Qojor zamonida ham (1848-1896) saroyda mas`ul vazifalarda ishlagan. Saroy kutubxonasi rahbari bo`lgan, keyinchalik Eronda yangi usuldagi maktab ochib, uni boshqargan.
Rizoqulixon Hidoyat Sharqda forsiy tildagi eng mukammal tarixiy asarlardan biri sanalgan “Ravzatus-safo” asarining davomini yozishga kirishdi. Rizoqulixon Mirxondning bayon uslubini saqlagan holda Safaviylar davridan boshlab, Afsharlar, Zandlar va Qojorlar sulolasi davrida Eron, Xuroson va qisman Movarounnahrda yuz bergan voqealarni o`zining uch jildli asarida yozib qoldirgan. Asar Nasriddin Shohga bag`ishlab bitilgani uchun uning ismiga monand tarzda “Ravzatus-safoi Nosiriy” deb nomlangan.
Ogahiy tarjimasida
Rizoqulixon Hidoyat 1851 yilda Nasriddin Qojor (1834-1848) ning topshirig`i bilan Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) huzuriga elchi bo`lib keladi. Mazkur elchilik asnosida Eron-Xorazm munosabatlariga oydinlik kiritish yuzasidan muzokaralar olib borilgan. Xorazmdagi sayohati haqida u “Saforatnomai Xorazm” (Xorazm safari kundaligi) asarini ham yozadi.
Chamasi, Hidoyat Xiva xonligiga tashrifidan sal avvalroq “Ravzatus-safoyi Nosiriy” asarini yozib tugatgan edi. Chamasi u mazkur asarning bir nusxasini o`zi bilan olib kelgan. U Xivada bo`lgan paytida buyuk o`zbek shoiri Ogahiy bilan ham uchrashgani, u bilan ijodiy hamkorlik qilgani ma`lum.
“Ravzatus-safo”ning o`zbek tiliga tarjimasi Munis tomonidan boshlanib, keyin Ogahiy davom ettirayotgan edi. Shoir keyinchalik, ushbu yirik tarixiy asarning Rizoqulixon qalamiga mansub qismini ham o`zbekchaga o`girgan.
Xullas, bugungi kunga kelib o`n jilddan iborat ulkan hajmli tarixiy asar to`la-to`kis jamlanishi uchun taxmitnan 380 yildan ortiq vaqt kerak bo`lgan ekan... | 32 | 7,108 |
Madaniyat | Foto: Marvel filmlarining barcha qahramonlari bitta suratda | Marvel kompaniyasi kinoolami yaratilganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan barcha aktyorlar bitta suratda to‘plandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aktyorlardan tashqari, suratda komikslar muallifi Sten Li, rejissorlar Jeyms Gann va Rayan Kugler, aktyor va rejissor Jon Favrolar bor.
Surat 7-fevral kuni “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” filmini suratga olish maydonida olindi. | 59 | 393 |
Madaniyat | Rossiyada "Lazgi va muhabbat qasri" baleti namoyish etiladi | "Lazgi muhabbat va qalb raqsi" baleti Rossiya shaharlarida ham namoyish etiladi. Bu haqda Uzbektourism xabar berdi.
Unga asosan, joriy yilning 6 oktyabrida Bosh vazir o`rinbosari - Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov Rossiya Federasiyasi Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo`yicha maxsus vakili M.Shvidkoy hamda MDH davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg`armasi ijrochi direktori A.Iksanov bilan uchrashdi.
Mixail Shvidkoy O`zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va o`zgarishlar, shu jumladan, madaniy sohadagi yirik loyihalar tahsinga loyiqligini ta`kidlar ekan, "Toshkent nafaqat non shahri, balki mintaqaning madaniy poytaxtidir va aynan shu erda madaniyat sohasining ko`plab vakillari ta`lim olgan", - deya qayd etadi.
Uchrashuv yakuniga ko`ra, tomonlar joriy yilning noyabr oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan IX Xalqaro madaniyat forumida O`zbekiston vakillari ishtirokini, "Lazgi — muhabbat va qalb raqsi" baletining Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Perm va boshqa shaharlaridagi namoyishini tashkil etish, O`zbekiston muzeylarida olib borilayotgan restavrasiya ishlari hamda ular faoliyatini rivojlantirish borasida hamkorlik qilishga kelishib oladilar. | 59 | 1,228 |
Madaniyat | Toshkentda “Gul ishqi” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda | 20 avgust kuni Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan miniatyurachi rassom Anvar Bobobekovning “Gul ishqi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada rassomning 40 ga yaqin miniatyura ishlari namoyish qilinmoqda. Bu haqda O`zbekiston Badiiy akademiyasi ma`lum qildi.
Ma`lumot uchun: Anvar Bobobekov 1978 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan. 1997 yilda hozirgi Respublika ixtisoslashgan san`at maktab internatini, 2006 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomladi.
2018 yildan beri O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasining “Miniatyura” sho`basi a`zosi. | 57 | 695 |
Madaniyat | «O`ZBEKKINO» XITOY KOMPANIYa BILAN BADIIY FILM SURATGA OLADI | Yurtimizga Xitoy kino sanoatining yirik vakillaridan iborat delegasiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegasiya a`zolarining qator uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan. Ana shunday uchrashuvlardan biri "O`zbekkino" Milliy agentligi vakillari bilan bo`lib o`tdi.
Delegasiya tarkibidan «China Film
Promotion International» bosh direktori Gu Gusin, «Guangzhou
Fidek Co.» kompaniyasi raisi Xo Fun Chyu, «Film Asia
Production & Distribution Co.» Xalqaro hamkorlik departamenti o`rinbosari An Ley, Shinjon kinokompaniyasining filmlar ishlab chiqarish va distribusiyasi bo`yicha raisi Chjan Xaybin hamda "Wuhu Star Huge Screen Co. Wuhu Star Huge
Screen Co." raisi Sya Soyanlar o`rin olgan.
Uchrashuvda O`zbekiston va XXR o`rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari jadallik bilan rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. «O`zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov bu aloqalar har ikki xalqni yanada yanqinlashtirishga, jipslashtirishga va o`zaro do`stona muhit hosil qilishga zamin yaratishini ta`kidlab o`tdi.
Qayd etish kerakki, bugun Xitoy mamlakati bilan madaniy aloqalar, xususan kinematografiya yo`nalishida ham aniq qadamlar ilgari bosilmoqda. Bunga ikki yurt kinoijodkorlari tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan yangi badiiy film loyihasi misol bo`la oladi. Uchrashuvda mazkur loyiha bilan bog`liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi. Tomonlar o`zbek va xitoy xalqini bir-biriga yanada tanitishga, ular o`rtasida do`stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilayotgan ushbu filmning ssenariysi, tasvirga olish makonlari, suratga olish texnikalari, unda ishtirok etadigan ijodiy guruh yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar.
Uchrashuvda shuningdek, yurtimiz kinoteatrlaridan birida Xitoy media texnikalarini namuna sifatida sinovdan o`tkazish, tarixiy filmlarning ommaviy va murakkab sahnalarini birgalikda ishlash, Xitoyning CCTV telekanali bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish va kun tartibidan o`rin olgan yana boshqa masalalar ko`rib chiqildi.
Uchrashuv so`nggida esdalik sovg`alari topshirildi.
O`zbek-Xitoy badiiy filmi bilan bog`liq ma`lumotlar:
- Film ssenariysi muallifi - Nazar Eshonqul;
- Ssenariyga Xitoy manasti va koloritini yorqinroq namoyon etuchti sahnalarini kiritish taklif etildi va 2018 yil may oyida yakuniy ssenariyni tasdiqlashga kelishildi;
- Filmning bir qismi Xitoyda, ikkinchi qismi O`zbekistonda suratga olinadi;
- Filmda har ikki mamlakatning ijodiy guruhi ish olib boradi;
- Suratga olish ishlari 2018 yilning oxiri va 2019 yilning boshlarida bo`lib o`tadi;
- Film taqdimoti va namoyishi bir vaqtning o`zida ikki mamlakatda bo`lib o`tadi. | 60 | 2,672 |
Madaniyat | Xonanda Shahzoda birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi sabablariga oydinlik kiritdi | Xonanda Shahzoda jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.
Xususan, Shahzoda birinchi turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga ham to‘xtalib o‘tdi:
Biz u bilan do‘stmiz. U ayni paytda Amerikada yashaydi. Bizning nikohimiz aynan shuning uchun ham bekor qilingan. Men Amerikaga ko‘chib borishni istamaganman. Lekin hozir bizning munosabatlarimiz do‘stona. U O‘zbekistonga kelganida albatta Solih bilan uchrashadi va muloqot qiladi.
Shahzoda, xonanda
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 700 |
Madaniyat | Instagram: Rafiqasining surati bilan bo‘lishgan Sanjar Xoliqov, bo‘yalgan jo‘jalarni sotib olmaslikni so‘ragan Shahzoda, do‘stlikka ishonmaydigan Lola | 23-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Samarqanddagi to‘yda xizmatda bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari.
View this post on Instagram
Rayhon folloverlarini birinchi navbatda o‘zini sevishga undamoqda.
View this post on Instagram
Xonanda Sanjar Xoliqov ilk marta rafiqasi Asilya bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Juftlik Chorvoqda hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
Shahzoda bolaligini xotirlab, hozirgi bolalarning sharoiti bilan taqqosladi.
View this post on Instagram
Karantin sabab biroz muddat tanaffus qilgan “Ramo” turk seriali yana efirga uzatila boshlaydi. Bu haqda bosh rol ijrochisi Murat Yildirim ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Xonanda Lola “Do‘stlikka ishonasizmi?” deya folloverlariga murojaat qildi hamda bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning mulohazalaridan insonga o‘zidan boshqa hech kim do‘st bo‘lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislariga hadya ulashishda davom etishini bildirdi. Bunga qadar ham u bir necha marta o‘z ko‘ylaklarini muxlisalariga sovg‘a qilgan.
View this post on Instagram
Ra’no Shodiyeva qizi bilan tushgan suratni sahifasiga joylab, vaqt juda tez o‘tayotganini yozdi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Priyanka Chopra va uning sevimli jonivori.
View this post on Instagram
Botir Qodirov ustozi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatovni yo‘qlab bordi hamda uning qalamiga mansub “Diydor uchun” qo‘shig‘ini birga kuyladi.
View this post on Instagram
Aktrisa Shahzoda Matchonova folloverlarni ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan bo‘yalgan jo‘jalarni sotib olmaslikka chaqirdi. “Jonivorlar uyingizda ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lmasin”, — demoqda aktrisa. | 150 | 1,958 |
Madaniyat | Aktyor Azamat Ahrorov va aktrisa Shahzoda Muhamedova Xitoyda muammoga duch keldi | Rejissor va aktyor Azamat Ahrorov aktrisa Shahzoda Muhamedova bilan “Sen uchun” nomli filmni suratga olish uchun Xitoyga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Xitoyda muammoga duch kelgan.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Azamat Ahrorov bilan suhbat uyushtirdi.
— Avvalgi suhbatimizda Xitoyda “Sen uchun” filmini tasvirga olib qaytaman, degan edingiz. Shou-biznes vakillari esa siz va aktrisa Shahzoda Muhamedovani Xitoyga to‘y love-story’sini suratga tushirish uchun ketgan, deb aytmoqda.
— Xitoyga safarimizdan asosiy maqsadimiz film suratga olish edi, bundan tashqari, Xitoydagi film olish jarayonlari va texnikasini o‘rganish hamda sayohat qilish niyati ham bor edi. Biroq kichik muammoga duch keldik — s’yomka uchun zarur texnika masalasida Xitoydagi do‘stlarimizga ishongan edik, ular hozircha bu borada yordam berolmayapti. Mening ham, ijodiy jamoamizning ham boshi qotgan. Hozircha kunimiz faqat sayohat bilan o‘tmoqda. Agar texnika topa olsak, filmni ham albatta suratga olamiz.
— 15-sentabr kuni rejissorlik faoliyatingizdagi to‘rtinchi film — “Notanish qotil” premyerasi belgilangan. Filmda bosh rollarni siz va Shahzoda Muhamedova o‘ynagan. Savol tug‘iladi — sayohat tufayli premyera qoldiriladimi yoki premyera tufayli sayohat?
— Sayohat ham, premyera ham o‘z vaqtida bo‘ladi. Xitoydagi sayohatimiz uzog‘i bilan yana 10—12 kun davom etishi mumkin. 15-sentabr kuni biz ham, filmda rol ijro etgan bizdan boshqa barcha aktyor-aktrisalar premyerada qatnashadi.
— “Notanish qotil”ning qisqa roligi uning ham ajoyib, ayni vaqtda vahimali film ekanligidan dalolat beryapti. E’tiborga molik tomoni, rolikning boshiga “16+” deb yozib qo‘yilgan. Bu filmni 16 yoshdan kichik bo‘lgan tomoshabinlar ko‘rishiga ruxsat berilmaydimi?
— “Notanish qotil” — rejissorlik faoliyatimdagi eng ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan film. “16+” degan yozuvning boisi — filmda qo‘rqinchli jang sahnalari, effektlar juda ko‘p. Filmda giyohvandlikka qarshi kurash, bu yo‘ldagi sa’i-harakatlar va ukasining qasosini oladigan aka taqdiri haqida hikoya qilinadi. “Notanish qotil” haqiqiy erkaklar ko‘radigan film bo‘lgan, deb o‘ylayman. Nima bo‘lganda ham, haqqoniy bahoni muxlislar beradi.
— Hozirdan: “Shahzoda va men bilan bog‘liq savollarni bermanglar”, deyapsiz. Hali to‘y bo‘lmasidan bu kabi savollar joningizga tegdimi?
— Chindan ham, bunday savollar hozirdanoq jonimga tegdi. Shahzoda bilan hayotimiz, shaxsiy ishlarimiz iloji boricha shaxsiyligicha, faqatgina o‘zimiz va o‘zimizga aloqador bo‘lgan insonlarga tegishli bo‘lib qolishini xohlardim. Ikkalamiz ham san’at yo‘lidamiz, muxlislar imkon qadar ijodimizga, filmlarimizga qiziqish bildirishlarini xohlardik. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib borayotganlarga ham bir og‘iz so‘zim bor: agar ijtimoiy tarmoqlardagi bizning sahifalarimizga noo‘rin, shaxsiyatimiz bilan bog‘liq nomaqbul gap-so‘zlarni yozmoqchi bo‘lishsa, sahifalarimizga kirmay qo‘yaverishlarini iltimos qilmoqchiman. Har xil uydirma, qochirimli gap-so‘zlar, noo‘rin savollar jonimizga tegdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 3,235 |
Madaniyat | Melburnda xonanda Beyonse sharafiga osmono‘par bino quriladi | Me’morlar xonanda Beyonsening Ghost klipidan ilhomlanib tayyorlagan loyiha asosida, Avstraliyaning Melburn shahrida 78 qavatli osmono‘par bino quriladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
“Premyer-tauer” osmono‘par binosida turar-joy xonadonlari, do‘konlar va mehmonxona bo‘ladi. Binoni egilgan-bukilgan joylar va asimmetriya ko‘rinishi alohida ajratib turadi.
Loyiha singapurlik milliarder Ko Vi Meng egalik qiladigan Fragrance guruhi tomonidan moliyalashtiriladi. Binoni qurish uchun dastlab 1970-yillarda qurilgan “Savoy” qovoqxonasini buzish kerak bo‘ladi. | 60 | 564 |
Madaniyat | Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto) | Do‘stlik bo‘lgan joyda har qanday qiyinchiliklardan o‘tish oson bo‘ladi. Mashhurlar orasida muvaffaqqiyatga erishishidan oldin do‘st bo‘lib hozirga qadar bu munosabatlarni mustahkam saqlab kelayotganlari ham bor. Quyida shu kabi mashhurlar keltiriladi.
Vanessa Hadjens va Eshli Tisdeyl
Vanessa va Eshli “O‘rta maktab musiqasi” loyihasida birga ishlashdan oldin Sears reklama roligida birga suratga tushgan. Shundan keyin ular yaqin do‘st bo‘lib qoldi. Vanessa Eshlining to‘y marosimida kelin dugona bo‘lgan.
Leonardo Di Kaprio va Tobi Maguayr
Leonardo “Titanik”, Tobi “O‘rgimchak odam” filmida rol ijro etishidan ancha oldin do‘st bo‘lgan. Aktyorlar turli sinovlardan birga o‘tgan. Ular oxirgi marta “Buyuk Getsbi” filmida birga rol o‘ynagan bo‘lsa ham, hayotda tez-tez ko‘rishmasa ham 30 yildan ortiqroq muddat davomida do‘stligini saqlab keladi.
Elizabet Gillis va Ariana Grande
Elizabet va Ariana Brodveydagi karyeralarining boshida do‘st bo‘lgan. Ular “13” musiqiy tanlovida qatnashayotganda tanishgan va Nickelodeon “Viktoriya — g‘olib” xiti ustida birga ishlagan. Ular o‘z yo‘llaridan ketgan bo‘lsa ham, hozirgacha karaoke kechalarini birga o‘tkazadi. Elizabet Ariananing “Rahmat, keyingisi” klipida ham suratga tushgan.
Jadd Apatou va Adam Sendler
Adam va Jadd Gollivudni zabt etishdan oldin Los-Anjelesdagi loyihada suratga tushayotgan payt bir xonada yashagan. Ular yulduz bo‘lguniga qadar debyut filmlarida bir-biriga yordam berdi.
Peris Hilton va Kim Kardashyan
Ikkala mashhur ham badavlat oilada tug‘ilgan. Ular bolalikdan do‘st bo‘lgan. Kim realiti-shouda shuhrat qozonishidan oldin Parijda stilist bo‘lib ishlagan.
Bini Feldshteyn va va Ben Platt
Brodvey yulduzlari 14 yoshida do‘st bo‘lgan va o‘rta maktabga birga borgan. Ko‘p yillar o‘tgan bo‘lsa ham, ular yaqin do‘st bo‘lib qoldi.
Kendall Jenner va Bella Hadid
Modellar o‘smirlik davrida ijtimoiy tarmoqda tanishgan. Biroz suhbatdan so‘ng ular uchrashib kechki ovqatni birga yeyishga qaror qilgan. Kendall va Bellaning do‘stlik munosabatlari hozirga qadar mustahkam.
Jeymi Dornan va Endryu Garfild
Britaniyalik aktyorlar Gollivudda mashhurlikka erishishidan oldin Eddi Redmeyn, Robert Pattinson va Charli Koks bilan bir uyda yashagan. Shundan keyin ular do‘st bo‘lib qolgan.
Mett Deymon va Ben Afflek
Massachusets shtatining ikki fuqarosi, aktyorlar Mett Deymon va Ben Afflek 40 yildan ortiqroq muddatda bir-biri bilan yaqin do‘st. Ular 1980-yilda, bir-biridan bir necha km uzoqlik joylashgan uyda yashaganida tanishgan va bir maktabda o‘qigan. Hozirda ham Ben va Mett film ssenariylarini birga yozadi.
Amanda Seyfrid va Mey Uitman
“Qishloqi qizlar” va “Yaxshi qizlar” seriallari yulduzlarining do‘stligi aslida uzoq vaqt oldin boshlangan. Do‘stlar Gollivuddagi dastlabki kunlarida qizil yo‘lakda uchrashgan.
Ouen Uilson va Ues Anderson
Aktyorlar kollejda o‘qigan paytda bir xonada yashagan va Texas universitetiga kirgandan so‘ng kinoga muhabbat qo‘ygan. Keyinchalik ular o‘zining birinchi badiiy filmi “Idishdan yasalgan raketa” kinokartinasini suratga oldi.
Tina Fey va Emi Poler
Komediya yo‘nalishida ijod qiluvchi aktrisalar 1993-yilda ularga improvizatsiyani o‘rgatgan Charna Xelpern tufayli do‘st bo‘lib qolgan. Ular darhol til topishdi va Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tganda bir-birini qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.
Meysi Uilyams va Sofi Terner
Sofi va Meysi “Taxtlar o‘yini” filmining kastingida uchrashgan va shunda keyin do‘st bo‘lib qolgan. O‘sha paytda ular o‘smir bo‘lgan. Serialning 8-faslini suratga olish jarayonida qizlar juda yaqin do‘st bo‘lgan. Sofi Meysini Jo Jonas bilan to‘yiga kelin dugona bo‘lishga taklif qilgan.
Naomi Uotts va Nikol Kiddman
Aktrisalar bugungi kungacha do‘stligini saqlab kelmoqda. Ularning 38 yillik do‘stligi Avstraliyada, o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlarida boshlangan. “Flirt” filmida birga suratga tushgandan keyin ularning munosabatlari yanada mustahkam bo‘ldi.
Britni Spirs va Madonna
Bu mashhurlarning do‘stligi ko‘p yillar oldin boshlangan. Britnining to‘yida Madonna ishtirok etgan. | 74 | 4,017 |
Madaniyat | Deniel Kreyg Britaniya harbiy-dengiz flotining faxriy ofitseriga aylandi. Jeyms Bond ham aynan shu lavozimda xizmat qiladi | Jeyms Bond haqidagi 25-film — “O‘lish vaqti emas” kartinasining premyerasi oldidan bosh rol ijrochisi Deniel Kreyg Qirollik harbiy-dengiz flotining faxriy kommanderiga aylandi. Filmlarda maxfiy josus 007 ham aynan ushbu lavozimda xizmat qiladi, deb xabar beradi Esquire.
“Faxriy komandir etib tayinlanish men uchun katta sharaf”, — deya izoh beradi Kreyg unvon olganiga. Ta’kidlanishicha, 53 yoshli aktyor “Qirollik floti xizmatchilarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi va harbiy xizmatchilarning oilasi bilan qiziqadi”.
Birinchi dengiz lordi, admiral Toni Radakinning so‘zlariga ko‘ra, faxriy ofitserlarning roli “zamonaviy va tayyorgarlik ko‘rgan Qirollik flotining butun dunyo bo‘ylab qilayotgan ishlariga oid ma’lumotlarni tarqatishda vaqt va tajribasi bilan bo‘lishuvchi elchi hamda himoyachilar bo‘lishdan iborat”.
Deniel Kreyg 2006-yildan buyon josus Jeyms Bond rolini ijro etib keladi, o‘shanda u “Kazino Royal” filmida suratga tushgandi.
“O‘lish vaqti emas” kartinasi Kreyg ijrosidagi Bondning so‘nggi kartinasiga aylanadi. Ushbu film franshizaning 25-qismi hisoblanadi. | 122 | 1,084 |
Madaniyat | “Spokoynoy nochi” ashulasini kuylagan rossiyalik san’atkor vafot etdi | Rossiyalik artist Oleg Anofriyev 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Anofriyev sovet davri filmlari va ko‘rsatuvlari uchun qo‘shiqlar kuylab nom chiqargan. Jumladan, “Spokoynoy nochi malishi” nomli mashhur ko‘rsatuvning qo‘shig‘i ham Anofriyev tomonidan kuylangan.
Shuningdek, u qator multfilmlar, masalan, “Bremenlik musiqachilar” kartinasiga ovoz bergan. | 69 | 389 |
Madaniyat | Instagram: O‘zbekistonlik mashhurlardan bayram tabrigi, ayyomda o‘ziga mashina sovg‘a qilgan Feruza Normatova, Sevara qizini ko‘rsatdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Feruza Normatova Qurbon hayitiga o‘ziga Malibu avtomashinasini sovg‘a qildi.
Aktyor Javohir Zokirov muxlislarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi va oilaviy suratini sahifasiga joyladi.
Marhum san’atkor Ortiq Otajonovning nevarasi Ali Otajonov rafiqasi bilan tushgan suratni e’lon qildi. Xonanda rafiqasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va 1000 ta oltin-kumush gavhar bo‘lolmasligini ta’kidladi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva yaqinlarini ayyom bilan tabriklash maqsadida ota uyiga borgan videosini sahifasiga joyladi.
