folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Bilib qo‘ygan yaxshi: turmushdagi turli vaziyatlarda 8 ustalik | Turmushda ham, ishda ham eng oddiy vositalar haqiqiy yordamchilar bo‘lib qolishi mumkin. Hatto siz ba’zi birikmalarning xossalari to‘g‘risida eshitmagansiz ham. U holda, foydali maslahatlar bilan tanishamiz.
1. Barmog‘ingizni kesib oldingizmi? Qonni to‘xtatish vositasi yo‘qmi? Kesilgan joyga shakar sepsangiz muammo hal bo‘ladi.
2. Ta’mirdan keyingi bo‘yoq hidini idishga solingan tuz ketkazadi.
3. Avtomashina oynasi terlamasligi uchun tuzli suvga botirilgan nam doka bilan arting.
4. Sabzavotlar qaynatilgan suv bilan uy o‘simliklarini sug‘orsa bo‘ladi.
5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘i yordamida plita ustidagi zangni ketkazish juda oson.
6. Bir xil miqdorda olingan sut va sirka aralashmasi stol ustiga to‘shalgan kleyonkani yorilishdan saqlaydi.
7. Yoqimsiz hidlarni limon yoki apelsin po‘stini kuydirish yo‘li bilan ketkazish mumkin.
8. Vodorod peroksidi va nashatir spirti yoki osh tuzi va sirka yordamida rakovina va vannadagi zang dog‘larini tozalash mumkin. Mog‘orni esa kir yuvish kukuni va sodaning suvdagi eritmasi yordamida tozalasa bo‘ladi. | 62 | 1,054 |
Ayollar | Bolalar xonasini qanday qilib ortiqcha xarajatlarsiz bezatish mumkin? | Bolaning dunyoga kelishi har bir oila uchun quvonchli hodisa. Biroq quvonch bilan birga ba’zi moliyaviy xarajatlar ham yuzaga keladi — aravacha, karavotcha, kiyim-kechak, tagliklar va bolalar taomi... Bolalar xonasini ortiqcha pul sarflamasdan bezatish mumkinmi?
Birinchi navbatda, qog‘oz oboylardan voz kechib, maxsus bo‘yoqlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Farzandingiz o‘zini rassom rolida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, ularni yuvish osonroq bo‘ladi.
Devor va shiftni bezatish uchun qog‘ozdan qirqib yasalgan shaklchalar — bargchalar, kapalakchalar, yulduzchalar, qushchalardan foydalaning. Ularni maxsus yelim yordamida yopishtirish yoki arqonchalarga ilib qo‘yish mumkin.
Bolalar xonasida oilaviy albomdagi suratlardan foydalanib shajara daraxtini “o‘stirish” mumkin. Bu interyer uchun juda chiroyli bezak bo‘lib, ajdodlarga hurmat va oila tarixiga qiziqishni yuzaga keltiradi.
Buyumlarni saqlash uchun qo‘shimcha joy yaratishda qo‘lda yasalgan maxsus qutilar yordam beradi. Karton qutilar, eski mebel hamda mevalar yashigi buning uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Agar kichkintoyingiz Lego’ni yaxshi ko‘rsa, kichkina qismchalarning yo‘qolib qolish holati sizga tanish bo‘lsa kerak. Bu holatda Lego javonlaridan foydalanish mumkin.
Uning katta bo‘laklarini devorga yopishtirib qo‘ysangiz, ularga yasalgan odamchalar yoki boshqa mayda qismlarni joylashtirish juda qulay bo‘ladi.
Sevimli kitobchalar, disklar va kartinalar ham bolalar xonasini bezatib turishi mumkin. Buning uchun uncha chuqur bo‘lmagan javonchalar mos keladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 69 | 1,689 |
Ayollar | Shellakni uy sharoitida qanday qilib o‘chirish mumkin? | Karantin sharoitida xizmat ko‘rsatish maskanlariga tez-tez borish ham biroz xavfli, lekin qo‘l, soch, teri parvarishi buni kutib turmaydi. Demak, buning uchun uy sharoitida parvarishni, ayniqsa, tirnoqlarga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganish kerak.
Odatda ko‘p ayollar oddiy tinroq bo‘yog‘idan ko‘ra shellakni afzal ko‘radi. Sababi u uzoq vaqt davomida suvga chidamli va o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi. Shuningdek, uni ko‘chirib tashlash ham qiyinchilikni talab etadi. Mutaxassislar go‘zallik salonida shellakni olib tashlashning ikki xil usulini tavsiya etadi. Ular maxsus apparat yordamida yoki folga ostida gel-lakni eritish orqali. Ammo uy sharoitida ham tirnoqlarga zarar bermasdan shellakni ko‘chirib tashlash mumkinmi? Albatta, mutaxassislar bergan ko‘rsatmaga ko‘ra buni amalga oshirish mumkin.
Shellakni olib tashlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Jarayon qanday amalga oshiriladi? | 54 | 897 |
Ayollar | Issiq kunda makiyaj buzilishining oldini olishga yordam beruvchi layfxaklar | Yozda haddan tashqari terlash tufayli kosmetika osongina bo‘yalib ketishi mumkin, natijada kun bo‘yi kayfiyat buziladi. Ammo buni bir nechta muhim qoidalarga rioya qilish orqali bunday holatning oldini olish mumkin.
Doim praymerdan foydalaning
Praymer issiq kunda yuz uchun haqiqiy najotdir. Terida zich qatlam yaratmaydi va noqulaylik tug‘dirmaydi, lekin makiyaj muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. Ushbu go‘zallik mahsuloti kosmetikaning oqib ketishini kamaytiradi.
Kosmetika miqdorini kamaytiring
Juda issiq kunlarda makiyajni minimal darajaga tushirishga harakat qiling, ayniqsa, kun davomida pardozni yangilashga imkon bo‘lmasa. Yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun SPF va konsilerli krem bilan cheklanishingiz mumkin.
Pudrali bronzerdan foydalaning
Yozda kukun shaklida go‘zallik mahsulotlariga ustunlik bergan ma’qul — ular issiq havoda oqib ketmaydi.
Haylayter ishlatmang
Ko‘p qizlar haylayter yordamida e’tiborni jalb qilishni yaxshi ko‘radilar, ammo tashqarida 30 daraja issiq bo‘lsa, bu fikrdan voz kechgan ma’qul, ayniqsa yuz teringiz yog‘li bo‘lsa. Sebum ishlab chiqarilishi tufayli teringiz issiqda shundoq ham yaltiraydi.
Sumkangizda nam salfetkalar bo‘lsin
Yog‘li teriga ega bo‘lganlar bu mahsulotni albatta qadrlashadi. Nam salfetkalar teridagi ortiqcha yog‘ va terni bir zumda o‘zlashtiradi, eng muhimi pardozni bo‘yab yubormaydi. | 75 | 1,359 |
Ayollar | Yotoqxona uchun choyshab tanlash qoidalari | Har birimiz sog‘lom uyquning muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Uyqu jarayonini sog‘lom va sifatli qilish uchun nimalar qila olamiz? Choyshabni to‘g‘ri tanlay olamizmi? Quyida shirin uyqu uchun qulay choyshab tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligini hikoya qilamiz.
Choyshab xarid qilish uchun yo‘l olar ekansiz, albatta uning o‘lchamlarini oldindan aniqlab olishingiz zarur. Chunki hozirgi “standart” o‘lchamlarga ishonib bo‘lmaydi. Shuningdek, mato yuvilgandan so‘ng kirishishi mumkinligini hisobga oling. Sifatli choyshabda bu unchalik sezilmasa ham, bichish qoidalariga rioya etilmagan choyshab o‘lchamining 15 foizini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun sifatsiz tovarni qaytarish mumkin bo‘lgan maxsus savdo muassasalaridan xarid qilishni tavsiya etamiz.
Choyshab tanlashdagi ikkinchi muhim qoida — faqat tabiiy matolarni tanlaymiz! Choyshab uchun tanlangan mato havoni albatta yaxshi o‘tkazishi va namlikni yuta olishi zarur. Bundan tashqari, u bir necha marta yuvgandan keyin cho‘zilib ketmaydigan sifatli matodan tikilgan bo‘lishi lozim.
Paxta yoki xomsurp choyshab komplekti qimmatlik ham qilmaydi, yuqoridagi talablarga ham javob beradi. Satin esa qo‘shimcha estetik jihatlarga ega. U chiroyliroq ko‘rinish bilan birga, badan uchun yoqimli va kamroq g‘ijimlanadi.
Ipak choyshab nafisligidan tashqari teri va sochlar uchun foydali hamdir. Biroq yozning issiq kunlarida mayin salqinlik bergan ipak matoda qish kunlari muzlab qolish ham hech gapmas.
Choyshab rangiga kelsak, u har bir kishining didiga bog‘liq. Qulaylik jihatidan ularning bir rangdagisini tanlashni tavsiya etamiz. Sifatli matoning rangi har ikkala tomonida ham deyarli bir xil bo‘ladi.
Shuningdek, xarid qilishdan avval choyshab ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sana va mahsulot tarkibi ko‘rsatilgan markirovkasi mavjudligini tekshiring. Choklarning sifati va iplar rangi mosligini ham tekshirishni yoddan chiqarmang. | 42 | 1,921 |
Ayollar | Kir mashinada yuvish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar | Ayrim kiyim-kechaklarni kir mashinasida yuvish mato sifatiga zarar yetkazish bilan birga ayrim hollarda mashinaning ishdan chiqishiga ham olib kelishi mumkin.
Cho‘milish kiyimi (kupalnik)
Cho‘milishga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, bunday kiyimlar 15 daqiqa mashinada bo‘lishga chidamsiz bo‘ladi. Lyamkalari uzilishi va matoga zarar yetishi mumkinligi sabab ham uni qo‘lda yuvish tavsiya qilinadi.
Jaketlar
Jaketlar yuvilganda o‘z shaklini yo‘qotishi va mato osilib qolishi mumkinligi sabab ham uni qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalatishga bergan yaxshi.
Tabiiy charmli poyabzal
Bunday oyoq kiyimni mashina ichiga solganda, tirnalish va izlar kuzatilishi mumkin. Tikilish o‘rniga yopishtirilgan bo‘lsa, yuqori harorat ta’sirida orasi ochilib ketishi mumkin. Istalgan oyoq kiyimni qo‘lda yuvish, yomon hidlarni bartaraf qilish uchun esa dezodorantdan foydalanish kerak.
Bo‘yinbog‘
Kir yuvadigan mashina ichida nafaqat matoga zarar yetishi, balki rangi chiqishi ham mumkin.
Yostiq va ortopedik to‘shak
Bunday yuvish usuli bilan yostiq yoki to‘shakning ichi titilishi mumkinligi sabab ham kimyoviy tozalashga murojaat qilgan yaxshi.
Kepka
Shakliga zarar yetgani sabab ham bunday bosh aksessuarlarini suvga biroz ivitib, ehtiyotkorlik bilan ishqalagan yaxshi.
Mikrofibrali salfetkalar
Bunday matodan tikilgan mato yoki salfetkalar yuvish jarayonida namlikni olish xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Buni oldini olish uchun sovunlab, qo‘lda yuvgan yaxshi.
Piston, tosh va kashtali kiyim
Piston va toshlar uzilib mashina barabaniga tiqilib qolishi mumkin. Kashtaning esa ko‘rinishi buziladi. Bunday kiyimni qo‘lda ehtiyotkorlik bilan yuvish va quritish kerak.
Yonuvchan suyuqlik tekkan kiyim
Kerosin va benzin tekkan kiyimlarni kir mashinadagi ayrim elementlarga zarar yetkazgani sabab ham ularni birinchi kuchli ta’sir qiladigan vositaga ivitib qo‘yib keyin kir mashinaga tiqqan yaxshi. | 58 | 1,882 |
Ayollar | Uyda eng ko‘p bakteriya to‘planadigan 7 ta buyum | Albatta, bu faqatgina hojatxona va pol emas. Har bir xonadonda bakteriyalar faol ravishda ko‘payadigan juda ko‘p uy jihozlari mavjud. Ularni imkon qadar tezroq tozalab turish lozim.
Oshxona taxtasi
Ushbu buyum hamisha toza turishi kerak. Taxtani gubka bilan yuvish kifoya, keyin yaxshilab qaynoq suv bilan chayib tashlanadi. Idish yuvish mashinasidan foydalanganda ham, uni yuvish yoddan chiqmasligi kerak. Bundan tashqari, go‘sht uchun alohida taxtadan foydalanish tavsiya etiladi.
Oshxona sochiqlari
Odatda oshxonada qo‘llarni, idishlarni quritish uchun bitta sochiqdan foydalaniladi. Natijada bakteriyalar matodan plastinka yoki yuvilgan meva va sabzavotlarga tushishi mumkin. Bundan tashqari, namlik mikroblar uchun qulay muhit bo‘lib, ho‘l sochiqlar turli mikroorganizmlarni o‘zida to‘playdi. Bularning barchasi zaharlanishga olib keladi. Xavfni minimallashtirishda qo‘l, idishlar va ish uchun turli xil sochiqlardan foydalanish lozim. Idish uchun mo‘ljallangan sochiqlarni har kuni o‘zgartirish kerak, chunki ular zararli bakteriyalar to‘planadigan birinchi joy. Barcha oshxona sochiqlarini ruxsat etilgan eng yuqori haroratda yuvish va keyin ularni dazmollash tavsiya etiladi.
Eshik tutqichlari
Oila a’zolarining har biri kuniga o‘n martalab ularga tegadi, bakteriyalar ko‘payadi va butun uy bo‘ylab tarqaladi. Tutqichdagi bakteriyalar ko‘z yoki og‘iz orqali osongina ichkariga kiradi. Har hafta eshik tutqichlari muntazam ravishda tozalanib turishi kerak. Agar kimdir uyda kasal bo‘lsa, bu jarayon tez-tez amalga oshirilishi lozim, buning uchun maxsus eritmadan foydalanish mumkin.
Hammom jo‘mragi
Suvni ochish uchun ularga tegib, keyin ular toza qo‘llar bilan yopiladi. Jo‘mraklarni sovunli gubka bilan haftasiga bir marta yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda kimdir kasal bo‘lsa, buni tez-tez amalga oshirish kerak.
Televizor va konditsioner pulti
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ko‘p bakteriyalar masofadan boshqarish pultidan topilgan. Albatta, uyda faqatgina oila a’zolari masofadan boshqarish pultini ishlatadi, ammo shunga qaramay, unda zararli mikroorganizmlar ham yashashi mumkin. Agar uyda hamma sog‘lom bo‘lsa, pultni haftada bir marta nam salfetkalar bilan artib olish kerak. Oilada shamollaganlar bo‘lsa, uni har kuni tozalash lozim.
Chiroq yoqgichlar
Chiroq yoqgichlarga eshik tutqichlari kabi tez-tez tegiladi. Ularni haftada bir marta iliq sovunli suv bilan tozalash lozim. Ayniqsa, uyda bemorlar bo‘lganda ularni tez-tez tozalab turish kerak.
Uy telefoni
Telefondan foydalanganda uning yuzasidagi bakteriyalar, ayniqsa, telefon tugmalarida yanada tezroq ko‘payadi. Telefonni kamida haftasiga bir marta nam salfetkalar bilan artish tavsiya etiladi. | 48 | 2,681 |
Ayollar | O‘tkir, shirin va juda og‘ir: ayollarning erkaklarga yoqmaydigan 6 ta atri | “Liza” ayollar jurnali kichik tadqiqot o‘tkazib, erkaklar va hatto ba’zi ayollarga ham yoqmaydigan atirlar ro‘yxatini tuzdi. 6 xil atirni o‘z ichiga olgan ushbu ro‘yxat bilan tanishish kelajakda qandaydir munosabatlarning yo‘qqa chiqishi yoki ayrim uchrashuvlarning barbod bo‘lishining oldini olishi mumkin.
J’adore Christian Dior
J’adore Christian Dior — 1999-yilgi gul-mevali xushbo‘y ifor bo‘lib, 2007-yilda reklama kompaniyasining videosi tufayli asosiy parfyumeriya — FiFi Awards’ning mukofotiga sazovor bo‘lgan. Albatta, Sharliz Teron hech kimni befarq qoldirmasligi aniq edi. Ammo ajoyib flakon ichidagi iforni yoqtiradiganlarga qaraganda uni xushlamaydiganlar ko‘proq bo‘lgan. Nok, qovun, shaftoli, jasmin, freziya va tuberoza kompozitsiyasini ko‘pchilik suv yuzasida suzib yuruvchi gulga o‘xshatadi.
Intense Cafe Montale
Qizlar tashqi ko‘rinishidan tortib to xushbo‘ylantiruvchi vositalariga bee’tibor bo‘lmaganidek, erkaklar ham bu borada ulardan qolishmaydi. Lekin haddan tashqari o‘tkir yoki darhol buringa uriluvchi ifor suhbatdoshni biroz uzoqlashtirishi mumkin. Intense Cafe’ning 2013-yilda chiqarilgan versiyasida qahva va atirguldan tashkil topgan kompozitsiya maqtovga sazovor. Ammo o‘ta og‘ir hid bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi esa uning asosiy kamchiligi bo‘lib qolmoqda.
Crystal Noir Versache
Crystal Noir Versache — 2004-yilda ishlab chiqarilgan piongul, zanjabil, kokos va sandal daraxti hidlarining birlashmasidir. Ushbu mashhur atir o‘z navbatida ma’lum bir did vakillari tomonidan yaxshi qabul qilingan bo‘lsa-da, aksariyat odamlar antiqa savol bilan murojaat qiladi. Masalan, kokos yong‘og‘i changi, qalampir yoki oddiy gul hidiga taxmin qilinsa, yana kimdir bu borada bodring hidi kelishini ma’lum qilgan.
Eclat d’Arpege Lanvin
2002-yilda sotuvga chiqarilgan Lanvin Eclat d’Arpege shaftoli, choy, nastarin va mushkdan tashkil topib, ushbu kompozitsiya minglab qiz va ayollarni o‘ziga maftun etgan edi. Keyinchalik uning kamchiligi ham namoyon bo‘lgan. Iforning juda shirinligi uzoq vaqt saqlanib turadi va undan foydalanganlarning fikricha, bu bosh og‘rig‘i kelib chiqishga sabab bo‘ladi.
D&G Anthology L’Imperatrice 3
Dastlab tarvuz, jasmin va pushti qalampirdan olingan xushbo‘y ifor barchaga ma’qul kelgandek edi. Ammo birozdan so‘ng aynan ushbu ifor muxlislari tomonidan bor haqiqatlar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, atirning hidi juda tez ta’sir qiladi va bezovtalikni uyg‘otadi. Mashhur atir haqida o‘ta shirin, meva kompoti yoki havo spreyiga o‘xshash kabi ta’riflar ham paydo bo‘ldi.
Chanel No 5 Eau de Parfum
Chanel No 5 Eau de Parfum Jak Polj tomonidan 1986-yilda yaratilgan haqiqiy klassika. Xo‘sh, ushbu iforning nima aybi bo‘lishi mumkin? Uning hididan bahramand bo‘lganlarning fikricha, insondan taralib turuvchi ifor yoqimliligidan atrofdagilarni o‘ziga tortishi kerak bo‘lsa, ushbu atir aksincha. Hattoki u aqldan ozdirishi ham mumkin. | 74 | 2,878 |
Ayollar | Bayram makiyajida yaltiroq zarralardan foydalanamiz | Bir necha yil oldin yaltiratuvchi va yaltiroq zarralar bo‘lgan makiyajdan faqat to‘y-hashamlardagina foydalanilgan. Bugungi kunda yaltiroq zarralar — ko‘plab foydalanish usullari o‘ylab topilgan kosmetik mahsulotlardan biridir. Glitter (dekorativ yaltiroq zarralar)larni har kuni qo‘llash oson va yoqimlidir: yuvib ketkazishni hisobga olmaganda , uni surish juda oson. Bu Yangi yil oqshomi va boshqa tantanali kechalar uchun eng yaxshi variant.
Aktual pardoz-andozda lablarga yaltiroq zarralar surish maqsadga muvofiqdir. Lab yuzasini to‘liq glitter bilan to‘ldirish shart emas. Shuni esda tutingki, glitter har xil usulda suriladigan boshqa lab bo‘yoqlari bilan ham uyg‘un bo‘la oladi: lab bo‘yog‘i glitterdan to‘qroq yoki ochroq rangda bo‘lishi mumkin, tillarang va kumushrang zarralar esa eng universal hisoblanadi.
Iloji boricha mayda kukunli glitterni va yaltiroq zarralar oson yopishadigan quyuq lab bo‘yog‘ini tanlang: va siz o‘sha bejirim qatlamga erishasiz.
Aytishadiki, yaltiroq zarralar — ko‘z ostidagi salqigan terining eng yaxshi korrektori, bu gapda ham jon bor, lekin buning boshqa yo‘llari ham bor. Eng tez va oddiy usullaridan biri chiziqchalardir. Yaltiroq podvodka yordamida shinam chiziqlar torting va qiyofangizga yana bir joziba qo‘shing.