Turkiyaning eng mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit rafiqasi Fahriye Evjen bilan tushgan suratni muxlislariga taqdim etdi. Fahriye va Burak Turkiyaning “oltin juftligi” hisoblanadi.
Aktrisa Durdona Qurbonova ham sahifasidagi obunachilarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi.
Otasiz o‘sgan mashhur bloger Ozod Xurramov o‘z bolaligi aks etgan videorolikni muxlislariga namoyish qildi.
Millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan xonanda Sevara Nazarxon sahifasiga yangi surat joyladi va baxt borligini aytdi.
Xonanda Nigora sahifasidagi obunachilarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi va ularga har doim yaxshiliklar hamroh bo‘lishini tiladi.
Madina Mumtoz oilasi uchun tort pishirayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. U videoda hovlisi va farzandlarini ham ko‘rsatdi.
Rejissor Jahongir Ahmedov muxlislarini ayyom bilan tabrikladi va masjidda 2010-yil suratga olingan “Omad” filmida hamkorlikda ishlagan, oradan 12 yil o‘tib uchrashgan aktyor Ubaydulla Omon bilan birga namoz o‘qiganini aytdi.
Bollivudning dunyoga mashhur yosh aktrisalaridan biri Aliya Bhatt Gollivud yulduzi Gal Gadot bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Instabloger, tiktoker va cover musiqalar ijrochisi Baby Mohi to‘ydan keyin birinchi Qurbon hayiti ayyomini qanday nishonlayotganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Sevara qizalog‘i Safinani obunachilariga tanishtirdi va u bilan tushgan suratni sahifasiga joyladi.
Bollivudning yana bir mashhur aktrisalaridan biri Karishma Kapur singlisi Karina Kapur va oilasi bilan tushgan suratni e’lon qildi.
O‘zbekistonning mashhur xonandalari, aktyor va aktrisalari o‘zbek xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. | 134 | 2,311 |
Madaniyat | Garvardda “Taxtlar o‘yini” bo‘yicha kurs o‘qitiladi | 2017-yilning kuzidan boshlab AQShning Garvard universitetida “Haqiqiy ‘Taxtlar o‘yini: zamonaviy miflardan o‘rta asrlar modellarigacha’ ” nomli kurs o‘qitiladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
“Folklor va mifologiya” bo‘limiga qo‘shiluvchi kurs davomida talabalarga Jorj Martin tomonidan yozilgan “Muz va olov qo‘shig‘i” kitoblar seriyasi va ular asosida suratga olingan teleserial Yevroosiyoning 400-dan 1500-yillarini o‘z ichiga oluvchi davr tarixi bilan qanchalik mos tushishi haqida hikoya qilinadi.
Kurs talabalarga ta’lim olishning birinchi yilida taklif qilinadi hamda ularni o‘rta asrlar va ijtimoiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishga undashga qaratilgan.
“Taxtlar o‘yini” seriali HBO kanali tomonidan 2011-yildan buyon namoyish etilmoqda. Navbatdagi, yettinchi mavsumi 2017-yilning 16-iyulida boshlanadi. | 51 | 821 |
Madaniyat | INFOLIB—2015 milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Sardor Milano va Sabina Mustayeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 9—13-noyabr kunlari INFOLIB—2015 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda kutubxona rasmiy sayti xabar berdi.
Haftalik doirasida 30 dan ortiq tadbirlar — taqdimotlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko‘rgazmalar, tanlovlar, mahorat mashg‘ulotlari va treninglar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishlari, ekskursiyalar, lotereyalar, kasbga oid tadbirlar, jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar taqdimotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 9-noyabr kuni akademik Aziz Qayumov va professor Dinara Azimovaning “Pyateritsa izumleniy” — Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutaxayyiriyn” asari badiiy tarjimasining taqdimoti, 10-noyabr kuni O‘zbekistondagi Italiya elchixonasi musiqa kechasi tashkil etiladi.
11-noyabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron, 13-noyabr kuni esa O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli, 12-noyabr kuni esa xalqaro musiqa tanlovlari g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustayeva bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar bilan parallel ravishda O‘zbekistondagi nashriyotlarning yangi adabiyotlari yarmarkasi, Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining ko‘rgazmasi, hujjatli va badiiy filmlar namoyishi va boshqa tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Haftalik doirasida tashkil etiladigan tadbirlarning to‘liq ro‘yxati bilan Milliy kutubxona saytida tanishish mumkin. | 126 | 1,469 |
Madaniyat | Lola yana bir ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifaga ega bo‘ldi | Xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlarda faol, kundalik hayoti bilan muxlislarini deyarli har kuni tanishtirib boradi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
U Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, yana bir ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi.
“Do‘stlar, nihoyat ‘VKontakte’ tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tdim. Mazkur ijtimoiy tarmoqdagi yagona rasmiy sahifamga a’zo bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring!” — deya yangilikni muxlislari bilan bo‘lishgan Lola. | 58 | 473 |
Madaniyat | Taniqli qiziqchi Obid Asomov vafot etganiga bir yil bo`ldi | Chiqishlaridan birida “O`lim haq. Barchamiz bir kuni o`lamiz” deb, “o`zi kam sonli qiziqchilarning yanada kamayib borayotganidan” kuyingan Obid Asomovning o`zi ham bugun bu dunyoda yo`q. U o`tgan yili 14 dekabrda o`tkir infarkt tufayli olamdan o`tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarida taniqli so`z ustasini xotirlab yaxshi xotiralar aytildi. TVda Obid Asomov xotirasiga bag`ishlangan film ham namoyish etilgan. Obid Asomov nafaqat qiziqchi, talantli aktyor va mohir rassom bo`lgan.
Marhum san`atkorning 2016 yil "Amerika ovozi" nashriga bergan intervyusini ko`rdim. San`atkor "1996 yildan boshlab mavzular chegaralana boshlaganidan" noligan ekan. Tanqidsiz yumor bo`lmasligini gapirgan. Hamma gap shunda. Maishiy kulgi hech kim uchun qiziq emas. Biz bunga "bachkanalik" deb nom qo`yganmiz. Azaldan yumor tanqid quroli bo`lib xizmat qilgan. Hozir odamlar faqat beparda hangomalarga kuladi.
Qiziqchilarning uyatsiz hazillari ham shundan "xamirturush" oladi. Masxaraboz yoki devona obrazlari adabiyotda ham aytish mumkin bo`lmagan gaplarni ayta olish funksiyasini bajargan.
Asomovni dastlab xalqqa mashhur qilgan "Obid-A" teatrida haqiqiy yumorni ko`rish mumkin edi. Teatr jamiyatimizning turli muammo va qusurlarini hajv qilar edi.
Shunday miniatyuralardan birida Robinzon Kruzo bizning zamonimiz va makonimizda paydo bo`lib qoladi. Robinzon – kulgi ortidagi og`riqlarni ifodalash uchun o`ylab topilgan niqob.
Obid Asomovning hazillari keyingi yillarda ancha maishiylashib, sayozlashib ketgani – bor gap. Aksar hazillari uyat pardasidan xoli, er va xotin o`rtasidagi kunda-shunda bo`lib turadigan voqealarning qichitqi qo`shilgan kulgili talqiniga aylanib qolgandi. Ammo mahorat va talant sezilib turardi.
Lekin kuzatib bilganim, o`zbek jurnalistikasi Obid Asomov shaxsiyatiga kirib bora olmagan. Ko`pchilik suhbatlar, intervyular faqatgina hazil-huzul gaplardan iborat. Uzoq yillar Obid Asomov TV sahnasida ko`rinmay qoldi, konsert bermadi, turli mish-mishlar tarqaldi. Keyinchalik Rossiya televideniesidagi "Krivoe zerkalo" hajviy dasturida ishtirok eta boshladi. Oxirgi ikki yil ichida u yana o`zbek sahnasi va teleekranlarga qaytgandi.
Obid Asomov ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatda bo`layotgan voqeliklarga munosabat bildirib turgan. Ularning ichida, ayniqsa, “Nahotki bizning o`zbek millatimiz shu darajada og`zi shaloq bo`lib ketdi?” nomli videomurojaat shov-shuvga sabab bo`lgan.
O`tgan yili Obid Asomov uzoq tanaffusdan so`ng “Xalqlar do`stligi” san`at saroyida “Sizlarni sog`indim” nomli konsert dasturini taqdim etdi. Konsertdagi hazillarni kuzatarkanman, “Choyxonaga ayollar borolmaydi. U er antisanitar joy, lekin biz erkaklarga shu yoqadi, dasturxonning yirtilmagan joyi yo`q, ko`rpacha shu qadar eski, 1917 yil bu ko`rpachaga Hamza Hakimzoda Niyoziy o`tirgan”, “Seulga bordim, voy-vuy, koreys juda ko`p ekan-e”, “O`zbek ayoli umuman kasal bo`lmaydi, “o`tib ketadi, o`tib ketadi” deb yuraveradi kayfi bor odamga o`xshab” kabi hazillari juda mayda hazil bo`lib tuyulmadi.
Bundan ko`p yillar oldin bergan bir konsertida o`zining ijodiy biografiyasini kichik yumorda aytib bergan: “Bolaligimda o`qituvchim urishardi “Asomov, gap sotma”, “Asomov, gap sotma” deb. Lekin men uning aytganini qilmadim, mana, 30 yildan beri gap sotib, pul olib tirikchilik qilib yuribman”. Sotgan gapi esa o`zimizning yuzimizga tutilgan oyna edi. Ana shu “gap sotib” yashagan qiziqchining og`riqlari bizni kuldiradi.
Obid Asomov o`zining latifalari, xalqning tili va diliga ko`chgan hazillarida yashayveradi.
Xurshid Abdurashid. | 58 | 3,533 |
Madaniyat | Aktyor Aziz Rametov rejissyorlikka ham qo‘l urdi | Xonanda va aktyor Aziz Rametov rejissyorlikka ham qo‘l urdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Qayd etilishicha, uning “Arslon izidan” nomli filmi ayni kunda tayyor bo‘lgan. Rametov shu kunlarda mazkur filmni tomoshabinlarga taqdim etish arafasida turibdi.
Xonandalikni ham tashlab qo‘ymagan Aziz o‘tgan hafta sun’iy yomg‘ir ostida “Yodimda” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. | 48 | 384 |
Madaniyat | Instagram: Parizodaga atalgan romantik syurpriz, yangi mashinali bo‘lgan Azamat Ahrorov, iPhone 14 xarid qilgan mashhurlar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Jamila G‘ofurova sahifasiga hayvonot bog‘ida farzandlari bilan tushgan suratini joyladi.
Munisa Rizayeva yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirayotganini va tez kunlarda uni taqdim etishini ma’lum qildi.
Aktrisa Shahlo Temirova obunachilariga har kundan foydalanish kerakligi haqida gapirdi.
Nilufar Usmonova jamoasidagi bir necha sozandasining tug‘ilgan kunini bir kunda nishonlagani aks etgan videoni e’lon qildi.
Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerli otasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Asal Shodiyeva qaynonasi Zebo Navro‘zova bilan Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimida birga ishtirok etdi.
Xonanda Gulsanam Mamazoitova farzandlarining suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislari uning qo‘shig‘ini kuylagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Sitora Farmonova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi va egizak singlisi bo‘lganida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini aytdi.
Shuningdek Hosila Rahimova ham AQSHda o‘zbek san’atkorlari orasida birinchilardan bo‘lib iPhone 14 Pro Max xarid qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Hamdam Sobirov rafiqasi Marjonaga binafsharang iPhone 14 Pro Max sovg‘a qildi. Ma’lumot uchun, 1 terabayt xotiraga ega 14 Pro Max’ning Toshkentdagi narxi 3600 dollarni tashkil etadi.
Lola sahifasiga yangi suratini joyladi.
Parizodaning turmush o‘rtog‘i to‘ylarining 12 yilligi hamda raqqosaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni romantik tarzda tabrikladi. Parizoda turmush o‘rtog‘i bilan havo sharida uchgan.
Shuningdek raqqosa qizlari unga qanday sovg‘a tayyorlagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Parizodaning ansambli yigit-qizlari raqqosaga raqs va gullar bilan tug‘ilgan kun sovg‘asini tayyorladi.
Aktyor, rejissor Azamat Ahrorov Mercedes-Benz Brabus yo‘ltanlamasini sotib olganini ma’lum qildi.
Xonanda Sevinch Mo‘minova Makkayu madinada tushgan yangi videosini muxlislariga ko‘rsatdi.
Turk aktrisasi Tuba Buyukustun o‘zi ishtirokidagi navbatdagi loyihaning suratga olish jarayonida tushgan suratini e’lon qildi. | 122 | 2,247 |
Madaniyat | Xonanda Ledi Gaga va “Vampir kundaliklari” teleseriali yulduzi keyingi yil turmush qurishini ma’lum qildi | Xonanda Ledi Gaga va “Vampir kundaliklari” (The Vampire Diaries) teleseriali yulduzi Teylor Kinni keyingi yil turmush qurishini ma’lum qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Ledi Gaga va uning yigiti Teylor Kinni xonandaning ota-onasiga tegishli Nyu-Yorkdagi restoranda “majburiyatlar marosimi”ni o‘tkazdi. Shu tariqa, ular keyingi yil turmush qurishlarini e’lon qildi.
Yosh juftlik o‘zlarining umumiy kelajaklari borasidagi jiddiy niyatlarini ko‘rsatish uchun barcha qarindosh va do‘stlarini yig‘di. Bu yangilik boshqa OAVlarida juftlik allaqachon turmush qurganligi haqida xabar berilgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Mazkur xabarning tarqalishiga Kinnining nikoh uzugiga o‘xshash uzukni taqib yurganligi tasvirlangan surat sabab bo‘ldi.
Manbaning qayd etishicha, “Gaga u uchun muhim bo‘lgan odamlar bilan yuzma-yuz ko‘rishib o‘tkaziladigan marosim tashkil etilishini xohlagan edi. Ularning to‘yni rejalashtirish uchun vaqti yo‘q, shuning uchun ular bir-biriga qanchalik sodiqligini ko‘rsatish maqsadida faqat ularga yaqin bo‘lgan insonlarni yig‘ishni rejalashtirdi. Bu tadbir faqatgina do‘st va yaqinlar uchun edi. Teylorning onasi Pem ham aktyorning akalaridan biri bilan uchib keldi. Juftlik keying yil, to‘yni rejalashtirishga vaqtlari bo‘lganda turmush qurishini ma’lum qildi”. | 105 | 1,282 |
Madaniyat | Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi | Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kino saroyi saytida ma’lum qilingan.
Filmda bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Saida Rametova ijro etgan.
Shuningdek, kartinada Muhammad Iso Abdulxayirov, Zarina Nizomiddinova, Alisher Usmonov, Yulduz Rajabova va Asqar Hikmatov ishtirok etgan. | 67 | 432 |
Madaniyat | Aktyor Al Pachino 75 yoshga to‘ldi | “Cho‘qintirgan ota” filmidagi ishtiroki bilan butun dunyoga tanilgan amerikalik mashhur aktyor 25-aprel kuni 75 yoshga to‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alfredo Jeyms (Al Pachino) 1940-yil 25-aprelida AQSHning Nyu-York shahrida, kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan amerikaliklar – Salvatore va Roza Pachinolar oilasida tug‘ilgan.
Kinodagi ilk katta roli rejissyor Jerri Shatsbergning “Nidl-Parkdagi vahima” kartinasida bangi Bobbi qahramoni edi. Shundan so‘ng Pachino rejissyor Frensis Ford Koppola e’tiboriga tushdi.
Koppola uni “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Maykl Karleone roliga taklif qildi, aktyor aynan shu roli sabab ilk bor “Oskar” mukofotiga da’vogarlik qildi.
Al Pachino yettinichi urinishdan so‘ng, Martin Brestning “Ayol tarovati” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor”ga atalgan “Oskar” haykalchasi egasiga aylandi.
Bundan tashqari, Al Pachino to‘rtta “Oltin globus”, Britaniya kino- va telesan’at akademiyasi sovrini, ikkitadan “Emmi” va “Toni” mukofoti va boshqa yutuqlar bor. | 34 | 1,000 |
Madaniyat | Shahzoda Matchonova o‘qishni tavsiya etadigan 10 ta kitob | Shahzoda Matchonova Instagram’dagi sahifasi orqali muntazam ravishda folloverlariga o‘qigan kitoblari haqida ma’lumot berib keladi. Quyida aktrisa o‘qishni tavsiya etadigan kitoblar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
“Kulayotgan odam”, Viktor Gyugo.
Shahzoda Matchonovaning fikricha, bu ikki sababga ko‘ra, albatta, o‘qilishi shart bo‘lgan kitob. “Birinchidan, bu klassika. Klassik asarlarni hamma bilishi shart. Ikkinchidan, muallif 19-asrni juda yaxshi tavsiflaydi, ko‘plab tarixiy faktlarni keltiradi”, — deb yozadi aktrisa.
“Kichkina shahzoda”, Antuan de Sent-Ekzyuperi.
“‘Kichkina shahzoda’ — qalbingizga kirib olib, u yerda bir umr qoladigan juda kam sonli ertaklardan biri. Koinot, qachonlardir Antuan de Sent-Ekzyuperini bizga hadya etganing uchun rahmat. U bor-yo‘g‘i 44 yil umr ko‘rgan, biroq u mening olamimni bir umrga yulduzlarga to‘ldirgan”, — deydi aktrisa va hammaga bu kitobni o‘qishni tavsiya etadi.
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Boy va kambag‘al”, Irvin Shou
“Anchadan beri kitobni o‘qib bo‘lganimdan so‘ng yig‘lamagan edim. Bu kitob meni shunday qilishga undadi. Bir oila misolida butun Amerika jamoatchiligi ko‘rsatib berilgan. Ikki aka va bir singilning taqdiri haqidagi ajoyib kitob”, — deb yozadi Shahzoda Matchonova ushbu kitob haqida.
“Yulduzli tunlar” (“Bobur”), Pirimqul Qodirov.
“Men o‘qigan asarlar orasida, shubhasiz, eng yaxshilaridan biri. Qodirov tasvirlagan Bobur obrazini sevib qoldim. O‘ylashimcha, Bobur shaxsiyatidan nafaqat erkaklar, balki butun insoniyat o‘rnak olishi kerak”, — deya ta’riflaydi bu asarni aktrisa.
“Uch finjon choy”, Greg Mortenson va Devid Oliver Relin
“Pokistonda adashib qolgan amerikalik erkak haqida hikoya qiluvchi kitob. U Pokistonning chekka hududlarida maktab quradi. O‘z taqdiridan ham pokistonlik bolalarning bilim olishini ustun qo‘ygan inson qissasi”, — deb yozadi aktrisa.
“Insonni izlayapman”, Sergey Dovlatov.
Aktrisa yumor hissiga boy kitoblarni yoqtiruvchilarga ushbu muallifni tavsiya etadi. “Bu kitob o‘qilish tili yengil bo‘lgan hikoyalardan iborat”, — deb yozadi Shahzoda.
“Iblis devori”, Tohir Malik
“Ming afsuslar bo‘lsin-ki, hayotim davomida o‘zbek adabiyotining klassiki bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarini yaqin kunlarda birinchi bor o‘qib chiqdim.
‘Iblis devori’ asaridan tashqari boshqa qiziqarli va achinarli qissalarini ham o‘qidim. Bular menga sevimli yozuvchim Sholoxovning qissalarini eslatdilar. Ular ham samimiy va ko‘ngilga yaqin ekanlar”, — deydi Shahzoda Matchonova.
“Inson taqdiri”, Mixail Sholoxov.
“Men o‘qigan eng yaxshi asarlardan biri. Kitob sizni to‘g‘ri yashashga o‘rgatadi. Uni o‘qiganingizdan so‘ng vijdoningizga qarab ish tuta boshlaysiz”, — deb yozadi aktrisa.
Malika Keyt Middlton qanday kitoblar o‘qiydi?
“Butun hayot oldinda”, Emil Ajar.
Parijdagi eng kambag‘al tumanlardan birida yashovchi odamlar haqidagi kitob. Turli millat va diniy e’tiqodga mansub insonlar qiyinchilik va nochorliklariga qaramay, samimiylik, mehr-muruvvat hamda fidoyilikni namoyon etadi.
“Sa’va”, Donna Tartt.
Muzeydagi portlashdan so‘ng onasini yo‘qotgan bola haqida hikoya qilinadi. Bola sarosima ta’sirida muzeydan Karl Fabrisiusning mashhur “Sa’va” kartinasini o‘g‘irlab ketadi. Ajoyib kitob, uni maza qilib o‘qib chiqdim”, — deydi Shahzoda ushbu kitob haqida.
Aktrisa Shahzoda Matchonovaga 8 mingta pufak sovg‘a qilishdi (foto) | 57 | 3,396 |
Madaniyat | Har ikki yilda bir bo‘ladigan festivallar bilan milliy musiqiy merosni saqlab qolib bo‘lmaydi. Husniddin Ato — soha muammolari haqida | “Shashmaqom”, “Katta ashula”, Xorazm “Lazgi”si kabi o‘zbek milliy musiqa yo‘nalishlari va raqslari YuNESKO nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, xalqaro miqyosdagi “Sharq taronalari”, maqom, baxshichilik festivallarining o‘tkazilishi esa an’anaga aylanib ulgurdi. Ammo o‘zbek milliy musiqasi shu ro‘yxatlar va festivallarda qolib ketayotgandek go‘yo. “Daryo” muxbiri Oxus Culture jamiyati rahbari Husniddin Ato bilan o‘zbek milliy musiqasi va kuylarining targ‘iboti hamda saqlab qolinishi uchun qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.
Husniddin Ato.
Husniddin Ato — dunyo musiqasi bo‘yicha ekspert, xalqaro toifadagi madaniyat va san’at menejeri, trener. Transglobal World Music Chart loyihasi, ICCIRA — Madaniyat va ijod sohalari xalqaro ma’muriy tashkiloti direktorlar kengashi, MusiConnect Asia — Osiyo mintaqasi dunyo musiqasi ijodkorlar birlashmasi boshqaruv kengashi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Oxus Culture jamiyati rahbari, O‘zbekiston nomoddiy-madaniy merosining targ‘ibotchisi, fotojurnalist.
Nomoddiy-madaniy meros bo‘yicha kim qanday faoliyat ko‘rsatmasin, har kimning professional ishi davom etishi, meros targ‘ibotiga bo‘lgan to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Bizdagi eng katta to‘siq — litsenziyalash tartibi. Daromad keltirsa-ku, mayli, bir chorasi topilar, lekin bu tartib daromadi haminqadar milliy musiqa vakillarining ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib, oyog‘ini kishanlab turibdi.
Qiziq tomoni, moddiy-madaniy merosimizga kiradigan hunarmandchilik sohasida litsenziyalash tartibi yo‘q. Hunarmandlar azaldan o‘lmas merosimizni targ‘ib etishayotgani uchun hatto soliqlardan ham ozod etilgan. Shunchaki “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badalini to‘lab, ishlayveradi. Nomoddiy-madaniy meros ham hunarmandchilikdek gap.
O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ishtirokidagi ilk “Doston kechasi”. O‘shanda “Malla savdogar” dostoni ijro etilgan, musiqiy kecha uch soatdan ortiq davom etgan edi. Toshkent, Tasviriy san’at galereyasi, 2015-yil 24-yanvar.