O‘tgan yilidan boshlab soch turmaklariga yaltiroq zarralar sepish urf bo‘la boshlagan edi. Xohlasangiz siz ham buni tajribada sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun: sochingizni silliq qilib taraysiz va farqlar ochib bo‘laklarga ajratasiz, to‘g‘rilaysiz va biroz muss yoki sochlarni turmaklashda ishlatiladigan vosk surasiz. Keyin yaltiroq zarralarni ishga solasiz va ajoyib soch turmagi tayyor!
Har xil laklar va spreylardan uzoqroq turganingiz ma’qulroq, sababi, bularni purkash yordamida sochlarni qalinlashtirishda yetarlicha natijaga erishish qiyin, aksincha yoqimsiz holatni boshdan kechirish oson. Minimalizm ruhi ostida glitter yordamida ham alohida soch bo‘laklarini ehtiyotkorlik bilan ajratib olish mumkin.
Manikyur san’atida yaltiroq zarralardan anchadan beri foydalaniladi. Hammadan yorqinroq bo‘lishni xohlaysizmi? “Oynali” manikyur qilib ko‘ring yoki har kuni suradigan kul rang qoplama ustidan yaltiroq zarrali lakdan bir-ikki qavat surib ko‘ring.
Sinab ko‘ring va har qanday bayram kechasidagi eng yorqin qiz bo‘ling! | 51 | 2,299 |
Ayollar | Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar | Ba’zida chiroyli ko‘rinaman deb oshirib yuborish, buning natijasida esa boshqalarda yoqimsiz tasavvur qoldirish mumkin.
Ulama soch va kiprik
Soxta va tabiiylikni juda yaxshi farqlay oladigan erkaklar ulama soch va kipriklarni xushlamaydi. Ko‘zlarni ochilmas darajada yumib qo‘yadigan kipriklar, rangi va tolasi yaqqol farq qiladigan sochlar nafaqat erkaklar, balki boshqa odamlarda ham yaxshi tasavvur qoldirmasligi aniq.
Shishirilgan lablar
Shishirib olingan lablarga nisbatan erkaklar “baliq”, “o‘rdak” lab deb ta’rif beradilar. Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli degani lablarni o‘z shakli va kattaligidan yaqqol farq qiladigan darajada shishirib olish kerak, degani emas.
Ko‘zni qo‘pol qilib bo‘yash
Erkaklarga chizib olingan, atrofi qop-qora ko‘zlar yoqadi, deb o‘ylovchilari fikrini o‘zgartirishini tavsiya qilamiz. Bunday bo‘yoqli ko‘zlar, ularning fikricha, ayolning e’tibor jalb qilish va diqqat markazida bo‘lishni istashidan dalolat beradi.
Parvarishlanmagan tishlar
Kiyinib, yasanib olgan bilan tishlarning tartibsiz va qarovsiz bo‘lishi ayollar haqida ko‘p narsa deydi. Hammada ham Gollivud yulduzlarinikidek tekis va oppoq tishlar bo‘lmasligi mumkin, lekin bu oddiygina gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakmasligini bildirmaydi. | 112 | 1,241 |
Ayollar | Dior brendi qushlardan ilhomlanilgan yangi soat modelini taqdim qildi | Fransiyaning dunyoga mashhur Dior brendi qimmatbaho toshlar bilan qoplangan Grand Bal Parure Tropicale soatlarini taqdim qildi.
Zargarlar soat ustida ishlash davomida jannat qushlarning patidan ilhomlangan. Korpusining diametri 36 millimetrni tashkil qiladigan mazkur aksessuar oq oltindan ishlanib, shaffof brilliantlar bilan qoplangan.
Siferblatdagi yoqut, ametist va zumrad toshlar soatni yanada o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lishiga hissa qo‘shgan. Grand Bal Parure Tropicale’ning ichiga quvvati 42 soatga yetadigan Dior Inversé 11 ½ mexanizmi o‘rnatilgan. | 69 | 562 |
Ayollar | Jazirama kunlarda nima qilish kerak: tanani sovitishning ilmiy isbotlangan usullari | Yoz. Jazirama. Organizm soat sayin qizib ketadi. Albatta, sinalgan usullar mavjud: ko‘proq suyuqlik ichish, sovuq sochiq bilan artinish, tez-tez dush qabul qilish va boshqalar. RBC Style jazirama kunlarda organizmni sovitishning bir qancha ilmiy isbotlangan usullarini taklif qiladi.
Achchiq ovqat tayyorlang
Janubiy mamlakatlarda achchiq ovqat uzoq vaqt davomida issiqdan saqlab turishga yordam beradi. Hindiston, Xitoy, Tailand va Meksika oshxonalarida turli xil qalampir turlari ko‘p ishlatilishi bejiz emas. Achchiq ovqat tanani tezroq sovitib, haroratni uzoqroq saqlashga yordam beradi.
Odatda issiq kunda sovuq suv ichamiz. Bu usul natijaga tez olib keladi. To‘g‘ri, bu vaqtda tanamiz issiqlik yetishmasligini to‘ldirish uchun darhol o‘z resurslarini to‘playdi. Natijada yanada qizib ketamiz.
Achchiq ovqat boshqacha ishlaydi. U qon oqimini tezlashtiradi, tanani isitadi, natijada odam terlaydi, ter bug‘lanadi, organizmi sovitadi. Shunday qilib, tana haroratni o‘z-o‘zidan tartibga soladi, issiqlik esa sekinroq qaytadi.
Agar oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan aziyat cheksangiz, bu borada shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.
Tuz va proteinli ovqatlar iste’mol qilmang
Tuzli ovqatlar va oqsillar ovqat hazm qilish jarayonida metabolik issiqlikni chiqaradi va suv yo‘qotilishiga olib keladi. Oqsillar ishlab chiqarilgan kaloriyalarning taxminan 20-30 foizni oladi. Sarflangan energiya tufayli, ba'zi odamlar steyk iste’mol qilgandan keyin peshonalarida ter paydo bo‘lishi mumkin. Natijada to‘yingan ovqatdan keyin tana harorati biroz ko‘tariladi.
Tuzli ovqatga kelsak, u tanadagi suyuqlikni o‘zlashtiradi, buning natijasida yanada qizib ketamiz.
Kofeindan voz keching
Bundan tashqari, nafaqat qahva, hatto sovuq, balki qora choyni ham cheklash kerak. Kofein iste'mol qilish tana haroratining oshishi bilan bevosita bog‘liq. Bu qon tomirlarining siqilishiga olib keladi, natijada qon qiziydi va u bilan birga butun tana ham. Shuning uchun qora choy qishda isinishga yordam beradi. Yozda esa turli xil o‘simlik preparatlari muqobil sifatida ishlatilishi mumkin.
Issiq ichimlik iching
Bir qarashda bunda mantiq yo‘qdek. Issiq ichimliklar tanani qanday sovitishi mumkin? Biroq achchiq ovqat kabi bu yerda ham xuddi shunday. Tana qiziydi, terlash jarayoni boshlanadi va tana soviydi. Bitta qoidaga rioya qilish muhim: ter tezda bug‘lanishi kerak. Bu shuni anglatadiki, atrofdagi havo quruq bo‘lishi kerak, kiyim esa yengil nafas oladigan matolardan, eng yaxshisi nozik paxtadan tikilgan bo‘lishi lozim.
Ventilyatordan ehtiyot bo‘ling
Ventilyatorga bo‘lgan ehtiyoj uydagi haroratga bog‘liq. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar harorat 35 ° C dan oshsa, distillangan havo faqat issiqlik yukini oshiradi, suvsizlanishga yordam beradi va eng yomon hollarda issiq urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p narsa namlikka ham bog‘liq. Agar bu ko‘rsatkich oshirilsa, xona bo‘ylab harakatlanadigan havo u bilan namlikni olib yuradi va bu terning bug‘lanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun kiyimlar quritilgan xonada ventilyatorni yoqmagan ma'qul.
Oyoqlarni vanna qiling
Ularga mentol yoki evkalipt moylarini qo‘shish mumkin, bu ham oqsilga ta’sir qiladi. Oyoqlarda teriga yaqin bo‘lgan ko‘plab tomirlar mavjud bo‘lib, ular butun tanani sovitishga yordam beradi. Shuning uchun, oyoqlaringizni sovuq suvda 10-20 daqiqa ushlab tursangiz, organizm soviydi. Sovuq oyoqlarning shamollashiga olib kelishi haqidagi afsonani tasdiqlovchi ilmiy dalillar yo‘q. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maksimal o‘nta holatda birgina shamollash ehtimoli bor.
Nafas olish mashqlaridan foydalaning
Pranayama — nafas olish mashqlari bo‘lib, u tana haroratini pasaytirishga ham yordam beradi. Issiqlikda quyidagi ikkita usulni qo‘llang: | 83 | 3,719 |
Ayollar | Ko‘z osti terisining osilib qolishini qanday yo‘qotsa bo‘ladi? | Ko‘z osti terisining salqib qolishi hozirgi kunda ko‘pchilikka tanish holat. Maqolamizda biz bu qusurdan butunlay qutulish yo‘llarini aytmoqchimiz.
Tomirlar sovuq ta’sirida qisqaradi va har qanday shishlarni ketkazadi. Uni metall qoshiq yordamida ham sovitish mumkin. Oldindan muzlatgichga 4—5 dona qoshiq solib qo‘yiladi va ularni navbatma-navbat ko‘z tagiga bosib turiladi.
Yana bir yo‘li — muz bo‘laklari bilan yuvinish. Bu holatda muzlatilgan suv o‘rnida sut yoki o‘tlar qaynatmasi ham to‘g‘ri keladi. Muz o‘rniga sovuq kompress qilish ham mumkin. Kompressni ko‘zga 10—15 daqiqa davomida qo‘yib turiladi.
Shishlardan qutulish uchun ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi. Chunki shishlar ko‘pincha organizmdagi suvlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi tuzlar tufayli paydo bo‘ladi. Suv esa organizmdan tuzlarni yuvib chiqarishga yordam beradi.
Aloe shishlarni ketkazishga, shuningdek terini namlantirishga va mayda ajinlarni ketkazishga yordam beradi. Aloe o‘simligi barglaridan yangi olingan sharbatni teringizga surib qo‘ying va qurigandan so‘ng yuvib tashlang.
Shishlarga yaxshi ta’sir qiluvchi niqobni 2 osh qoshiq aloe gelini yarim choy qoshiq bodring sharbati bilan aralashtirib tayyorlash mumkin. Aralashma uxlashdan oldin surib qo‘yiladi va ertalab yuvib tashlanadi. Ko‘pirtirilgan tuxum oqi ham terini taranglashtiradi va shishlarni ketkazishga yordam beradi.
To‘yib uxlashga harakat qiling. 8–9 soat uyqu ko‘z osti terisining tarang bo‘lib turishiga yordam beradi.
Manba: “Lifehacker.ru” | 62 | 1,505 |
Ayollar | Ochlik hissini qanday yengish mumkin? | Bu maslahatlar sizni yog‘li kulchalar va tovuq oyoqlari haqida orzu qilishdan qutqaradi. Lekin talabga to‘la javob beradigan ovqatlardan voz kechish kerak emas. To‘yib ovqatlanmaslik salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ba’zan chanqoqlik ochlikdek bo‘lib ko‘rinadi. Belgilari o‘xshaydi, va biz o‘z istaklarimizni almashtirib yuborishimiz mumkin. Shuning uchun avval xona haroratida bo‘lgan bir piyola suv iching. Agar xohlasangiz, unga limon yoki yalpiz qo‘shing.
Bu ish sizni vaqtincha bo‘lsa ham ochlik hissidan qutqaradi. Birinchidan, yalpiz hidi bungacha sizning ishtahangizni ochgan begona hidlarni qaytaradi. Ikkinchidan, tish pastasi tarkibidagi natriy lauretsulfat deb ataluvchi modda shirin ta’m retseptorlarini deyarli butunlay to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun tishlarni tozalagandan keyin ovqat taxirroq bo‘lib tuyuladi.
Agar yoningizda tish cho‘tkasi bo‘lmasa, uning o‘rnini rezinali saqich bosadi. Bunday usulning samaradorligi Rod-Aylend universitetida isbotlandi. Tadqiqot davomida ertalabki paytlar saqich chaynagan kishilar tushlikda taxminan 70 kkal kamroq iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi.
Biz chaynayotganimizda, miyamizga avtomatik ravishda to‘yganlik haqida xabar beriladi. Shu usulda biz o‘z organizmimizni aldaymiz.
Parhezshunoslarning fikricha, bu oziq-ovqatlar ochlik hissini pasaytiradi. Ish joyida sarimsoq chaynashning iloji bo‘lmasa ham, kun davomida zanjabil ildizi qo‘shilgan suv ichish qiyin emas.
Navbatdagi tamaddining o‘rniga yugurishga chiqing. Kardiomashg‘ulotlar ochlik hissini bir qancha vaqtga pasaytiradi. Gap shundaki, ishtaha uchun grelin deb ataluvchi gormon javob beradi. Aynan u miyaga bizni shirin kulchaga yoki konfetga qo‘l uzatishga majbur qiladigan signallarni yuboradi.
Amerika tadqiqotlari yugurish vaqtida bu moddaning ishlab chiqarilishi kamayishini ko‘rsatdi. Aynan shuning uchun sport mashg‘ulotlaridan keyin biz deyarli yeyishni xohlamaymiz.
Manba: Trendymen | 37 | 1,951 |
Ayollar | Bola dars qilishni istamasa, qanday yo‘l tutish kerak? | Aksari hollarda bola dars vazifalarini bajarishi uchun ota-onalar baqirishiga, ko‘ndirishiga va iltimos qilishiga to‘g‘ri keladi. Lekin bu kabi urinishlar vaqtinchalik hamda noto‘g‘ri yondashuv hisoblanadi.
Baho emas bilim muhim
Farzandingizga qo‘yilgan bahoni deb munosabatingizni o‘zgartirmang, aka-opalari yoki boshqalar bilan solishtirmang. Yaxshi baho olsa, maqtang, ammo yomon bahosi uchun dakki bermasdan, bundan-da yaxshiroq natijaga erishishiga nima xalaqit qilgani va qanday yordam kerak bo‘lgani bilan qiziqing. Asosiysi, farzandingiz sizning yaxshi ko‘rishingiz uning baholariga bog‘liq emasligini tushunsin. Shunda uni yaxshi ko‘rgan insonlarni xafa qiladigan ishlarni qilmaslikka harakat qiladi.
Imkoniyat darajasida sharoit yaratib bering
Farzandingizning alohida xonasi bo‘lmagan taqdirda ham o‘quv-qurollari turishi va darslarini bajarishi uchun kerakli stol-stuli bo‘lsin. Vazifalarni bajarishi uchun dars stoli qulay bo‘lsa, yetarli yorug‘lik va sharoit bo‘lsa, diqqatini jamlab, boshqa narsalarga chalg‘ib ketmaydi. Dars bajarish vaqtida bola ko‘zi tushadigan yerda televizor, telefon yoki o‘yinchoqlar bo‘lmasligi va chalg‘itmasligiga ham e’tibor qarating.
Vazifalarni bajarishning ham rejasi bo‘lsin
Mutaxassislarning ta’kidlashiga qaraganda, tushki soat uchdan kechki oltigacha bo‘lgan oraliq bolalar dars bajarishi uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Maktabdan qaytganidan keyin bola bir yarim soat davomida dam olishi kerak. Ikkinchi smenada o‘qiydigan bolalar darslarini ertalab bajargani yaxshi.
Uy vazifasini bajargandan 40 daqiqa o‘tib esa 15 daqiqalik tanaffus qilish kerak. Dars bajarishni kechga qoldirmasligini nazorat qiling, keyingi kundagi vazifalarni ham oldindan bajarib qo‘yishga, taqamasligiga motivatsiya bering.
Yordamingizni ayamang
Murakkab mavzu, tushunchasi yo‘q vazifalarni bajarishni bolangizning o‘ziga yuklab qo‘ymang. Tushuntiring, o‘rgating va shundan keyingina mustaqil bajarishini ayting. Yodingizdan chiqib ketgan bo‘lsa, internetdagi ensiklopediya va manbalardan foydalaning. Ammo hech qachon farzandingiz o‘rniga uy vazifani siz bajarmang.
Oshirib yubormang
Bolangizning maktab darslaridan tashqari to‘garak va qo‘shimcha darslarini bajarishi kechgacha cho‘zilib ketayotgan bo‘lsa, o‘ylab ko‘ring, bolangizning majburiyatlari yoshiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketmayaptimi? Dam olmaslik va zo‘riqish sabab bola maktabdagi fanlarni o‘zlashtirishga ham kuchi qolmayotgan bo‘lishi mumkin.
Rag‘batlantiring
Darslarni bajarib bo‘lganidan yoki qaysidir mavzuni yaxshi o‘zlashtirganidan keyin rag‘batlantirib turing. Ammo pul, konfet singari narsalarga o‘rgatib qo‘ymang. Chunki o‘rganib qolgan bola “pora” olmaguncha vazifa bajarmaydigan yoki bajarsa ham, shirinlik uchun bajaradigan bo‘lib qoladi. Bu esa farzandingizning kelajakda shaxs bo‘lib shakllanishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi hamda biron yumushni nimadir evaziga bajarish odat bo‘lib qoladi.
Mustaqil ravishda dars qilgani va a’lo bahosi uchun maqtab qo‘ying, shu munosabat bilan tansiq taom yoki shirinlik pishirib, birgalikda ovqatlaning. Muvaffaqiyatlaridan oila a’zolari ham xursandligini anglash bolani o‘z ustida ishlash va harakat qilishga undaydi.
Urishib dars qildirmang
Bolaning dars qilishni istamasligiga uning bajarish davomidagi xatolariga sizning urishishingiz yoki asabiylashishingizni ko‘rishni xohlamayotgani sabab bo‘lishi mumkin. Yozayotganida yoki mashqlarni bajarayotganida tepasida turmang, birov kuzatib turganini bilib, hayajondan yanglishib ketishi mumkin.
O‘zingizni farzandingiz o‘rniga qo‘yib ko‘ring
Tasavvur qiling, siz ishingiz bo‘yicha oylik hisobot yozyapsiz va sizni boshlig‘ingiz kuzatib turibdi, har bitta yozganingizga reaksiya bildiryapti va bir raqamda adashib ketsangiz ham, baland ovoz bilan koyib beryapti, siz qanday ahvolga tushgan bo‘lardingiz?
Siz-ku shunday holat kuzatilsa, ishdan bo‘shab boshqa adekvat rahbar bilan ishlay olasiz, bolada esa bunday imkoniyat yo‘q. Unutmang, bolaning xato qilishi tabiiy, asosiysi, xatolarini takrorlamaslik va o‘rganishda. Atrof-olamni, hayotni endi o‘rganayotgan bolani xato qilishdan qo‘rqitib, o‘qishga qiziqishi so‘nishi va harakat qilishni istamasligiga sababchi bo‘lib qolmang. | 54 | 4,188 |
Ayollar | Nima uchun aqlli odamlar bema’ni ishlarga qo‘l uradi? | Zakovatning yuqori darajasi odamning oqilona qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega ekanligining belgisi emas.
Aqlli bo‘lish nima? Odatda biz ko‘p narsani bilganlar va oqilona qarorlar qabul qiluvchilarni shunday ta’riflaymiz. Lekin bu ta’rifning eng keng tarqalgan aqlni o‘lchash usuli — IQ ni aniqlash testiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Yuqori intellektning afzalliklari aniq: aqlli odamlar yaxshiroq o‘qiydi, ish sohasida katta yutuqlarga erishadi, o‘smirlik davrida ko‘ngilsiz voqealarga kamroq duch keladi. Shunga qaramasdan intellekt hayotning boshqa sohalarini, xususan baxt-saodatni oldindan belgilab bermaydi.
Maktabdagi a’lo baholar yoki ishdagi muvaffaqiyatlar hayotdan o‘ta mamnunlikka olib keladi deb o‘ylash mumkin, lekin olimlar IQ’ning bunga ta’sir ko‘rsatmasligini isbot qilishdi.
Ko‘pchilik intellektni aniqlash testlari real sharoitlarda qaror qabul qilish va boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilish qobiliyatini o‘lchamaydi.
Kanadadagi Uoterlu Universiteti psixologi Igor Grossmann aqlli odamlarning bema’niliklar qilishining sababi aynan mana shu deb hisoblaydi.
Tanqidiy fikrlashni esa baxt-saodat va uzoq umr ko‘rish bilan bog‘laydi.
Tanqidiy fikrlash — bu bizga oqilona va maqsadga muvofiq o‘ylashga yordam beruvchi malakaviy bilimlar to‘plami, shuningdek bu malakalarni ishlata bilish qobiliyati. Tanqidiy fikrlovchi kishilar hamma narsaga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Ularga o‘z qarashlarini isbotlash zarur bo‘ladi.
Turli mamlakatlar tadqiqotchilari, tanqidiy fikrlovchilar hayotda noxush voqealarni kamroq boshlaridan kechiradilar degan xulosaga kelishdi.
Va bu juda yaxshi yangilik, chunki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va yaxshilash mumkin. Demak bundan kelib chiqadiki, o‘z hayotini ham yaxshilash mumkin ekan.
Manba: “Layfxaker” | 53 | 1,775 |
Ayollar | Kuzda urfga kiruvchi manikyurlar (foto) | Ko‘plab kuzgi manikyur trendlari o‘tgan mavsumlardan tanish. Frenchning rang-barang ko‘rinishlari, gradiyent yoki yorqin rang kabilar. Shakl va uzunlik masalasi esa har kimning o‘z xohishiga bog‘liq. Ammo kuz faslida tabiiy, qisqa, bodomsimon va yumshoq kvadrat shakldagi tirnoqlar urfga kiradi. Shuningdek, yangi mavsumda urfga kirishi kuzatilayotgan yorqin ranglar ham bor.
Yarim oy
“Yarim oy” shakli nafaqat sumkalar dizaynida, balki manikyurda ham urfga kiradi. Ushbu ko‘rinish “french”ga o‘xshash bo‘lib, ba’zida “teskari fransuz manikuri” deb ham ataladi. Ushbu dizaynda yarim oy shakli tirnoqning asosiy qismi, yon tomoni va uchida aks etadi. Ularni noodatiy tarzda tirnoqqa tushirish kasb egalarining mahoratiga bog‘liq. Ranglar ham turlicha – qoradan tortib yorqin ranggacha bo‘lishi mumkin.
Metall rang
Metall ranglar odatda Yangi yil bayrami arafasida urfga kirar edi. Lekin 2020-yilning kuz fasli palitrasidan kumush va tilla rang joy oldi. Agar ushbu mavsumda kiyiladigan liboslar aynan metall rang bo‘lsa, u holda tirnoqlar dizayni ham shunga mos keladi. Ushbu dizaynda rangsiz yoki yaltiroqsiz bo‘yoq ustidan metall ranglar bilan turli xil shaklda berilgan bezak tirnoqlarni yanada go‘zal ko‘rinishga olib keladi.
Toshlar
Bezak va toshlar tirnoq bo‘yoqlari urfga kira boshlagan davrni yodga soladi, albatta. Aynan yana o‘sha dizaynlar urfga qaytmoqda. Lekin bu tirnoqning butun plastinkasini tosh va ko‘zlarga to‘ldirib chiqish degani emas. Ularning dizayni umuman boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Toshlar yordamida tirnoqqa biroz nafislik bag‘ishlash mumkin. Shuningdek, ushbu uslubdan foydalanishda tirnoq yuzasiga yopishtiriladigan toshchalarning bemavrid tushib ketishini ham inobatga olish kerak. | 39 | 1,729 |
Ayollar | Yassioyoqlikni yo‘qotishda yordam beruvchi mashqlar (foto) | Yassioyoqlik — ko‘pchilik adashib zararsiz deb hisoblaydigan va keng tarqalgan kasallik. Bu kasallik kamdan-kam hollarda tug‘ma bo‘ladi. Oyoq kafti shaklining o‘zgarishi ko‘pincha jismoniy faolligi yetarlicha bo‘lmagan yoki haddan tashqari ko‘p bo‘lgan ortiqcha vaznli kishilarda rivojlanadi.
Agar sizni ham bunday noqulaylik bezovta qilayotgan bo‘lsa, eslatib o‘tamiz: to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashni shifokor tayinlaydi, lekin uning belgilarini hozirning o‘zidayoq yengillashtirish mumkin.
O‘zingizda yassioyoqlik bor yoki yo‘qligini uyda ham tekshirib ko‘rishingiz mumkin:
Tovonlar balandligini o‘zgartirishga va ularni to‘g‘ri holatda tutishga mo‘ljallangan. Bu mashqni ertalab bajargan ma’qul.
20-30 soniya oyoq uchida turing.
5-10 marta takrorlang.
Zaif mushaklarni va boldir paylarini mustahkamlaydi.
Yerga bir necha sharchalarni qo‘ying.
Oyog‘ingiz barmoqlari yordamida har bir sharchani navbatma-navbat idish ichiga joylashtiring.
Ijobiy samarani kuchaytirish uchun boshqa mashqlarga ham e’tibor berishingiz lozim.
Va siz oyoqlaringizga yengillik, o‘zingizga esa yaxshi kayfiyat qaytganini sezasiz.
Manba: AdMe | 58 | 1,145 |
Ayollar | Har bir ayol garderobidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan kiyimlar yulduzlar misolida (foto) | Kundalik kiyimlar har qanday shkafning asosidir. Ular yordamida atigi besh daqiqada uyg‘un va betakror ko‘rinishni yaratish oson. Mumkin bo‘lgan liboslar ro‘yxatidan nimalar o‘rin olgan? Wday nashri buni eng zamonaviy yulduzlar misolida ko‘rib chiqdi.
Mukammal garderobning oltin qoidasi shundaki, har bir kiyim undagi narsalarning kamida 70 foizi bilan birlashtirilishi kerak. Klassikaga aylangan kiyimlar hech qachon modadan tashqariga chiqmaydi va har doim har qanday vaziyatda yordam beradi.
Ustki kiyim
Siyenna Miller
Trench. Klassik qaymoq rang, to‘q ko‘k, kulrang yoki qora trench palto sovuq havo uchun ajoyib imkoniyatdir. Yomg‘irli havoda palto jinsi shimlar, klassik kostyumi va hatto kechki liboslar bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin. Klassika hech qachon modadan tashqariga chiqmaydi va bundan tashqari, u har qanday tasodifiy uslubga mos keladi.
Aleksa Chang
Charm kurtka. Charm kurtkalar katta o‘lchamli yoki klassik ko‘ylak siluetiga mos kelishi mumkin — bu tanlovga bog‘liq. Trenchda bo‘lgani kabi, charm kurtka ham har qanday klassik to‘plamni, kechki yoki rasmiy uslub yaratishga imkon beradi.
Rozi Xantington Uaytli
Palto. Har bir qizning garderobida kamida bitta mukammal palto bo‘lishi kerak. Neytral rang, ortiqcha detallarsiz qomatga mos keladigan bichim muvaffaqiyat kalitidir.
Kendall Jenner
Oq ko‘ylak. Har qanday ayolning garderobida kamida uchta yoki hatto to‘rtta shunday ko‘ylak bo‘lishi kerak. Turli xil siluet, uslub va hatto mato ham kayfiyatni turli yo‘llar bilan ko‘tarishi mumkin. Oq ko‘ylakning qaysi versiyasidan qat’i nazar, u har doim har qanday ko‘rinishga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.
Viktoriya Bekhem
Vodolazka. Yuqori bo‘yinli vodolazka har doim yaxshi tanlov. Albatta, sovuq mavsum uchun ko‘k, qora, kulrang, yashil ayni muddao. Aynan shu narsa “yana kiyishga hech narsa yo‘q!” degan vaziyatda qutqaradi. Tanlangan pastki qismga qarab, u yorqin va ajoyib qiyofa yaratishga yordam beradi.
Keyt Middlton
Chiziq-chiziq sviter. Shim yoki djinsilar bilan birlashtirilgan yengil sviter ixcham ko‘rinishni yaratishga yordam beradi. Agar hashamatli ko‘rinishni xohlasangiz chiziq-chiziq sviter eng yaxshi tanlov.
Jiji Xadid
Djinsi shimlar. Qomatning afzalligini ta’kidlash va kamchiliklarini yashirish uchun djinsi shimlar ayni muddao. Shuningdek, bel qismi yuqori modellarni tanlash tavsiya etiladi.
Elza Xosk
Klassik shimlar. Ushbu kiyim ofis uslubida kiyinuvchilarga yoqadi. Lekin ularning vazifasini faqat ofis bilan cheklab qo‘ymaslik kerak: krossovka va oq futbolka bilan ham ajoyib uyg‘unlikni kasb etadi.
Keyt Xadson
Qalam yubka. Tizzagacha bo‘lgan tor yubka har qanday qomatdagi qizlarga mos keladi. Asosiysi, to‘g‘ri ustki kiyim va aksessuarlar tanlash.
Riz Uizerspun
Krossovkalar. Sport poyabzallari, albatta, har bir kiyim uchun mos emas. Masalan, ular ijtimoiy tadbirlarga va ish uchrashuvlariga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo tasodifiy uslub uchun krossovkalar ayni muddao.
Elizabet Olsen
Tufli. Baland poshnali poyabzal istalgan vaqtda va istalgan joyda yordamga keladi. Qora, qaymoq rang yoki oq modellarga ustunlik berish tavsiya etiladi. Bunday holda, har doim yangi hashamatli ko‘ylak uchun garderobda mos poyabzal borligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Jessika Bil
Baletka. Ushbu klassik oyoq kiyim dunyodagi eng qulay poyabzal. Oyoqning o‘lchamini vizual ravishda kamaytirish uchun to‘q rangli modellarni tanlash tavsiya etiladi. | 87 | 3,403 |
Ayollar | Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari | Hamma uchun sevimli bo‘lgan tabiat qo‘ynida sayr qilish mavsumi boshlanishiga ham yaqin qoldi. Agar siz quyoshda sog‘liqqa zarar yetkazmasdan chiroyli qorayishni xohlasangiz – bu maqolamiz siz uchun.
Chiroyli va bir tekisda qorayish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish: terini piling yordamida eski hujayralardan tozalash lozim. Lekin bu mashg‘ulotlardan keyin birdaniga qorayishga ketmang, aksincha tanangizda qichishish yoki pigment dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
Dushdan keyin terining tarangligi va egiluvchanligini saqlashga yordam beruvchi faol namlovchi vositalardan foydalanishga harakat qiling, chunki uzoq vaqt quyoshda bo‘lish natijasida teri quruqlashib qolishi mumkin.
Quyoshda qorayish yaxshi natija berishi uchun, taomnomangizga melanin ishlab chiqarishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar qo‘shish lozim: sabzi yoki sitrusli mevalar (greypfrut, apelsin, limon, mandarin) sharbatlari.
Mutaxassislar quyosh vannalarini quyosh bulutlar orasida bo‘lgan yoki uning nurlari tik tushmagan vaqtlarda qabul qilishni tavsiya qilishadi. Bunday holatlarda uning ta’siri inson uchun unchalik xavfli hisoblanmaydi.
Soat 12 gacha va soat 16 dan keyin qorayishga harakat qiling. Qorayish uchun qulay holatda joylashishda quyosh qaysi tomondan nur sochayotganini unutmang. Holatingizni har 5—10 daqiqada o‘zgartirib turing.
To‘g‘ri qorayishning yana bir qoidalaridan biri quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishdir. Agar sizning teringiz oqish rangli bo‘lsa, yaxshisi quyoshdan himoyalovchi SPF 50 kremidan foydalaning.
Manba: “Anysports.tv” | 34 | 1,544 |
Ayollar | Faqat oziq-ovqat mahsulotlari emas: muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan 7 ta buyum | Agar muzlatkichda bo‘sh joy bo‘lsa, unda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari boshqa buyumlar ham saqlanishi mumkin. Masalan, kosmetika salqinni yaxshi ko‘radigan narsalar qatoriga kiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Ko‘z kremi
Sovitilgan krem ko‘z atrofidagi shish bilan yanada samarali kurashishga yordam beradi, shuning uchun uni hammomda emas, balki muzlatkich eshigida saqlash tavsiya etiladi.
Ko‘z qalami
Agar kosmetik qalam sovuqda saqlasansa, u biroz qattiqlashadi. Natijada ko‘zga osongina chiziq tortish mumkin.
Lak
Bir tomondan, lakni muzlatkichda saqlash uning saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytiradi, ammo lakning o‘zi yanada yopishqoq bo‘ladi va uni surtish qiyinlashadi. Shuning uchun kamroq foydalaniladigan laklarni muzlatkichda saqlash mumkin.
Organik va tabiiy kosmetika
Organik hamda tabiiy mahsulotlar sotiladigan do‘konlarda sotuvchilar har doim yaroqlilik muddati va saqlash shartlari haqida ogohlantiradil. Qoida tariqasida shuni unutmangki, konservantlarsiz kosmetika har doim muzlatkichda saqlanishi kerak.
Kolgotka
Ba’zilarning ta’kidlashicha, agar kolgotkalar muzlatkichda saqlansa, qattiqlashadi va ular yanada tezroq yirtiladi. Ammo ularni namlab, paketga solib, bir kechaga muzlatkichga qo‘yish kerak. Ertasi kuni ularni muzlatkichdan olib tashlash juda muhim. Shu tarzda uning foydalnish muddatini uzaytirish mumkin.
Djinsi
Ma’lumki, yaxshi djinsi shimlar kamroq yuvilsa, uzoq vaqt ajoyib ko‘rinadi. Albatta, hid va bakteriyalardan xalos bo‘lish kerak va bu borada muzlatkich yordam beradi. Muzlatkichda bir kecha turgan djinsi yana yangi ko‘rinishga qaytadi.
Konvert
Agar konvertni yirtmasdan ochish kerak bo‘lsa, uni paketga solib, muzlatkichga bir-ikki soatga qo‘yiladi. Natijada u qiyinchiliksiz ochiladi va xona haroratida uni qayta yopish mumkin.
Gullar
Kechgacha guldastani yangi saqlashni xohlaysizmi? Barcha gul do‘konlarida bo‘lgani kabi uni muzlatgkichda qoldirish lozim. | 86 | 1,929 |
Ayollar | Sharqona go‘zallik: arab qizlari ko‘zlarini qanday bo‘yaydi? | Sharq ayollari makiyajda ko‘zlarga alohida urg‘u berishni ma’qul ko‘radi. Ular mukammal strelka chizishni o‘rganganiga ancha bo‘lgan. Ko‘zlarning arab ayollarniki singari shahlo ko‘rinishiga qanday qilib erishish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Suyuq podvodka o‘rniga surma
Sharq qizlari ko‘zlarga strelka chizishni suyuq podvodka paydo bo‘lishidan ancha avval o‘rganib ulgurgan. Ushbu maqsadda ular kukun holiga keltirilgan qora, yumshoq tosh va unga qo‘shilgan kanakunjutli aralashma — surmadan foydalanadi. Qurigan aralashmadan uchi o‘tkir qalam tayyorlanadi va qarabsizki, podvodka tayyor. Suyuq kosmetik vositadan farqli ravishda bunday surma yaxshi surtiladi va oddiy qalamdan yog‘liroq ekani bilan o‘ziga xos sanaladi. Qizig‘i, zamonaviy brendlarda ham surmaga muqobil variant bor. Masalan, YSL tomonidan taqdim qilingan
Couture Kajal Eye Pencil xuddi arab ayollari foydalanadigan go‘zallik vositasiga o‘xshaydi. Tarkibi zamonaviyroq ekaniga qaramay, tuzilishi va foydalanish prinsipi surmadan farq qilmaydi.
Uzun strelka
Sharq go‘zallari boshqalardan farqli ravishda strelkani uzun qilib chizadi. Tashqi uchini chakka tomon xiyol yuqori qilish ko‘zlarning aslidan kattaroq ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Bunday makiyaj, ayniqsa, kechki obraz uchun ayni muddao sanaladi. Buning uchun strelkani ko‘zning tashqi burchagida tugatmaslik, kosmetik vosita ushlagan qo‘lni sal yuqoriga harakatlantirish kerak.
Singdirish
Biroz singdirish bu sharqona ko‘z bo‘yash usulining “gollivud” variantidan farqi sanaladi. Yevropaliklar suyuq podvodkadan mukammal darajada tekis qilib chizishni afzal bilsa, arab qizlari chizilgandek turmasligi uchun biroz singdirishga harakat qiladi. Strelka chizgandan keyin kichkina, qattiq ten surtadigan cho‘tkada podvodkaning tashqi burchagi ustidan harakatlantiring. Qop-qora bo‘lib turmasligi, shu bilan birga, shaklini yo‘qotmasligiga e’tibor bering.
Ko‘zning ichki qismini bo‘yang
Ko‘zlaringiz tundek qop-qora bo‘lishini istasangiz, kipriklar o‘sgan qatorning ichki qismini bo‘yang. Buning uchun barmog‘ingiz bilan qovoqni biroz yuqoriga torting, ikkinchi qo‘lingizdagi yumshoq qalamni esa ko‘zning ichki qismiga surting. Tush surtilganda ushbu usul kipriklarni qalin ko‘rsatadi.
Pastki qovoqni bo‘yashni yoddan chiqarmang
Sharqona makiyajda ko‘zning pastki qismi bo‘yalmay qolmaydi. Qanchalik g‘alati va bachkana ko‘rinmasin, fakt faktligicha qoladi: qovoqning pastki qismiga bo‘yoq surtish ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Makiyaj me’yorda bo‘lishi uchun bu safar qalam emas, tendan foydalanish tavsiya qilinadi. Ingichka cho‘tka yordamida tenni ko‘zning tashqi burchagidan boshlab o‘rtasigacha surting. Keyin tashqi tomonga yo‘naltirib yengil harakatlar bilan singdirishga harakat qiling. | 60 | 2,731 |
Ayollar | Yashash joyimizni ortiqcha narsalardan bo‘shatamiz | Sharq faylasuflari fikricha, biz uyda to‘planib qolgan energiya tufayli o‘zimizni baxtsiz his qilamiz. Uyingizda to‘planib qolgan har xil mayda-chuydalardan ozod bo‘lsangiz, yashashingiz osonlashadi va yengil nafas olasiz. O‘zingizni saranjom-sarishta hisoblaysizmi? Ko‘raylikchi, balki sizning uyingizda ortiqcha narsalar yig‘ilib qolgandir?
Kitoblar. Agar o‘zingiz to‘plagan kitoblaringizni yana qaytadan o‘qib chiqish niyatingiz bo‘lmasa, ularni bukinistik bo‘limga topshirishning ayni vaqti. Yoki ularni sotishni xohlamasangiz kerakli joylarga topshirishingiz mumkin.
Bolalar buyumlari. Agar uyingizda o‘zingiz yoki farzandingizga kichkina bo‘lib qolgan kiyimlar, poyabzallar, karavot, keraksiz o‘yinchoqlar bo‘lsa ijtimoiy tarmoqlardagi profil guruhlariga e’lon bering.
Tashlab qo‘yilgan kolleksiya va xobbilar. Bir vaqtlar yig‘ilgan markalar, plastinkalar va shunga o‘xshash mayda-chuydalar to‘planib qolgan bo‘lsa, ulardan ham e’lon orqali qutulishingiz mumkin.
Suvenirlar va sovg‘alar. Har xil yozuvli idishlar, fotoramkalar, statuetka va chang bosib yotgan boshqa buyumlarni ham bemalol o‘ylab o‘tirmasdan tashlab yuborsangiz bo‘ladi.
Qalin pardalar. Ularni yengil matoli pardalarga almashtiring— xonada havo va bo‘sh joy ko‘proq bo‘ladi.
Kvartirani tubdan ta’mirlash shart emas — devorlarini och ranglarga bo‘yashning o‘zi kifoya qiladi. | 50 | 1,348 |
Ayollar | 5 daqiqada bajarish mumkin bo‘lgan 5 ta oddiy soch turmagi (foto) | Sochni turmaklashga vaqti yetishmaydiganlar uchun chiroyli, oddiy va tezkor turmaklar.
Sochni tepaga rezina bilan yig‘ing va uni uch qismga bo‘ling. Ikki chetdagi kokillar bilan o‘rtadagisi aylantirib, har bir aylanani rezina bilan bog‘lang. Rezinkali kokil doim o‘rtada qolsin.
O‘rim hajmdor bo‘lib chiqishi uchun kokillarni biroz tortib chiqing. Zarur bo‘lsa, lak sepib qotiring.
Sochning tepa qismini ajratib oling va “dum” qilib yig‘ing, rezinka taqing. Dumni ikkita kokilga ajrating. Ularni jgut qilib eshing va o‘zaro qo‘shib o‘ring. Uchiga rezinka taqib qo‘ying. Hosil bo‘lgan o‘rimni dumning asosiga spiral qilib o‘rang va to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang.
Sochni pastga dum qilib yig‘ing. Tagiga qo‘lingizni solib, tuynuk hosil qiling va u yerga “dum”ni kiriting — shu tariqa siz rezinkani bekitasiz. Dumning qolgan qismini tarang, chig‘anoq shaklida o‘rang va to‘g‘nog‘ichlar yordamida qistiring. Tantanalar uchun turmakni gul shaklidagi tog‘nog‘ich bilan bezashingiz mumkin.
Sochingizni o‘rtadan ajratib, balandga ikkita dum qilib yig‘ing. Ularning har birini kokillarga ajratib, o‘ring. Ikkita o‘rimni biriga o‘rang va to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlang.
Sochni o‘rtadan ikkiga ajratib, ensadan yuzga qaratib fransuzcha o‘ring. Uchlariga rezinka taqing. Hosil bo‘lgan o‘rimlarni tepaga ko‘taring, boshni aylantirib o‘rang va orqa tomonga to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlang.