Meni o‘ylantirgani, nega hunarmandchilikni meros hisoblab, u uchun alohida tartib-qoidalar yaratamiz-u, nomoddiy-madaniy merosga kelganda jim turamiz?! Milliy musiqamiz negadir estrada qonun-qoidalarga amal qilishga majbur. Chunki nomoddiy madaniy meros namunalarining o‘zi uchun qoidalar ishlab chiqilmagan. U ham hunarmandchilik kabi to‘siqlarsiz, chegaralarsiz erkin bo‘lishga, uning targ‘ibotchilari esa professional konsertlar tashkil etgan holda daromad topishga haqli.
Oddiy tuzdonni olaylik — agar buni biror kompaniya tayyorlasa, davlatga soliq to‘laydi, lekin hunarmand yasasa, soliqdan ozod etiladi. Bundan tashqari, yasagan mahsulotlarini sotib, hunarini davom ettirib, daromad topaveradi.
Ko‘pgina xorij davlatlarida bo‘lib, biror yerda san’atkor konsert qo‘yishi uchun kimdandir O‘zbekistondagi kabi maxsus ruxsatnoma olishini hech uchratmadim. Mayli, estrada to‘g‘risida gapirmayman, ammo istalgan san’atda ham litsenziya kerak emas. Aslida, litsenziya tartibi mafkurani jilovlash maqsadida, san’atkorning xohlagan narsani ijro etmasligi, ovozini, san’atga loyiqligini tekshirib ko‘rish uchun joriy etilgan. Bugun esa, ko‘rib turibmizki, litsenziya joriy etilishidan ko‘zlangan asl maqsad umuman o‘zgargan va istalgan xonanda istalgan mazmundagi taronasini ijro qilib kelmoqda.
Litsenziyalash tartibining o‘zida ham turli mantiqsizliklar bor. Konsert tashkillashtiruvchi tashkilot emas, aynan sozanda va xonanda, ya’ni ijrochi litsenziya olishi kerak. An’anaviy va xalq musiqa merosi yo‘nalishida ijod qilayotgan ijrochi ortiqcha, ehtimoliy boshog‘riqlarga uchramaslik uchun xonanda yoki sozanda san’atini bunday konsertlarda emas, balki davlat tadbirlari yoki to‘ylardagi turli kichik doiralarda ijro etish bilan kifoyalanib qo‘ya qoladi. Ijrochi bo‘lmagandan keyin konsert tashkillashtiruvchi ham bo‘lmaydi. Mavjudlari ham buguni va kelajagi yo‘q bunday sohadan bosh olib ketadi.
“Mumtoz musiqa oqshomi” dasturi doirasidagi “Torlar bazmi” musiqa kechasidan lavha. “Mumtoz musiqa oqshomi” dasturi 2014-yildan buyon tashkillashtirib kelinadi. Toshkent, Tasviriy san’at galereyasi, 2018-yil 8-may.
Eng katta muammo — madaniyat tizimidagilarning nomoddiy merosni estradadan, shou-biznesdan ajratishga aqllari yetmayotganida.
Ma’lumot uchun: Prezidentning 2020-yil e’lon qilingan “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya (ruxsatnoma) olish tartibini bekor qilib, xabardor qilish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi normalar ko‘zda tutilgan edi, ammo yakunda 2021-yil 1-yanvardan boshlab litsenziya olish tartibi bekor bo‘lgan ko‘plab tarmoqlar qatoriga konsert-tomosha faoliyati kiritilmadi.
Agarda bu meros targ‘iboti hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, undagi to‘siqlar olib tashlanib, litsenziya tartibi bekor qilinsa ham soha rivojlanib ketolmasligi mumkin. Hozirgi mavjud dastur va ko‘maklar yetarli emas. Bizda madaniyat sohasining shou-biznesdan boshqa deyarli barcha tarmoqlari davlat tasarrufida. Chunki shou-biznes daromad degani.
O‘zini-o‘zi qoplamaydigan sohalarni esa davlat moliyalashtiradi. Shu bois, an’anaviy ansambllar, milliy musiqa konsertlari ham faqat davlat tomonidan, ma’lum belgilangan mavsumlardagina qo‘yiladi. Ya’ni xususiy tarmoqqa yo‘l yo‘q. Daromad qilib bo‘lmaydigan sohaga xususiy tashkilotlarning kirib kelishi, nomoddiy madaniy merosning ham mahalliy, ham xalqaro maydondagi targ‘ibotiga yelkama-yelka bo‘lishi uchun esa ma’lum imtiyozlar, qo‘llovlar bo‘lishi kerak.
Nomoddiy-madaniy merosimizning xalqaro maydonga chiqishiga yetarli e’tibor berilmagach, garchi moliyaviy imkoniyatimiz haminqadar bo‘lib, daromad yo‘qligini bilsak-da, boshqa sohadan topganlarimizni o‘rtaga qo‘yib, xususiy holatda ish boshlaganmiz.
Ma’lumot uchun: Husniddin Ato 2013-yili nomoddiy-madaniy meros targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi Oxus Culture (“Oks madaniyati”) jamiyatiga asos solgan. Bugungi kungacha ushbu jamiyat xalqaro maydonda o‘zbek nomoddiy madaniy merosi targ‘iboti bilan shug‘ullanib keladi. “Oks” — Amudaryoning qadimgi nomi. Amudaryo qadimdan Sharq va G‘arb madaniyatlari almashinuvidagi joy. Husniddin Atoga ko‘ra, madaniyatlar almashinuvini yana davom ettirish uchun jamiyat nomi shunday atalgan.
An’anaviy musiqa targ‘iboti bilan 8 yildan beri, davlatdan hech qanday yordam olmay, tashkilotimiz bilan xususiy holatda ishlayapmiz. Hatto xarajatlarni qoplay olmaymiz. Shuning uchun ko‘pincha xorijdagi konsertlarga borishga, qatnashishga imkonimiz yetmaydi.
Davlatdan yordam so‘rasak, “sen xususiy sektorsan, o‘z aravangni o‘zing tort”, deyishadi. To‘g‘ri, biz xususiymiz, lekin milliy, barchamiz bong urib maqtanadigan musiqaning targ‘iboti bilan shug‘ullanyapmiz.
Doston kechasi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon Matyoqubov ijrosidagi “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni ijrosi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Toshkent, 01.27.2018
Barcha sohalarda xususiy sektorning faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgan bir paytda hukumat o‘zi sezmagan holda madaniyat sohasida muammo yaratilishiga yo‘l qo‘ymoqda. Ko‘plab sohalarni qamrab olayotgan imtiyozlar madaniyat sohasini chetlab o‘taveradi.
E’tibor bersangiz, rasmiy faoliyat olib boradigan, konsertlar orqali daromad topadigan birorta mustaqil an’anaviy musiqa va raqs jamoalarini uchratmaysiz. Buni inkor etadiganlar bilan bahslashishga tayyorman. Hukumat madaniy meros targ‘iboti bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan xususiy sektor vakillariga bee’tibor.
Qancha loyihalarni boshlamang, ko‘zi bilan ko‘rib, fikri o‘zgarar, deb tadbirlaringizga taklifnomalar jo‘natmang, sizni hatto eslashmaydi ham. Chunki siz davlat sektoridan emassiz. Xususiysiz. Begonasiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘gaysiz. Karantin davrida ham hech kimdan yordam so‘rolmaysiz.
Meksika va Kanadadagi hamkorlarimiz Amerika tomonlarga yo‘limiz tushib, konsert qo‘yishimizni kutib turishibdi. Avval pandemiya sabab yo‘llar yopildi, borolmadik. Endi yo‘llar ochiq, ammo moliyaviy ahvolimiz tang. Agar kimdir moliyaviy qo‘llasa, Kanada, AQSh va Meksikada bir nechtalab konsert qo‘yishga tayyormiz.
Bilasizmi, ba’zida turli shoular, tadbirlar uchun milliardlab pul sarflanganini ko‘rib, shu mablag‘ bizga ajratilsa bo‘lmasmidi, deb qolaman. Misol uchun, “Toshkent Besh tashabbus harakati” yoshlar festivalida bezatish ishlariga ketgan pul Avstraliyadan Kanadagacha professional tarzda 50 ta konsert qo‘yishimizga yetishi mumkin edi.
“Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali uchun 1 milliard so‘m ajratilgan”
Biz muhokama qilayotgan sohalarga metsenatlar, san’atga shaydo hotamtoylarning yordami, albatta, kerak. Ammo xususiy tarmoqqa yo‘l ochib berilmasa, metsenatlarning harakati pulni behuda sovurishdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Yuqorida aytganimizdek, tez daromad olish qiyin bo‘lgan sohaga xususiy sektorning kirib kelishi uchun o‘sha tarmoqqa imtiyozlar berilishi, turli soliqlardan ozod qilinishi, qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Aks holda, bir kun kelib metsenatning puli tugasa, barchasi yana to‘xtaydi.
Birgina “Mualliflik huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning an’anaviy musiqa uchun ham amal qilishi sohadagi katta-katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Estrada yo‘nalishidagi musiqa va so‘zlarning mualliflari aniq. Lekin milliy musiqamiz ijrosida g‘azallar, xalq og‘zaki ijodi bilan shu kungacha yetib kelgan qo‘shiqlar, dostonlardan foydalaniladi. San’atkor ularni ijro etayotganda mualliflik asarini emas, merosni ijro etadi va o‘sha merosni davom ettiradi.
Taxminan, 15 yil oldin xonanda Nasiba Sattorovaning bir qancha taronalarini targ‘ibot maqsadida YouTube kanalimizga qo‘ygan edik. Xonanda mualliflik huquqlari bo‘yicha bir tashkilot bilan shartnoma imzolagan ekan. Unga ko‘ra, Nasiba Sattorovaning ijrolarini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yish faqat shartnoma imzolagan tashkilotga mumkin ekan. Mendan taronalarni o‘z sahifamdan olib tashlashimni so‘rashgan.
Xonanda Gulzoda Xudoynazarova (orqa fonda, doira bilan) WOMEX — Jahon musiqa yarmarkasida kuylamoqda. Gulzoda Xudoynazarova ushbu tadbirda rasmiy konsert bergan ilk o‘zbekistonlik ijrochi hisoblanadi. Ispaniya, Santyago-de-Kompostela, 2016-yil 21-oktabr.
Biz faqat targ‘ibot maqsadida qo‘yganmiz, foyda olmaymiz, qolaversa, shaxsning emas, merosning targ‘iboti bilan shug‘ullanyapmiz desam ham ko‘nishmadi. Noiloj olib tashladim. Lekin o‘sha taronalar internetda hali ham yo‘q. Hozirgi avlod bu taronalardan foydalana olmayapti.
Turli qonunlar ishlab chiqilayotganda nomoddiy madaniy merosning estrada yoki boshqa san’atlardan farq qilishini inobatga olib, alohida bandlari ishlab chiqilishi kerak. Qachongacha nomoddiy merosimiz estrada bilan bir qozonda qaynaydi? Bugungi Mualliflik huquqlarini himoya qilish departamentining ham milliy musiqamizning keng yoyilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bor.
Xalqaro maydonda butun dunyodan 50 dan ortiq musiqiy mutaxassislar to‘planadigan Transglobal World Music Chart loyihasi mavjud. Husniddin Ato unda O‘zbekistoning yagona a’zosi. Loyihaga har oyda musiqaning turli yo‘nalishlaridan dunyo bo‘ylab chiqadigan 40 dan ziyod audio-albomlar kelib tushadi. A’zolar ushbu albomlardagi musiqalarni eshitib chiqadi va baholaydi. Undan TOP-albomlar tayyorlanadi. Husniddin Atoning aytishicha, O‘zbekistonning biror musiqasi va musiqachisi bu loyihada eshitilmagan va tanlanmagan.
Xalqaro maydonni oladigan bo‘lsak, bir oyda yoki bir yilda qaysi milliy musiqamiz chetga chiqqani bilan xursand bo‘la olamiz? Qachon O‘zbekiston dunyoga milliy qadriyatlar bilan yetishib kelgan san’atini, ohangini eksport qila boshlaydi?
Buxoroning “Manzur” ansambli va oshpaz Bahriddin Chustiy hamrohligida Estoniyaga amalga oshirilgan ijodiy safardan lavha. Safar Oxus Culture va Estoniyaning MUUILMAMUUSICA tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan. Estoniya, Alatskivi qal’asi, 2017-yil 1-aprel.
Mahalliy maydonda turli to‘siqlardan charchagan san’atkorlar xalqaro miqyosga chiqqanda faqatgina konsert qo‘ymay, raqobatchilari bilan kurashishi, ularga munosib tarzda o‘z san’atini namoyon etishi kerak bo‘ladi. U yerda hech kim sizning musiqangiz an’anaviy ekan, sizni qadrlaymiz, deb aytmaydi. Auditoriya, tinglovchi uchun kurash ketadi.
Yaponiya sushini, Italiya spagettini olib borsa, biz palovni olib boramiz. Taomda faqat palovimiz, milliy musiqada faqat maqomimiz bilan raqobatga kirisha olmaymiz-ku! Boshqa san’atlarimizni ham namoyon etishimiz, boshqa san’atkorlarni ham yetishtirishimiz kerak. Dunyo haligacha Turg‘un Alimatov bilan Munojot Yo‘lchiyevadan boshqa o‘zbekistonlikni bilmaydi. Bu uyat.
O‘sha paytda ham bugungidek litsenziya tartibi bor edi, mustaqil konsert qo‘yish imkoni yo‘q bo‘lsa-da, milliy musiqaning ahvoli bugungidan ancha yaxshi edi. Bugun-chi, mutlaqo boshqa manzara. Chunki daromadga boy estradaning qo‘li baland keldi, u yanada ko‘p va xo‘b yangramoqda, nomoddiy madaniy meros esa uning changida qolib ketdi.
Xalqaro darajadagi sanoqli festivallarimiz haqida ma’lumot olish uchun platforma ham yo‘q. Xorijdan keladigan sayyoh yoki mahalliy shinavanda festivallarning qachon, qayerda o‘tkazilishi, tadbir nimalardan iboratligi haqida qayerdan ma’lumot oladi?
Yolg‘iz otning changi chiqmas deyishadi. Bu borada faqatgina ozchilik mutaxassislarning fikrlari inobatga olinmayotgan ekan, demak, ovozni ko‘tarish kerak. Sohadagi tahliliy maqolalarning kamligi, mavjud muammolarning OAVda keng yoritilmayotgani ham oqsashlarga, yaralarning o‘rni bitmasdan, gazak olishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu sohada tahliliy maqolalar yoza oladigan jurnalistlarning mavjud emasligi Madaniyat vazirligi va soha mutasaddilarining qanchalik “baxti” bo‘lsa, madaniyat va san’at uchun shunchalik katta fojiadir.
O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov birinchi “Doston ko‘chasi”da “Malla savdogar” dostonini to‘liq ijro etmoqda. Kecha uch soatdan ortiq davom etgan. Toshkent, Tasviriy san’at galereyasi, 2015-yil 24-yanvar.
Bundan bir necha yillar ilgari Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova ishtirokidagi yig‘ilishda san’at sohasidagi jurnalistlarning malakasini oshirishimiz, treninglar o‘tkazishimiz kerakligi haqida taklif bergandim. Ehtimol, bu tajriba xatolarimizni ko‘rsatsa, biz uchun yaxshi bo‘lmasligi, biroq san’at va madaniyat rivoji uchun zarur ekanligi haqida gapirganimda, fikrimni qo‘llab-quvvatlashgandi. Lekin keyin hech qanday harakat kuzatilmadi. Rasmiy tarafdan sado chiqmagach, bu ishga o‘zimiz kirishdik.
Madaniyat sohasida yozadigan, tahlil qila oladigan jurnalistlarning malakasini oshirish maqsadida xalqaro darajadagi madaniyat va san’at menejeri, biznes-kouch Sardor Gaziyev bilan birga Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Art bloger” loyihasini boshladik. Loyihamizda katta qismi davlat tasarrufida bo‘lgan davlat tashkilotlaridan mutaxassislar, maslahatchilar, jurnalist va blogerlar qatnashishini kutgandik. Afsus, bunday bo‘lmadi, vaholanki loyiha mutlaqo bepul edi.
Mana, hozir ko‘rib turibsiz — Madaniyat vazirligining sayti ham nari-beri ishlaydi, vazirning matbuot kotibi almashaveradi, sohani tushunadigan matbuot kotibi haligacha yo‘q. Vazirlikda O‘zbekiston madaniyati imiji bilan jiddiy shug‘ullanadigan mutaxassisni ham ko‘rmayapmiz. Shungami, sohadagi muammolarni hech bir jurnalist olib chiqmayapti.
2014-yildan beri hukumat va vazirlikka kiritayotgan takliflarimiz taklifligicha qolib ketmoqda. Agar jurnalistika fakultetlarida san’at va madaniyat jurnalistikasi, artbloging bo‘yicha darslar qo‘yilsa, biz har jihatdan ko‘maklashishga tayyormiz.
Husniddin Ato rahbarligidagi Oxus Culture jamiyati o‘zbek milliy musiqasi targ‘ibotining asosiy qismini O‘zbekistonda emas, xorijda olib boradi. Buning sababi quyidagicha:
Moliyaviy ahvol tang. Xorijga bir gastrolga chiqqanda chet eldagi hamkorlar yordami bilan 10—15 talab konsert qo‘yamiz, ammo Termizdan Toshkentga bir baxshini olib kelish uchun moliyaviy imkoniyatimiz yetmaydi.
Mumtoz musiqa konsertlari bo‘yicha gapirganimda deyarli barchaning, hatto yuqori martabali soha rahbarlari, senatorlarning ham bunaqa konsertlarga odam kiradimi o‘zi, degan savoliga duch kelaman. San’atning har bir sohasida auditoriya bor. Avval sharoit yaratilishi lozim.
Yuqorida ta’kidlaganimdek, san’atda hammasi muvozanat, xilma-xillik saqlanishiga bog‘liq. Hamma tinglashi shart emas. Biz bunga majburlamaymiz ham. Barchaning o‘z erkin tanlov huquqi bor. Biz ular “bu yerda sizlarni eshituvchilar yo‘q” degan auditoriyadan shinavandalarni topa oldik.
Musiqaning hech kimga keragi yo‘q, dersiz. Lekin biz meros haqida gapiryapmiz. O‘zbekistonning havosidan bahra olmoqchi bo‘lsak, tog‘lariga chiqamiz. Ta’mini tatib ko‘rmoqchi bo‘lsak, taomini yeymiz. Qo‘lda ushlab ko‘rgimiz kelsa, tarixiy obidalari, muzeylariga boramiz. Xo‘sh, O‘zbekistonning ohangini tinglamoqchi bo‘lsak-chi, qayerga boramiz?
Har bir yoki ikki yilda bo‘ladigan festivallarni kutishimiz kerakmi? Meros qachon saqlanib qoladi? Unga murojaat qilinganda, u topilsa saqlanib qoladi. Puli bo‘lganda uyga chaqirish yoki ma’lum mavsumda sanoqli konsertlar qilish bilan biz ijrochini saqlab qolarmiz, lekin san’at saqlanmaydi.
Husniddin Ato.
Bugun Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlarimizda oldindan buyurtirib qo‘yish orqali sayyohlar uchun har kun musiqa topa olasiz. Ammo musiqa faqat sayyohlar uchun kuylanganda ham saqlab qolinmaydi. Biz asl shinavandani yo‘qotyapmiz. Biz majburlamaymiz, ammo tanlov bo‘lsin. San’atda muvozanat bo‘lsin.
Estrada keng yoyilyaptimi, milliy musiqaning yoyilishiga ham o‘rin berilsin, ko‘maklashilsin. | 133 | 17,466 |
Madaniyat | Nargiz Zokirovaning Ukraina hududiga kirishi rasman taqiqlab qo‘yildi | Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda esa Rossiyada yashab ijod qilayotgan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova Ukraina hukumati tomonidan taqiqlangan artistlar “qora” ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda xonandaning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Qo‘shiqchi sahifasiga uning Ukraina hududiga kirishini taqiqlovchi rasmiy hujjat suratini joyladi va umrida birinchi marta o‘zini persona non grata sifatida his qilganini qayd etdi.
Nargiz Zokirova siyosatga san’atning aralashtirilishiga qarshi chiqdi va ukrainalik muxlislariga murojaat qilib, o‘rtadagi masofaga qaramasdan, qalban doim ular bilan birga ekanligini aytdi. | 69 | 622 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: “To‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman” | Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Munisa Rizayevaning cholg‘uchilar bilan jonli ijroda qo‘shiq kuylayotgani tasvirlangan lavhaga uning o‘zi izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Yana jonli ijroning payiga tushganman, — deya gap boshladi Munisa. — To‘g‘risini aytsam, endi nafaqat konsertlarda, balki to‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman”.
Shuningdek, xonanda bu yil bo‘ladigan konsert dasturiga ham tayyorgarlikni boshlab yuborganini qayd etdi: “O‘tgan yilgi konsertimdan o‘zim unchalik qoniqmadim. Ma’murimning ketib qolishi, konsert oldidan meni chuv tushirishgani sabab ancha qiynaldim”. | 69 | 626 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Tom Kruz kosmosda suratga tushgan birinchi aktyorga aylanadi | Gollivud aktyori Tom Kruz yangi rekordlarni yangilash arafasida. U tom ma’noda o‘zi uchun yangi qirralarni ochishga qaror qildi: 60 yoshli Gollivud yulduzi kosmosda suratga tushgan birinchi aktyorga aylanishi mumkin. Loyihaga Dug Liman rejissorlik qiladi, bu haqda produser Donna Lengli ma’lum qildi, deb yozadi People Talk.
“Tom Kruz bizni, shuningdek, butun dunyoni koinotga olib chiqadi. U bilan ajoyib loyihani rejalashtirganmiz. Jangovar sahnani suratga olish uchun raketa Xalqaro kosmik stansiyasiyasiga uchiriladi. Tom esa kosmosga chiqqan birinchi aktyor hisoblanadi”, — deydi produser BBC News’ga.
Loyiha g‘oyasi 2020-yilda tug‘ilgan. Tez orada suratga olish jamoasi Xalqaro kosmik stansiyaga uchib ketadi. | 77 | 716 |
Madaniyat | “Ayol yig‘lay olmasa, bu dahshatli narsa”. “Shamollarda qolgan hislarim” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Bir paytlar o‘zim uchun “O‘qib chiqishim kerak bo‘lgan 100 ta roman” ro‘yxatini tuzgan edim. Bularni albatta xalqaro reytinglar yordamida tuzganman, ammo hamma reytingda uchraydigan “Shamollarda qolgan hislarim” romanini kiritishni xohlamaganman. Chunki men erkak va ayol sevgisi haqidagi romanlarni o‘qishga umuman qiziqmayman deb hisoblardim o‘zimni. Buning sababi syujet liniyalari juda torligida edi.
Ko‘p shunday romanlarga qarasangiz, avval sevishishadi, keyin qanaqadir “tushunmovchilik” bo‘lib ajrashib ketishadi, oxiri yana birga bo‘lishadi. Ushbu romanni ham nomidanoq shu klishelar asosida yozilgan bo‘lsa kerak deb o‘ylar edim. Ammo barcha reytinglarda uchrayvergach, o‘qib ko‘rishga qaror qildim...
Hayratdaman. Men eng qiziqqan tarixiy va siyosiy mavzu bo‘lmish AQShdagi fuqarolar urushi haqida bu asarda sevgidan ko‘ra ko‘proq yozilganday nazarimda. Sevgi syujeti ham klishedagiday emas. Xullas, asarni o‘qiganimdan xursandman.
Asar haqida
“Shamollarda qolgan hislarim” – amerikalik yozuvchi Margaret Mitchellning eng mashhur romani, asar voqealari AQShning janubiy shtatlarida 1860-yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi va undan keyingi davrni qamrab oladi.
Roman 1936-yil 30-iyunda nashr etilgan va Amerika adabiyotining eng mashhur bestsellerlaridan biriga aylangan. 1936-yil oxiriga kelib asar bir milliondan ortiq nusxada sotildi. O‘sha yili Mitchell asar asosida film olish huquqini prodyuser Devid Selznikka 50 ming dollarga sotdi. 1939-yilda xuddi shu nomdagi juda mashhur film suratga olindi.
1937-yilda Margaret Mitchell romani uchun Pulitser mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Syujet
Avvaliga romanning bosh qahramoni Skarlett beparvo yosh qizga o‘xshab tuyuladi. Qiz o‘ziga atalgan iltifotlarni tinglashni va qo‘shni yigit Eshli haqida o‘ylashni istaydi. Qiz urush haqida hech narsa eshitishni xohlamaydi. Eng muhimi, u qo‘shnisi Eshliga turmushga chiqishni orzu qiladi.
Skarlett go‘zal, yorqin va g‘ayrioddiy temperamentga ega qiz. Ammo qizning keyingi hayoti boshqacha kechadi. U sevgilisi Eshli bilan turmush qurmaydi, unga achchiq qilib boshqasiga turmushga chiqadi.
Keyin dahshatli urush paytida qo‘lida bolasi bilan yolg‘iz qoladi, eri urushda halok bo‘ladi. Bundan tashqari, u Eshlining xotiniga ham g‘amxo‘rlik qilishi kerak; bu juda qiyin bo‘ladi.
Taqdir Skarlett O’Xara uchun juda ko‘p sinovlarni tayyorlaydi, lekin aynan shu sinovlar uning xarakteri kuchli ekanini namoyish etadi va bu fazilatlar ayolga barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, hatto eng murakkab vaziyatlarda ham nafaqat o‘zi uchun, balki uni sevadigan va unga muhtoj bo‘lganlar uchun ham yo‘l topishga yordam beradi.
Tahlil
Xuddi shu nomdagi mashhur film uchun adabiy asos bo‘lib xizmat qilgan ushbu epik to‘plam, yozuvchi va jurnalist Margaret Mitchell tomonidan nashr etilgan yagona romantik va tarixiy doston edi. Qo‘shma Shtatlardagi fuqarolar urushi haqida uchinchi shaxs nomidan hikoya qilingan ushbu kitobda biz Skarlettning shaxsiyatini, uning sevgi mojarolari va intilishlarini, quvonchlari va azob-uqubatlarini kuzatamiz. Asarda asosiy ikkita erkak siymosi bor, bular: Eshli Uilks va Rett Batler. Skarlett Eshlini sevadi, ammo Batlerga turmushga chiqadi. Asar oxirida o‘quvchi Skarlett aslida kimni sevganini tushunib yetadi.
Mitchell, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davrida janubni himoya qilish uchun azob-uqubatlarga rozi bo‘lish yoki omon qolish kabi muammolar bilan bir syujetda, doimiy hissiy mojaroda bo‘lgan qahramonlar bilan kuchaytirilgan romantik hikoyani birlashtira olgan edi. Roman juda keng qamrovli, ammo Margaret Mitchell juda sodda yo‘l bilan zich syujet ichida qiziqarli personajlarning yaxshi to‘plamini yaratgan. Uning qahramonining zamon ijtimoiy kontekstiga moslashish jarayonlarini esa menimcha hatto jamiyatshunoslik darslarida qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
“Shamollarda qolgan hislarim” deyarli ming sahifa davomida biz insonlar bir-birimizga bog‘lagan ko‘plab rishtalar haqida so‘zlaydi. Asar baxtiyor dunyosi yemirilib borishini kuzatuvchi janublik yosh ayolning hayoti haqida hikoya qiladi.
Asarda irqchilik va quldorlik kabi arxaik qadriyatlarga asoslangan sivilizatsiya qanday yo‘q bo‘lib ketishini, boshqa turdagi qadriyatlar ustunlik qiladigan jamiyat shakllanishini kuzatish mumkin. Bu AQSh hayotidagi paradigmalarning o‘zgarish bosqichidir, chunki endi Amerika qullar tufayli o‘sib borgan katta plantatsiyalardan tashkil topgan qishloq xo‘jaligidan chiqib, asta-sekin dunyoning sanoat mexanizmiga aylanmoqda.
Bu jarayonlar erkatoy va tantiq qizni yetuk ayolga aylantirib, uni oilasi uchun javobgar va zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlovchi qilib tarbiyalaydi.
“Shamollarda qolgan hislarim” serialidan kadr
Bu tiriklik, bardosh, urushga, vayronagarchilikka yoki o‘limga qaramay oldinga siljish qo‘shig‘idir, muvaffaqiyatsizlikka qaramay taslim bo‘lmaydigan ayol siymosidagi jangovar ruhdir.
Xulosa
Asarda janubning qadriyatlarini romantik ideallashtirishda irqchilik elementlari ham mavjud. Shamollarda qolgan hislarim – 80 yil oldin, “quldorlik foydasi” prizmasi asosida yozilgan edi. O‘sha paytlarda irqiy bo‘linish ayniqsa janubda kuchli bo‘lgan. Ammo asarda sevgi va hayot uchun kurash mavzusi juda chiroyli ochib berilgan.
Roman juda sodda va deyarli fotografik tavsiflash tilida yozilgan. Uning tarixiy ahamiyati katta, chunki bu bizga o‘sha davr olami, shaharlar, uylar, janubdagi odamlar, hatto urush qiyinchiliklarini tushunishimiz uchun tayyor tarixiy qo‘llanmadir.
Roman bir necha avlod kitobxonlarini o‘ziga jalb qilgan va kelajak avlodlar uchun ham davom ettiradigan ajoyib asardir.
Iqtiboslar
Agar uning qalbi xotiralar azobiga tushib qolgan bo‘lsa, inson oldinga intila olmaydi;
Boshqalardan ajralib turish... bu hech qanday jamiyat kechirmaydigan gunohdir. Boshqalarga o‘xshamaslikka jur’at etib ko‘ring – sizni umrbod yomon ko‘rishadi!
Ayol yig‘lay olmasa, bu dahshatli narsa;
Agar siz dil izhoringizni juda uzoq vaqtga kechiktirsangiz, buni qilish qiyinlashib boraveradi, oxiri bu shunchaki imkonsiz bo‘lib qoladigan payt keladi.
Qiziqarli faktlar
- Mitchell roman ustida o‘n yil davomida ishlagan bo‘lsa ham, u kitob yozayotganini deyarli hech kim bilmas edi. O‘z ishini do‘stlari va qarindoshlaridan yashirgan;
“Shamollarda qolgan hislarim” serialidan kadr
- Biz hozir Skarlett deb biladigan roman qahramoni asar yozilishi davridagi ko‘p yillar davomida Pensi deb nomlangan;
- 1949-yil 11-avgustda Margaret Mitchell eri bilan kinoga boradi. Atlantadagi ko‘chalardan biridan o‘tib ketayotganida uni mashina urib yuboradi. Bir necha kundan keyin Margaret Mitchell olgan jarohatlari tufayli vafot etadi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida
“Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman
“Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida
“Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida
O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida
“Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida
Daydi bola daftari. Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida | 86 | 7,731 |
Madaniyat | Marvel Anjelina Joli, Salma Xayek va Kit Xarington ijrosidagi “Abadiylar” filmining final treylerini e’lon qildi | Marvel studiyasi millionlab yillar Yer sayyorasida yashagan, biroq insonlar o‘rtasidagi mojarolarga aralashmagan qudratli irq haqidagi “Abadiylar” filmining yakuniy treylerini namoyish etdi, deb xabar beradi Esquire.
Kadr: YouTube
E’lon qilingan treylerdan tushunish mumkinki, Tanosning chertkisidan keyin koinotdagi hayotning yarmi yo‘q qilingan va ularning yana hayotga qaytishi abadiylarni o‘zini ko‘rsatishga majbur etgan, chunki hosil bo‘lgan energiya ularning yovuz qarindoshlari — deviantlarni uyg‘otib yuborgan.
Shuningdek, treylerda “olamlar kushandasi” — superyovuz Galaktus ham ko‘rsatilgan. Bunga qadar u “Fantastik to‘rtlik: kumush syorfer”da (2007-yil) filmida ulkan kosmik bulut shaklida ko‘rinish bergan edi.
Kadr: YouTube
Filmda Anjelina Joli, Salma Xayek, Kit Xarington, Richard Medden, Kumeyl Nanjiani, Jemma Chan kabi taniqli aktyorlar rol ijro etgan.
“Abadiylar” filmining rejissori — Xloya Chjao. Uning “Ko‘chmanchilar yeri” (2020-yil) filmi uchta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan — eng yaxshi film, eng yaxshi rejissorlik ishi va eng yaxshi ayol roli (Frensis Makdormand).
Kartinaning premyerasi 27-oktabr sanasiga rejalashtirilgan.
Avvalroq Disney Skarlett Yoxansson ishtirokidagi barcha loyihalarni yakunlashga qaror qilgani, “Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark Marvel kinoolamining yangi superqahramoniga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Marvel osiyolik superqahramoniga oid filmining treylerini taqdim etdi | 112 | 1,451 |
Madaniyat | 7-8 may kunlari «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo`lib o`tadi | Joriy yilning 7-8 may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Solim Padang» qishlog`ida xalqimizning ko`p asrlik qadriyatlari va an`analarini o`zida tarannum etuvchi «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Festival O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi «Boysun bahori» xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida tashkil etilmoqda. Xalqaro festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoa ishtirok etadi.
Tadbir doirasida milliy kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko`pkari, barg uloqtirish, arqon tortish, chilak va boshqa xalq o`yinlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan folklor festivalni yuqori saviyada o`tkazishga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda.
Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi o`tov-uy, sport va xalq o`yinlari g`oliblari nomi aniqladi.
Ma`lumot uchun, butun dunyo xalqlari mehr qo`ygan maftunkor Boysun YuNESKO tomonidan «Insoniyatning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi» durdonasi sifatida e`tirof etilgan va 2008 yilda tashkilot tomonidan «Insoniyatining nomoddiy madaniy merosi» Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan. | 71 | 1,397 |
Madaniyat | Rossiyada ko‘zi ojiz musiqachi yonib turgan pianinoni chaldi (video) | Rossiyalik ko‘zi ojiz pianinochi Danila Bolshakov Fin ko‘rfazi qirg‘og‘ida yonib turgan pianinoni chaldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Sozanda Maks Rixterning H In New England kompozitsiyasini ijro etdi.
Pianino kompozitsiya boshlanishida yoqib yuborildi. U Bolshakov asarni ijro etib bo‘lgach yonib bitdi. | 68 | 311 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik san’atkorlar #BoburDay heshtegini trendga chiqarishga yordam bermoqda (foto) | Bugun, 14-fevral kuni 14:00 da Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari tomonidan mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun boshlanadigan harakatni o‘zbekistonlik san’atkorlar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay yozuvi (heshtegi)ni ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin.
Avvalroq xonanda Lola Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazib, #BoburDay heshtegini reklama qilgani xabar berilgan edi. | 91 | 648 |
Madaniyat | Anjelina Jolining hatto eng sodiq muxlisini ham hayratga soladigan qiziqarli faktlar | 4-iyun kuni 46 yoshni qarshilagani munosabati bilan Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisasi Anjelina Joli haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Joli aktrisaning ikkinchi ismi. Anjelina haqiqiy familiyasi — Voytdan otasi bilan tortishib qolganidan keyin voz kechgan. Bolaligida ilon va kaltakesaklarni yig‘ib yurishni yaxshi ko‘rgan aktrisaning sevimli hayvoni Vladimir laqabli kaltakesak va Garri Din Stenton laqabli ilon bo‘lgan.
Beverli-Xillzn maktabida o‘qigan Anjelinani maktabdoshlari haddan ortiq ozg‘inligi, ko‘zoynak va briketi sabab kalaka qilgan. Ota-onasi ajrashgani oilaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmagan. Shuning hisobiga Jolining
oddiy kiyinib yurishiga to‘g‘ri kelgan.
U karyerasini boshlashi bilan darhol omadi kelmagan. Yuzidagi mung asos qilib ko‘rsatilib aksariyat hollarda kastinglarda unga rad javobi berilgan. Muvaffaqiyatsiz filmda suratga tushgan vaqti aktrisa bor-yo‘g‘i 17 yoshda bo‘lgan. Ushbu film ekran yuzini ko‘rganidan keyin hafsalasi pir bo‘lgan Joli 1 yil davomida kastinglarda qatnashmagan.
Tanqidchilar tomonidan ijobiy baho berilgan “Jia” nomli filmni esa muvaffaqiyatli chiqqan deb aytsa bo‘ladi. Ushbu roli uchun u “Oltin Globus”ni qo‘lga kiritgan. Ushbu mukofotni nishonlayotgan chog‘ida aktrisa Randolph Duke’dan kiygan ko‘ylagi bilan hovuzga sakragan.
Rolling Stones guruhi yetakchisi Mik Jagger “Anybody Seen My Baby?” klipiga suratga tushgandan keyin Anjelinaga
oshiq bo‘lgan. 1999-yilda “Hayotdan uzilgan” filmidagi ijrosi esa uchinchi marta “Oltin Globus” va “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” sifatida “Oskar” olishiga sababchi bo‘lgan. Taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun aktrisa suratga olish ishlarini tashlab, Meksikadan qaytib kelgan. Mukofotni qo‘lga kiritganidan keyin esa darhol ortga qaytib ketgan. Joli “Charlining farishtalari” filmida suratga tushish uchun taklif qilingan. Ammo Lara Kroftni
gavdalantirishni afzal bilgan aktrisa taklifga rad javob bergan.
Anjelaning chap yelkasida ajdar tatuirovkasi bor bo‘lib, keyinchalik unga ikkinchi turmush o‘rtog‘i Bill Bob Torntonning ismi qo‘shilgan. Juftlik bir-biri bilan bir necha oy uchrashganidan keyin oila qurgan va 2 yildan keyin ajrashib ketgan. Shundan keyin aktrisa Bobning ismini yelkasidan o‘chirtirish uchun shifoxonaga 5 marta tashrif buyurgan. Eski tatuirovka o‘rniga aktrisa 6 nafar farzandi va sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittning geografik koordinatasini tushirgan.
Shuningdek, onasi va ukasining ismining bosh harfini ham tatuirovka qilib tushirgan. Iqtiboslarni yaxshi ko‘radigan
Anjelina eng sevimlilarini tanasiga muhrlashni ham afzal bilgan. Qolaversa, tatuirovka qilib tushirilgan Rim raqamidagi sanalar ham mavjud. Chap yelkasining pastki qismiga tushirilgan XIII raqami uning xurofotga ishonmasligiga ishora qiladi. V MCMXL esa Uniston Cherchilning so‘zlagan mashhur nutq sanasi bilan bog‘liq.
Anjelina matbuot kotibi yo‘q mashhurlardan sanaladi. U OAV vakillari bilan mustaqil muloqot qiladi. Katta o‘g‘li Meddoks samolyotlarga qiziqqani sabab 2004-yilda Joli uchuvchi litsenziyasini olgan.
Bred Pitt bilan to‘yi kuni Anjelina farzandlari chizgan surati bilan bezatilgan keng bichimli libos kiygan. Bred Pitt esa o‘sha kuni bo‘yinbog‘ taqishni esdan chiqargan. “Malifisenta” filmi ijodkorlari kichik Avrora roli uchun jajji qahramon topishga ancha qiynalgan. Bolalarning hech biri Malifisenta bilan muloqotga kirisha olmagan. Ammo Viven bilan bunday bo‘lmagan. Bunga qarshisidagi qahramon grimdaligiga qaramay, uning onasi ekanligini bilib turgani sabab bo‘lgan.
Avvalroq Joli Yaman aholisiga yordam berish uchun limonad sotayotgan 6 yashar bolalarga xayriya qilgan. BBC News kanalida ularning kampaniyasi haqida xabar topgan aktrisa bolalarga limonad sotib ololmasligidan afsusda ekani ammo yordam bera olishi mumkinligi yozilgan xat yuborgan. Anjelina kimligini bilmagan bolalarga ota-onalari aktrisa ijrosidagi filmlarni ko‘rsatgan. | 84 | 3,912 |
Madaniyat | Iroda Nosirova nojo‘ya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil “zapret”da yurgani haqida so‘zlab berdi (video) | Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Iroda Nosirova suhbat davomida nima uchun televideniyada 18 yil “zapret”da yurgani sababini ma’lum qildi.
Ko‘pchilik meni “chet elga ketib qolibdi, 18 yil hech qayerda ko‘rinmayapti”, deyishadi. Odamlar ko‘rinmay ketganimni har xil talqin qilishgan. Lekin men Toshkentda edim, ijodni to‘xtatmagandim. Ko‘rinmaganimning ikkita sababi bor edi. Birinchi o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sababi, 18 yil davomida “zapret”da edim. Ikkinchi sababi esa o‘zim shu narsadan ko‘nglim qolib chiqqim kelmadi. Harakat qilsam bo‘lardi, qaysidir eshiklarga bosh urganimda balki chiqardim. Lekin bu narsalarni qilmadim. Chunki san’at, shou-biznesdan ko‘nglim qolgani uchun bu narsalardan uzoqroq yurdim.
Hamma soha bo‘yicha “zapret”ga tushganman. Birinchi “zapret” 21 yoshimda televideniyeda ishlab yurganimda bo‘lgan. Ya’ni televizorga chiqish, biror dasturni olib borish, ko‘rinish imkoniyatidan mahrum bo‘lganman.
Yigirma bir yosh bo‘lgan vaqtimni o‘ylasam, hozir orqaga qarasam, go‘dak bo‘lgan ekanman, deyman. Nima deb o‘ylaysiz, kimga kerak bo‘lgan yosh bir go‘dakning karyerasini sindirish? Siyosiy xato qilmaganman, o‘sha vaqtda jamoaning eng kichkinasi, eng yosh jurnalisti edim. Nima ish buyurilsa, dam olish kuni demasdan, ishimni vijdonan bajarganman.
Menga ishdan tashqari takliflar bo‘lgan. Kimgadir yo‘q deganingizdan keyin kimga ham yoqasiz. Televideniyega tanish-bilish orqali yoki kimdir orqali kelmaganman, hammasiga o‘zimning mehnatim, iqtidorim, ertalabdan kechgacha ishlash qobilyatim bo‘lgani uchun shu ishda ishlaganman. Nima uchun, o‘sha ishim davom etishi uchun, men birovning nafsini qondirishim kerak.
Shu takliflardan so‘ng o‘z xohishim bilan ishdan ketishga majbur bo‘lganman va bundan afsuslanmayman. Balkim boshqa yo‘lni tanlaganimda mansab pillapoyalaridan yuqori chiqib, shuncha vaqt ishsiz yurmagan bo‘lar edim.
Iroda Nosirova, jurnalist, aktrisa, xonanda
Ma‘lumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini “Davr” informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. “Alvido”, “Omad”, “Janob hech kim” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida “Kel” deb nomlangan qo‘shig‘i muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan so‘ng 2020-yildan Zo‘r TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi. | 123 | 2,427 |
Madaniyat | Aziz Abduhakimov: “Madaniy meros haftaligi bizni yangi fikrlar, yangi g`oyalar, yangi yondashuvlarga ilhomlantiradi” | Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida an`anaviy madaniy meros haftaligi va «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” IV Xalqaro kongressi bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik. Haftalikning muhim tadbiri 15 dekabrda Yoshlar ijod saroyida ochilish marosimi bilan boshlanadi. Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov madaniy meros haftaligi ahamiyati to`g`risida fikr bildirdi:
– Madaniy meros haftaligida eng yirik ekspertlar qatnashib, o`zlarining O`zbekistonda qo`llanayotgan islohotlar, moddiy va nomoddiy madaniy merosga bo`layotgan e`tibor to`g`risida o`z fikrlarini bildirishadi. O`ylashimcha, hozirgi pandemiya davrida qanchalik qiyin bo`lishiga qaramasdan, shu tadbirni o`tkazayotganimiz O`zbekistonning madaniy merosga e`tibori kuchli ekanliginining yana bir namoyishi bo`ladi.
O`zbekistonga befarq bo`lmagan ayrim olimlarimiz, etuk mutaxassislarimiz afsuski, pandemiya sababli bu safar o`zlari bevosita tashrif buyurib, haftalikda qatnashishining iloji bo`lmayapti. Shunga qaramasdan, 40 ga yaqin turli davlatlardan eng yirik mutaxassislar O`zbekistonga kelib, tadbirlarda qatnashadigan bo`ldilar. Haftalik doirasida, albatta, madaniy meros bo`yicha xalqaro kongress ham bo`lib o`tadi.
O`ylaymizki, bu bo`layotgan tadbirlar O`zbekistonning madaniy merosini asrab, rivojlanib kelayotganligi haqida hammaga ma`lumot berish bilan birgalikda, judayam katta targ`ibot-tashviqot ishlariga ham asos solmoqda. Aytib o`tish kerakki, Madaniy meros haftaligi Yunesko bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.
Bu tadbir orqali xalqaro mutaxassislar bilan fikr almashib, madaniy meros namunalarini tadqiq qilinishi jarayonlari qanday kechayotgani, O`zbekiston yana qaysi masalalar ustida ishlashi zarurligi haqida xulosa qilamiz, yangi fikrlar, yangi g`oyalar, yangi yondashuvlarga ega bo`lamiz va bu platforma olimlarimiz hamda mutaxassislarimizga fikr va tajriba almashuv maydoni bo`lib xizmat qiladi. | 117 | 1,929 |
Madaniyat | Hindiston kompaniyalari xodimlariga kinopremyeraga tushish uchun vaqt ajratadi | Hindistonning bir nechta kompaniyasi xodimlariga bosh rolni Rajnikant ijro etgan yangi “Kabali” filmini ko‘rishlari uchun bo‘sh vaqt taqdim etishga qaror qildi. Film Hindistonda joriy yildagi eng kutilayotgan kartinalardan biridir, deb xabar beradi “Interfaks”.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, 22-iyul, juma — premyera kuni ko‘pchilik baribir ishga kelmaydi va filmga tushadi, shu bois kompaniyalar rahbarlari buni rasmiylashtirishga qaror qildi.
Rajnikantning Chennai shahrida istiqomat qiluvchi muxlislari 22-iyulni yangi film premyerasi munosabati bilan rasman dam olish kuni deb belgilashni so‘rab onlayn-petitsiya chop etgan edi.
Rajnikant asosan Kollivudda — tamil tilidagi filmlarda suratga tushadi. O‘ziga xos ijrosi tufayli ulkan shuhrat qozongan Rajnikant 2007-yilda Osiyoning Jeki Chandan keyingi eng qimmat aktyori deb topilgan edi. | 78 | 859 |
Madaniyat | “Dizayn”chining Instagram’ni portlatgan taklifi, ko‘chaga chiqishga majbur bo‘lgan Manzura, “Andijoncha”ga o‘ynagan rus qizlar. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 18-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Aktyor va boshlovchi Jahongir Xo‘jayev Moskva ko‘chalarida rus qizlarini andijoncha raqsga tushirgani tasvirlangan pozitiv videolavhani sahifasiga joylashtirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Mashhurbek Raimjonov jahon estarasi yulduzi Adriano Chelentanoning “Suzanna” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov muxlislariga “Farzand” deb nomlangan she’rni o‘qib berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Anvar Sanayev 2019-yilda jonli ijroda bo‘lib o‘tgan konsert dasturida kuylangan “Ona” qo‘shig‘ini ilk marta muxlislariga havola etdi. Ushbu dastur hali YouTube tarmoqlariga joylashtirilmagan.
View this post on Instagram
Xonanda Bahrom Nazarov “Yuraksiz” deb nomlangan qo‘shig‘ini Zoom orqali jonli ijro va jonli musiqada muxlislariga kuylab berdi.