Manba: “Woman.ru” | 65 | 1,399 |
Ayollar | Foto: Qoplon nusxali kiyim-kechak bilan bachkana ko‘rinmaslik uchun 10 tavsiya | Qoplon nusxali liboslar hamisha bachkana va didsiz ko‘rinadi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ushbu print boshqa kiyimlar bilan to‘g‘ri moslansa, bashang va o‘ziga xos obrazga ega bo‘lish mumkin.
Jinsi shortik yoki shim bilan moslang
Qoplon nusxali print tushirilgan koftani jinsi shortik ichiga tiqing, oyog‘ingizga ingichka poyabzal kiying. Havo harorati sovuq bo‘ladigan bo‘lsa, shortik o‘rniga jinsi shim tanlang.
Qoplon nusxali oyoq kiyimni ingichkasini tanlang
Qoplon nusxali oyoq kiyimning poshnali varianti bachkana ko‘rinishi mumkin. Ingichka modelni oq qora kiyimga moslab ish va o‘qishga ham kiysa bo‘ladi. Bu obrazda bemalol ishdan to‘g‘ri tug‘ilgan kun va oqshom tadbirlarga o‘tsangiz bo‘ladi.
Qoplon nusxali libos bilan neytral aksessuar tanlang
Bunday libosni qomatni aks ettiradigan emas, erkin va kengroq bichimlisini tanlaganingiz yaxshi. Unga qora yoki ortiqcha bezaksiz boshqa aksessuarni moslasangiz obrazingiz ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Boshqa printli kiyim bilan umumlashtiring
Xol-xol, yo‘l-yo‘l va katak printli kiyimlar bilan moslab ko‘ring. Faqat obrazingiz bachkana bo‘lib ketmasligi uchun sumka va poyabzalni oddiy va siporoq variantiga e’tibor qarating.
Qoplon nusxali aksessuar bilan obrazni to‘ldiring
Minimal uslubda kiyinib qoplon nusxali ko‘zoynak, kamar yoki sharf taqilsa obraz tamoman o‘ziga xos ko‘rinadi.
Kundalik obraz uchun qoplon nusxali, oversize futbolka kiying
Ta’kidlanganidek bunday nusxali libos, bluzka va top tanlaganda kengroq va erkin turadigan variantga e’tibor qaratgan yaxshi. Obrazni charm matodan tikilgan shim, shortik yoki yubka qolaversa, hajmi katta poyabzal bilan to‘ldiring.
Charm kurtka bilan moslang
Charm matosidan tikilgan kurtka barcha kiyim-kechak, xususan, qoplon nusxali shim bilan ham kiyish mumkin. Uchli klassik qora tufli bilan esa obrazingiz juda ham bashang ko‘rinadi.
Turli obraz bilan qoplon nusxali sumka tuting
Ushbu print tushirilgan libosda qora, sarg‘ish, jigarrang umumlashgani sabab ham uni istalgan kiyim-kechak bilan moslasa bo‘ladi. Ayniqsa, boshdan oyoq bir rangda kiyinib bunday sumka taqilsa, o‘ziga xos obraz paydo bo‘ladi.
Qoplon nusxali sun’iy mo‘ynadan tikilgan shuba kiyishingiz mumkin
Bunday shubani qora va jinsi shim, oq vodolazka bilan moslasa bo‘ladi. Asosiysi shuba uzun bo‘lmasin, tizzadan 5 santimetr baland bo‘lgani eng yaxshi variant.
Qoplon nusxali top bilan erkaklar uslubidagi kiyimlarni moslang
Bu bilan siz bir obrazni o‘zida ham zamonaviy ko‘rinishingiz, shu bilan birga ayollarga xos jozibaga urg‘u berishingiz mumkin. | 78 | 2,536 |
Ayollar | Foto: 5 daqiqada bajarsa bo‘ladigan zamonaviy soch turmaklari | Sochni turli-tuman turmaklash uchun sartarosh va stilistga borish, ortiqcha pul va vaqt sarflashga hojat yo‘q. Uy sharoitida ortiqcha xarajatlarsiz ham mukammal va trenddagidek turmaklash mumkin. Ilhom olish uchun bor-yo‘g‘i 5 daqiqa sarflanadigan soch turmaklar surati bilan bo‘lishamiz.
Soch tepasini tekis pastlarini jingalak qiling.
Sochni o‘rib, tepasi va pastki qismidan yig‘ing.
Sochni tepadan qilib yig‘ing.
Sochni 90-yillardagidek tekis yoyib, ikkita-uchta mayda o‘ring.
Ikki tarafga dumaloq qilib yig‘ing.
Tekis yoyib, obodok taqing.
Sochni pastdan yig‘ib, yelkasi ochiq libos kiyishingiz ham mumkin.
Qisqich yordamida turmaklang. | 61 | 647 |
Ayollar | Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? Shifokor-trixologdan 12 maslahat | Sochlarni yuvganda qancha miqdorda shampun ishlatish kerak? Ularni necha marta yuvish kerak? Mahsulotlar ham sochlarga zarar yetkazishi mumkinmi? Sochlarga qanday qilib g‘amxo‘rlik qilish keraligi to‘g‘risidagi savollarga shifokor-trixolog Salomeya Abalyan javob beradi.
Turli xil mamlakatlarda trixolog va dermotologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bosh terisi va sochlarning tagida to‘planadigan bakteriyalar salbiy ta’sirga ega. Ular terining nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Soch ildizlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bularning barchasi bosh terisining normal ishlashini buzadi va soch o‘sishini sekinlashtiradi.
Shampunlardan tashvishlanmang
Har kuni foydalanishga ruxsat berilganini ko‘rsatuvchi shampunlar foydali, allergiya qo‘zg‘atmaydigan bo‘ladi. Shuning uchun ham ularni har kuni ishlatish mumkin.
Yuvish takroriyligini kuzating
Yuvish takroriyligiga qarab, soch turi va sifatini hisobga olgan holda shampun tanlash kerak. Yog‘li soch egalari 3—4 kunlik tanaffusdayoq ko‘p miqdorda yog‘ sekretsiyasi to‘planib qolganini ko‘rishi mumkin. Bu esa keyinchalik yallig‘lanishga ham olib keladi.
Shampunlardan to‘g‘ri foydalaning
Shampunning miqdori asosan sochning uzunligiga bog‘liq. Mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri sochga surtish tavsiya etilmaydi. Birinchidan, miqdorni nazorat qilish qiyin bo‘ladi. Ikkinchidan, haddan tashqari ko‘p miqdordagi vosita cheklangan hududgagina tushadi. Shuning uchun avval shampunni qo‘lda ko‘piklash kerak, keyin sochlarga “taqsimlash” tavsiya etiladi.
Yuvish qoidalarini to‘g‘ri bajaring
Sochlarni yuvishdan oldin ularni yaxshilab tarash kerak. Avval quloqdan quloqqa, so‘ngra boshning orqa qismi yuvilishi kerak. Barmoq uchlari bilan massaj qilish, ammo bosh terisini tirnab olmaslik zarur. Yuvish vaqtida yengil uqalash boshda qon aylanishni yaxshilaydi.
Necha marta shampun surtish kerak?
Hammasi yuvish chastotasi va mahsulotga bog‘liq. Agar sochlar har kuni yuviladigan bo‘lsa, ularga ikki marta shampun surtish shart emas. Sochlarni haftasiga ikki marta yuvadiganlar esa shampunni ikki marta surtgan ma’qul. Faqatgina ikkinchi marta shampun miqdorini ikki baravar kamaytirish tavsiya etiladi.
Suv harorati
Ko‘pchilik yog‘ bezlarini faollashtiradigan issiq suvdan foydalanib xato qiladi. Ularni yuvish uchun o‘rtacha harorat 40—50 darajani tashkil etadi. Aynan shu harorat sochdagi kirlarni oson olib tashlashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Soch yuvishni sovuq suv bilan yakunlash mumkin
Yuvish jarayonini biroz sovuq suv bilan tugatish mumkin. Bu bosh terisida qon aylanishini tezlashtiradi.
Soch yuvilganidan keyingi niqob
Niqoblardan foydalanish ham sochlarning holatiga, oziqa tarkibiga bog‘liq. Agar sochlarda jiddiy shikastlanish va parvarishga muhtojlik sezilsa, niqobdan har kuni foydalanish mumkin. Muolaja 8—10 martadan so‘ng natijasini ko‘rsatadi va keyinchalik undan kamroq foydalangan yaxshi. Agar niqoblardan profilaktika uchun foydalaniladigan bo‘lsa, haftada 1—2 marta qo‘llash mumkin.
Balzam haqida unutmang
Balzam sochlar yuvilganidan keyin surtiladi. U nafaqat tolalarni mustahkamlaydi, balki ularning porlashini ham yaxshilaydi. Undan foydalanishda sochlarning butun uzunligi bo‘ylab qo‘llash kerak. 5—7 daqiqadan so‘ng yaxshilab yuviladi. Soch ildizlariga hamda bosh terisiga balzam surtilmaydi. Bosh terisiga surtilganda, soch tolalari og‘irlikni ko‘tara olmay to‘kilish holati kuzatilishi mumkin.
Sochni yuvgandan keyin nima qilish kerak?
Issiqlik chiqaruvchi vositalardan foydalanish
Sochlarni turmaklash doim ham fen yoki boshqa issiqlik taratuvchi vositalar yordamida amalga oshirilsa, undan kamroq foydalanish kerak. Chunki soch tolasi oqsil keratindan tashkil topgan bo‘lib, issilik ta’siriga sezgir bo‘ladi. Harorat tufayli sochning yuqori himoya qatlami ochiladi. Keratin yumshab, sochdagi namlik bug‘lanadi. Yog‘lar parchalanib, tolalar mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qoladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, maxsus spreylar tarkibida odatda, tabiiy oqsillar, E va B5 vitaminlari hamda dorivor o‘simliklarning ekstraktlari mavjud. Ushbu komponentlar sochlarni nafaqat issiqlik ta’siridan zararsizlantiradi, balki qo‘shimcha hajmga ham ega bo‘ladi. | 77 | 4,164 |
Ayollar | Ifori uzoq vaqtgacha turadigan atir tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? | Atir hidining barqarorligi har doim ham brendga bog‘liq emas, parfyumning sifati ham kamdan kam hollarda ahamiyat kasb etadi. Tarkibi, konsentratsiyasi va hatto ba’zi notalarni shaxsiy idrok etishingiz atirning ko‘proq turishiga ta’sir qiladi. Qimmatbaho atir sotib olib, hafsalangiz pir bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilib oling.
Aromat turi
Parfyum, aromat, atir va sprey bir xil narsa emas. Masalan, atirning mag‘rur unvoniga yog‘lar konsentratsiyasi 20-30 foiz bo‘lgan flakonlar sazovor bo‘lishi mumkin. Quyida xushbo‘y hidlarning turlari chidamliligining kamayishi tartibida, qavs ichida esa fransuzcha nomi bilan berilgan:
Atir (Parfume) — 20-30 foiz parfyumeriya moylari
Ushbu konsentratsiyada ko‘pincha faqat o‘ziga xos xushbo‘y hidlar kiritiladi. Aromat bir necha kun turishi uchun tanaga yoki kiyimga bir necha tomchi surtish kifoya.
Parfyum suvi (Eau de parfume) — 15-20 foiz
Kosmetik gipermarketlar javonlarida biz ko‘rgan eng keng tarqalgan variant. Terida taxminan 6 soatgacha turadi, shuning uchun agar uydan uzoq vaqtga ketsangiz, uni o‘zingiz bilan olib ketganingiz ma’qul.
Pardoz suvi (Eau de Toilette) — 15-20 foiz
Parfyum suvi bilan bir xil konsentratsiyaga qaramay, pardoz suvi kamroq — 3-4 soat turadi. Gap shundaki, ularda ko‘proq suv va alkogol bor, ular esa tez bug‘lanadi, ayniqsa, issiqda.
Yangilovchi suv (Eau Fraiche) — 1-3 foiz
Odatda bu sprey yoki mist bo‘ladi, maksimal chidamliligi 1-2 soat. Boy hidni kutmang, uning maqsadi shunchaki yangilashdir.
Selektivlik
Agar hidi uzoq vaqt saqlanib turadigan atir izlayotgan bo‘lsangiz, ularni aromatlar orasidan qidiring. Selektiv parfyumeriya cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi va hamma do‘konlarda ham sotilavermaydi. Hajmi ham kichik — Chanel va Versace kabi 4000 yoki 5000 emas, 400 yoki 500 bo‘ladi. Ushbu atirlar murakkab tarkibga ega: notalar soni ikki baravarga ko‘p va ular orasida muzlatilgan yog‘och yoki shampanli qo‘ziqorinlar uchraydi. Bunday atirlarni yaratish uchun hatto maxsus xomashyo yetishtiriladi, yangi formulalar ixtiro qilinadi va bir yildan ko‘proq vaqt sarflanadi.
Tarkibi
Hidi uzoq vaqt turishiga asosan aromatlar ta’sir qiladi. Misol uchun, bir kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita turli odekolonning turg‘unligi har xil bo‘lishi mumkin.
Barqaror hidli
Sharq parfyumlari qanchalik kuchli va uzoq vaqt turishini hech payqaganmisiz? Gap shundaki, ularning asosiy tarkibiy qismlari ud, yog‘och, mushk, shipr va sandal daraxti kabi yog‘ochli notalardan tashkil topadi. Ko‘pincha ularda anbar, archa, kedr, pachuli, vetiver hidlari bor. Gullardan turk atirgulining ifori barqarorligi bilan ajralib turadi.
Beqaror hidli
Odatda bu yengil gul va mevali aromatlaridir. Yasmin, iris, binafsha, pion, apelsin guli, shaftoli, qulupnay, greypfurt yoz uchun ajoyib ifor bo‘la oladi.
Qo‘llash bo‘yicha maslahatlar:
Tashqi tomondan ko‘rish
Burnimiz tanamizning har qanday hidiga juda tez moslashadi. Shuning uchun ham o‘zingiz parfyumingizni obyektiv baholay olmaysiz. Bundan tashqari, har qanday xushbo‘y hid tanada 20-30 daqiqada namoyon bo‘ladi, ungacha esa bu hidga ko‘nikib bo‘lasiz. Eng yaxshi yechim — do‘stingizdan siz sepgan atir haqida so‘rashdir. Parfyumning turg‘unligini bilish uchun esa 5-6 soatdan keyin yana qaytadan so‘rang. | 77 | 3,273 |
Ayollar | Uyda saraton kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi 6 ta jihoz | Oddiy va tanish bo‘lgan narsalar sog‘liq uchun xavfli bo'lishi mumkin. Bunga faqatgina sifatsiz buyumlar emas, balki ular tayyorlanadigan material tufayli ham yuz beradi. Har bir inson uyida ushbu maxfiy zararkunandalarni tekshirishi va imkon qadar tezroq ulardan foydalanishda e’tiborli bo‘lishi kerak.
Katta yumshoq divan
Divan aslida do‘st emas, balki sirli dushmandir. U nafaqat faoliyatni kamaytirishi, shuningdek, harakatsiz turmush tarziga o‘rgatishi ham mumkin. Ko‘pgina mutaxassislar yumshoq mebellar va hattoki matraslarni turli xil saraton kasalliklarini rivojlanishiga turtki beradigan maxsus vosita deb hisoblaydi. Bundan tashqari, unda yig‘iladigan chang eng ko‘p uchraydigan o‘nta eng xavfli kimyoviy moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Agar kimyoviy moddalar yumshoq mebellarni ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘lsa, sevimli divan va kreslolarni muntazam ravishda chuqur tozalashga harakat qilish lozim.
Gilam va pardalar
Xonadonda kimdir tamaki cheksa, chang yig‘uvchilar, albatta, parda va gilamlardir. Shundan so‘ng ular chindan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Haqiqat shundaki, ular tezda tamaki tutunini o‘zida to‘playdi, bu ham kanserogen bo‘lib, hatto umrida chekmagan odamlarda ham o‘pka saratonini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kvartira ichida hech qachon chekishga yo‘l qo'ymaslik va barcha axlat qutilarini muntazam tozalab turish zarur.
Teri va yog‘ochdan ishlangan mebellar
Yog‘ochdan yasalgan yoki teri bilan qoplangan mebel buyumlarini sotib olish vaqtida xrom ishlatilganligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu element kanserogen sifatida ham tan olingan va sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tozalovchi vositalar
Kimyoviy moddalardan tarkib topgan tozalovchi vositalar uydagi eng xavfli narsalardan biridir. Muntazam ravishda foydalanadigan tarkibni diqqat bilan o‘rganish juda muhim, xususan formaldegidni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan saqlanish kerak. Ushbu xavfli kanserogen kosmetika, tozalovchi mahsulotlar, bo‘yoqlarda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sotib olishdan oldin mahsulotni diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur.
Jalyuzi
Ko‘pincha jalyuzilar ftalatni o‘z ichiga olgan plastmassadan tayyorlanadi, bu nafaqat unumdorlikni pasaytirishi, balki saraton rivojlanish xavfini ham oshirishi mumkin. Iloji bo‘lsa, boshqa materiallardan, masalan, yog‘ochdan yoki matolardan yasalgan pardalarga ustunlik bergan ma’qul.
Hasharotlarga qarshi vosita
Chivin va pashshalardan, uy hayvonlarini burgalardan himoya qiladigan spreylar tarkibida pestitsidlar bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy birikmalar ham kanserogenlar deb tan olingan. Salomatlikni himoya qilishning eng yaxshi usuli bu tabiiy vositalardan foydalanishdir. Ammo ularni oson yo‘qotishni afzal ko‘radiganlar ularning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak. | 72 | 2,786 |
Ayollar | Har qanday obrazga mos keluvchi 5 xil sumka modeli | Mukammal sumka modelini topish mas’uliyatli vazifadir: chunki eng yaxshisi hech qachon urfdan qolmaydi va ko‘p yillar davomida sodiqlik bilan xizmat qiladi. Marie Claire nashri har qanday obrazga mos keladigan eng ajoyib dizayndagi sumkalarning beshtaligi bilan bo‘lishdi.
Xobo
Xobo sumkasining o‘ziga xos xususiyati uning dizaynidadir. Sumkaning ma’lum qat’iy shakli yo‘qligi ushbu modelni qo‘ltiq ostiga qulay tarzda olib yurishga imkon beradi, tutqich esa yelkaga tashlanadi. Pastki qismi siqilgan bo‘lishi mumkin. Uning o‘lchamlari kichik variantlardan tortib katta o‘lchamli modellargacha. Taqish qulay, keng, ochish va yopish oson bo‘lgan xobo sumkasining afzalliklari shu bilan tugamaydi. Uning asosiy afzalligi — ko‘p qirrali. Ushbu aksessuar tasodifiy ko‘rinishga, klassik shim yoki trikotaj kostyumga va hatto gulli bosma libosga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.
Kros-body
To‘rtburchak, yarim doira yoki kvadrat shakldagi o‘rta o‘lchamdagi sumka — bu eng ko‘p foydalaniladigan sumka modeli. Uzun tasma yoki zanjir uni yelkada olib yurish imkonini beradi. Bundan tashqari, sumkaning o‘zidan o‘tgan diagonal zanjir siluetni vizual ravishda uzaytiradi. Qolaversa, sumkaga tutqich joylashtirilishi mumkin, bu esa ushbu modelni qo‘lda olib yurish imkonini beradi. Eng asosiysi mutlaqo hamma narsa bilan birlashtirish oson. Bu kundalik yoki kechki obraz bo‘ladimi har qanday obrazni osongina to‘ldiradi.
Tout
Klassik versiyadagi tout ikkita tutqichli katta to‘rtburchak sumka. Dastlab, ushbu modelda qo‘shimcha cho‘ntaklarsiz bitta joy mavjud edi. Yillar davomida sumka bir qator o‘zgarishlarga duch keldi: yangi shakllar, tugmalar, magnitlar, qo‘shimcha cho‘ntaklar paydo bo‘ldi. Biz abadiy klassikaga e’tibor berishni taklif qilamiz. Ushbu sumka ofis, klassik va kundalik uslub tarafdorlari uchun ayni muddao.
Baget
Baget — bu kamar yoki zanjir ko‘rinishidagi qisqa tutqichli cho‘zilgan to‘rtburchak sumka. Bu ishbilarmon, ijtimoiy tadbirlarni yaxshi ko‘radigan yoki umumiy sport uslubida ko‘rinishni afzal ko‘rganlar shkafiga juda mos keladi. Bunday sumkaga osongina smartfon, hamyon, kalitlar, nam salfetkalar, atir, antiseptik, niqob — umuman, zamonaviy ayolga kerak bo‘lgan hamma narsa solish mumkin.
Setchel
Ushbu model portfelning biznes uslubiga tegishli bo‘lishiga qaramay, hamma narsa bilan birlashtirilishi mumkin, aks holda ko‘p qirrali sumkalar ro‘yxatida bo‘lmas edi. Asosiy farq shundaki, sumkaning yuqori qismi alohida yopiladi va ikkita parallel tasma bilan mahkamlanadi. Ushbu model qattiq to‘rtburchak shaklga ega, uzun tasma va qo‘lda olib yurish uchun qisqa tutqichga ham ega. | 50 | 2,602 |
Ayollar | Ishga kirish uchun o‘tkaziladigan suhbatga qanday makiyaj mos tushadi? | Siz yirik firmalardan biriga ishga joylashmoqchisiz yoki boshqaruvchilikka talabgormisiz?