View this post on Instagram
Checheniston xalq artisti San Jay ham muxlislariga jonli ijroda kuylagan qo‘shiqlaridan iborat arxiv videoni taqdim etdi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov hamda aktyor Jamshid Sagatov Leonid Gaydayning “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmidan bir kichik epizodni ijro qilishdi. Ushbu videolavhani aktyor Akmal Mirzo o‘z sahifasiga joylashtirgan.
View this post on Instagram
Xonanda Ulug‘bek Otajonov “Ramazonda” deb nomlangan qo‘shiqni jonli ijroda kuyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Manzura mushukchalari och qolgani uchun ularga ovqat olgani ko‘chaga chiqishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
“Arnold klassik-2018” chempioni Mixail Volinkin karantin vaqtida qanday mashg‘ulotlar bilan bandligini muxlislarga namoyish etdi.
View this post on Instagram
“The cover up” loyihasi orqali mashhurlikka erishgan xonanda Elmurod Ziyoyev Otabek Muhammadzohidning “Mayli telba denglar” deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamkasbi Sardor Rahimxon bilan birgalikda bosh rolni ijro etgan “U meniki” deb nomlangan videoklipini sahifasiga joylashtirdi.
View this post on Instagram
Rejissor Jahongir Qosimov hamda prodyuser Zafar Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan “Ibrat” tarixiy filmining ilk posteri e’lon qilindi. Ushbu posterni film prodyuseri Zafar Yo‘ldoshev o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.
View this post on Instagram
“Dizayn” jamoasining a’zosi Sa’dulla Fatxullayev maktab ma’muriyatiga qiziq videomurojaat yo‘lladi. “Bir oydan buyon bolalar uyda dars qilishmoqda, maktabda nima ish qilishsa, uyda ham o‘sha ishlar bilan band bo‘lishmoqda. Maktab ma’muriyati, iloji bo‘lsa, o‘qituvchilar bilan birga uyning remonti va yangi pardalarga pul yig‘ib bersangiz”, — deya hazilomuz kinoya bilan videomurojaatni yakunlagan.
View this post on Instagram | 162 | 3,207 |
Madaniyat | Taniqli aktyor Turg‘un Beknazarov 63 yoshida yana ota bo‘ldi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turg‘un Beknazarov MY5 telekanalining “Omon-omon” dasturida 63 yoshida ikkinchi bor uylanib, o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida so‘zlab berdi.
“Turmush o‘rtog‘im 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bir yarim yildan so‘ng, 2017-yilda qarindoshlar yig‘ilib, meni uylantirib qo‘ydi. Rafiqam asli chustlik, qizim bilan birga ishlaydi. Namanganda ham katta to‘y qildik. 63 yoshimda o‘g‘il farzand ko‘rdim, ismini Saidakbar deb qo‘ydik”, — deydi aktyor.
“Shu yoshda ko‘rgan farzand boshqacha bo‘larkan. Hali ikki yoshga kirmagan bola telefonimni olib, YouTube’ga kiradi. Juda aqlli. Qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan yaxshi chiqishadi. Katta bo‘lsa, oshna-og‘aynisi ko‘p, xushchaqchaq bola bo‘ladi, shekilli”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Turg‘un Beknazarov.
Ma’lumot uchun, Turg‘un Beknazarov 1-may 1956-yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. 1978-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan.
1997-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni, 2012-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
1977-yildan buyon Muqimiy teatrida ishlaydi. | 60 | 1,159 |
Madaniyat | Antonio Banderas “Indiana Jons”ning beshinchi qismida suratga tushadi | 2021-yilning iyunida Buyuk Britaniyada suratga olish ishlari boshlangan “Indiana Jons” filmining 5-qismiga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Loyihada yulduzlar soni haddan ortiq bo‘lsa-da, unga Antonio Banderas ham kelib qo‘shildi, deb xabar beradi “Film.ru”. U hozircha qaysi rolni ijro etishi noma’lum, ammo yetakchi rollardan biri bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Yangi filmda Xarrison Ford sarguzasht ishqibozi roliga qaytadi, shuningdek, unga “Yaramas” serialining muallifi Fibi Uoller-Brij va Mads Mikkelsen kelib qo‘shilgan.
Stiven Spilbergning rejissorlik majburiyatini o‘ziga Jeyms Mengold (“Logan”) olgan, franshiza yaratuvchisi esa faqat prodyuser bo‘lib qolgan. Saganing beshinchi qismi saundtreki ustida filmning qolgan qismlari uchun qo‘shiq yaratgan Jon Uilyams ish olib boradi.
Hozircha filmning sujeti oshkor etilmagan, premyerasi esa 2022-yilning 29-iyuniga mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyunida Empire jurnali o‘z obunachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib, tarixdagi eng buyuk kinoqahramon nomini e’lon qilgandi. Mazkur reytingning yuqori pog‘onasidan Xarrison Ford ijrosidagi arxeolog Indiana Jons qahramoni o‘rin olgan.
Antonio Banderas va Melani Griffit ajrashish jarayonini to‘liq rasmiylashtirdi | 69 | 1,254 |
Madaniyat | “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Markaziy syujeti qiz va yigit o‘rtasidagi sevgi bo‘lgan asarlarni juda kam o‘qiyman. Nimagadir bu narsa menga judayam primitiv va bachkana his-tuyg‘ular yig‘indisi bo‘lib ko‘rinadi. Lekin diqqatga sazovor asarlar ham talaygina. Shulardan biri Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romanidir. Paytida uni o‘qib chiqishni umuman xohlamaganman. Lekin o‘qishga majbur bo‘lganman.
Asar haqida
“Andisha va g‘urur” ingliz yozuvchisi Jeyn Ostin qalamiga mansub bo‘lib, u romanni yozishni 1796-yilda boshlagan. Ammo roman 1813-yilda dunyo yuzini ko‘rgan, chunki nashriyotchilar qo‘lyozmani rad etgan va u o‘n besh yildan ko‘proq vaqt mobaynida mato ostida yotgan. 1811-yilda nashr etilgan “Aql va hislar” romani muvaffaqiyatidan so‘ng Jeyn Ostin nihoyat o‘zining birinchi asarini e’lon qilgan.
Syujet
Roman janob Bennet va rafiqasining yosh mister Bingliga tegishli Nezerfild-parkka kelishi haqidagi suhbatdan boshlanadi. Xotin erini qo‘shnini ziyorat qilishga va u bilan yaqindan tanishishga ko‘ndiradi. Ayol besh nafar qizidan biri janob Bingliga yoqib qolishidan umid qilmoqda edi. Janob Bennet yigitnikiga tashrif buyurad; u ham bir muncha vaqtdan so‘ng Bennetlar xonadoniga mehmonga keladi.
“Andisha va g‘urur” filmidan kadr
Ularning keyingi uchrashuvi balda bo‘lib o‘tadi. U yerga Bingli opa-singillari: turmushga chiqmagan Kerolayn va janob Xyorstga turmushga chiqqan Luiza, shuningdek, janob Xyorst va do‘sti janob Darsi bilan tashrif buyuradi. Avvaliga Darsining yillik daromadi 10 ming funt sterlingdan oshishi haqidagi mish-mishlar tufayli u boshqalarda yoqimli taassurot qoldiradi. Keyinchalik jamiyat nuqtai nazarini o‘zgartirib, yigit juda “dimog‘dor va o‘ziga bino qo‘ygan” deb xulosa qiladi, chunki yigit hech kim bilan uchrashishni istamaydi va faqat o‘zi taniydigan ikki ayol (opa-singil Binglilar) bilan raqsga tushadi.
Bingli esa davraning guli edi. Bennettlarning katta qizi uning alohida e’tiborini Jeyn tortadi. Qiz ham yigitni sevib qoladi. Janob Bingli Darsining diqqatini Elizabetga qaratishga harakat qiladi, lekin u qizga qiziqmaydi. Elizabet suhbatning guvohi bo‘lib qoladi. U buni bildirmasa-da, janob Darsini yomon ko‘rib qoladi.
Ko‘p o‘tmay Kerolayn va Luiza Jeynni birga ovqatlanishga taklif qiladi. Jeynning onasi qizini yomg‘irda otga mindirib, Binglilarnikiga yuboradi, natijada qiz shamollab qolib, uyga qaytolmaydi. Elizabet kasal singlisini ko‘rish uchun Binglining uyiga boradi. Janob Bingli uni Jeynga qarash uchun olib qoladi. Elizabet nezerfildliklar bilan muloqot qilishni yoqtirmaydi, chunki faqat janob Bingligina uning singlisiga samimiy g‘amxo‘rlikni namoyish etadi. Kerolayn janob Darsining e’tiborini o‘ziga qaratish bilan mashg‘ul. Luiza singlisi bilan birdamlikda janob Xyorst esa uyqu, ovqat va qarta o‘ynashdan tashqari hamma narsaga befarq.
Janob Bingli Jeynni sevib qoladi, janob Darsiga esa Elizabet yoqa boshlagan edi. Ammo Elizabet Darsi uni mensimasligiga amin edi. Bundan tashqari, sayr paytida opa-singil Bennetlar janob Uikxem bilan tanishadi. Yigit hammada yoqimli taassurot qoldiradi. Biroz vaqt o‘tgach, janob Uikxem Elizabetga janob Darsining o‘ziga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlari haqida hikoya qiladi. Gap shundaki, Darsi marhum otasining oxirgi vasiyatini bajarmaydi va unga va’da qilingan ruhoniylik o‘rnini Uikxemga bermaydi. Elizabet Darsi haqida yomon fikrda. Darsi esa Bennettlarni “tengim emas” deydi, Elizabetning Uikkxem bilan tanishishi va do‘stligi ham unga ma’qul kelmaydi.
Nezerfilddagi balda janob Darsi Bingli va Jeynning nikohi muqarrarligini anglay boshlaydi. Bennettlar oilasi – Elizabet va Jeyndan tashqari – odob va axloq qoidalari yetishmasligini namoyish etadi. Ertasi kuni Bennettlarning qarindoshi bo‘lgan janob Kollinz Elizabetning qo‘lini so‘raydi. Elizabet esa onasini xafa qilib, taklifni rad etadi. Janob Kollinz esa tezda o‘ziga kelib, Elizabetning yaqin dugonasi bo‘lgan Sharlotta Lukasning qo‘lini so‘raydi. Janob Bingli kutilmaganda Nezerfildni tark etadi va butun oilasi bilan Londonga qaytib keladi. Elizabet janob Darsi va opa-singil Binglilar uni Jeyndan ajratishga qaror qilganidan shubhalana boshlaydi.
“Andisha va g‘urur” filmidan kadr
Bahorda Elizabet Sharlotta va janob Kollinznikiga tashrif buyuradi. Janob Darsining xolasi Ketrin de Byor xonim esa ularni tez-tez Rozings-parkka taklif qilib turadi. Ko‘p o‘tmay Darsi xolasinikiga keladi. Elizabet janob Darsining qarindoshi, polkovnik Fitsvilyam bilan tanishadi. Qiz bilan suhbat davomida polkovnik “Darsi do‘stini tengi bo‘lmagan bir qiz bilan nikohdan qutqarishga harakat qilyapti”, deb ta’kidlaydi. Elizabet bu gap Bingli va singlisi Jeyn haqida ekanini biladi va Darsiga bo‘lgan adovati yanada kuchayadi. Shuning uchun Darsi to‘satdan uning oldiga kelib, sevgisini tan olib, qo‘lini so‘raganida, u qat’iyan rad etadi. Elizabet Darsini singlisining baxtini yo‘q qilishda, janob Uikxemni xo‘rlashda va kekkayganlikda ayblaydi. Darsi unga maktub yozib, do‘sti Uikxem Darsining singlisi Jorjianaga yomon munosabati haqida xabar beradi. Jeyn va janob Bingliga kelsak, Darsi Jeynni Bingliga nisbatan “chuqur his-tuyg‘ulari yo‘q” deb hisoblashini aytadi. Bundan tashqari, Darsi Bennet xonim va uning kenja qizlari doimiy ravishda namoyish qilgan “odobsizlik” haqida gapiradi. Elizabet janob Darsi haqida fikrini o‘zgartiradi va u bilan qo‘pol munosabatda bo‘lganidan afsuslanadi.
Bir necha oy o‘tgach, Elizabet va uning xolasi va Gardner amaki sayohatga chiqadi. Boshqa diqqatga sazovor joylar qatorida ular egasi uyda yo‘qligiga ishonch hosil qilib, janob Darsining mulki bo‘lgan Pemberliga tashrif buyuradi. To‘satdan mister Darsi qaytib keladi. U Elizabet va bog‘bonlarni xushmuomalalik va mehmondo‘stlik bilan kutib oladi. Elizabet Darsi unga yoqishini tushunadi. Tanishuvlarining qayta tiklanishi, Elizabetning kenja singlisi Lidiya janob Uikxem bilan birga qochib ketganligi haqidagi xabar bilan uzilib qoladi. Elizabet va Gardnerlar Longbornga qaytib keladi. Elizabet Darsi bilan munosabati singlisining uyatli qochishi tufayli tugaganidan xavotirda edi.
Lidiya va Uikxem allaqachon Longbornga er va xotin sifatida tashrif buyurgan, u yerda Uikxem tasodifan janob Darsi ularning unashtiruv marosimida bo‘lganini aytadi. Elizabet qochoqlarni topib, to‘yni aynan Darsi qilganini bilib oladi. Qiz juda hayron, lekin bu vaqtda Bingli Jeynga turmush qurishni taklif qiladi va Elizabet o‘tgan voqealarni unutadi.
Katrin de Byor xonim kutilmaganda Elizabet va Darsining nikohi haqidagi mish-mishlarni inkor etish uchun Longbornga keladi. U jiyanining Elizabetga uylanishiga qarshi edi. Elizabet uning barcha talablarini rad etadi. Ketrin xonim ketmoqda va Elizabetning gaplarini jiyaniga aytib berishini aytadi, ammo bu Darsiga Elizabet unga nisbatan fikrini o‘zgartirgan degan umidni beradi. U Longborn shahriga boradi va yana bir bor uning qo‘lini so‘raydi. Bu safar uning g‘ururi va Elizabetning andishasi ularning baxti bo‘lishlariga to‘sqinlik qila olmaydi.
Tahlil
Xulosamga ko‘ra, kitob nomi o‘zbek tiliga noto‘g‘ri o‘girilgan. Kitob syujeti Elizabetning Darsiga nisbatan noto‘g‘ri, adashgan nuqtai nazari va Darsining g‘ururini o‘ziga asos qilib olgan. Aslida “Hurofot va mag‘rurlik” deyilsa to‘g‘riroq bo‘lardi. Albatta, “Andisha va g‘urur” nomi chiroyliroq chiqqan.
Asar opa-singil Bennetlarning sarguzashtlari va dahshatli xatolari haqida hikoya qiladi. Elizabetning xarakteriga e’tibor qaratib, muallif bizni jamiyat bilan hazil orqali tanishtiradi va uning bor kamchiliklarini ham ochib beradi. Bu uning zamonida bosh qahramonning qiyofasiga mos edi.
Elizabet va Darsi o‘rtasidagi betakror munosabat, shubhasiz, asarning eng diqqatga sazovor joyidir, chunki u o‘quvchini butun hikoya davomida o‘ziga jalb qiladi, bu munosabat nihoyatda chalkash turli bosqichlarni bosib o‘tib, oxiri muhabbatni qabul qiladi. Ko‘pchilik Ostinning bu asarini romantik deb hisoblasa-da, muallif asarda o‘zi yo‘nalish tanlab bergan muhabbat qissasidan uzoqlashganga o‘xshaydi. Bosh qahramonlar qoqiladi, xato qiladi. Bu ikki odam o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarga nimalar olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi haqiqiy tasavvur bo‘lib, unda hamma narsa biz xohlaganimizday amalga oshmasligi mumkin.
“Andisha va g‘urur” filmidan kadr
Romanning satirik qismiga kelsak, asarda Jeyn Ostin istehzodan ajralmas manba sifatida foydalanadi; qahramonlarni va umuman davr xarakterini yozuvchi yashayotgan jamiyatning bema’ni tomonlarini mazax qiladigan keskin izohlari bilan ochib tashlaydi. Ko‘plab qahramonlarining qaror va xatti-harakatlari o‘quvchiga kulgili ta’sir ko‘rsatadi, bu esa quruq romantik hikoyaga berilgan “rasmiy tus”ga qarshi turadi. Buni bosh qahramonning ota-onalarida yaqqol ko‘rish mumkin: missis Bennet, “tentak, farosatsiz va hazilkash ayol”; janob Bennet, “aql, qo‘pol hazillar va isrofgarchilik”ning g‘alati aralashmasi.
O‘zi bilgan, cheklangan olamidagi narsalargagina e’tibor qaratish tanqid qilinadi albatta, ammo bu Ostinning tasvirlashdagi aniqligi bilan bir qatorda, qahramonlarining tevarak-atrofini va hatto bir xil ko‘rinadigan mavzularni idrok etishimizga imkon beradi.
Boshqa tomondan, Elizabetning fe’l-atvori biz uchun tasvirlangan kontekstda deyarli sezilmaydi. Lizzi aqlli, oqila va biroz romantik, ammo ayni paytda davr bilan nomuvofiqdir. Uning hayot haqidagi tasavvurini juda zamonaviy deb hisoblash mumkin. Elizabet – Jeyn Ostin sevmagan odam bilan turmush qurishni istamagani haqidagi fikrining ifodasidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, asar hamma uchun emas. Asarning zerikarli qismlari juda ko‘p. Syujet chiziqlarining aylanib-aylanib kesishishi albatta qiziqarli. Ammo ular menga juda cho‘zilib ketganga o‘xshaydi. Muallifning fikrlashda o‘sha davr Angliyasidan biroz oldinga ilgarilab ketganiga asarda feminizm g‘oyalarining kurtaklarini ko‘rib amin bo‘lishimiz mumkin. O‘sha davr atmosferasi yaxshi ochib berilganini hisobga olgan holda uni davr romantikasi va ahvolini his etib ko‘rish uchun o‘qib chiqishni maslahat bergan bo‘lar edim.
Iqtiboslar
Men chindan ham yaxshi ko‘rgan odamlarim juda kam, ular haqida yaxshi o‘ylaydigan odamlarim esa undan ham kam;
Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti;
Biz behuda narsalarga aldanib qolamiz. Masalan, ayollar kimningdir hayrat bilan bitta qarashiga juda katta ahamiyat beradi;
Bir kishi uchun odob va fazilat haqidagi qarashlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi;
Undan nafratlanishga qaror qilganing, yoqimli odam bo‘lsa. Bu eng katta baxtsizlik bo‘lishi mumkin.
Qiziqarli faktlar
- Jeyn Ostin roman ustida ishlashni boshlaganida 21 yoshda edi;
- “Andisha va g‘urur” bir necha bor kino sanoatiga moslashtirilgan. Eng mashhur versiya – 1995-yilgi shu nomli mini-serial. Dunyoga mashhur Gollivud aktyor va aktrisalari Kira Naytli, Metyu Makfaden va Rozamund Payk o‘ynagan. Filmning to‘rtta Oskar mukofotiga da’vogarlik qilgan versiyasi ham bor;
- Asarda “Darsining yillik daromadi 10 ming funt sterlingdan oshishi” bayon etilgani tufayli bir guruh qiziquvchilar 2013-yilda XIX asr boshidan beri sodir bo‘lgan moliyaviy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda hozirgi paytda bu miqdor 12 million funt sterlingga (yoki 18,7 million dollarga) teng bo‘lishini hisoblab chiqqan.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida
Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida
So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida
Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?
Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida
Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida
Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida
Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida
“Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman | 105 | 12,152 |
Madaniyat | Teatrlar qishki ta`til vaqtida qanday spektakllarni namoyish etadi? | Yangi yil yaqin. Hademay o`quvchilarning qishki ta`tili boshlanadi. Kimdir ota-onasi bilan birga mehmondorchilikka bormoqchi, yana kimdir vaqtini do`stlari davrasida o`tkazish niyatida. Boshqa birov shahar markazida bezatilgan Yangi yil archasini ko`rishga, qorbobo va qorqizning sovg`alaridan bahramand bo`lishga otlanadi.
Shu kunlarda yurtimiz teatrlarida namoyish etilayotgan spektakllar ham yigit-qizlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi, O`zbek Milliy akademik drama teatrida yosh tomoshabinlar e`tiboriga havola etilayotgan “12 oy” nomli spektakl ko`pchilikda qiziqish uyg`otmoqda. Bu sahna asari Samuil Marshakning ertak-dramasi asosida tayyorlangan.
Hududlarda bo`lib o`tadigan spektakklar bo`yicha xs.uz Madaniyat vazirligi ma`lumotlariga asoslanib xabar berdi. Shuningdek:
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Sehrli o`rmondagi Yangi yil”, Andijon viloyatidagi yoshlar teatrida “Sahrodagi qor”, Qashqadaryo viloyatidagi musiqali drama teatrida “Qo`ng`iroqli aldoqchi”;
Jizzax viloyati qo`g`irchoq teatrida “Asl qorbobo yoki yo`qotilgan vaqt”, Buxoro viloyati musiqali drama teatrida “Qorqizning o`g`irlanishi”, Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatrida “Qorbobo Marsga boradi”;
Farg`ona viloyati rus drama teatrida “Novogodnee predstavlenie” nomli asarlar yosh tomoshabinlarga taqdim etilyapti.
Bunday spektakllar 10 yanvarga qadar o`tkaziladi. | 67 | 1,413 |
Madaniyat | Shahlo Ahmedova Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan “Golos” teleloyihasida ishtirok etmoqda | Iste’dodli yosh xonanda Shahlo Ahmedovaning ijodida katta burilish bo‘lmoqda. Xonanda qo‘shni davlat Qozog‘iston respublikasida o‘tkazilayotgan “Golos” deb nomlangan katta musiqiy televizion loyihada O‘zbekiston respublikasi nomidan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz.
Nashrda qayd etilishicha, ayni damda Shahlo teleloyihaning navbatdagi bosqichida qatnashmoqda.
“Hozir tanlovning suratga olish ishlari olib borilmoqda. Mening bu loyihadagi ishtirokim haqida qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, bizni Qozog‘iston respublikasiga bir tadbirga taklif etishgan edi. U yerda, tabiiyki, shou-biznes vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etayotgandi. Ulardan biri menga ‘Golos’ tanlovida qatnashib ko‘rish taklifini bildirdi. Meni o‘zimda ham qiziqish bo‘lganligi uchun bu taklifni qabul qildim va o‘zimni sinab ko‘rdim.
Uch bosqichli tanlov o‘tkazildi, unda 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasidan saralab olinganlar esa keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bu yo‘llanma oradan ma’lum bir vaqt o‘tib internet pochta orqali menga ham keldi va men shu yerdaman. Ochig‘ini aytsam, batafsil ma’lumot berolmayman. Sababi, shartnomaga qo‘l qo‘yganmiz va tanlovning o‘z qonun va qoidalari bor”, — dedi Shahlo Ahmedova. | 85 | 1,247 |
Madaniyat | Instagram: Janjalkash “Dizayn”chilar, yangi surati bilan tanqidga uchragan Lola, kelinlik ko‘ylagini kiygan Sitora | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova “Fayod” guruhi xonandasi bilan ko‘rinish berdi.
Rayhon G‘aniyeva va uning “chaqalog‘i”.
Rejissor Rustam Sa’diyev “Boy va novvoy” deb nomlangan serial suratga olishni boshladi. Unda bosh rollarni Javohir Zokirov, Durdona Qurbonova hamda Ma’ruf Muhammedov ijro etmoqda.
Gulchehra Eshonqulova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Shahzoda Matchonova bahorni kutmoqda.