Ish tajribangizning qandayligi va siz necha tilda gaplasha olishingiz emas, balki tashqi ko‘rinishingiz — ilk taassurotda katta ahamiyatga ega. Makiyaj — ko‘rinishingiz uchun ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Makiyajda, rioya qilishingiz shart bo‘lgan qat’iy cheklashlar mavjud:
1. Makiyaj rangdor, ko‘zga juda tashlanadigan bo‘lmasligi kerak.
2. Diqqatni tortuvchi va negativ taassurot qoldiruvchi — tabiiylikdan uzoq ranglardan voz keching.
3. Hozirgi vaqtda yuzni juda mohirlik bilan, tekis qilib bo‘yash makiyajning eng urf bo‘lgan trendi hisoblansa ham, kunduz kunlari u, yuzingizning tabiiy fazilatini yashirib turuvchi niqobga o‘xshab ko‘rinadi.
4. Soxta kiprik, shuningdek, soxta sochlardan voz keching.
Suhbat uchun makiyaj qanday bo‘lishi kerak? Yengil va sizning tabiiy go‘zalligingizni muloyimlik bilan ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. Yaltiratmaydigan tonal krem ( BB yoki CC )dan suring, kiprigingizga tushni yengil tekkizing, qoshingizni o‘zining rangidagi qalam yordamida bo‘yab qo‘ying, lablaringizni rangsiz pomada bilan namlang. Peshana va burun ustiga ozroq pudra surish bilan makiyajni yakunlang.
Ko‘rinishingizga gap yo‘q! | 70 | 1,226 |
Ayollar | Tavakkal qilmang: nimalarni kir yuvish mashinasiga solmagan ma’qul? | Sifati, tuzilishi o‘zgarmasligi, shuningdek, rangi chiqmasligi uchun hamma narsani ham kir mashinaga solaverish yaramaydi.
Yostiqlar
Samolyot va kursida o‘tirganda bosh qo‘yishga mo‘ljallangan yostiqlarning yorlig‘ida bunga ruxsat berilsagina kir yuvish mashinasiga solsa bo‘ladi. Aks holda, yangisini xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Nima qilish kerak?
Eng avvalo bu kabi yostiqlar ichida sun’iy to‘ldirgich bo‘lgani va gipoallergen ekani hisobiga boshqalariga nisbatan uzoq vaqt davomida toza turadi. Dog‘ bo‘lsa, mutaxassislar uni artib ko‘rishni tavsiya qiladi. Qo‘lda yuvish mumkinligi ko‘rsatilgan belgi bo‘lsa, tog‘ora yoki vannaga solib yuvish hamda gipoallergen suyuqlik qo‘shish mumkin. Suvi silqiganidan keyin havo almashadigan yerda quritish kifoya.
Jun matosidan bo‘lgan istalgan kiyim
Boshqa kiyimlar bilan qo‘shib yuvilganda ularga yopishishi, shuningdek, barabanga tiqilib qolishi mumkinligi sabab ham jun matosidan tikilgan kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solganda ehtiyot bo‘lish lozim.
Nima qilish kerak?
Mashinaga solishdan avval bir sidra ustidagi ajralib turgan qatlamni qo‘lingiz bilan yig‘ib oling. Bu borada rezinali qo‘lqop yaxshi samara beradi. Ish bermasa, past haroratda qizdirib dazmol qiling. Keyin esa yorlig‘idagi ko‘rsatma bo‘yicha yuving.
Kashta va to‘rli kiyim-kechaklar
Mashinkada yuvish bunday kiyim va narsalarni rasvo qilishi mumkin. Baraban yoki filtrga tiqilib qolishi mumkinligi sabab esa, ayniqsa, yelimlangan elementli liboslarni solmaslik kerak. Tugma va zamok kiyimning kashtali qismiga ilinib qolishi, oqibatda esa yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Nima qilish kerak?
“Faqat kimyoviy tozalash” deb yozilmagan bo‘lsagina, qo‘lda yuvishingiz mumkin.
Katta kiyim-kechaklar
Sig‘ishi qiyin bo‘lgan adyol va kiyimlarni majburlab mashinaga tiqishga harakat qilmang. Baraban bemalol aylanishi va dog‘lar ketishi uchun kir yuvish mashinasining ichidagi joy yetarli bo‘lishi kerak.
Nima qilish kerak?
Kattaroq va ko‘proq kiloga mo‘ljallangan mashina bo‘lsa, bemalol. Eng yaxshisi esa kimyoviy tozalatish hisoblanadi.
Chiyduxoba, jun va kashemirdan tikilgan kiyim-kechaklar
Bunday narsalar kir mashinada yuvilganidan keyin ahvoli yomonlashib, “katishka”lar paydo bo‘ladi. Hatto teshik paydo bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Nima qilish kerak?
Kiyimning ma’lum qismini namlab ustiga oq mato qo‘ying. Agar rangi chiqmasa va holati yomonlashmasa, qo‘lda yuvishingiz mumkin. Rangi chiqadigan bo‘lsa, kimyoviy tozalatishdan boshqa iloj yo‘q. | 67 | 2,477 |
Ayollar | Bolalar uchun profilaktik emlashlar taqvimi | Bolani emlatish kerakmi, yo‘qmi — bu har bir yosh ona to‘qnashadigan eng asosiy savol. Asosiy va ruxsat etilgan emdorilar haqida hamda emlashdan oldin nimalarga ahamiyat berish kerakligi to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Rukn homiysi — “Bolalar uchun LINEKS ®”.
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Emlashni boshlashdan oldin shifokorlar bolalar shifokoriga, shu jumladan nevropatologga uchrashni tavsiya etadilar.
Profilaktik emlashlar taqvimi | 43 | 483 |
Ayollar | Erkaklar va ayollar birdek foydalanishi uchun mo‘ljallangan universal atirlar (foto) | Endilikda har bir oila a’zosi uchun alohida atir xarid qilishga hojat yo‘q. Bir atirni erkak ham, ayol ham sepishi mumkin. Quyida qaysi atirlar ikkala jins vakillariga to‘g‘ri kelishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Au The Noir, BVLGARI
Ayollar ham erkaklar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan atir sepishni endi boshlamoqchi bo‘lganlarga avvaliga o‘tkir iforli bo‘lmagan variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Akkordi qora choy bo‘lgan Eau Parfumee au The Noir ifori uzoq vaqt turish bilan birga o‘tkir bo‘lmagan atir yaxshi variant.
Santal Massoia, Hermès,
Ushbu atirda quyiltirilgan sut (“sgushyonka”), sandal daraxti va massoya iforlari umumlashmasi mujassam. Ushbu ifor ikki jins vakillariga ham to‘g‘ri keladi.
Velvet Rose&Oud, Jo Malone
Ushbu iforni yaratish uchun atirgullar aynan quyosh ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan vaqtda terib tozalanadi. Gap shundaki, tongda gullar ifori maksimal darajada xushbo‘y bo‘ladi. Atirgul iforda asosiy rolni o‘ynasa, chinnigulning qo‘shilishi uning faqat ayollarga xos bo‘lmasligini ta’minlab, jo‘shqinlik baxsh etadi.
Trouble-Fête, Givenchy
1952-yilda Yuber de Jivanshi libosni universal qilib, uslub borasidagi standartlarni o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan. Korsetlar moda cho‘qqisida bo‘lgan bir vaqtda ko‘rinishi ayollarniki kabi nozik bo‘lmagan shu bilan birga, qulay ko‘ylak va yubkalar taqdim qilgani sabab unga moda olami isyonchisi ta’rifi berilgan. Givenchy brendiga mansub Trouble-Fête atirida mana shunday o‘ziga xoslikni ko‘rish mumkin. Uning nomi ham fransuz tilidan “isyon” deb tarjima qilinadi. Ushbu ifordan foydalanishda gender chegara yo‘qdek tasavvur tug‘iladi. Zanjabil, kunjut va ko‘katlar asosida tayyorlangan atir erkak va ayollarga birdek mos tushadi.
Bal D’Afrique, Byredo
Ushbu atir Afrika ayollari, ularning o‘ziga xos go‘zalligidan ilhomlangan holda yaratilgan. Unda ekzotik gullar, tropik o‘rmon, vino va mevalar hidi mujassam.
Haute Provence/89, Parle Moi de Parfum
Fransiyada joylashgan Provansga bag‘ishlab yaratilgan ushbu ifor lavanda, tarvuz-qovun hamda narsissni yodga soladi. Uzoq vaqt turadigan shu bilan birga har gal yangi ifordek taraladigan atir istaydiganlar uchun Haute Provence/89’dan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kiani, Thameen London
Ushbu atirda zumrad tosh va brilliantlar talqini taralgandek iforni his qilish mumkin. U erkaklar uchun mo‘ljallangani bilan ayollar uchun ham to‘g‘ri keladi.
Molecule 04, Escentric Molecules
Arab mamlakatlarida sandal daraxti asosida tayyorlangan ifor faqat erkaklar uchun hisoblanadi. Molecule 04 esa sandal va yavanolning umumlashmasidan tashkil topadi, erkak hamda ayollardan birdek xushbo‘ylik taraladi. Atir tanlaganda stereotiplarga emas, yuragingizga quloq tuting.
Source 1, Hermetica
Agar erkak va ayollarga mo‘ljallangan iforning asosiy g‘oyasi universallik bo‘lsa, unda ushbu atirni 100 foiz ushbu tamoyilga javob beradi deyish mumkin. Hermetic va Prima Materia kolleksiyalarida Source 1 parfyum suvi asosiy rol o‘ynaydi. Boshqa atirlarda ham asos sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan Source boshqa iforlarni o‘tkirroq taralishiga sabab bo‘ladi.
Another 13, Le Labo
13 omadsiz raqam, jasmin esa erkaklar ifori emas, deganlar ushbu atirni sepganidan keyin fikri o‘zgarishi aniq. Atirda 13 xil ingrediyentdan foydalanilgan bo‘lib, unda jasmin va muskus asosiy rol o‘ynaydi. | 84 | 3,300 |
Ayollar | Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 10 ta mahsulot | Sovitish yoki sovitmaslik — bu boshqa masala. Tez buziladigan mahsulotlar va yangi go‘sht va sut, tvorog, yogurt, tuxum va dengiz mahsulotlari kabi saqlash muddati qisqa bo‘lgan oziq-ovqatlarni darhol muzlatkichga qo‘yish kerakligi aniq. Lekin sabzavotlar, meva, asal va, masalan, non haqida nima deyish mumkin? Marie Claire nashri muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Non
Nonni muzlatkichda saqlashdan foyda yo‘q. Tejash orqali non bo‘laklari nam va qattiq holatga keladi. Agar ular uyda ko‘p bo‘lsa, uni non qutisiga yoki o‘rab, stolda qoldirish mumkin. Uzoq vaqt davomida nonni yaxshi saqlash uchun esa qog‘oz sochiq bilan o‘rab, sovitkichga qo‘yish tavsiya etiladi.
Qahva
Odatda ko‘pchilik qahvani muzlatkichga qo‘yadi. Afsuski, sovuq va namlikdan olingan donalar darhol o‘z hidini yo‘qotadi va barcha begona hidlarni o‘zlashtiradi. Qahva uchun eng yaxshi joy faqat qorong‘i, quruq joy. Ammo uzoq vaqt davomida qahvani yopiq idishda sovitkichdagina saqlash mumkin.
Piyoz
Muzlatkichdagi namlik tufayli hatto tozalanmagan piyoz ham yumshoq holatga keladi va tezda yomonlashadi. Bundan tashqari, ortiqcha namlik zararli bakteriyalarning rivojlanishiga yordam beradi. Piyozni quruq va salqin joyda saqlash kerak, shunchaki ularni kartoshkaning yoniga qo‘ymaslik lozim, chunki birga saqlanganda, ikkalasining saqlash muddati ikki barobarga qisqaradi.
Zaytun moyi
Zaytun moyini saqlashda birinchi va eng muhim qoida haroratni nazorat qilishdir. Buning uchun optimal harorat + 12-16 daraja. Muzlatkichda yog‘ tarkibini o‘zgartirishni boshlashi, cho‘kindi paydo bo‘lishi mumkin.
Rayhon
Muzlatkichda rayhon barglari tezda quriydi, xushbo‘yligini yo‘qotadi, shuningdek, barcha begona hidlarni mukammal darajada o‘zlashtiradi. Buning natijasida salat yoki sendvichdan eskirgan hid keladi. Rayhon birinchi navbatda o‘simlik bo‘lib, uni idishdagi suvda saqlash yaxshiroq. Umuman olganda, bu qoidalar har qanday bargli ko‘kat uchun amal qiladi.
Asal
Agar to‘g‘ri saqlansa, asalning saqlash muddati deyarli yo‘q. Uni uyda qorong‘i joyda va xona haroratida mahkam yopilgan idishda saqlash mumkin. Sovuq muhit asalning kristallanishiga va uning ta’mini o‘zgartirishga olib keladi.
Shokolad
Past haroratlarda u yoqimsiz oq qoplama bilan qoplanadi. Buning sababi shundaki, sovuq namlikni muzlatadi va shokolad yuzasida saxaroza kristallari paydo bo‘la boshlaydi. To‘g‘risini aytganda, shu tufayli mahsulot o‘zining tashqi ko‘rinishini, eng muhimi, ta’mini yo‘qotadi.
Sarimsoq
Sarimsoq ham xuddi piyoz kabi muzlatkichda nam yumshoq holatga o‘tib qoladi. Natijada misli ko‘rilmagan tezlikda unib chiqa boshlaydi. Asosiy tavsiya mahsulotni quruq va namlik yetib bormaydigan joyda saqlash.
Avokado
Muzlatkichda avokado tezroq pishib, yanada mazali bo‘ladi — bu eng keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalardan biridir. Pishmagan avokado, albatta, muzlatkichda ma’lum vaqtdan keyin yumshoqroq bo‘ladi, lekin gap uning pishishida emas, balki qobig‘i orqali mevaga singib ketadigan namlikda bo‘ladi. Ammo avokadoni pishishi uchun ochiq havoda qoldirish yaxshiroq.
Kartoshka
Kartoshkani ham muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydi. Sovuq havo kraxmalni shakarga aylantiradi, bu nafaqat ildiz mevalarining ta’mini, balki tuzilishini ham o‘zgartiradi. Kartoshkani saqlashning ideal usuli — ularni qog‘oz qoplarga solib, salqin, ammo sovuq bo‘lmagan joyga qo‘yishdir.
Pomidor
Pomidor ham muzlatkichda ta’mini yo‘qotadi va yumshaydi. Yopishqoq sabzavotning ta’mi avvalgidek bo‘lmaydi, shuning uchun ularni yaxshi holatda saqlash uchun salqin, lekin sovuq bo‘lmagan joyda saqlash lozim.
Olma
Olmalarni xona haroratida taxminan bir hafta davomida saqlash mumkin, shundan keyingina muzlatkichga o‘tkazish mumkin. Olmaning ayrim turlarini o‘rtacha 17-18 haroratda taxminan bir oy davomida saqlash mumkin, agar ular alohida qadoqlangan bo‘lsa.
Banan
Olma kabi, agar xohlasangiz, bananlarni muzlatkichda saqlash mumkin. Agar pishmagan bananlarni sotib olgan bo‘lsangiz, ularni qog‘oz xaltada salqin, ammo sovuq bo‘lmagan joyda pishishi uchun qoldirgan ma’qul. Muzlatkichda pishgan banan tezda qorayadi, ammo ma’lum vaqtga qadar ularning ta’miga hech qanday ta’sir qilmaydi. | 56 | 4,178 |
Ayollar | Uydagi chumolilardan qanday qilib butunlay qutulish mumkin? | “Domashniy ochag” nashri havola etgan oddiy usullar tufayli chumolilar bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish mumkin.
Chumolilar inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkinmi?
Milliy yovvoyi tabiat federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda chumolilarning 12 000 dan ortiq turi mavjud. Ularning aksariyati odamlar uchun zararsizdir.
Biroq chumolilar kasalliklar yoki infeksiyalarning potentsial tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 2019-yilda hasharotlarni o‘rganishda Monomorium chumolilari odamlar uchun xavfli bo‘lgan patogen bakteriyalarni olib yurishi mumkinligini aniqladi. 2005-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda, odatda uy chumolisi astma va nafas olish allergiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
Uydagi chumolilarni nima o‘ziga tortadi va ulardan qanday qutulish mumkin?
Avval uyingizda chumolilarni aniq nima chaqirishini aniqlash kerak. Idishning yon tomonidagi yopishqoq tomchi asalmi yoki rakvinadagi yuvilmagan qoshiqmi, har doim nimadir bor. Imkon bo‘lsa, chumoli yoki umuman hasharotlarni o‘ziga chaqiradigan chiqindilarni chiqarib tashlash kerak, shunda chumolilar o‘z-o‘zidan uyni tark etadi.
Chumolilar feromonlar yordamida oziq-ovqat izlaydi. Bu feromonlar boshqa chumolilar uchun iz qoldiradi. Har qanday holatda ham ulardan qolgan izlardan xalos bo‘lish kerak. Buni sirkani suv bilan 1:3 nisbatda aralashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Shunchaki aralashma chumolilar mavjud bo‘lgan har qanday joyga sepiladi.
Chumolilarga qarshi xalqona usullar
Maydalangan qora yoki qizil qalampir
Qora yoki qizil qalampir chumolilar uchun tabiiy vositadir. Haqiqat shundaki, hasharotlarga uning hidi yoqmaydi. Buning uchun qalampir faqat plintus va jihozlar atrofiga sepiladi.
Yalpiz
Yalpiz chumolilar va chivin kabi boshqa hasharotlarni samarali daf eta oladigan ajoyib vositadir. Yalpizdan qanday foydalanish kerak?
Shisha tozalovchi va yuvish vositasi
Chumolilar xaritaga o‘xshash feromon izini qoldiradi. Shisha tozalagich va yuvish vositasidan foydalanish usuli chumolilarning uyga qayta kirib kelishidan saqlaydi.
Buni qanday qilish kerak:
Limon
Chumolilarni qaytarish uchun limon sharbatini sepish mumkin, shu bilan feromon izlari olinib, oziq-ovqat hidini niqoblash mumkin. Shuningdek, shkafga limon po‘stini ham qo‘yish mumkin.
Uyda chumolilardan qutulishga yordam beradigan yana bir necha usullar mavjud: | 59 | 2,341 |
Ayollar | 2017-yil yozida bo‘ladigan to‘ylar uchun g‘oyalar | Yoz – to‘y o‘tkazish uchun eng ommabop fasl hisoblanadi va bu ajablanarli hol emas: issiq vaqtlarda ochiq havoda ajoyib tantana tashkil qilish mumkin. Biz sizga bayramni yuqori darajada o‘tkazishga yordam beruvchi yozgi to‘y uchun eng aktual g‘oyalarni to‘pladik.
Mehmonlar uchun quyoshdan himoya qiluvchi qora ko‘zoynaklar yoki soyabonlar tayyorlab qo‘ying va marosim boshlanishidan oldin tarqating.
Va albatta, mehmonlar xohlasalar bu aksessuarlarni sizning to‘yingizdan esdalik sifatida uylariga olib ketishlari mumkin. Bularga sizning shaxsiy yorliqlaringiz yopishtirilgan kichkina idishlardagi suvni ham qo‘shish mumkin.
Turli xil limonadlar, salqin ichimliklar va limonli suv — issiq kun uchun mukammal variant.
Issiqda ko‘pchilikning ishtahasi bo‘g‘iladi va biron-bir og‘ir taom yeyishni xohlamaydi. Shuning uchun mehmonlar dasturxonini salatlar, mavsumiy meva va sabzavotlar bilan to‘ldirish, issiq ovqat sifatida esa baliq yoki tovuq tortish tavsiya etiladi.
Kuyovning kostyumi, kelinning dugonalari ko‘ylaklari va o‘zingizning libosingiz albatta tabiiy va yengil gazlamalardan tikilgan bo‘lishi lozim. Bu go‘zal bo‘lish bilan birga issiq havo uchun ham mos tushadi.
Yoz fasli uchun muzqaymoq eng lazzatli shirinlik hisoblanadi. Bu shirinlik tortilgan to‘y dasturxoni — kattalarga ham, bolalarga ham quvonch bag‘ishlaydi.
Manba: “Weddywood.ru” | 49 | 1,353 |
Ayollar | Sindi Krouforddan yosh ko‘rinish sirlari | Sindi Krouford – 90-yillardagi eng mashhur super-modellardan biri, o‘zining 51 yoshida ham yosh va chiroyli ko‘rinadi. U sayohatlarga chiqadi, makaronlarni rad qilmaydi, yoshlik va go‘zallik sirlarini mamnuniyat bilan o‘rtoqlashadi.
Qanchalik band bo‘lsangiz ham mashq qilishga har doim vaqt topsa bo‘ladi: ofisga zinadan chiqayotganda ham, gantel bilan mashq qila turib choy qaynashini kutayotganda ham.
Bolalarim tug‘ilgandan keyin mashq qilishni tashlab qo‘ymadim, faqat sportga boshqacha qaray boshladim. Ilgari mashqlardan so‘ng, qattiq charchaganimdan uyga kelishga zo‘rg‘a kuch topar edim. Keyinchalik tushundimki, mashqlar charchoqlik emas balki yangi kuch bag‘ishlashi kerak. Bolalaringiz bo‘lsa ham mashq qilishni davom ettiring, chunki ularni tarbiya qilishingiz uchun sizga hali ko‘p kuch kerak bo‘ladi.
Mashqlaringizni o‘zgartirib turing: bugun parkda yugursangiz, ertaga velosipedda sayr qiling, bir-ikki kundan keyin esa yana sport zaliga boring.
Yaxshi ko‘rgan taomdan voz kechish juda og‘ir. Men bu ovqatlar qomat uchun juda zararli ekanligini bilsam ham makaron va oq nonni yaxshi ko‘raman. Lekin, baribir muntazam ravishda italyan restoranlariga borib xohlaganimcha makaron yeyman. Keyin, albatta qattiq parhez tutaman va sport zalida kuchaytirilgan rejimdagi mashqlar yordamida ortiqcha kaloriyadan xalos bo‘laman.
Tashqi ko‘rinishingiz sizning ruhiy holatingiz bilan bevosita bog‘langan. Qancha mashq qilsangiz va qancha vazningizni kamaytirsangiz ham, yomon xayollardan qutulmasangiz hech qachon ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lolmaysiz.
Manba: Cosmopolitan | 40 | 1,575 |
Ayollar | Ertalab qanday uyg‘onish kerak? Bunga yordam beruvchi 9 qadam | Bu maqola tushlik paytiga kelib zo‘rg‘a o‘ziga keladiganlar uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Budilnik uchun mos musiqani tanlang. U sizning jahlingizni chiqaradigan bo‘lmasligi kerak. Ertalab biz ayniqsa hamma narsaga ta’sirchan bo‘lamiz, shu jumladan ovozlarga ham.
O‘rningizdan turishingiz bilan radioni yoki o‘zingizning sevimli quvnoq musiqangizni qo‘ying. Tanangiz beixtiyor musiqaga hamohang ravishda harakatlana boshlaydi, kayfiyatingiz ko‘tariladi.
Motivatsiya sizni issiq ko‘rpa tagidan chiqishga va ertalabki ishlarga kirishishga majbur qiladi. Oldingizga aniq bir maqsad qo‘ying. Masalan, loyihani vaqtida topshirish yoki kechgacha hamma ishlarni tamomlashga ulgurish. Yangi libos yoki mazali nonushta haqidagi ahamiyatsiz, lekin yoqimli fikrlar ham uyg‘onishga yordam beradi.
Ertalab uyg‘onishga yordam beradigan eng yaxshi yorug‘lik quyosh yorug‘ligidir. Lekin tonggacha yoki bulutli havoda turishga to‘g‘ri kelsa, elektr chiroqlaridan foydalaning.
Gap shundaki, bizda qorong‘ilikda uyqu gormoni hisoblanuvchi melatonin faollik bilan ishlab chiqariladi. Shuning uchun uyg‘onishingiz bilan hamma yorug‘lik manbalarini yoqishga harakat qiling.
Aynan shu vaqt ichida organizm to‘liq uyg‘onishi haqida nazariya mavjud. Ayniqsa, bu daqiqalar ancha yoqimliroq bo‘lsa.
Ko‘zgu qarshisida turing va aksingizga qarab jilmayishga o‘zingizni majbur qiling. Lablarni harakatlantirishdan boshlang. Bu quvonch gormoni deb ataluvchi serotonin ishlab chiqarilish jarayonini ishga tushiradi.
Ertalabki qisqa mashqlar nafaqat miyaga kislorodning yetib borishi hisobiga uyg‘onishga yordam beradi, balki qomatingizni yaxshilaydi va sizni baxtliroq qiladi. Shuning uchun bir nechta mashqlar bajaring.
Agar ob-havo yaxshi bo‘lsa, yugurishga chiqing. Bu sizga ikki yoqlama foyda beradi: ertalabki tetiklik va toza havo.
Ertalab tetiklashishga hatto odatdagi gigiyena vositasi bo‘lgan tish pastasi ham yordam beradi. Tish pastasining ta’mi, hidi va og‘iz ichini biroz sanchishi uyg‘onishga yordam beradi.
Bu juda oddiy, hammaning qo‘lidan keladigan va bir vaqtning o‘zida juda samarali usul. Jarayonni iliq suv bilan boshlab, sovuq suv bilan tamomlang.
Dush qabul qilib bo‘lganingizdan keyin bir piyola suv iching. Suv tanangiz uchun haqiqiy uyg‘otuvchi rolini bajaradi. U hazm qilish jarayonini ishga tushiradi va organizm ishlash vaqti kelganini tushunadi. | 61 | 2,353 |
Ayollar | Kiyimlarning umrini uzaytirishga yordam beradigan 6 ta layfxak | Albatta, ko‘pchilikning garderobida ajoyib sviter yoki qulay djinsi shimlar kabi qadrdon bo‘lib ulgurgan kiyimlar bor, keyinchalik ularning o‘rnini bosuvchilarini topish esa muammo bo‘lishi mumkin. “Lady.mail.ru” nashri ularning umrini uzaytirishga oid bir qancha tavsiyalarni berib o‘tdi.
Dog‘larni yuvishni kechiktirmang
Hatto eng ehtiyotkor odamlar ham qora yoki oq ko‘ylak hamda djinsi shimlardagi qahva dog‘laridan himoyalana olmaydi. Agar tasodifan bu kabi muammoga duch kelsangiz, tozalash jarayonini darhol boshlash kerak. Dog‘ni ketkazish qanchalik ortga surilsa, uni tozalash ham shunchalik qiyin bo‘ladi. Imkon qadar dog‘li kiyimni maxsus gelga botirish yoki oddiy suv bilan bo‘lsa ham, yuvib yuborish lozim.
Kiyimlarga atir sepmaslikka harakat qiling
Bu tavsiya atirini kiyimlarga ham sepadigan odamlar uchun atalgan. Birinchidan, atirni teriga sepish kerak — shundagina u yaxshi ifor taratadi. Ikkinchidan, parfyumeriya tarkibida spirt va kimyoviy fiksatorlar mavjud, shuning uchun ular matoga zarar yetkazishi mumkin.
Yorliq ko‘rsatmalariga rioya qiling
Ushbu layfxak ko‘pchilikka yangilik emas. Lekin shunda ham e’tiborli bo‘lish lozim. Agar yorliqdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqilmagan bo‘lsa, uni kir yuvish mashinasiga solmaslik kerak. Chunki ko‘rsatmalar muhim: masalan, nafis liboslarni sovuq suvda yuvish mumkin, ammo siqmaslik kerak.
Tabiiy quritishga ustunlik bering
Albatta, zamonaviy texnologiyalar vazifalarni osonlashtiradi va sizning sevimli garderobingiz uchun xavf tug‘dirmaydi. Agar iloji bo‘lsa, kiyimlarni tabiiy ravishda quritishga harakat qiling. Chunki mashina quritgichi nozik matolarga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, sviterlarni ilgichga osib qo‘yish o‘rniga ularni taxlab qo‘yish tavsiya etiladi. Aks holda ular keyingi mavsumgacha cho‘zilib, o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Naqshli kiyimlarni birdaniga birgalikda yuving
Yorqin rangli to‘plam kiyimlar odatda bir xilda kir bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning tepa yoki pastki qismi alohida yuviladi. Lekin bu to‘g‘ri emas. Hamisha ularning bittasini ikkinchisiga nisbatan ko‘p yuvish keyinchalik ular orasidagi farqni sezilarli darajada kuchaytiradi.
Charm kiyimlarga alohida g‘amxo‘rlik qiling
Charm — injiq material, shuning uchun sumka, poyabzal yoki etik egalari, ayniqsa, ehtiyot bo‘lishlari kerak. Mahsulotlarni suv o‘tkazmaydigan vositalar bilan saqlash haqida unutmang: chunki namlik tufayli charm osongina deformatsiyalanadi. Yuvib bo‘lgandan keyin poyabzalni quruq yumshoq mato bilan quritish tavsiya etiladi. | 62 | 2,515 |
Ayollar | Gilamga yopishgan slaym o‘yinchog‘ini qanday tozalash kerak? | Bolalarning sevimli o‘yinchog‘i — slaym yopishgan gilamni saqlab qolish mumkinmi? Albatta, mumkin. Quyidagi tavsiyalarga amal qilgan holda ushbu muammoni bartaraf eting.
Bolalar va hatto ba’zi kattalarning ham ermagiga aylangan turli rangdagi slaym — yopishqoq massalar qo‘lda tayyorlanadi. Afsuski, bu o‘yinchoq yopishqoqligi tufayli uyda ko‘p narsaga zarar yetkazishi mumkin.
Slaymni gilamdan (shuningdek, kiyim-kechak, soch va mebeldan) olib tashlash oson ish emas. Ammo oldindan umidsizlikka tushmaslik kerak. Albatta, muammoning yechimi bor va siz o‘ylagandan ham osonroq. Ko‘pgina slaymlarning asosi yelimdir, bu yaxshi, chunki u eriydi va suv bilan osongina yuviladi.
Slaym dog‘lari qanchalik tez topilsa va uni darhol olib tashlash boshlansa, tozalash imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Buning uchun kerak bo‘ladi:
Birinchidan, iloji boricha barmoqlar bilan slaymni olib tashlashga harakat qilish kerak.
Keyin dog‘ 2:1 nisbatda suv bilan suyultirilgan sirka bilan artiladi.
Suyuqlik dog‘ga singib ketsagina massa asta-sekin eriy boshlaganini ko‘rish mumkin.
Taxminan 10-15 daqiqa kutib, qolgan slaym qattiq cho‘tka bilan tozalanadi Dog‘ toza mato bilan artib olinadi va eritma bilan yana ishqalanadi.
Dog‘ to‘liq yo‘qolguncha barchasi takrorlanadi. Jarayon oxirida gilam changyutgich bilan tozalanadi. Agar slaym gilamda rangli dog‘lar qoldirgan bo‘lsa, ularni kislorodli dog‘larni tozalash vositasi bilan ketkazish mumkin.
Agar slaym qurib qolgan bo‘lsa
Agar slaym yopishganiga ancha vaqt bo‘lgan va u allaqachon qurib qolgan bo‘lsa, dog‘ga bir parcha muz qo‘yiladi va uni 10 daqiqaga qoldiriladi. Bu vaqt ichida slaym muzlashi va qattiqlashishi kerak. Shundan so‘ng uni gilamdan ajratishga harakat qilish lozim — butunligicha yoki qismlarga ajratib. Massaning qolgan qismini sirka bilan eritib yuboriladi — nam slaymni tozalash bo‘yicha yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda. | 60 | 1,898 |
Ayollar | Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat | Kuz boshlanishi bilan suzish kiyimlarini tortmaning orqa qismiga qo‘yiladi va qishga tayyorgarlik ko‘rish boshlanadi. Qanday qilib yangi mavsum uchun tanani muammosiz tiklash va nozik qomatni saqlab qolish mumkin?
Kuz kelishi bilan asta-sekin havo salqinlaydi. Sovuq mavsumda ishtahaning keskin oshishi esa tabiiy jarayon. Nega bunday bo‘ladi? Javobi esa oddiy: sog‘lom tana haroratini saqlash uchun tanaga ko‘proq energiya kerak. Ammo, afsuski, yuqori kaloriyali va zararli ovqatlar qo‘shimcha kilogramm qo‘shishda faol ishtirok etadi. Xo‘sh, kuzda qanday qilib jismoniy holatni saqlash kerak? Salqin havoda ham vazn saqlashga yordam beradigan 5 ta oddiy sir bilan tanishing.
Odatiy rejimga rioya qiling
Kuzda kunduzgi soat qisqaradi va har kuni erta turish qiyinlashadi. Ammo baribir odatiy rejimga rioya qilish uchun kuch topish kerak. Gap shundaki, mavsum o‘zgarganda tanada stress sezila boshlaydi va bu ovqat hazm qilish tezligiga va umuman tinch hayotga bevosita ta’sir qiladi. Shuning uchun, unga qo‘shimcha o‘zgarishlar yuklamaslik kerak. Masalan, kayfiyatini ko‘tarish uchun mazali qahva yoki meditatsiya haqida o‘ylash mumkin.
Kundalik suv miqdorini iching
Sovuq mavsumda har tomonlama issiq bo‘lishga harakat qilinadi, shu jumladan, ko‘p qahva, choy yoki kakao ichiladi. Lekin chanqoqni to‘xtatish yoki uni issiq ichimliklar bilan to‘ldirish mumkin. Kundalik suv iste’moli boshqa suyuqliklarni o‘z ichiga olmaydi, shuning uchun o‘zni kuzatib turish kerak. Aytgancha, bu borada yordam beradigan ko‘plab smartfonlarning kuzatuvchi dasturlari mavjud.
Doimiy mashqlarni bajaring
Ha, kuz va qishda sport bilan shug‘ullanish biroz qiyin bo‘lishi mumkin, chunki uyda adyol ostida film tomosha qilish sevimli mashg‘ulotga aylanadi. Biroq tana haroratni ko‘tarishi uchun avvalgidan ham ko‘proq energiya kerak. Shuning uchun mashg‘ulotlar haqida unutmaslik lozim. Agar ilgari ertalab yugurgan bo‘lsangiz, endi zinapoyadan tushib chiqish mumkin. Va unutmangki, mashg‘ulotlarda asosiy narsa muntazamlikdir.
Tanaga g‘amxo‘rlik qiling
Yil bo‘yi qomatni saqlab qolish, ta’tildan oldin og‘ir vaznni yo‘qotish va sog‘liqni buzib, so‘ngra yana kilogramm orttirishdan yaxshiroqdir. Bundan tashqari, issiq mavsumda teri quriydi, namlik yo‘qoladi, shuning uchun sovuq mavsumda krem, yog‘ va shu kabi vositalar qizlarning eng yaxshi hamrohi hisoblanadi.
Muvozanatli ovqatlaning
Va nihoyat, muvozanatli ovqatlanish. Sovuq mavsumda tanaga har qachongidan ham ko‘proq yordam kerak. Vitaminlar uchun ko‘p sabzavot va mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Mushaklar tonusini ushlab turish uchun oqsilga boy go‘sht va baliq, to‘qlik hissi bilan ta’minlaydigan donli mahsulotlarni ratsionga qo‘shish lozim.
Va asosiy qoida – yilning istalgan vaqtida inson o‘zini sevishi kerak, deraza tashqarisidagi ob-havodan qat’i nazar, tana va ongga g‘amxo‘rlik qilish lozim. O‘zingizga g‘amxo'rlik qilishning asosiy motivatsiyasi – bu o‘zingiz. Aksariyat insonlar yozda ham, qishda ham o‘zgarmaydi, shuning uchun siz ham kuch sarflang va natijadan zavqlaning. | 71 | 3,037 |
Ayollar | Uy havosini xushbo‘y qilish yo‘llari | Uyga kirishingiz bilan nafasni qaytaradigan yoqimsiz hidni sezishdan yomoni yo‘q. Quyidagi maslahatlarimiz uyingizni tozalik va poklik hidlari bilan to‘ldirishga yordam beradi.
Quritish vaqtida choyshablarga qo‘shiladigan xushbo‘y hidli salfetkalarni boshqa joylarda ham ishlatish mumkin. Yoqimli hid kelib turishi uchun choyshablar saqlanadigan joyga, kiyim shkaflariga va havo almashtirish teshikchalariga bir-ikki donadan salfetkalar qo‘yib chiqing.
Elektr lampochkalariga bu ekstratdan bir-ikki tomchi surib qo‘ysangiz, lampochka yonganida yoqimli hid taraladi. Yoki vanilning nozik hidi butun uy bo‘ylab taralishi uchun 2 choy qoshiq ekstratni duxovkada 20 daqiqa davomida qizdiring.
Qo‘lda qilingan shamlarga qo‘shilgan oddiy mahsulotlar — apelsin, limon, qahva donlari va dolchin (koritsa) uyning eng muammoli joylari — vannaxona, oshxona va o‘smirlar xonasiga yoqimli hid bag‘ishlaydi.
Uyda gullar hidini yaratishning eng oddiy va tabiiy yo‘li — gullar o‘stirish! Tuvakda o‘stirilgan lavanda, buta gul, yalpizlar — xushbo‘ylik bag‘ishlash bilan birgalikda uy havosini tozalaydi.
Efir yog‘lari yordamida uy hidini yaxshilashning ko‘plab usullari bor. Maxsus diffuzordan tashqari, havo tozalagichlariga bu xushbo‘y yog‘dan bir-ikki tomchi surib qo‘yishingiz mumkin yoki ularni suvga aralashtirib purkagich yordamida yumshoq mebellarga va yostiqlarga sepsangiz ham bo‘ladi.
Manba: “Gemutlichkeit.de” | 36 | 1,405 |
Ayollar | Sog‘liq uchun qanday pishloqlar foydali? | Ko‘pchiligimiz pishloqning sog‘liq uchun foydali mahsulot ekanligini ba’zan unutib ham qo‘yamiz. Bu maqolamizda biz pishloqning har xil turlari, ularning organizmga foydasi va zarari to‘g‘risida gapirmoqchimiz.
Bu pishloqlar yog‘i kam yoki butunlay yog‘i olingan sutdan tayyorlanadi. Pishloqning bunday turiga parmezan, romano, motsarella, rikkotu, chedderlar kiradi.
Semirib ketishdan qo‘rqib bunday pishloqlardan voz kechish yaramaydi, chunki uning hatto bir-ikki bo‘lakchasi ham siz uchun foydali bo‘lishi mumkin. Lekin brinza, feta va echki suti pishloqlarining kaloriyasi kattaligi va yuqori miqdorda to‘yingan yog‘larga ega ekanligini unutib qo‘ymang.
Sutning pishloqqa aylanish jarayonida tuz ham bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, ta’mi, zichligi, saqlash muddati va inson organizmi uchun xavfsizligini belgilab beradi. Shu sababdan har qanday pishloqning tarkibida albatta tuz ishtirok etadi.
Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan pishloqning 30 grammida gohida sutkalik normaning uchdan bir qismi miqdorida tuz bo‘lishi hollari uchraydi. Pishloqning bunday turlariga rokfor, parmezan va biroz kamroq tuzlangan amerikacha va moviy pishloqlar kiradi.
Pishloq – dunyodagi tarkibi kalsiyga eng boy bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, bu mahsulot o‘zining suyaklari va sochlari sog‘lomligi uchun qayg‘uradigan har bir kishining dasturxonida albatta bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa Shveysariya pishlog‘i, chedder, rikottu, motsarella, gauda, kolbi va meksikancha aralash pishloqlari tarkibida kalsiy moddasi ko‘pligi uchun pishloqning bunday turlariga alohida e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. | 40 | 1,613 |
Ayollar | Lab bo‘yog‘i aslida nimadan iborat: bilish kerak bo‘lgan foydali va zararli mahsulotlar | Lab bo‘yog‘idan foydalanish qadimgi misrliklarga borib taqaladi, ular lablarini bo‘yash uchun xina yoki ezilgan hasharotlardan foydalangan. Qattiq lab bo‘yog‘ini birinchi marta arab kosmetologi Abu al-Qosim az-Zahraviy ixtiro qilgan. Qizil lablarni o‘zining tashrif qog‘oziga aylantirgan qirolicha Yelizaveta II lab bo‘yog‘iga yanada mashhurlik qo‘shdi, deb yozadi Marie Claire.
Lab bo‘yog‘i tarkibi
Lab bo‘yog‘i mahsulotlari marka va rangga qarab farq qilishi mumkin. Biroq barcha lab bo‘yog‘i ma’lum umumiy ingrediyentlarni o‘z ichiga oladi:
Mum
Bu lab bo‘yog‘iga xarakterli shakl berish uchun kerak. Lab bo‘yog‘ida ishlatiladigan mum uch turdagi mumning birikmasidir:
Kandelilla mumi kandelilla butasining barglaridan olinadi. Karnauba mumi Braziliya palmalarining barglaridan olinadigan o‘simlik mumining bir turi bo‘lib, u asal mumi va kandelilla mumidan qimmatroq. Shuning uchun ko‘proq karnauba mumini o‘z ichiga olgan lab bo‘yog‘i qimmatroq turadi.
Yog‘lar
Bu lab bo‘yog‘iga yorqinlik va shaffof effekt beradigan yog‘ qo‘shilishidir. Lab bo‘yoqlarida har xil turdagi yog‘lar qo‘llanadi, masalan, kastor, o‘simlik, mineral moy, lanolin. Ba’zida kakao moyi ham qo‘shilishi mumkin. Yog‘ va mum muhim tarkibiy qismlardir, chunki ular birgalikda kosmetik mahsulotning umumiy og‘irligining taxminan 60 foizini tashkil qiladi.