“Sevgi” va “Shukrona” seriallari orqali tanilgan aktrisa Odina To‘xtasinova 26-fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisaning hamkasblari uni ajoyib tarzda tabrikladi.
Turkiyalik xonanda Tarkan rafiqasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Lola Toshkent xalqaro aeroportida o‘rindiqlarga oyog‘ini chiqarib o‘tirgani aks etgan suratini joyladi hamda samolyotda u bilan birga uchgan mehribon va tushunuvchan odamlarga minnatdorchilik bildirdi. Ushbu surat xonandaning folloverlari tanqidlariga sabab bo‘ldi. Uning muxlislari “Siz oyoq qo‘ygan joyga odamlar o‘tiradi”, “Moskvada shunday niqobsiz va oyoqlaringizni o‘rindiqqa qo‘yib o‘tirarmidingiz?”, qabilidagi izohlarni yozib qoldirdi.
Shahzoda Muhammedova avval e’lon qilinmagan bolalik suratlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sitora Alimjonova yangi klip uchun kelinlik libosini kiydi.
Zarina Nizomiddinova folloverlarini yangi surat bilan xushnud etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” kulgi jamoasi vakillari Abdurahmon va Sa’dullaning do‘konda sotuvchi bilan janjallashgani aks etgan video tarqalmoqda. Voqea rostdan yuz berganmi yoki bu qaysidir ko‘rsatuv syomkasimi, hozircha noma’lum. | 114 | 1,725 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova “Golos” loyihasida ikkinchi o‘rinni egalladi | Avval xabar berganimizdek, 27-dekabr kuni “Golos” teleshousining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Nargiz Zokirova ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi.
Foto © vk.com
Finalda Nargiz qolgan jamoalarning ishtirokchilari Sergey Volchkov, Gela Guralia va Tina Kuznetsova bilan raqobatlashdi. So‘nggi bosqich murabbiy Aleksandr Gradskiy shogirdi Sergey Volchkov foydasiga hal bo‘ldi.
“Intermedia” nashrining ma’lum qilishicha, finalistlar ikki bosqichda bahslashdi. Birinchi safar Tina Kuznetsova, keyingi bosqichda esa Gela loyihani tark etdi. Nargiz Zokirova va Sergey Volchkov taqdiri esa teletomoshabinlar ovozi orqali hal qilindi: Volchkovga 75%, Nargizga 25% ovoz berildi.
Ta’kidlash joiz, “Golos” loyihasining so‘nggi sonida Nargiz “Kalitka” va afsonaviy “The Show Must Go On” qo‘shiqlarini ijro etdi.
Eslatib o‘tamiz, Nargiz Zokirova 1971-yil Toshkentda tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi, O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir. U 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda esa AQShga ko‘chib ketgan. | 60 | 1,166 |
Madaniyat | Futbol, kino va estrada vakillari “Faxrli inson” loyihasida ishtirok etdi (foto) | 1-iyun — Xalqaro bolalarni muhofaza qilish kuni va “Faxrli inson” xayriya loyihasining 3 yilligi munosabati bilan “Gemotologiya” qoshidagi oqqon (leykemiya) bilan og‘rigan bolakaylar uchun Sayyod.com sayti tashkilotchiligi ostida maxsus bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar beradi “Sayyod.com”.
Tadbirda 40 dan ziyod xonandalar ishtirok etdi. Ular orasida Nasiba Abdullayeva, Ozoda Nursaidova, Feruza Jumaniyozova, Rayhon, Munisa Rizayeva, Shohruxxon, Shahnoz, Dilso‘z, Imron, Shahboz va Navro‘z, Leyli, Saida, Shahzod Murodov, Tamila, Yagona, Yakzon, Bilolxo‘ja, Maysara, Sardor Rahimxon, Oybek va Nigora, Diyor guruhi, Dilafro‘z, Shahlo Ahmedova, Shoira Otabekova, Kaniza, Samir, Ali Otajonov, Muzaffar Mirzarahimov, Shoira Otabekova, Bahrom Nazarov, Shahriyor, Halima qiziqchi, aktyorlar Asal Shodiyeva va Adiz Rajabov, boshlovchi Otabek Tojiboyev, radioboshlovchi Shirin G‘ofurova, fotograf Muhiddin Ali va boshqalar bor edi.
Bundan tashqari tadbirda “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Olmaliq”, “Qo‘qon-1912” futbol klublari, Muxlis.uz sayti va Ko‘kcha masjidi vakillari ishtirok etdi.
Jami 66 kishi qon topshirgan va 22 million so‘m pul mablag‘lari yig‘ilgan. | 80 | 1,186 |
Madaniyat | Tom Kruz, Juliya Roberts va boshqa dahshatli fe’l-atvorga ega mashhur Gollivud yulduzlari (foto) | Omma oldida har qanday taniqli inson o‘zini yaxshi tutishga urinadi. Shuningdek, ularni samimiy tabassumda ham ko‘rish mumkin. Ammo suratga olish maydonchalarida bular aksincha bo‘lib chiqishi hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
Tom Kruz
Uzoq vaqtdan beri janjalkashligi bilan tanilgan aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq – 7” filmining suratga olinish jarayonida haddidan oshib ketgan. U ijtimoiy masofani saqlamaganligi uchun studiya xodimaridan g‘azablangan. Ularga qarata: “Biz minglab ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, sizlar, g‘alatisizlar! Bu holatni qayta ko‘rmayin. Hech qachon!”− deya baqirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisadan keyin kamida 5 kishi ishdan bo‘shatilgan.
Juliya Roberts
“Kapitan Kryuk” filmining suratga olish jarayonida “Tinkerbell” rolini ijro etgan aktrisaga ijodiy guruh “Tinkerxell” (jahannam) laqabini qo‘ygan. Buning sababi shundaki, Juliyaning chidab bo‘lmas xarakteri bilan birga ishlash juda qiyin kechgan.
Alek Bolduin
Aktyor ko‘pincha boshqalarni haqorat qilishga o‘ziga imkon bergan. 2012-yil u videotasvirchilarning biri haqida noo‘rin gaplar aytgani uchun teleshoudan haydalgan.
Dastin Xoffman
Aktyor shu darajada talabchan bo‘lib chiqdiki, u har bir loyihani ijodiy nazoratini yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi. U bilan ishlash chindan ham qiyin.
Gvinet Peltrou
Aktrisa suratga olish maydonchalarida murosasiz munosabati bilan tanilgan. “Temir odam – 2” filmida u aktrisa Skarlett Yoxansson bilan bir necha bora janjallashgan.
Bryus Uillis
Hayotda bu kabi kamtar ko‘rinishga ega aktyorni suratga olish maydonchasida tanib olish qiyin. Rejissorlar u bilan ishlash jarayonida hattoki miyasi portlashi mumkinligini ham ma’lum qilgan.
Megan Foks
Aktrisa “Transformerlar” rejissori Maykl Bey bilan qattiq janjallashgan va uni “Gitler” deb atagan. Natijada film produseri Stiven Spilberg uni rolidan ozod qilgan.
Marlon Brando
Aktyor 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida filmlarda rol ijro etgan. Ammo yillar o‘tgan sari uning xarakteriga chidash qiyinlashgan. Hatto ayrim film rejissorlari uni suratga olish maydonchasiga mast holda kelganini ham ta’kidlaydi. | 96 | 2,096 |
Madaniyat | “Bundan juda xursandman”. Jahongir Otajonov litsenziyasi tugatilganidan so‘ng ilk marta videomurojaat qildi (video) | Davomi: “O‘zbekkonsert” tanqidlardan so‘ng Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Halima Ibragimovaning litsenziyasini qaytarib berdi
Xonanda Jahongir Otajonov 2019-yilning 14-oktabr kuni litsenziyasidan ayrildi. “O‘zbekkonsert” xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatdi.
Jahongir Otajonov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida ushbu holat yuzasidan ilk bora videomurojaat qoldirdi.
View this post on Instagram
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Mana ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda meni gostrol konsert faoliyatini yuritishim uchun huquq beruvchi litsenziyamni to‘xtatilgani haqidagi gaplar juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Men juda ham xursandman. Chunki bu sabab bilan menga nisbatan bo‘lgan qancha hurmat, e’tibor borligini, qolaversa, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash borligini ko‘rib, bekorga san’atkor bo‘lmaganligimni tushundim.
Allohga behisob shukr, rozi bo‘linglar. Bir umr xizmatingizdamiz, ta’zimdamiz, hammangizdan Alloh rozi bo‘lsin. Uyingizda faqat to‘y bo‘lsin, yurtimiz tinch bo‘lsin.
Litsenziyamiz masalasiga keladigan bo‘lsak, u ham hal bo‘lar, ‘O‘zbekkonsert’ bilan ishlaganmiz har doim, bundan keyin ham kelishib ishlaymiz, Xudo xohlasa.
Jahongir Otajonov, xonanda | 115 | 1,349 |
Madaniyat | Muhabbati sahnadan hayotga ko‘chgan o‘zbek san’atkorlari (foto) | “Darakchi” nashri O‘zbekiston san’ati juftliklarining o‘ziga xos reytingini tuzib chiqdi, deb yozadi “Kun”. Undan o‘rin olgan juftliklarning asosiy jihati shundaki, ular bir-biri bilan sahnada tanishgan.
Quyida ushbu reytingni keltirib o‘tamiz:
1. O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva haqida so‘z borganida, barchaning ko‘z o‘ngida O‘tkir Hoshimov asari asosida suratga olingan “Bahor qaytmaydi” videofilmidagi Alimardon To‘rayev va Muqaddam keladi.
“Bu rolni ijro etganimda 31 yoshda bo‘lib, bir o‘g‘il, bir qizning onasi edim”, — deydi aktrisa. Bu ikki san’atkor teatrdagi 46 yillik faoliyati davomida juda ko‘p bor partnyor bo‘lgan.
2. O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov rafiqasi Tojibar Azizova bilan institutda birga o‘qigan. “Bir-birimizni rashk qilmaganmiz, deya olmayman. Lekin ishonch tufayli rashkka barham berilgan. Rafiqam bilan qiyinchiliklarni birga yengib o‘ta oldik”, — deydi aktyor.
3. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekchanov va O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekchanova 1980-yil hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qib yurgan kezlari tanishgan.
“Mehrixonni bir ko‘rishda sevib qolganman”, — deydi Aleksandr Bekchanov. Bu juftlik 1985-yili oila qurgan. Ular ikki farzandga va bir nabiraga boshchilik qilib kelmoqda.
4. Sevinch Mo‘minova va Sharof Muqimovlarning oila qurishi esa shou-biznes vakillari uchun ham, muxlislar uchun ham kutilmagan voqea bo‘lgan.
“Turmush o‘rtog‘im, avvalo, yuragi toza inson. Shuningdek, oilasi ham juda namunali oilalardan. San’atkorni faqat san’atkorgina tushunishi va his qilishi mumkin. To‘ydan oldin bir-birimizni yaqindan o‘rganganmiz, o‘rtamizda sof va beg‘ubor tuyg‘ular bor”, — deydi Sevinch.
5. Shohida va Mahmud Ismoilovlar ham institutda birga ta’lim olgan. Ular avvalgi Yoshlar, hozirgi O‘zbek Drama teatrida yaqindan tanishgan. Bir necha spektakllarda birgalikda rol ijro etgan. Ish bahona munosabatlari mustahkamlanib borgan.
Mahmud Ismoilov dilidagini izhor qilishi uchun ikki yil vaqt ketgan ekan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sevgi izhor qilmay, “Onamni uyingizga sovchilikka yuborsam maylimi?”, — degan ekan. Shu tariqa 1980-yilning 4-avgustida oila qurgan.
6. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyev va aktrisa Sayyora Mirhodiyeva teatr sabab tanishib, sevishib oila qurgan. Yigirma olti yildan buyon baxtli hayot kechirib kelmoqda.
7. Taniqli san’atkorlar Jumadulla va Saida Rametovlar talabalar turar-joyida tanishgan. So‘ng ular do‘stlikdan sevgigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 1981-yilning 23—24-oktabr kunlari ular oila qurgan.
8. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov ilk bor Navoiyda o‘tgan musiqa tanlovida uchrashgan. Biroq Dilso‘z Farruxning sevgisiga shubha bilan qaragan. Yillar o‘tib, kollejga o‘qishga kirgach, salom-alikdan boshlangan munosabat, do‘stlik rishtalari bilan, so‘ng muhabbat bilan mustahkamlanib, ular shu yili oila qurdi.
9. Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonovlar kursdosh bo‘lib, ilk bor O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga imtihon topshirish kuni ko‘rishgan. Ular 2013-yilning 23-oktabrida oila qurdi. | 63 | 3,147 |
Madaniyat | Adrenalin sababmi yoki hayratda qoldirish istagi? Kaskadyorsiz ishlaydigan Gollivud aktyorlari | Hamma ham qonni junbushga keltiradigan va nafas ichga tushib ketadigan kino sahnalarni yaxshi ko‘rsa kerak. Ba’zida bitta ekstremal sahnani suratga olish uchun kunlar va oylar kerak bo‘ladi. Cosmopolitan nashri nafaqat o‘z rollarini professional darajada ijro etgan, balki barcha xavfli sahnalarni mustaqil bajarishga jur’at etgan aktyorlar haqida ma’lumot beradi.
Tom Kruz – “Uddalab bo‘lmas topshiriq”
Tom Kruz Gollivuddagi faoliyatini endi boshlagan paytlarda ekstremal sahnalarda o‘zi o‘ynashdan qo‘rqqan, bunday ishlarni dublyorlarga topshirishni ma’qul ko‘rgan. Ammo aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasida Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Itan Hant rolini qo‘lga kiritib, film prodyuserlaridan biriga aylangach, hammasi butkul o‘zgardi. Aynan shu kinofilmda Tom Kruz kaskadyorlik mashqlarini mustaqil ravishda bajara boshladi: parashyutdagi parvozlar, jarliklarga sakrash va mototsikl poygalari shular jumlasidan. Hozirgi vaqtda aktyor rejissor va prodyuserlarning o‘zini asrashi va bunday ishlarni kaskadyorga berishi kerakligi haqidagi gapiga parvo ham qilmaydi.
Xloya Greys Morets — “Kallakesarlar”
Jinoyatchilikka qarshi kurashga qaror qilgan o‘smirlar haqidagi komiksning ekranlashtirilgan ajoyib varianti. Xloya Greys Morets mazkur filmda o‘ynaganda 12 yoshda bo‘lgan. Suratga olish ishlariga nihoyatda jiddiy yondashilgan, aktrisa hatto kaskadyorlik kurslariga qatnashishiga to‘g‘ri kelgan. Gap shundaki, ijodkorlar Xloyaning jismoniy holatiga mos keladigan dublyor topa olishmagan, shuning uchun Morets barcha murakkab tryuklarni o‘zi bajargan.
Xarrison Ford — “Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi”
Xarrison Ford har doim tavakkal qilishga va eng qiyin harakatlarni bajarish uchun o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga tayyor. Indiana Jonsning ajoyib sarguzashtlarini hayajonli sahnalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Filmning suratga olish ishlarida Xarrisonni o‘ta xavfli harakatlardan qaytarishga urinishgan, lekin aktyor har doim mustaqil ishlashni talab qilgan. Masalan, vertolyotdan sakrash va avariya sahnalarini Fordning o‘zi bajargan. Haqiqiy hayotda ham u ekstremal sportga qiziqadi va shaxsiy samolyotini o‘zi boshqaradi.
Anjelina Joli — “Lara Kroft: Hayot beshigi”
Anjelina Joli ham bu borada bor kuchi bilan harakat qilishga tayyor. Masalan, lordning jasur qizi haqidagi “Lara Kroft: Hayot beshigi” sarguzasht filmida aktrisa hatto kuyish jarohati bilan kasalxonaga olib ketilgan, chunki suratga olish paytida Jolining pijamasi yonib ketgan. Bu film uchun Anjelina jang san’ati bo‘yicha saboq olishi, yuk mashinalarida tryuklar bajarishi va karnizda yurishni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan. Natijada juda ajoyib sahnalar yaratilgan.
Jeyson Stethem — “Yuk tashuvchi”
Jeyson Stethem – kino olamiga sport orqali kirib kelgan aktyorlardan biri. Stethem 12 yil davomida Buyuk Britaniya milliy terma jamoasining suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha a’zosi, shu bilan birga, jang san’ati mutaxassisi hisoblanadi. Shuning uchun ham filmlardagi xavfli sahnalarni ijro etish Jeyson uchun muammo emas. Bu borada “Yuk tashuvchi” filmini alohida ta’kidlash kerak, chunki mashinada amalga oshirilgan o‘sha mashhur sahna aktyorga qimmatga tushishiga oz qolgan. | 94 | 3,173 |
Madaniyat | “Sariq devni minib” filmining premyeraoldi namoyishi bo‘lib o‘tdi | Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Sariq devni minib” (“Sehrli qalpoqcha-2”) to‘liq metrajli badiiy filmining premyeraoldi namoyishi va kartina ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Matbuot anjumanida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida suratga olingan ushbu filmning yaratilish jarayoni haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romani bolalarning eng sevimli asarlaridan sanaladi. Unda bolalikning sodda va samimiy, quvnoq va zavqli onlari ziyrak va teran nigoh, o‘ziga xos mahorat bilan ochib berilgan. Shu bois mazkur asar dunyoning ko‘plab xalqlari tillariga tarjima etilib, o‘quvchilar mehrini qozongan. Kitobning birinchi qismi asosida suratga olingan “Sehrli qalpoqcha” filmi ham yosh tomoshabinlarga yaxshi tanish.
“Sariq devni minib” badiiy filmida aks ettirilgan voqealar, avvalo, kitobda tilga olingan kulgiga boy sarguzashtlarni tomoshabinlar yodiga soladi. Tinib-tinchimas, sho‘xligidan hatto qo‘shnilar ham bezor bo‘lgan Hoshimjonni buvisi “Bolaning aqli kirsin”, deb qishloqdagi Danak tabibga dastyorlikka beradi. Yozgi ta’til sarguzashtlariga debocha bo‘lgan bu voqea sabab tabibning aslida yolg‘onchi, firibgarligi Hoshimjonning sa’y-harakatlari bilan fosh bo‘ladi.
Quvnoq sarguzashtlaru kutilmagan zavqli epizodlarga boy bo‘lgan ushbu kartina kishini beixtiyor bolalikning beg‘ubor damlariga yetaklaydi.
Film ssenariysi muallifi va rejissyori – Sarvar Karimov. Postanovkachi operator – Izatilla Lutfullayev. Asosiy rollarni Bunyod Rahmatullayev, Shohruh Asadullayev, Tohir Saidov, Muhammadiso Abdulxairov, Fotima Rejametova, Dilbar Ikromova singari aktyorlar ijro etgan.
Eslatib o‘tamiz, zamonaviy fantastika janrida “Sariq devni minib” (“Sehrli qalpoqcha–2”) badiiy filmini yaratish uchun 600 mln so‘m ajratilgan edi. | 65 | 1,898 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva Ahmadboyga pul bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi | So‘nggi kunlarda barchaning tilida shov-shuv bo‘layotgan Ahmadboy voqeasi unga ayrim san’atkorlar ham aloqador ekanligi haqida gap-so‘zlarni keltirib chiqardi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Ahmadboy vasvasasi” deb nomlangan ko‘rsatuv Milliy teleradiokompaniya efirlari orqali uzatilgach esa hatto o‘sha ayrim san’atkorlarning nomlari ham tilga olindi.
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasi orqali Ahmadboyga pul bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi:
“Bugun menga go‘yoki qandaydir Ahmadboy degan odamga pul berganim haqida ma’lumotlar yetib keldi! Men bunday odam borligi haqida endi eshitib turibman! Men hech kimga hech qanaqa pul bermaganman, ayniqsa foizga, menga ikki baravar qilib berishlari uchun! Bu juda katta gunoh ekanligini bilaman! Ollohga shukr hamma narsam yetarli! Shu sababli bunday ko‘zbo‘yamachi insonlarga quloq tutmasligingizni so‘rab qolaman!” | 71 | 881 |
Madaniyat | Instagram: Sardobaliklardan xafa bo‘lgan Yulduz Usmonova, qizlarning sochini turmaklayotgan Ahad Qayum, Jasur Umirovning “Lollita”si | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Jahongir Otajonov hayotning qisqaligi hamda unda mashaqqatlar bisyorligi haqidagi “Ajib dunyo” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
Shahzoda Muhammedova Samarqandda xalq xizmatida bo‘ldi.
Jasur Umirov “Lollita” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Saida Saidbekova qizi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Yulduz Usmonova “butun xalq birlashib, oxirgi tiyinini bergani uchun sardobaliklar rahmat ham demagani” haqida gapirdi.
Shahlo Zoirova milliy libosda tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
“Hech kim kasal bo‘lmasin”, — demoqda Sevara Soliyeva.
Ahad Qayum qizlarning sochini turmaklayotgan holda ko‘rinish berdi.
Zara G‘aniyeva va Shuhrat Azimov “Hindi shou” ko‘rsatuvida juftlik obrazini gavdalantirdi.
Shaxsiy hayotini ommadan sir tutadigan aktyor Alisher Uzoqovning o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan farzandlari Ozod Xurramovning Stories’ida ko‘rinib qoldi. | 132 | 1,060 |
Madaniyat | Sigal Rossiya pasportini shaxsan Putinning qo‘lidan oladi | Gollivud yulduzi Stiven Sigal 25-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, shaxsan davlat rahbarining qo‘lidan RF fuqarosi pasportini oladi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Bugun prezidentning bir qancha ishchi uchrashuvlari rejalashtirilgan. Uning huzuriga bugun Stiven Sigal kirib, Rossiya pasportini oladi”, — dedi Peskov.
Noyabr oyining boshida Rossiya fuqaroligini olgan Stiven Sigal bir muddat ilgari Moskvaga tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi. | 57 | 522 |
Madaniyat | “Oskar” mukofotiga rekord miqdordagi chet el filmlari ko‘rsatildi | 2016-yili AQSh Kino akademiyasining “Oskar” mukofotiga “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha 85 kinofilm ko‘rsatildi. Bu miqdor ushbu kategoriya uchun rekord bo‘ldi, deb xabar beradi Variety.
Shunga yaqin natija 2014-yilda qayd qilingan edi — o‘shanda ushbu nominatsiyada mukofot uchun 83 film kurashgan edi.
Joriy yilda Yaman birinchi marta “Oskar”ga ariza kiritdi.
O‘nta kartinadan iborat shortlist Akademiya tomonidan dekabr oyining oxirida e’lon qilinadi, keyingi yilning 24-yanvarida esa nomzodlar nomi oshkor bo‘ladi. Mukofotni taqdim etish marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. | 65 | 605 |
Madaniyat | Bir nechta xonandalar Bobomurod Hamdamov qo`shiqlarini ruxsatsiz kuylagani uchun javobgarlikka tortildi | Adliya vazirligi tomonidan xalq artistining mualliflik huquqini buzganligi to`g`risidagi murojaati ko`rib chiqildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
Intellektual mulk departamentining ma`lum qilishicha, murojaatni ko`rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo`lgan qo`shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.
Ma`lumot o`rnida, Qonunning 19-moddasiga ko`ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko`rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.
Sudning qaroriga ko`ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi. | 103 | 1,291 |
Madaniyat | Instagram: Hulkar Abdullayeva xonadonida to’y, Shahzod Sultonovga turmushga chiqayotgan Feruza Normatova, 21 kundan beri och qolayotgan Sevara Nazarxon | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Shahzoda muxlislariga har bir kichik narsadan xursand bo‘lish kerakligini aytdi.
Qiziqchi Avaz Oxun sahifasiga Rossiyaning Samara viloyatida tushgan suratini joyladi.