Pigment va bo‘yoqlar
Ular kerakli rangni berish uchun ham lab bo‘yog‘ida ishlatiladi. Vositada ishlatiladigan bo‘yoqlarga vismut oksixlorid, binafsha rang marganes, titan dioksidi kiradi. Amaldagi pigmentlar o‘simliklardan olinadi yoki turli xil kimyoviy moddalar aralashmasidir.
Spirt va xushbo‘ylantiruvchilar
Spirt mum va moylar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi. Xushbo‘y hid mahsulotga yoqimli hid berish va boshqa mahsulotlarning hidini yo‘qotish uchun kerak.
Konservant va antioksidantlar
Ular lab bo‘yog‘iga uning saqlash muddatini oshirish va uning xiralashishi yoki rangsizlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda, lab bo‘yog‘ida kremniy dioksidi va slyuda ham bo‘lishi mumkin. E vitamini, shi yog‘i va aloe vera kabi yumshatuvchi moddalar lab bo‘yog‘ini yanada namlash uchun qo‘shiladi. Jojoba yog‘i, moychechak yog‘i va organik pigmentlar kabi tabiiy ingrediyentlar ham ko‘plab lab bo‘yog‘ida mavjud.
Zararli tarkibiy qismlar
Lab bo‘yog‘i mavjud bo‘lgan barcha mahsulotlardan foydalanish xavfsiz emas. Ba’zi lab bo‘yog‘i sog‘liq uchun potensial xavfli moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qo‘rg‘oshin
Ba’zi lab bo‘yog‘ida oz miqdorda qo‘rg‘oshin mavjud. AQSH Sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari agentligi biror-bir kosmetik mahsulotda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘rg‘oshin miqdori bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatmagan bo‘lsa-da, u organizmga xavfli bo‘lishi mumkin. Bu sog‘liq uchun xavf tug‘diradi, masalan:
Ko‘mir smolasidan olingan bo‘yoq
Qizil lab bo‘yog‘ini tayyorlash uchun ishlatiladigan pigmentlar nojo‘ya ta’siri bo‘lgan mahsuloti bo‘lgan ko‘mir smolasidan olinadi. Yutilsa, u ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va terining qizarish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin.
Karmin
Bu pigmentli kokineal parchalarini qaynatish orqali olingan tabiiy bo‘yoq. U terida qizarish xususiyati va allergiyaga olib kelishi mumkin.
Xavfli bo‘yoqlar
Masalan, alyuminiy, bariy, kaliy va stronsiydan tayyorlangan yog‘li bo‘yoqlar terida qizarish xususiyatini keltirib chiqaradi
Xushbo‘ylantiruvchilar
Lab bo‘yog‘iga qo‘shilgan ba’zi sun’iy xushbo‘ylantiruvchilar lablar qurishi, yorilishi va dermatitga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday lab bo‘yog‘ini sotib olishdan oldin uning tarkibida qanday ingrediyentlar borligini bilib olish tavsiya etiladi. Shu tarzda zararli moddalarni o‘z ichiga olgan har qanday lab bo‘yog‘ini ishlatishdan qochish mumkin. | 87 | 3,774 |
Ayollar | Ro‘zada zuluk qo‘ydirish mumkinmi? | “Islom.uz” sayti ma’muriyati ro‘za tutgan odam zuluk qo‘ydirishi mumkin-mumkin emasligi masalasiga oydinlik kiritdi.
“Meni chap oyog‘imda tomirlar varikoz kengayishi xastaligi bor, men ro‘zador bo‘laturib oyog‘imga zuluk qo‘ydirsam bo‘ladimi? Ro‘zam ochilmaydimi?” — deya murojaat qilgan sayt foydalanuvchisi.
“Ochilmaydi”, — deb javob berdi sayt ma’muriyati. | 34 | 360 |
Ayollar | Ten surtishda yo‘l qo‘yiladigan 12 xato: Ularsiz makiyaj mukammal ko‘rinadi | Ten surtish yarashmaydi, baribir ham surkalib ketadi, deydiganlar aslida ushbu kosmetik vositadan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi.
Birinchi xato: praymerdan foydalanmaslik
Ko‘pchilik kosmetikaga ortiqcha pul sarflashdan boshqa narsa emas deb hisoblaydigan praymer, aslida makiyaj uchun juda ham muhim. Terini bir tekisda qoplagani hisobiga bo‘yoqlar yaxshi surtiladi.
Ikkinchi xato: cho‘tkalardan foydalanmaslik
Maxsus cho‘tkadan foydalansangiz, ten surtish unchalik qiyin emasligini tushunib yetasiz. Jarayondan keyingi natija esa sizni quvontirishi aniq.
Uchinchi xato: noto‘g‘ri cho‘tkani ishlatish
Tenlar turlicha: pigmentli, yengil va quyuq surtiladigan, kremli, quruq yoki aralash bo‘lishi mumkin. Ularning qandayligidan kelib chiqib cho‘tkani tanlash kerak bo‘ladi. To‘g‘ri keladiganidan foydalanish makiyajning chiroyli chiqishiga hissa qo‘shadi.
To‘rtinchi xato: noto‘g‘ri surtish
Ko‘pchilik tenni qovog‘ining o‘rtasiga surtib, keyin chetlarga tarqatadi. Aslida esa ishni qovoqning tashqi burchagiga surtishdan boshlash kerak.
Beshinchi xato: noto‘g‘ri rangni tanlash
Terisi sarg‘ishlar to‘qroq ranglardan, qizg‘ishlar esa och rangdan foydalanishi kerak.
Oltinchi xato: ko‘zning rangini inobatga olmaslik
Moviy ko‘z egalari shaftoli va sabzi ranglardan foydalanishi, jigarrang ko‘zli ayol-qizlar esa moviy, siyohrang tenlarni ishlatishi kerak. Yashil ko‘zlilarga esa qizg‘ish va och siyohrang juda yarashadi.
Yettinchi xato: kipriklar ildizini bo‘yamaslik
Kipriklarni ustidan bo‘yashni unutish makiyajning muvaffaqiyatsiz chiqishini ta’minlaydi. Qalinroq cho‘tkani olib, ehtiyotkorlik bilan bo‘yang, terining boshqa qismlariga tegib ketmasligiga e’tibor bering.
Sakkizinchi xato: yaltiraydigan va yaltiramaydigan ranglarni noto‘g‘ri umumlashtirish
Yaltiraydigan tenni qovoqning o‘rtasiga, yaltirog‘ini esa tashqi burchakka surtish kerak.
To‘qqizinchi xato: ichki burchakni bo‘yashni unutish
Ko‘zning ichki burchagiga och rang surtilsa, nigohlar porloq, ko‘zlar esa katta ko‘rinadi.
O‘ninchi xato: qoshlarni bo‘yamaslik
Qoshlarga urg‘u berilmagan bo‘lsa, ten unchalik chiroyli ko‘rinmaydi.
O‘n birinchi xato: ko‘z ostidagi halqalarni bo‘yamaslik
Ko‘z ostidagi qora halqalar ko‘zga tashlanib tursa, hech qanday ten bilan ham istalgandek ko‘rinib bo‘lmaydi.
O‘n ikkinchi xato: namlantirishni unutish
Har kuni ertalab va kechqurun namlantiradigan krem surtishni unutmang. Shundan keyin makiyajingiz avvalgidan farq qilishi o‘zingizga ham sezila boshlaydi. | 75 | 2,464 |
Ayollar | Ramazon – vaqtni tartiblashni o‘rganish fursati | Shunday insonlar borki, vaqt qadrini anglab yetgan holda “Hayotimni belgilangan maqsadga ko‘ra o‘tkaza olmadimmikan?” degan xavotir va tashvish bilan yashaydilar. Shuningdek, yana ba’zilar keraksiz va befoyda ishlarga vaqt ajratib, eng asosiy, muhim vazifalarga vaqt topa olmay qoladi. Bu kabi odamlar hayotini ta’minlash uchun mehnat qiladi, lekin ularga 24 soatning o‘zi kam.
Quyida “Muslimaat.uz” vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashga yordam berishi
mumkin bo‘lgan bir nechta tavsiyalar berdi. Ulardan yangi ishlarni boshlash uchun barakali bo‘lgan Ramazon oyida foydalanishni boshlang.
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab eng ashaddiy vaqt o‘g‘risi
televideniye va internet hisoblanadi. Imkon qadar televizor sotib olmaslikka
harakat qiling, ammo agar buning iloji yo‘q bo‘lsa, dasturlarni ko‘rish mobaynida o‘zingizni boshqarishga intiling. Internetdan foydalanishga esa cheklovlar qo‘ying. Bunda elektron pochtangizni tekshirgandan so‘ng qilishingiz kerak bo‘lgan zarur ishlarni belgilab olishingiz mumkin.
Har bir inson fizik jihatdan 8 soatlik uyquga bo‘lgan ehtiyoj sezadi. Lekin ba’zi holatlarda, inson organizmi xususiyatiga ko‘ra, buning uchun 6 soat ham yetarli bo‘ladi. Tabiiyki, ikkinchi turdagi insonlar o‘z ixtiyorida birinchisiga qaraganda 2 soatlik vaqt afzalligiga ega bo‘ladi. Shuni yodda tutingki, uyqu vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlamas ekansiz, uyg‘oqlik vaqtingizni yarim uyqu holatida o‘tkazasiz. Bu esa o‘z navbatida vaqtingizning qimmatbaho daqiqalari yo‘qolishiga olib keladi.
Kuningizni fajr namozidan boshlang!
Ushbu vaqt inson uchun nafaqat jismoniy, balki aqliy jihatdan ham eng barakali payt hisoblanadi. Bu paytning bir daqiqalik hordig‘i inson kunduzgi charchoqlardan so‘ng tunda bir necha soatlar mobaynida olishi mumkin bo‘lgan quvvatni beradi. Ushbu fayzli vaqtni qo‘ldan chiqarib yubormang! Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam namozdan keyingi vaqtlarini quruq uyquga sarflamay, uyg‘oq o‘tkazganlar. Shunday ekan, biz ham fajr namozidan keyingi vaqtni, birinchi navbatda, o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan ishlarga sarflamog‘imiz lozim (xohishingizga ko‘ra, tushlikdan oldin yoki so‘ng dam olib olishingiz mumkin).
Ishlaringizni rejalashtirib oling!
Belgilangan reja va maqsadlarga aniq rioya etuvchi inson vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Ma’lum bir rejasi bo‘lmagan, beparvo inson esa shamolda uchib yuruvchi bargga o‘xshaydi, qimmatbaho vaqtini behuda qo‘ldan boy beradi. Kunlik, oylik, yillik yoki hatto bir necha yillik ishlaringiz rejasini tuzib olishga harakat qiling. Alloh irodasi bilan agar sizga ertangi kun nasib bo‘lsa, unda Alloh uchun nima ishlar qilgan bo‘lar edingiz?
Shayton va o‘z nafsimiz noaniqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh shuning uchun ham namoz, ro‘za, haj va zakot vaqtlaringizni aniq belgilab qo‘ymadimi?
Oldingizga aniq bir maqsad qo‘ying!
Inson hayotida maqsadini aniqlab olish va unga yetishish uchun turli imkoniyatlarga duch keladi. Vaqt o‘tishi bilan esa qachonlardir amalga oshirib bo‘lmas deb hisoblagan ishlarni ham bajara olishini anglab yetadi. Masalan, doimiy ravishda kuniga 2 sahifadan Qur’on o‘qib, yarim yil o‘tmasdan Muqaddas kitobni tugatishingiz mumkin. Lekin agar bir kun 1 juz (20 sahifa), boshqa kun esa umuman o‘qimasdan, bunga tartibsiz ravishda yondashsangiz, o‘qishni 1 yilda tugatishingiz ham dargumon bo‘lib qoladi. Shuningdek, agar kuniga 10 sahifadan kitob o‘qisangiz (bu esa ko‘pi bilan yarim soat vaqt oladi), bir oyda 1-2 kitob o‘qib chiqishingiz mumkin. Kitob o‘qishni boshlay turib, oldingizga hech qanday maqsad qo‘ymas ekansiz, ushbu kitobni qanchada tugatishingiz mumkin bo‘ladi?
Ishingizni yarim yo‘lda qoldirmang!
Chala ish insonning qimmatli vaqtining daqiqalarini olib qo‘yadi. Masalan, agar idishlar ovqatdan so‘ng darhol yuvilmasa, keyinchalik undagi qurib qolgan qoldiqlarni ketkizish uchun yanada ko‘proq vaqt va kuch talab qilinadi. Ushbu boy berilgan vaqtni o‘zingizga o‘zlashtiring! Yana bir holat – telefonda gaplashar ekansiz, bir narsani yozib olishingiz kerak bo‘lib qoldi. Shoshilinch ravishda uni qo‘lingizga birinchi tushgan qog‘oz parchasiga yozib qo‘ydingiz va stol chetida qoldirdingiz. Keyinchalik esa bu parcha qog‘ozni qidirish uchun yana 20 daqiqa vaqtingizni sarflaysiz! Shu tariqa har bir chala ish uchun 5 daqiqadan sarflagan holda kuningizning 1 soatini bekorga ketkazgan bo‘lasiz. Ushbu bir soat ichida yana qancha ishlaringiz bajarilmay qolib ketdi?
Behuda ishlardan voz keching!
Har bir inson o‘z hayotini qurar ekan, unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, bir narsani so‘rash uchun dugonangizga qo‘ng‘iroq qilib, qancha vaqt so‘zlashasiz? Muhim xabarni ko‘rish uchun messenjerga kirib, u yerda qancha vaqt qolib ketasiz? Mana sizga sarflangan daqiqalar!
Mehmonlarning kelish va ketish vaqtlarini aniqlashtirib oling!
Do‘stlaringizdan biri tushdan so‘ng siznikiga mehmon sifatida tashrif buyurmoqchi ekanini xabar berdi va siz mamnuniyat bilan rozi bo‘ldingiz. Lekin u qachon keladi, soat birdami yoki ikkida? Noma’lum! Natijada esa do‘stingizni kutib o‘tkazilgan vaqt sizni foydali ishlardan butkul uzib qo‘ydi. Vaqt keraksiz suhbatlarda befoyda ketayotgan bo‘lsa-chi? Balki agar har birimiz Alloh tomonidan bizga hadya etilgan vaqtning qadrini yanada anglab yetganimizda ushbu vaqt bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edi.
Do‘stingizni ziyorat etish uchun vaqt ajratar ekansiz, unga borish va ketish vaqtingizning ham xabarini yetkazing.
Bo‘sh daqiqalaringizni qadrlang!
Bugun bekatda avtobusingizni kutishga qancha vaqt sarfladingiz? Kutishga bir necha daqiqa vaqt ketadi. Bir inson bilan ko‘rishish uchun uni kabinetingizda kutgan holda 15 daqiqa vaqtingiz ketdi. Bularning hammasi behuda tushib qolgan daqiqalar hisoblanadi. Ushbu vaqtni kitob o‘qib yoki Allohga tasbeh aytib (Allohni zikr qilish yoki ma’lum duolarni o‘qish), foydali mavzular haqida fikr yuritib o‘tkazganimiz yaxshiroq emasmi? Uyingizda o‘tkazilgan bo‘sh vaqtlarning asosiysi esa uyqudan turishingiz va nonushta, shuningdek, kechki payt va tushlik oralig‘idagi vaqtlarga to‘g‘ri keladi. 1-2 soatni qanday foydali mashg‘ulotlarga sarf qilishingiz mumkinligiga e’tibor bering.
Ixtiyoringizdagilar bilan kifoyalanib qolmasligingiz lozim!
Har bir insonning qobiliyat va tajribalari turlicha va o‘zgaruvchandir. Ushbu beqarorlikda esa bizning qilayotgan xafsalamiz va mehnatlarimiz katta ahamiyat kasb etadi. Hayotiy sarmoyasini qadrlab, unga tegishlicha e’tibor qaratayotgan insonga Alloh barcha muvaffaqiyat eshiklarini ochib qo‘yadi. Bunda Allohga muvaffaq qilishini so‘rab duoda bo‘lish ham eng asosiy omillardan biridir. | 47 | 6,557 |
Ayollar | Kuzgi mavsum uchun tavsiya qilinadigan eng yaxshi 5 ta kardigan modeli (foto) | Kuz kelishi bilan yangi uslubdagi kardiganlar sotuv rastalarini egallab bo‘ladi. Ularning orasidan eng yaxshi 5 xil ko‘rinishdagisini tanlab olamiz.
Katta hajmli yenglar
Yozda fonar yengli liboslar yana urgfa qaytdi, demak, bu uslub kuzda ham davom etsa, ajablanishning hojati yo‘q. Turli xil bichimdagi katta hajmli yenglardan tashkil topgan kardigan garderobning sevimli joyidan o‘rin oladi.
To‘qilgan kardigan
Klassika hamisha hammaning e’tiborida. To‘qilgan, hajman keng va uzun kardiganlarga talab ancha katta. Sababi ular chindan ham qulay va issiq.
Katak kardigan
Katak rasmi tushirilgan har qanday kiyimlar yaqin orada yo‘qolib ketmaydi. Oddiy oq-qora, qizil-ko‘k kabi nusxa tushirilgan liboslarni bu yil kiyim do‘konlardan sotib olish mumkin.
Argayl
Argayl uslubi katak uslubidan biroz boshqacha. Naqshi shaxmat donachasidek, romb yoki kvadratlarni yoqtiradiganlar talaygina. 90-yillarda urfda bo‘lgan bu uslub yana moda olamiga kirib keldi.
Ranglar uyg‘unlashuvi
2020-yil ranglarni uyg‘unlashtirish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Bu ham noodatiy, o‘zgacha sifat belgisi. Demak, xarid chog‘ida qo‘rqmasdan shunday uslubdagi kardiganlarni sotib olish mumkin. | 77 | 1,167 |
Ayollar | Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 4 ta layfxak | Un mahsulotini uzoq muddat saqlash ma’lum shartlarni talab qiladi. Bu borada “Noviy ochag” nashri foydali layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Sotib olayotganda unni qanday tanlash kerak?
Ko‘pincha mahsulotlar qadog‘i yopiq bo‘lgani sababli ularni tekshirishning imkoni bo‘lmaydi. Faqat qadoqning yaxlitligi, unda mog‘or yo‘qligi, chiqarilgan sana va saqlash muddatini tekshirish mumkin. Ammo unni ochishning iloji bo‘lsa, uni biroz tatib ko‘rish kerak. Agar ta’m biroz achchiq bo‘lsa, demak, mahsulot uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri saqlangan.
Unni sotib olayotganda, yaqin atrofda, masalan, ziravorlar kabi kuchli hidli mahsulotlar bor-yo‘qligiga e’tibor berish lozim. Bug‘doy, guruch, zig‘ir uni va boshqa turlar, albatta, begona hidlarni o‘zlashtiradi, bu esa uning ta’miga ta’sir qiladi.
Uyda unni saqlash uchun idish
Unni ochilgan qadoqda saqlab bo‘lmaydi. Mahsulotni yaxshi holatda saqlash uchun havo o‘tkazmaydigan qopqoqli shisha idish tavsiya etiladi. Bu banka yoki konteyner bo‘lishi mumkin. Agar bunday idishlar og‘ir, katta hajmli va noqulay deb hisoblansa, mahkamroq joylashtirish uchun qopqog‘ida rezina qistirmalari bo‘lgan plastik idishdan foydalanish mumkin.
Zig‘ir xaltalari quritilgan meva, qo‘ziqorin, nonlarni saqlash uchun juda mos keladi. Zig‘ir oziq-ovqat mahsulotlarining nafas olishiga imkon beruvchi tabiiy materialdir, unda un ham, don ham mog‘orlamaydi va hech qanday hasharotlar paydo bo‘lmaydi. Ulardan foydalanish oson, shuningdek, kam joy egallaydi.
Unni qayerda saqlash kerak?
Un oz miqdorda saqlansa, idishlarni o‘ziga xos hidli mahsulotlardan uzoqroqda, yopiq shkaflarga qo‘yish mumkin. Yoki muzlatkichning sabzavot bo‘limida saqlash tavsiya etiladi.
Bordi-yu, keyinchalik foydalanish uchun ko‘p miqdorda un saqlansa, unda saqlash xonasi yetarlicha qorong‘i, quruq va salqin bo‘lishi kerak. Harorat esa 15 darajadan oshmasligi lozim. Bu, masalan, omborxona bo‘lishi mumkin.
Balkonda esa unni faqat qishda, sovuq sovuq ob-havo boshlanganda saqlash mumkin. Yilning qolgan qismida quyosh nurlari va namlik tufayli mahsulotni u yerda saqlash tavsiya etilmaydi.