Xonanda Hulkar Abdullayevaning xonadonida katta shodiyona, uning otasi 70 yoshni qarshi oldi.
Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Gulsanam Mamazoitovaning fanklub akkauntiga turmush o‘rtog‘i Sanjar Ahmedov bilan to‘yida tushgan surati joylashtirildi.
Instabloger, vayner Azoda sahifasidagi obunachilarga inson o‘zini qancha yaxshi ko‘rsa, hurmat qilsa, boshqalarni ham shunday yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi kerakligini va shundan keyin ular ham xuddi shunday javob qaytarishini aytgan.
Aktrisa, vayner Feruza Normatova Shahzod Sultonov bilan turmush qurayotganiga ishora qildi. U sahifasiga Ozoda Nursaidovaning musiqasi eshitayotgan jarayonini qo‘yib “Xush kelding, hayotimga” deya izoh qoldirgan. Bundan tashqari, ushbu tarona Shahzod Sultonovga ham yoqishini aytgan va uni belgilagan.
Xonanda Ozoda Nursaidova o‘z taronasiga ishlangan videoklipda Feruza Normatova va Shahzod Sultonovni belgilagan va juftlikka baxt tilagan. Ushbu video ularning haqiqatan ham turmush qurayotganini yana bir bor isbotlaydi.
Opera xonandasi Milena Madmusayeva sahifasiga qizi bilan tushgan suratini joyladi.
“Kichkina tabib” filmidagi roli orqali ko‘plab muxlislarning muhabbatiga sazovor bo‘lgan Dilshodbek Kattabekov erkak kishi hech qachon yalinmasligini, hurmatini joyiga qo‘yib e’tiborli bo‘lish kerakligini, aks holda uni yo‘qotish mumkinligini aytgan.
Xonanda Sevara Nazarxon 21 kundan beri ochlikni boshdan kechirayotgani, faqat suv va sharbat bilan ichayotganini ma’lum qildi.
Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev Turkiyaning Kemer shahrida dam olmoqda. U sahifasiga farzandlari bilan tushgan suratni joyladi.
Aktrisa va teleboshlovchi Sitora Farmonova muvaffaqqiyatga erishish haqida post qoldirdi.
Aktrisa Luiza Rasulova tog‘ning tepasidan barcha g‘alabalar va qayg‘ular ahamiyatsiz ko‘rinishini, uning balandligidan dunyoni keng ko‘rish mumkinligini aytgan.
Malika Ravshanova oilasi bilan tog‘da dam olayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Barchin G‘ofurova muxlislariga hech kimdan hech narsa kutmaslikni va shunda inson o‘zini baxtli his qilishi mumkinligini aytgan.
Xalq ardog‘idagi aktrisa Ra’no Yarasheva muxlislariga Antaliyadan salom yo‘lladi. | 151 | 2,498 |
Madaniyat | Shohona keksayish: Qirolicha Yelizaveta II 95 yoshida ham go‘zal ko‘rinishga qanday erishgan? | Shvetsiyaning go‘zallik va sog‘lomlashtirish brendi FOREO tomonidan tuzilgan dunyoning eng chiroyli qarigan yulduzlar reytingida qirolicha Yelizaveta ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni undan atigi 20 yosh kichik bo‘lgan Helen Mirren egallagan. Buyuk Britaniyaning 13 foiz aholisi qirolichani yoshiga nisbatan muhtasham ko‘rinishga ega deb hisoblaydi. “Domashniy ochag” jurnali qirolicha bu natijaga qanday erishgani haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Quyosh nurlaridan saqlanish
Rasmiy tadbirlarda qirolicha doimiy ravishda bosh kiyimi va qo‘lqop bilan ko‘rinish beradi. Shlyapa quyoshdan himoya qiluvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlari terining erta qarishining eng asosiy sabablaridan hisoblanadi. Shuni bilgan holda qirolicha har safar ko‘chaga chiqishdan avval soyabon va bosh kiyimi olishni unutmaydi. Hatto yozgi ta’tilni ham qirolicha dengiz emas, Shotlandiyadagi Balmoral qarorgohida o‘tkazishni afzal biladi.
Mavsumiy mahsulotlardan parhez
Qirollik oilasi mahalliy ishlab chiqariladigan mavsumiy mahsulotlarni iste’mol qilishni afzal biladi. Masalan, Yelizaveta II iste’mol savatchasida Denhay Farms’ning qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, Musk’s sosiskalari, Noble Foods tuxumlari, Wilkin & Sons murabbosi va H.R. Higgins qahvasini yaxshi ko‘radi. Shirinliklardan qirolicha shokoladli biskvit va qora shokoladni yaxshi ko‘radi. Umuman olganda Yelizaveta II tabiiy mahsulotlarni o‘z ichiga oladigan parhezga amal qiladi.
Pomada surtishni kanda qilmaydi
Hamisha tartibli ko‘rinadigan Yelizaveta II, doim did bilan bo‘yanadi. Pomada – uning makiyajining ajralmas qismi sanaladi. 1953-yil inauguratsiya marosimidan avval Clarins brendiga teri rangiga urg‘u berib, libosiga mos turadigan qirolicha pomadasi uchun buyurtma berilgan. Pomada qirolichaning sevimli qarorgohi sharafiga Balmoral deb atalgan. Umuman qirolicha bir necha yildan buyon labini Elizabeth Arden lab bo‘yog‘i bilan bo‘ylaydi. Och pushti, qizil va lavlagi rangli pomada qirolichaning jon-u dili.
Teri parvarishi
12 yil davomida qirolicha Tella Xollandning Cyclax markasidan foydalangan. U Telladan parvarish borasida maslahat olib turgan. Terini tozalash uchun esa ko‘p yillardan buyon Molton Brown va Bronnley, parvarish borasida esa Eight Hour Cream’ni afzal biladi.
Soch turmagi
90-yillardan buyon qirolicha sochlarini bo‘yashdan voz kechgan. Shundan buyon sochlarning tabiiy oqarishini ma’qul biladigan hazrati oliyalari, qolaversa bir soch turmagida yuradi. Ayni vaqtda uning shaxsiy stilisti Yan Karmaykl hisoblanadi. Sochlari uchun u hind yog‘ochidan ishlangan taroq ishlatishni afzal biladi.
Qo‘llarga alohida e’tibor
Qirolicha qo‘llariga qo‘lqop kiymasdan ko‘rinish bermaydi. Bu borada u paxtadan tikilgan modellarni afzal biladi. Yil davomida deyarli 5 ming marta qo‘l berib ko‘rishadigan Yelizaveta II, infeksiya yuqtirib olishdan cho‘chiydi. Uning sumkasida hamisha Jeunesse des Mains kremlarini ko‘rish mumkin. | 93 | 2,925 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi | O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xabar qildi.
Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi so‘zana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya tog‘a”), Qorasoch (Uyg‘un, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlug‘ qon”), Ona (E’ Robles, “O‘limdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (O‘. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.To‘la, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
To‘ti Yusupova 1994 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. | 50 | 1,060 |
Madaniyat | Daniya – Eurovision-2013 tanlovining g‘olibi | Biz avvalgi yangiliklarimizda Eurovision-2013 (“Yevrovideniye”) tanlovi haqida xabar berib o‘tgandik.
Daniyalik Emmili de Forest Eurovision-2013 tanlovi g‘olibi deb topildi
8-may kuni Shvetsiyaning Malmyo shahrida ushbu nufuzli tanlovning final bosqichi o‘tkazildi. Finalda 26 ta mamlakat (Rossiya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Estoniya, Daniya Ozarbayjon, Irlandiya, Gretsiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Estoniya va boshqalar) vakillari o‘zaro bellashdilar.
Daniyalik Emmeli de Forest “Only Teardrops” taronasi bilan ovoz berish jarayonida 281 ball to‘plab, Eurovision-2013 xalqaro tanlovining g‘olibasiga aylandi.
2-o‘rin Ozarbayjon vakili Farid Mammadov (“Hold me”) qo‘shig‘iga nasib etdi.
Farid Mammedov (Ozarbayjon) - 2-o'rin sohibi.
Ukrainalik Zlata Ognevich o‘zining “Gravity” kompozitsiyasi bilan 3-o‘rin sohibasiga aylandi. Norvegiyalik Margaret Berger (“I feed you My Love”), Rossiyalik Dina Garipova (“What if”) 4- va 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Irlandiyalik xonanda 5 ball bilan eng so‘nggi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Eurovision tanlovi “Biz – hamjihatmiz“ (“We are one“) shiori ostida o‘tdi. Tanlov ramzi sifatida esa kapalak shakli xizmat qildi. | 45 | 1,211 |
Madaniyat | “Tom va Jerri” haqidagi to‘liq metrajli filmning posteri e’lon qilindi. Unda sichqon mushukni yana qiynayotgani tasvirlangan | Warner Bros. Pictures kinokompaniyasi afsonaviy multiplikatsiya seriali asosida ishlangan rejissor Tim Storining “Tom va Jerri” filmi posterini e’lon qildi, deb xabar beradi “Kg-portal.ru”.
Film 2021-yilning 26-fevral kuni kinoteatr va HBO Max orqali bir vaqtda efirga uzatiladi.
Bosh rollarni Xloya Greys Mores, Maykl Penya, Rob Dileyni, Ken Jong va Kolin Jost ijro etgan.
Dunyoga mashhur qarama-qarshilik Jerri Nyu-Yorkka ko‘chib kelib, asr to‘yi arafasida shahardagi eng yaxshi mehmonxonaga joylashganidan so‘ng boshlanadi. Kemiruvchidan qutulish uchun marosim tashkilotchisi Tomni yollaydi.
“Tom va Jerri” haqida to‘liq metrajli film suratga olinishi to‘g‘risida noyabr o‘rtalarida ma’lum bo‘lgandi.
Xitoyda mushuk ostiga yashiringan sichqon internet foydalanuvchilariga “Tom va Jerri” multfilmini eslatdi (video)
Ma’lumot uchun, mushuk va sichqon haqidagi “Tom va Jerri” multseriali animatorlar Uillyam Xann va Jozef Barbera tomonidan 1940-yilda chiqarila boshlangan. Serial yettita “Oskar”ni qo‘lga kiritgan, 1993-yilda to‘liq metrajli “Tom va Jerri” kartinasi ham taqdim etilgan. | 124 | 1,088 |
Madaniyat | Devid Linch kinodan butunlay ketganini ma’lum qildi | Taniqli rejissor Devid Linch kinodan butunlay ketganini ma’lum qildi. Bu haqda u Sydney Morning Herald nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Linchning oxirgi to‘liq metrajli filmi 2006-yili chiqqan “Ichki imperiya” kartinasidir. Rejissor bu uning oxirgi ishi ekanligini ta’kidlamoqda.
“Ko‘p narsa o‘zgardi. Shu qadar ko‘p filmlar, garchi ular orasida buyuklari bo‘lsa ham, prokatda yomon natija qayd qildi. Natijada prokatda muvaffaqiyat qozongan filmlar men shug‘ullanishni istagan ishlarim bo‘lmadi”, — ma’lum qildi Linch.
Ayni paytda, u televideniyedagi ishini davom ettiradi. Shu yilning may oyida “Tvin Piks” serialining davomi chiqadi. | 51 | 676 |
Madaniyat | Zarina Nizomiddinova filmda o‘ziga munosib turmush o‘rtoq sifatida Umid Iskandarovni tanladi | Aktrisa Zarina Nizomiddinova iste’dodni charxlab turish uchun sayoz filmlar orasidan yaxshiroq taklifga ko‘nishga majbur ekanligini aytdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Zarina so‘nggi vaqtlarda kamnamo bo‘lib qolganligiga ham shaxsiy hayotidagi muammolar va rejissyorlardan ko‘nglidagidek takliflar tushmayotgani sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Suhbat davomida aktrisa Jahongir Poziljonov bilan birgalikda suratga tushgan “Iltimos, menga qarang” filmida ishtirok etganidan juda afsuslanishini qayd etdi.
Aktrisa, shuningdek, filmda o‘ziga munosib turmush o‘rtoq nomzodi sifatida berilgan Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov va Umid Iskandarov orasidan “Oqibat” filmidagi jufti Umid Iskandarovni tanladi: “Qolgan partnyorlarim bilan ishtirokimdagi kinokartinalarni ko‘rganimda, ekrandagi juftlikka ishonmayman”. | 92 | 831 |
Madaniyat | «ZAMONLAR ChORRAHASI: O`TMIShNING BUYuK MEROSI – MA`RIFATLI KELAJAK POYDEVORI» XALQARO MEDIA-FORUMIDAN FOTO REPORTAJ | Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOVSadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV
Toshkentda 28-29 noyabr kunlari O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” mavzusida Xalqaro media-forumi bo`lib o`tdi.
Mazkur media forum tashkilotchisi O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA).
Tadbirning hamkorlari: YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Zamon press Info” nashriyot uyi, “Uzbekistan Today ” Axborot agentligi, “Caravan-TV ” telekanali va “Sevimli-TV ” onlayn internet telekanali.
Forumning maqsadi: O`zbek xalqining madaniy-tarixiy merosini o`rganish, asrab-avaylash va keng ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalash va o`qitish.
Media forumda 4 ta xalqaro hamkorlar, 20 ta xorijlik olimlar, 63 ta xalqaro tashkilotlar, elchixonalar va konsulxonalar vakillari, 15 ta xorijiy OAV va Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Yaponiya muzeylari, ilmiy institutlari va tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari, O`zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Media-forumning tantanali ochilish marosimi, “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” videofilmi namoyishi, O`zbekistonning madaniy merosi” media-loyihasining “Sharqning yozma yodgorliklari durdonalari” yangi turkumi taqdimoti o`tkazildi.
O`zbekistonlik 38 ta olimlar, 43 ta davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalliy OAV xodimlari va O`zbekiston muzeylari, ilmiy institutlari va muassasalari hamda kutubxona, oliy o`quv yurtlari rahbarlari va vakillari, O`zEOAVMA, hamkor tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
“Katta Langar” Qur`oni, “Devoni Husayni”, “Poklik bog`i”, “Temur tuzuklari”, “Me`rojnoma” qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini O`zbekiston Hukumatiga tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
KATTA LANGAR QUR`ONI
“Katta Langar Qur`oni” Qur`oni Karimning bizgacha etib kelgan eng qadimiy va bebaho nusxalaridan sanaladi. Qo`lyozma VIII asr oxirlarida pergamentga kufiy-hijoziy xatida bitilgan. Neva daryosining sohilida, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari institutida ana shu muqaddas kitobning bizga etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi saqlanadi. Butun dunyoga mashhur Usmon Qur`onining nodir nusxalaridan biri sanalgan bu qo`lyozma RAF Sharq qo`lyozmalari institutiga Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Katta Langar qishlog`idan borib qolgan. Bu kitobning yana 16 sahifasi O`zbekistonda – Katta Langar qishlog`ida, Toshkent va Buxoroda saqlanadi.
“DEVONI HUSAYNIY” (HUSAYN BOYQARO DEVONI) “Devoni Husayniy” Temuriylar davri kitobat san`atining eng go`zal va beqiyos namunalaridan hisoblanadi. Husayniy taxallusi bilan she`rlar bitgan Hirot hukmdori, Temuriylar sulolasining vakili Sulton Husayn Boyqaro qalamiga mansub. Uning o`ziga xosligi shundaki, ushbu she`riy to`plamning har bir sahifasi oltin bilan sayqallangan, nafis miniatyuralar bilan bezatilgan. Devon Xurosonda kitobat san`ati yuksak darajada rivojlangan bir paytda Hirotda tuzilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, kitob Husayn Boyqaroning shaxsiy ko`rsatmasiga binoan yozilgan. Ushbu kitobga hazrat Mir Alisher Navoiyning ham muborak nazarlari tushgan. Husayniy g`azallari mohir xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan. Bu bebaho qo`lyozma Sharq uyg`onish davrining nodir durdonasidir.
“RAVZATUS-SAFO” (“SOFLIK BOG`I”)
Sharq tarixining etuk bilimdoni Mirxond qalamiga mansub katta hajmli bu asarda payg`ambarlar, xususan, Rasululloh (s.a.v.)ning va ul zotning xalifalari, Sharqda hukmronlik qilgan bir qancha sulolalarning tarixi hikoya qilinadi. Bu tarixiy asarning muallifi Mirxond (1433-1498) Xuroson davlati saroy tarixchilari maktabining yorqin vakili hisoblanadi. Qo`lyozma ko`plab go`zal miniatyuralar bilan bezatilgan.
“ME`ROJNOMA”
Me`rojnoma” - turkiy adabiyotning bebaho yodgorligi bo`lib, XIV asrda o`zbek shoiri Haydar Xorazmiy tomoniidan bitilgan. Asar arab va uyg`ur yozuvlaridan foydalangan holda mumtoz o`zbek tili – qadimgi turkiyda yozilgan. Asar Sohibqiron Amir Temurning o`g`li, buyuk olim va shoh Mirzo Ulug`bekning otasi Shohrux Mirzo topshirig`i bilan yaratilgan. Qo`lyozma yaratilishida o`z davrining eng yaxshi miniatyurachi rassomlari ishtirok etishgan. 84 ta sahifani o`z ichiga olgan “Me`rojnoma”ning 70 ta sahifasini muhtasham miniatyuralar tashkil etadi. Unda islom payg`ambari Muhammad (s.a.v.)ning me`rojga chiqishlari, bir kechada Makkadan Quddusga borib, Masjidul-aqsoni ziyorat qilishlari bilan bog`liq miniatyuralarin ham ko`rish mumkin. Ushbu bebaho qo`lyozma Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
«TEMUR TUZUKLARI»
“Tuzuklar” Amir Temur hayotligida yozilgan. Bu bebaho asar ikki qismdan Amir Temurning etti yoshidan boshlangan tarjimai holi va siyosiy, harbiy, madaniy va boshqa yo`nalishdagi pand-nasihatlari, o`gitlarini o`z ichiga oladi. Har ikki qismda ham asar birinchi shaxs – Amir Temur tilidan hikoya qilinadi. “Temur tuzuklari” davlat, armiya, mamlakat va jamiyatni boshqarishda muhim qonunlar jamlanmasi bo`lib xizmat qiladi. Buyuk Sohibqiron ham ana shu tuzuklar asosida markazlashgan qudratli mamlakat barpo etib, uni boshqarib kelganlar.
* Bu bebaho qo`lyozmalarning faksimile nusxalari Evropaning bu borada juda katta tajribaga ega bo`lgan mashhur bosmaxonalarida chop etiladi. Ushbu qo`lyozmalar oltin bilan sayqallanib, maxsus qog`ozlarda, asl nusxasiga juda yaqin ko`rinishda ko`chiriladi. Nusxalar shu qadar ajoyibki, ularni bir qarashda haqiqiysidan ajratib bo`lmaydi. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti hamda Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan bu nodir qo`lyozmalarning faksimile nusxalari “Sharq yozma yodgorliklari durdonalari” loyihasi doirasida O`zbekistonga taqdim etiladi.
Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV | 116 | 6,241 |
Madaniyat | Xonanda va aktyor Jo‘rabek kinolarda ko‘rinmay qolgani va 80 ming so‘mga oldirgan video klipi haqida gapirdi | Xonanda va aktyor Jo‘rabek “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad uyushtirdi.
Intervyu davomida Jo‘rabek kinolarda ko‘rinmay qolgani sabablari va 80 ming so‘mga oldirgan “Orzu” deb nomlangan klipi haqida gapirib berdi.
Meni faqat xonanda sifatida kinoga taklif qilishmoqda. Aslida aktyorlik yo‘nalishini tugatganman. Aktyor deb qarashlarini xohlardim. Bundan tashqari kinolar juda sayoz. Oxirgi marta kinoga taklif qilishganida ‘qanday rol?’ desam, ‘babnik roli’ deyishdi. Rad javobini berganman, chunki nimagadir ko‘pchilik men haqimda shunday o‘ylaydi.
Uylanishda ham shu sababli ko‘p joydan sovchilarimiz qaytishgan. Negadir meni xotinboz deb o‘ylashardi. Shu so‘zni deb tuhmatlarga qolganman.
Avvallari san’atkorni to‘y boqadi, deyishardi (kulib). Hozir to‘y ham boqolmayaptimi deyman. Chunki to‘ydan tushgan daromadga klip olasiz, uni telekanallarda efirga uzatish uchun ham nimadir berish kerak.
2003-yil “Orzu” degan qo‘shig‘imizga klip olganmiz. Mana shu klip uchun 80 ming pul ketgan. Efirga uzatish, telekanal yoki radiolarda ‘aylantirish’ bugungidek qimmat emas edi. Hozir ular ham o‘zlarini “olishyapti”.
Televideniye va radioda yaxshi qo‘shiq, yaxshi ijodkor degan qarashlar qolmagan. Hozir faqat cho‘ntagingizga qarashadi. Otasining puli bilan telekanal va radiolarni qul qilib olganlar qancha.
Jo‘rabek, xonanda va aktyor | 108 | 1,397 |
Madaniyat | Forbes 2016-yilda eng ko‘p daromad olgan qo‘shiqchi ayollar reytingini tuzdi | Amerikaning Forbes jurnali dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi qo‘shiqchi ayollari an’anaviy reytingini e’lon qildi.
Birinchi pog‘onada 2016-yilda 170 million dollar ishlab topgan amerikalik Teylor Svift joylashdi. Daromadining katta qismini unga 2015-yilda boshlangan “1989” konsert turi va reklamalardagi ishtiroki keltirdi.
Ikkinchi o‘rinni britaniyalik Adel egalladi, yil yakunlariga ko‘ra, uning daromadi 80,5 million dollarga teng bo‘ldi. U “25” albomining sotuvidan va konsert faoliyatidan eng ko‘p pul ishlab oldi.
AQShlik qo‘shiqchi Madonna esa 76,5 million dollar bilan uchinchi pog‘onani band etdi. Ushbu daromadning katta qismi Rebel Heart gastrol turi orqasidan keldi. Ta’kidlash joiz, 2013-yilda u ushbu reytingda yetakchilik qilgan edi.
Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Rianna (75 million dollar), Beyonse (54 million dollar), Keti Perri (41 million dollar), Jennifer Lopes (39,5 million dollar), Britni Spirs (30,5 million dollar), Shanayya Tveyn (27,5 million dollar) va Selin Dion (27 million dollar) kirdi. | 76 | 1,021 |
Madaniyat | Karlson va Bilmasvoy haqidagi multfilmlarni yaratgan rejissor olamdan o‘tdi | Taniqli rossiyalik rejissor, rassom, multiplikator Yuriy Butirin 86 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Bu haqda, animatsion kino uyushmasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Yuriy Butirin 1930-yilning 21-mart kuni tug‘ilgan. 50-yillar oxirida “Soyuzmultfilm” studiyasidagi faoliyatini boshlagan. U ko‘plab mashhur multiplikatsion filmlarning yaratilishida ishtirok etgan, bular sirasida “Xo‘roz va bo‘yoqlar”, “Vovka chekka saltanatda”, “Dyuymovochka” va boshqalar bor. U, shuningdek, Anatoliy Savchenko bilan hamkorlikda Kichkintoy va Karlson haqidagi filmlar postanovkachi rassomi bo‘lgan.
Shuningdek, Butirin “Bilmasvoy Oyda” to‘liq metrajli animatsion filmining rejissori sifatida mashhur. | 75 | 697 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi | “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. Shoir 73 yoshda edi.
Anvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. 1964-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969—1971-yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarda ishlagan.
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981-yilda “Yosh gvardiya” nashriyotida, “Yosh kuch”, “Mushtum” jurnallarida ishlagan. Keyinchalik “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston televideniyesida muharrir sifatida faoliyat olib borgan.
Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1984) to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib kelgan. Uning “Masxaraboz bola” (1980), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983), “Ey, yorug‘ dunyo” (1983), “Ketmagil” (1985), “Bezgakshamol” (1985), “Juda qiziq voqea” (1987), “Oltin yurakli avtobola” (1988), “Dahshatli Meshpolvon” (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etilgan.
Keyingi yillarda “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Ramazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri” (1996), “To‘tiqush”, “Topsang hay-hay…” kabi qissa, pesa va she’r, dostonlarini ham e’lon qilingan.
Anvar Obidjon 1997-yilda “Shuhrat” medali, 1998-yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011-yilda esa “Fidokorona xizmatlari uchun ordeni” bilan taqdirlangan edi.
“O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, a’zolari Anvar Obidjonning oilasi, yaqinlari va adabiyot muxlislariga hamdardlik bildiradi. Marhumni Alloh rahmatiga olsin”, — deya qo‘shimcha qilingan Yozuvchilar uyushmasi axborotida. | 48 | 1,933 |
Madaniyat | Pandemiyadan keyin “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimi qachon bo‘lib o‘tadi? | Koronavirus pandemiyasi sabab “Oskar” taqdirlash marosimi sanasida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tashkilotchilar 2021-yilning 28-fevralida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan marosim ko‘pi bilan to‘rt oyga surilishini taxmin qilmoqda.
Bu kabi holat “Oskar” mukofotining 93 yillik tarixida ilk bor kuzatilmoqda, deyiladi xabarda. Odatda mukofot uchun kuzda da’vogar filmlar ro‘yxati shakllantirilib, yanvar oyida Amerika kinosan’ati akademiyasi vakillari tomonidan nominantlar tanlab olinardi.
Ayni damda dunyo bo‘ylab kinoteatrlar yopiq, premyeralar esa noma’lum muddatga qoldirilgan. Masalan, aprelda taqdim qilinishi kerak bo‘lgan Jeyms Bond haqidagi 25-film premyerasi noyabrdan avval ekran yuzini ko‘rmasligi aniq.
Mukofot tashkilotchilari mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda taqdirlash marosimini 28-fevraldan may oyining oxiri yoki iyun oyi boshiga qoldirishga qaror qilgan. Insayderlarga ko‘ra, muddat uzaytirilishi natijasida belgilangan muddatda chiqib ulgurmagan kartinalar, kelasi yilning boshiga qadar da’vogarlik qilishi mumkin. | 84 | 1,100 |
Madaniyat | Instagram: Rashid Xoliqov xonadonidagi ziyofat, mashinasini sotayotgan Munisa Rizayeva, Manzurani o‘ylantirib qo‘ygan savol | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Gulchehra Eshonqulova qizi Sumayya bilan tushgan surati ostiga hadislardan birini yozib qoldirdi.
Teleboshlovchi Xusnora Shodiyeva orzularidan birini amalga oshirdi.
Yulduz Hamidova yangi surat bilan kuzatuvchilariga ko‘rinish berdi.
Xonanda Mushtariy Zafarning “Ikki ko‘ngillar” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi.
Rayhon G‘aniyeva ham folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Sitora Farmonova Rossiyada QVZ jamoasida faoliyat olib borayotgan vaqtda sahna markazida yiqilib tushib, zaldagilarni qo‘rqitib yuborgani haqida so‘zlab berdi.
Lola muxlislariga Shveysariya poytaxti Bern haqida so‘zlab berdi.
Zohirshoh Jo‘rayev tinimsiz to‘yga boravergani ortidan kasal bo‘lib qolganini bildirdi.
“Insoniyat murakkab davrni boshdan kechirmoqda”, — deb yozadi Sevara Nazarxon.
Xonanda Munisa Rizayevaga 500 dan ortiq atirguldan iborat guldasta sovg‘a qilishdi.
Shuningdek, xonanda o‘ziga tegishli BMW X7 avtomobilini sotayotganini ma’lum qildi.
Izzat Ibragimov nevarasi bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov barcha do‘st-u qarindoshlarini uyiga to‘plab, nevarasi Otabek sharafiga ziyofat uyushtirdi.
“Chotki TV” YouTube kanali boshlovchisi Manzura bilan intervyu chog‘ida ochiq-sochiq kiyimlarini nima qilgani haqidagi savol bilan xonandani o‘ylantirib qo‘ydi. | 123 | 1,479 |
Madaniyat | Otabek Mutalxo‘jayev yangi “Aks-sado” klipida o‘zining qilichbozlik mahoratini namoyish etdi | Otabek Mutalxo‘jayevning muxlislari uning raqsga tushganini ko‘rmagan bo‘lsalar kerak. “Aks-sado” klipi orqali qo‘shiqchining kutilmagan qirralarini kashf qilasiz, deb yozadi Popcorn.uz.
Raqqoslar bilan birgalikda ulardan qolishmay raqs ijro etish uchun Otabek Mutalxo‘jayev ikki oy xoreografiyaga qatnagani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Otabek Mutalxo‘jayevning qilichbozlik sporti bilan shug‘ullanishi ko‘pchilikka noma’lum. Qo‘shiqchi qilichbozlik mahoratini ham klip orqali namoyon etdi.
Avvalroq, Otabek Mutalxo‘jayev ushbu klipni suratga olish jarayonida yong‘in ichida qolgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Shuhrat Mavlonov rejissorligida tasvirga olingan ushbu videoda ko‘plab filmlar va kliplar orqali mashhur bo‘lib borayotgan aktrisa — Yulduz Rajabova ham ishtirok etgan. | 92 | 782 |
Madaniyat | Mashhur filmlarning suratga olish jarayonida jiddiy jarohat olgan Gollivud yulduzlari (foto) | Film va teleko‘rsatuvlarda suratga tushish oddiy odam uchun juda romantik jarayon bo‘lib tuyiladi. Hamma atrofingizda to‘planadi, keyin esa aktyorning iste’dodiga qoyil qolish uchun navbat operator va rejissorga keladi. Biroq jarayonning salbiy tomonini aks ettiruvchi bir nechta hikoyalar mavjud. Axir bir qancha aktyor va aktrisalarning hayoti va sog‘lig‘i bir necha bor tahdid ostida qolgan. Shu munosabat bilan suratga tushish jarayonida jiddiy jarohat olgan kino yulduzlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sharliz Teron
2005-yildagi “Eon Flaks” jangovar filmi Sharliz Teron uchun so‘nggi loyiha bo‘lishi mumkin edi. Haqiqatan ham, aktrisa orqaga salto otishi davomida bo‘ynini noto‘g‘ri harakatlantirgan. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifokorlar uning falaj bo‘lish arafasida, degan xulosaga kelgan. Ammo omadli insonlar bilan hammasi yaxshi yakun topadi.
Jorj Kluni
Siyosiy triller “Siriana” Jorj Kluniga nafaqat “Oskar”, balki boshi bilan bog‘liq jiddiy jarohat ham olib keldi. Sahnalardan birida aktyor stulga bog‘lab qo‘yilgan edi, ammo u stul bilan tasodifan orqaga burilgan. O‘sha vaqtda shifokorga ko‘rinish uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan aktyor dahshatli bosh og‘rig‘iga duch keldi. Faqat bir qator tibbiy tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar Kluni miyani himoya qiluvchi membranani shikastlaganini va u bosh chanog‘i suyaklari bilan bevosita aloqa qilganini aniqladi.
Jeki Chan
Jeki Chan har xil sinishlarni boshdan kechirganini bir necha bor aytgan. Ammo faqat bitta jarohat uning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin edi. Yugoslaviyada “Ma’budlar yarog‘i” filmini suratga olish joyida aktyor devordan daraxt shoxiga sakrashi kerak edi. Birinchi dubl muammosiz o‘tdi. Va ikkinchi marta, Chan boshi bilan toshga tushib, yiqildi. Uning jamoasi Jekini zudlik bilan kasalxonaga yotqizdi va u yerda aktyor og‘ir operatsiyani boshdan kechirdi.
Tom Henks
Tom Henks “Odamlardan yiroqda” filmida suratga tushish joyida tasodifan oyoqlarini jarohatlab oldi. Aktyor tezda shifo topishiga umid qilib, jarohatga ahamiyat bermadi. Biroq ikki hafta o‘tgach, yara og‘rigan va qon ketishi to‘xtamagan va aktyorni shifokorga murojaat qilishga majbur qilgan. Henks uning ichida stafilokokk infeksiyasi rivojlana boshlaganini va bu o‘limga olib kelishini faqat kasalxonada bildi. Yaxshiyamki, shifokorlar terapiyani o‘z vaqtida boshlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Brendon Li
“Quzg‘un” Brendonga otasi Bryus Lining mashhurligi kabi dunyo miqyosida shuhrat keltirishi kerak edi. Biroq suratga olish maydonchasida baxtsiz hodisa yuz berdi va yosh aktyor to‘satdan vafot etdi. O‘lim umurtqa pog‘onasiga yetib borgan va ko‘p qon ketishiga sabab bo‘lgan oshqozonga o‘q otilishi natijasida yuz bergan. | 92 | 2,700 |
Madaniyat | Maska taqishni unutmang, o‘n bir yulduz tayyorlagan osh, Arafa muborak bo‘lsin. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek shou-biznes vakillari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 23-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Xonandalar — Ziyoda, Dilso‘z, Nigora, Madina Mumtoz, Ruhshona, Umidaxon, aktrisalar — Shahlo Zoirova, Muqaddas Sa’dullayeva, Shahzoda Muhammedova, Sevara Soliyeva, Kamola Oripova birgalikda osh tayyorladi va muxlislarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Ushbu video lavha kunning pozitiv va kutilmagan videolavhasi bo‘ldi.
View this post on Instagram
DJ Piligrim ijtimoiy videolavha tayyorlab, sahifasiga joylashtirdi. Xonandaning ushbu videolavhasida uning ko‘chalarni tozalab yurganini ko‘rishingiz mumkin. Lavhaga esa “Bu mening chiqindim emas, ammo bu mening mahallam, mening shahrim, mening sayyoram...”, deya izoh qoldirilgan.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon “Xayr oylar sultoni Mohi Ramazon” deb nomlangan ta’sirli videolavhani YouTube kanaliga joylashtirdi.
Dizayn jamoasi a’zolari Dilshodbek Musabekov, Abdurahmon Mavlonov hamda xonandalar Jahongir Poziljonov, Munisa Rizayeva, Umar Shamsiyev muxlislaridan maska taqishni unutmaslikni so‘rab, sahifalariga fotolavha joylashtirdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Qiziqchi Halimaxonim barchani Arafa bilan tabriklab, sahifasiga videolavha joylashtirdi.
View this post on Instagram
Raqqosa Parizoda chiroyli raqsi bilan muxlislarini xushnud etdi.
View this post on Instagram
Karantin sabab Turkiyada qolib ketgan o‘zbek aktyorlari ham muxlislarini Arafa bilan tabriklab, sahifalariga fotolar joyladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Aktrisa Jamila G‘ofurova farzandlari bilan hayvonot bog‘iga borishgani tasvirlangan foto va videopostlar joylashtirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Sardor Mamadaliyev qulupnayzorda.
View this post on Instagram
Xonanda Shohruxxon “Sizlarni sog‘indim”, deya konsert dasturidan olingan videolavhani sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Deyarli barcha shou-biznes vakillari Arafa muborak degan mazmunda sahifalariga foto va videolavhalar joylab, muxlislarini tabrikladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 114 | 2,562 |
Madaniyat | Yakkabog‘lik aka-singil musiqachilar Italiyadagi tanlovda sovrindor bo‘ldi | Yakkabog‘lik aka-singil musiqachilar — Ahrorbek va Mohidil Nizomovlar Italiyada bo‘lib o‘tgan “Salom, Italiya!” xalqaro ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdi, deya xabar bermoqda “Qashqadaryo” gazetasi.
Tanlovda fortepyano yo‘nalishida qatnashgan Mohidil Nizomova Shopenning “Vals” asarini ijro etib, II darajali laureatlik diplomiga sazovor bo‘ldi
“Akam bilan birgalikdagi duet ijro — Yevropa va Osiyo bastakorlari yaratgan asarlardan parchalar ham barchaga manzur bo‘ldi va biz III darajali diplom bilan taqdirlandik”, — deydi Mohidil.
Qayd etishlaricha, aka-singil Nizomovlar 28-oktyabr — 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tanlovning folklor raqslari yo‘nalishida ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etgan. | 74 | 708 |
Madaniyat | “Yetarlicha ishladim”: Jim Kerri aktyorlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi | Og‘ir xastalik tufayli faoliyatini yakunlagan Bryus Uillisdan keyin Jim Kerri ham kinodan ketganini e’lon qildi. Bu haqda 60 yoshli aktyor 31-mart kuni Access Hollywood’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi The lime.
“Men nafaqaga chiqyapman. Bu borada jiddiy gapiryapman, — dedi u. — Agar farishtalar menga oltin siyoh bilan yozilgan qandaydir ssenariy olib kelsagina odamlar buni ko‘rishi juda muhim ekanini tushunaman va shundagina davom etishim mumkin, lekin hozir tanaffus qilaman. Menga osuda hayot juda yoqadi, rasm chizish hamda ruhiy halovatni juda yaxshi ko‘raman va men his qildim — bu boshqa mashhurlardan hech qachon eshitish mumkin bo‘lmagan narsa — men uchun yetarli. Men yetarlicha ishladim”.
Jim Kerri Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatli komik aktyorlardan biri. U o‘z karyerasini o‘tgan asrning 80-yillarida boshlagan, bir nechta kechki shoularda ishtirok etgan. Aktyor sifatida u “Yorqin ranglarda” seriali tufayli shuhrat qozondi. Ko‘p o‘tmay u ishtirok etgan “Eys Ventura: uy hayvonlari izquvari” kassabop filmlardan biri bo‘ldi. Aktyorning “Niqob” filmidagi ijrosi eng yorqin roli bo‘lib, bu ro‘yxatda yana bir qancha obrazlari mavjud: “Ahmoq va tentak”, “Abadiy Betmen”, “Yolg‘onchi”, “Qudratli Bryus” va “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”.
Shuningdek, Jim Kerrining karyerasi ham kuchli dramatik rollarga ega — “Trumen shousi”, “Sof aqlning abadiy porlashi”, “23-raqam”, “Hazillashdim”. Uning ishtirokidagi so‘nggi film “Sonik 2” bo‘lib, premyera 2022-yil 8-aprelda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazvuga doir: | 80 | 1,545 |
Madaniyat | Aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzand kutmoqda | Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida yashab, ta’lim olayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova o‘zining yangi suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Suratlardan aktrisa tez kunlarda ona bo‘lishini sezish mumkin, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovning farzand kutayotgani haqidagi xabarlar bundan oldin ham tarqalgan edi. Biroq, Gulchehra homiladorligi aks etgan suratini endigina ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. | 46 | 469 |
Madaniyat | Layza Minelli ichkilikbozlikdan davolanish kursidan o‘tadi | Aktrisa va xonanda Layza Minelli AQShning Kaliforniya shtatidagi Malibu klinikasiga alkogolga qaramlikdan davolanish uchun yotdi, deya xabar bermoqda TMZ.
Minelli klinikada bir necha kundan buyon bo‘lib, o‘z vakili so‘zlariga ko‘ra, ancha yaxshi samaralarga erishmoqda.
Aktrisa avvallari ham ko‘p bora reabilitatsiya klinikalari xizmatlaridan foydalangan. U alkogol va dori vositalari suiiste’molidan qutulish uchun shifokorlarga murojaat qilgan. Minellining dorilarga qaram bo‘lib qolishini onasi Judi Garland 1969-yilda vafot etgach, unga tinchlantiruvchi Valium preparatini yozib berishgani sabab qilib keltirilmoqda. | 58 | 621 |
Madaniyat | Neslixan Atagul Burak O’zchivit bilan yana serialda birga suratga tushishi haqidagi savolga javob berdi | Taniqli turk aktrisasi Neslixan Atagul jurnalistlarga Burak O‘zchivit bilan bog‘liq savollarga toqat qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Rus.Turkey.com” xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, jurnalistlarning savoli aktrisaning g‘azabini keltirgan. Ular Neslixan va uning turmush o‘rtog‘i Kadir Doguluga qarata “Agar yana imkon tug‘ilsa, Burak O‘zchivit bilan bitta loyihada ishtirok etasizmi?” degan savolni bergan.
Neslixan ushbu savolga keskin munosabat bildirib, jurnalistlarning bu kabi ig‘vo savollarni berishga haqi yo‘qligini aytgan. Shuningdek, Burak va turmush o‘rtog‘i Kadir o‘rtasida ziddiyat borligini ham tasdiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Kadir va Burak orasidagi kelishmovchilik Kadirning rashki tufayli kelib chiqqan. Sababi Neslixan va Burak “Sevgi iztirobi” serialida sevishgan juftlik obrazini gavdalantirgan.
Savolga esa “Sizlar bizni savollaringiz bilan g‘azablantiryapsiz. Yo‘q. O‘zchivit bilan hozircha umumiy rejalar yo‘q”, − deya aktrisa javob bergan.
Bundan avval Kadir Burakni o‘zini yaxshi ko‘radigan, deb atagan va Twitter sahifasida shunday post qoldirgan: “O‘zchivit har qanday ayolning unga muhabbat qo‘yishiga ishonadi. U xavfli inson”.
Shunga qaramay, O‘zchivit Neslixan va uning turmush o‘rtog‘i bilan yomon munosabatlarini rad etib, jurnalistlarga Kadir hamon uning do‘sti ekanligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda “Sevgi iztirobi” eng yaxshi xorijiy telenovella yo‘nalishi bo‘yicha Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. “Sevgi iztirobi” mazkur mukofot berilgan ilk turk seriali bo‘lgan.
Shuningdek, serial Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31-iyul kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi. | 103 | 2,186 |
Madaniyat | Netflix Kanye Uest haqidagi hujjatli filmni namoyish etish huquqini 30 mln dollarga sotib oldi. Film 21 yil davomida yaratilgan | 2021-yilda Netflix servisida amerikalik reper Kanye Uest haqida hujjatli film paydo bo‘ladi. Servis shouni namoyish etish huquqi uchun 30 million dollar to‘lagan, deb yozadi Esquire.
Reper haqidagi film ikkita kinematograf — Kudi va Chike tomonidan suratga olingan. Ular bunga qadar Kanye bilan Through the Wire videosi hamda Jesus Wawlks klipining uchinchi seriyasi ustida ish olib borgan. Kanye loyihada ijodiy ishtirok etmaydi, serial g‘oyasi Kudi va Chikega tegishli.
Yangi serialdan Kudi va Chike 21 yil davomida suratga olgan kadrlar kiradi — Kanyening 1990-yillarda Chikago hip-hop sahnasida paydo bo‘lishi, onasi Donda Uestning o‘limi, Yeezy brendining yaratilishi va 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridagi muvaffaqiyatsizligi. Hozircha shouda Uestning Kim Kardashyan bilan ajrashganiga oid kadrlar bo‘lish-bo‘lmasligi noma’lum.
Kanye Uest haqida hujjatli film ishlash rejasi haqida uning sobiq tansoqchisi Stiv Stanulis ham aytib o‘tgan. Film davomida Stanulis Uest bilan ishlash davomida og‘ir kechgan damlar haqida so‘zlab bermoqchi.
Avvalroq Netflix Dev Patelning rejissor sifatidagi ilk filmi — “Maymun odam”ni 30 mln dollarga sotib olgani ma’lum bo‘lgandi. | 127 | 1,171 |
Madaniyat | OAV: Bokuda Alla Pugachovaning ahvoli og‘irlashgani sabab unga tez yordam chaqirildi | Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Jara” festivalining ijodiy kechasida Alla Pugachovaning ahvoli og‘irlashib qoldi. OAVning xabarlariga ko‘ra, Primadonnaga tez yordam chaqirishga to‘g‘ri kelgan, deb xabar berdi “MK.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchining ahvoli qon bosimi sabab yomonlashgan. Betobligi sabab u Grigoriy Lepsning yubiley konsertidagi chiqishini bekor qildi.
Pugachovaga yaqin bo‘lgan odamlarning aytishicha, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.
“Alla Borisovna o‘zining Bokudagi chiqishini ertasi kuniga Haydar Aliyev hamda Muslim Magomayev qabrlariga gul qo‘ydi”, — deydi “RIA Novosti” suhbatdoshi.
Ayni vaqtda Pugachova Yurmalada farzandlari bilan hordiq chiqarmoqda.
Iyun oyining boshida Pugachovaning qizi Kristina Orbakayte onasi yurak xurujini boshidan o‘tkazganini ma’lum qilgandi. | 84 | 810 |
Madaniyat | Shohruhxonning o‘g‘li bilan tushgan ilk surati, 35 yoshni qarshilagan Lola, biznesga qo‘l urgan Rayhon. Instagram yangiliklari | 4-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Qarshidagi ulkan tarvuz oldida rasmga tushgan Dilso‘z.
View this post on Instagram
Rayhon ham aksariyat hamkasblari singari biznesga qo‘l urdi. Endilikda u surati va qo‘shiqlari nomi tushirilgan futbolkalar savdosi bilan shug‘ullanadi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Karina Kapur pandemiya davrida hayotini xavf otiga qo‘yib jonbozlik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
San Jay mushugi ishtirokidagi pozitiv video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
“Hayotning har mo‘jizasiga tayyor turing”, demoqda Feruza Normatova.
View this post on Instagram
Gulchehra Eshonqulova oilaviy suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Asal Shodiyeva farzandli bo‘lgani munosabati bilan tabrik yo‘llayotganlarga minnatdorchilik bildirdi hamda turmush o‘rtog‘i va farzandining birga tushgan ilk suratini e’lon qildi.
Shuningdek aktrisa ushbu quvonchli damlarda Shohruhxondan tashqari onasi va singlisi uning yonida bo‘lganini ham ma’lum qildi.
Shohruhxon esa ota bo‘lganining xursandchiligini “Qirol sher” multfilmidan parcha orqali ko‘rsatdi.
View this post on Instagram
Rossiyaga ko‘chib ketgan xonanda Lola 4-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 35 yoshni qarshi oldi. Xonandaning hamkasblari ushbu sana munosabati bilan iliq so‘zlarni yozib qoldirmoqda. | 126 | 1,617 |
Madaniyat | IIV akademiyasi orkestri Despacito qo‘shig‘i musiqasini ijro etdi (video) | O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi orkestri YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan klip — Luis Fonsining Despacito qo‘shig‘i musiqasini jonli ijro etdi. Musiqani ijro etish jarayoni aks etgan video vazirlikning Telegram kanaliga joylashtirildi.
IIV akademiyasi orkestri sozandalari barcha fuqarolarni uyda qolishga chorlab, ularga yaxshi kayfiyat tilagan.
2017-yilda yaratilgan Despacito qo‘shig‘i YouTube’da 6,7 milliard marta tomosha qilingan va YouTube tarixidagi eng ommabop klip sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. | 73 | 542 |
Madaniyat | Bollivud qiroli Shohrux Xon 4 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmda suratga tushmoqda | Bollivud qiroli Shohrux Xon 4 yillik tanaffusdan so‘ng “Pathan” filmida suratga tushmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish ishlari ayni damda Ispaniyada olib borilmoqda. Bosh rollarni Bollivudning eng taniqli vakillari — Shohrux Xon, Dipika Podukone va Jon Abraham ijro etadi. Shuningdek, aktyor Salmon Xon ham filmda epizod rolni o‘ynaydi.
“Pathan” — bu Shohrux Xon 2018-yilda namoyish etilgan “Nol” (“Zero”)dan keyingi suratga tushayotgan ilk film. Yangi loyiha 2023-yil 25-yanvarda hind, tamil va telugu tillarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.
https://t.me/shoubizyangiliklari/7458 | 85 | 616 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.