Uy sharoitida unning yaroqlilik muddati
Yodingizda bo‘lsin, un yaroqlilik muddatiga ega, buni, albatta, bilib qo‘yish kerak. Masalan, makkajo‘xori va zig‘ir uni qulay sharoitlarda 3 oydan 6 oygacha, javdar — faqat 6 oygacha, bug‘doy va guruch — 9 oygacha saqlanadi. Ammo past haroratlarda kukunga aylantirilgan donning saqlash muddati 2 yilgacha davom etadi. | 57 | 2,441 |
Ayollar | Oyoqlar terlashini bartaraf etishga yordam beradigan 7 tavsiya | Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzidagi 5 foiz odam oyoqlarining terlashidan aziyat chekadi. Yozda bu yoqimsiz holatning kuzatilishiga jazirama, sovuq kunlarda esa oyoqni issiq tutish bilan birga, havo o‘tkazmaydigan poyabzallarda kun bo‘yi yurish sabab bo‘ladi.
Poyabzal va paypoqni to‘g‘ri tanlang
Rezina va plastikdan ishlangan poyabzallar oyoqni issiq tutgani bilan, havo o‘tkazmagani hisobiga oyoq terlaydi va hidlana boshlaydi. Shu sabab ham tanlayotganda e’tibor berishni unutmang. Paypoq borasida esa namlikni yutuvchi variantlar ayni muddao. Jun matosidan tikilgan paypoqlar oyoqni issiq tutish bilan birga, namlikni o‘ziga olgani sabab ham aynan ularni xarid qilish tavsiya qilinadi.
Prisipkadan foydalaning
Prisipka hujayralardan teri ajralishi bilanoq namlikni bartaraf qilib, oyoqlarni quruq saqlaydi.
Antiperspirantlarni ham esdan chiqarmang
Oddiy sharchali antiperspirantli-dezodorantdan oyoqlar uchun ham foydalansa bo‘ladi. U teri bezlarni bloklaydi va suyuqlik ajralishiga xalal beradi. Tananing issiqlik nazoratiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi sabab esa undan foydalanish borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.
Gigiyenaga rioya qilishni unutmang
Terlash jadallashadigan bo‘lsa, oyoqlarni kuniga kamida ikki marta yuvish hamda sovun yoki tarkibida evkalipt yoki choy daraxti bo‘lgan boshqa vositadan foydalanish kerak. Antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan mazkur o‘simliklar yoqimsiz hid anqishiga sabab bo‘ladigan mikroblarni yo‘q qiladi.
Oyoqlar uchun vanna qiling
Biroz soda yoki damlangan qora choy qo‘shilgan iliq suvga oyoqlarni 20 daqiqa davomida solib o‘tiring. Ular kuchli antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Choyda, shuningdek, poralarni toraytirib, ortiqcha terlamaslikka olib keladigan taninlar mujassam bo‘ladi.
Kelib chiqish sabablarini aniqlang
Terlash aynan qaysi mahsulotlar iste’molidan keyin yoki aynan nimaning turtkisida ko‘proq kuzatilayotganiga e’tibor bering.
Suyuqlik ichishni kanda qilmang
Suyuqlik qancha kam ichilsa, terlash shunchalik kuchli bo‘ladi. Gap shundaki, yetarli darajada suyuqlik qabul qilinmaganda organizm birdaniga qiziydi va bunda teri bezlari sovitish uchun faol ishlay boshlaydi. Shu sabab ham ko‘proq suv ichishga hamda oyoqlaringiz quruq bo‘lishiga e’tibor qarating. | 62 | 2,270 |
Ayollar | 2017-yilning eng aktual lab bo‘yog‘i ranglari | Go‘zallik trendlariga har birimiz turlicha yondashamiz: kimdir ularga so‘zsiz amal qilsa, yana kimdir ehtiyotkorlik bilan sinab ko‘radi. Baxtimizga, 2017-yilda dizaynerlar makiyaj uslubini tanlashda cheklov qo‘ymaydi. Bu yilda deyarli barcha makiyaj uslublari trendda bo‘ladi.
Olcha rang
Olcha rangli lab bo‘yog‘i kuz faslida urf bo‘ldi va u ko‘pchilikka ma’qul keldi. Biroq bu rang to‘q rangdagi libos bilan uyg‘unlik hosil qilishi kerak. Bunday lab bo‘yog‘ini ehtiyotkorlik bilan surish lozim: bu rang quruq va po‘st tashlagan lablar va noto‘g‘ri tanlangan kontur bilan kelisha olmaydi.
Olov rang
Qizil rangdagi lab bo‘yog‘i barcha davrlarning mavsumdan tashqari klassikasidir. Uning oqshom makiyaji varianti ekanligini unuting. Endi siz uni hech ikkilanmasdan kundalik obrazingizga kirita olasiz.
Olxo‘ri rang
Bunday lab bo‘yog‘i har qanday yuzga mos tushadi, muhimi to‘g‘ri variantni tanlash. Oqish rang sohibalari olxo‘ri rangli lab bo‘yog‘ining qizg‘ish tuslarini tanlashi lozim bo‘lsa, qoramtirroq rangdagilar uchun uning deyarli barcha turlari mos keladi.
Sutli qahva
Bu rang esa mavsumning haqiqiy yangiligi. Aynan sutli qahva va kakao oralig‘idagi rang qishki obrazingizni ajoyib tarzda to‘ldirib turadi. Bunday lab bo‘yog‘i yirik to‘qishli katta hajmli sviter yoki trikotaj ko‘ylak bilan juda mos tushadi.
Pushti rang atirgul
Go‘zallik va nafislik etaloni, bahor va muhabbat ramzi hisoblangan pushti lab bo‘yog‘i 2017-yilda yana tantanavor qaytmoqda. Uning barcha ko‘rinishlari — ochiq, yorqin va yarimshaffof tuslari trendda bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 45 | 1,720 |
Ayollar | Zargarlik buyumlarini maxsus kimyoviy vositalarsiz tozalashning 10 usuli | Qimmatbaho metallar uchun qimmatbaho professional tozalash vositalarini sotib olishning hojati yo‘q. Ularni uydagi mavjud narsalar bilan ham tozalash mumkin.
Kumush
Chuqur shisha idishning pastki qismiga bir necha marta buklangan folga qog‘ozi solinadi. Unga 1 osh qoshiq mayda tuz va 1 osh qoshiq ichimlik sodasi qolinadi. Kumush taqinchoqlar ustidan solinib, (ko‘zsiz taqinchoqlar) qaynoq suv quyiladi. 10-15 daqiqadan so‘ng kumush toza suvda yuviladi.
Tilla
Till buyumlarning (qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan) yorqinligini tiklash uchun uni pivoga namlangan mato bilan ishqalash tavsiya etiladi. Tilladagi kirlar bartaraf etilganidan so‘ng, uni suvda yuvmasdan quruq mato yoki qog‘oz salfetka bilan artish lozim.
Olmos ko‘zli uzuk
Qimmatbaho toshli uzuk sotib olingandan keyingi birinchi kundagidek porlashi uchun uni har qanday suyuq sovunning 2-3 tomchisi va deraza tozaladigan vosita aralashmasida yuvish keral. Bir necha daqiqa ichida olmos kamalakning barcha ranglari bilan porlaydi! Agar tosh atrofidagi metall juda xira bo‘lsa, avval halqa yumshoq cho‘tkaga surtilgan tish pastasi bilan tozalanadi.
Qimmatbaho toshlar
Qimmatbaho toshlar, xuddi metall kabi, xiralashishi va va kir yig‘ishi mumkin. Olmos, yoqut, safir va zumradlarni asl yorqinligiga qaytarish uchun zargarlik buyumlarini bir kechada gazlangan suvda namlash kifoya.
Dekorativ zargarlik buyumlari
Dekorativ zargarlik buyumlari tayyorlanadigan metall qotishmalari kumush va mis zarralarini o‘z ichiga olishi mumkin. Havo va teri yog‘i bilan aloqa qilganda, ular oksidlanadi va rangida o‘zgarish yuz beradi. Ularni limon efir moyi bilan olib tashlash mumkin.
Chuqur idishning 1/3 qismini suv bilan to‘ldiriladi. Suyuqlikka bir necha tomchi efir moyi qo‘shiladi. Unga zargarlik buyumlari solinadi va 5-10 daqiqaga qoldirinladi. Shundan so‘ng metallni yumshoq tish cho‘tkasi va yumshoq sochiq bilan artiladi.
Arzon metallardan yasalgan zargarlik buyumlari ham bo‘r eritmasi bilan yangilash mumkin. 2 osh qoshiq bo‘r 100 ml suvda suyultiriladi, zargarlik buyumlarini 2-3 daqiqa davomida suyuqlikka botiriladi, so‘ngra sirt yumshoq tukli cho‘tka bilan artiladi. Bo‘r qoldiqlari suv bilan yuviladi.
Swarovski kristallari
Swarovski zargarlik uyi kristallari juda ehtiyotkorlik bilan tozalashni talab qiladi. Toshlar barmoq teginishlariga, kosmetika, dengiz suvi, uy kimyoviy moddalari va quyosh nuriga ta’siriga toqat qilmaydi. Uyda kristallarni suyuq kristalli sovun eritmasi bilan yuvish va yumshoq mato bilan quritish mumkin.
Har qanday qimmatbaho metall
Ushbu retsept universal va metall turidan qat’i nazar, har qanday zargarlik buyumlariga mos keladi. Bir choy qoshiq oqartiruvchi tish pastasi suvda eritilib, zargarlik buyumlari 15-20 daqiqa davomida namlanadi. Shundan so‘ng sirt yumshoq cho‘tka yoki mikrofiber mato bilan tozalanadiva toza suvda yuviladi.
Yana bir samarali usul mavjud. Kumush yoki tillaning dog‘larini 0,5 stakan toza ammiak va 1 stakan iliq suvdan iborat eritmada 10 daqiqa davomida namlash orqali olib tashlash mumkin. Keyin metall yumshoq, quruq mato bilan artib olinadi.
Ammo bu usul marvaridli zargarlik buyumlari uchun mos emas, ammiak yuqori porloq qatlamga zarar yetkazishi mumkin.
Marvarid
Tabiiy marvaridlar juda nozik materialdir va uni uyda sharoitida tozalash oson emas. Mutaxassislar marvaridlarni ishqalashni, o‘tkir yuvish vositalarini qo‘llashni maslahat bermaydi.
Marvaridlarni yangi holatiga qaytarish uchun ularni neylon paypoqqa solib, bolalar shampuni bilan suvda yuviladi. Barmoqlar bilan durlar yumshoq va muloyimlik bilan ishqalanadi, so‘ngra taqinchoq paypoq ichida toza suvda yuviladi. | 72 | 3,611 |
Ayollar | Abadiy klassika: Hech qachon modadan qolmaydigan 7 narsa | Muvaffaqiyatli moda tendensiyalari fonida yillar o‘tsa-da, o‘zgarmas narsalar mavjud. Quyida ular haqida so‘z yuritiladi.
Kalta qora ko‘ylak
Ro‘yxatning eng avvalida kalta qora ko‘ylak turadi. Bu libosni 1926-yilda Koko Shanel o‘ylab topgan. Matoni turli shaklga solib, bezatilsa-da, ammo qora rang o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi.
Oq bluzka
Bugun sizning garderobingizni egallagan oq ko‘ylak XIX asrda dastlab erkaklar kiyimi sifatida sotilgan. Hozirda klassik uslubdagi oq ko‘ylak ofisbop kostyum-shim, mini yubka, baland poshnali oyoq kiyim yoki krossovkalar bilan juda mos tushadi.
Plash
Dastlab Britaniyada 1901-yilda fabrika ishlab chiqaruvchisi Tomas Barberri tomonidan ingliz armiyasi uchun plash tikiladi. Qulay, shamol va yomg‘irga chidamli bu kiyim piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan edi. Keyinchalik aholi orasida ham mashhur bo‘ladi. Plashning ayollar uchun varianti 1950-yillarda paydo bo‘lgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Tufli
Zamonaviy shakldagi ayollar tuflisi Christian Dior moda uyida ishlagan dizayner Roje Vivye tomonidan o‘ylab topilgan. Bu oyoq kiyimining asosiy xususiyati, xushbichim, hech qanday bezaksiz, uchi qirrali ekanligida. Agar siz besh yo o‘n yildan keyin ham mos keladigan poyabzal olmoqchi bo‘lsangiz, bu shubhasiz, ilgaksiz tuflilardir.
Ipak sharflar
Sharflar har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ipak sharf modasi Hermes tomonidan ishlab chiqarilgan. U o‘zining birinchi brendini 1937-yilda chiqargan. Keyinchalik uning markasida minglab sharflar yaratilgan. Uni shlyapa bilan bezab yoki turli xil o‘rash orqali yangicha uslub yaratish mumkin. U hali yillar davomida ayollar uchun xizmat qiladi.
Jundan tikilgan lakonik jemper
Jundan tikilgan har qanday kiyim ko‘p yillar sizga xizmat qiladi. Ayniqsa qishning izg‘irin kunlarida issiqqina jundan qilingan bo‘yinli jemper garderobingizdagi sevimli kiyimlar qatoridan joy olishi shubhasiz.
Palto
Hech qachon urfdan qolmaydigan palto sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun kashmir, alpaka yoki tuya junidan tayyorlanishi kerak. Palto uchun klassik ranglar – qora, kulrang, to‘q ko‘k va jigarrang. | 56 | 2,105 |
Ayollar | Oziq-ovqatlarni tejashni nimadan boshlash kerak? | Agar siz tez-tez eskirgan mevalarni, mog‘orlagan pishloqni va qotgan nonlarni tashlashga majbur bo‘lsangiz – bu xaridlaringizni qisqartirish va tejashning ayni vaqti kelganining belgisi hisoblanadi.
Kundalik iste’molingiz rejasini tuzing
Do‘konga chiqishdan oldin, bir haftalik ovqatlanish rejasini tuzishga harakat qiling. Mahsulotlarni rejaga asosan sotib olsangiz, do‘kondan to‘g‘ri kelgan narsalarni olishga majbur bo‘lmaysiz.
Ro‘yxat tuzing
Va unga rioya qiling. Bu siz iste’mol qilayotgan ovqatlar miqdorini baholashga yordam beradi. Shuningdek, bu usul shirinliklar joylashgan bo‘lim yonidan bemalol o‘tib ketishga yordam beradi.
Sizga qancha yeguliklar kerak bo‘lishini biling
Haddan tashqari ko‘p pishirish – yaxshi variant emas. Keragidan ortiqcha yeguliklarni sotib olish natijasida siz tashlanadigan ovqatlar sonini ko‘paytirasiz.
Saqlanish muddatini esingizda tuting
Tez buziladigan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqtini tekshiring. Uyda ularni joylashtirishda o‘rami yuzasiga saqlash muddatini katta qilib yozib qo‘ying. Shu yo‘l bilan siz ularning tez buzilmaslik imkonini oshirgan bo‘lasiz. | 48 | 1,112 |
Ayollar | Yangi yilga yaqinlaringiz uchun qanday sovg‘alar olmoqchisiz? | Yangi yil yaqinlashib qolgani uchun yaqinlaringizga sovg‘a tanlash vaqti ham keldi. Bu borada sizga bir necha maslahatlar bermoqchimiz.
Yaqin dugonangizga chiroyli sopol idishlar to‘plamini sovg‘a qilsangiz bo‘ladi.
Yaqinlaringizning sog‘lig‘ini ham, kayfiyatini ham ko‘tarmoqchi bo‘lsangiz, shifobaxsh o‘tlar, quruq mevalardan qilingan kamyob choylar va turli xil vitaminlar sovg‘a qilishingiz mumkin.
Agar alohida, o‘ziga xos sovg‘a tanlamoqchi bo‘lsangiz did bilan yasalgan va sovg‘a sohibining didiga mos keluvchi taqinchoq sotib olsangiz ham bo‘ladi.
Har xil kremlar va losyonlar – Yangi yil bayrami uchun eng yaxshi sovg‘a hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda butun dunyo bo‘yicha ommaviy foydalanilayotgan termokrujka – ichimlikni issiq saqlovchi qopqoqli idish. Har xil rasm yoki o‘zingizning rasmingiz chizilgan termokrujka sovg‘a qilishingiz ham mumkin.
Yon daftarcha ham boshqa sovg‘alar qatorida yaqinlaringizga Yangi yil bayramida yaxshi kayfiyat bag‘ishlashiga ishonchimiz komil. | 61 | 985 |
Ayollar | A’lo kayfiyat va tetiklik ramzi: To‘q sariq rangli liboslar bilan qanday obraz yaratish mumkin? (foto) | 2021-yilda urfda bo‘ladigan ranglar sirasida to‘q sariq rangini ham uchratish mumkin. Atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmaydigan ushbu rang sovuq haroratda kishi kayfiyatini ko‘tarish xususiyatiga ega ekani bilan ham ahamiyatlidir. Buni yaxshi bilgan mashhur dizaynerlar o‘z kolleksiyalarida to‘q sariq rangdagi kiyim-kechaklar taqdim qila boshladi. Fendi, Burberry, Marc Jacobs, Acne Studios va boshqa brendlarning namoyishlari buning isboti.
Mazkur rangdagi liboslarni kiyish va aksessuarlardan foydalanish uchun bahor kelishini kutishga hojat yo‘q. Moslash borasida esa street style yulduzlaridan ilhomlanish mumkin. Ammo obraz borasida yaxshisi kichik detallarni tanlashdan boshlagan yaxshi.
Masalan, shapka, sharf yoki shu rangdagi sumka xarid qiling. To‘q sariq rangli krossovka yoki botinka tanlasangiz bormi, obrazingiz noodatiy va o‘ziga xos ko‘rinadi. Bunday poyabzalni bazaviy trench va trikotaj ko‘ylak bilan moslash mumkin. Aksessuarlardan o‘zingizni cheklamasangiz ham bo‘ladi.
Ushbu mavsumda vodolazkalar, eko-charmdan tikilgan shubalar va boshdan oyoq ham shu rangda kiyinish mumkin. Agar obrazingiz to‘liq bunday rangdan tashkil topishini istamasangiz, midi uzunligidagi to‘q sariq rangli charm yubka yoki qulay trikotaj jogerlarga e’tibor qarating. Bunday kiyinish kun davomida kayfiyatingiz a’lo bo‘lishga hissa qo‘shadi. | 102 | 1,345 |
Ayollar | Qimmat brendlarga oid bo‘lmasa ham hashamatli ko‘rinishga ega 11 ta sumka modeli (foto) | Har bir ayol hamisha betakror ko‘rinishni xohlaydi. Ammo sumka kabi aksessuar bo‘yicha to‘g‘ri tanlov qilinmasa, u darhol obrazni buzishi mumkin. Bundan tashqari, oddiy bozorda ham, hashamatli brend do‘konlarida ham sumka tanlashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
AdMe nashri har qanday ko‘rinishni mukammal to‘ldirishga yordam beradigan maslahatlar uchun stilistlarga murojaat qildi va obrazni boyitishda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan sumka modellarini sanab o‘tdi.
Klassika — bu hamisha urfda bo‘ladigan model. Shuning uchun sumkada qo‘shimcha detallar qanchalik kam bo‘lsa, ko‘rinish shuncha yaxshi bo‘ladi. Misol uchun, juda zamonaviy variant sifatida katta qora rangdagi sumkani olish mumkin. Ammo 2022-yilning asosiy tendensiyalaridan biri — to‘qilgan sumkalardan iloji bo‘lsa qochish yaxshiroqdir. Negaki, ular keyingi mavsumda ham urfda bo‘ladimi yoki yo‘q, noma’lum.
Mutaxassislar universal rangli sumkalarga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Garchi hozirgi ko‘rinish uchun yorqin ranglarni tanlash mumkin bo‘lsa-da, lekin stilistlar biroz jiddiy ranglarga urg‘u berishni taklif qiladi. Bu qora, oq, qaymoq, quyuq ko‘k va kulranglardir.
Sumkadagi yaltiroq elementlar to‘plami modelni zamonaviy qilib qo‘ymaydi. Ammo ipak sharf bu vazifani juda yaxshi bajaradi. Tutqichga bog‘langan yoki o‘ralgan ushbu aksessuar har qanday sumkaga nafis ko‘rinish beradi.
Ulkan harflar bilan yozilgan va yaqqol ko‘rinib turadigan sumkalar markasi unchalik ham uyg‘un ko‘rinish hosil qilmaydi. Logotipning iloji boricha ko‘rinmagani yaxshiroqdir. Bu oddiy hamda maxsus brend ostida ishlab chiqariladigan modellar uchun birdek tegishli.
Sumka tanlayotganda uning xaltaga o‘xshash ko‘rinishidan xarid qilmaslik kerak. Mutaxassislar pastki qismi qattiq va yon qoplamali modellarga e’tibor berishni maslahat beradi. Shu tufayli sumka o‘z shaklini saqlab qoladi va ichidagi narsalar aralashib ketmaydi.
“Go‘zallik qurbonlik talab qiladi”, degan stereotipdan farqli o‘laroq, chinakam zamonaviy sumka har doim egasiga qulaylik yaratadi. Shuning uchun qattiq va og‘ir modellarni yelkani og‘ritmaydigan va taqish oson bo‘lganlar bilan almashtirish kerak. Bundan tashqari, ular deyarli har qanday libos turiga ham mos keladi.
Har qanday sumka bir nechta materialdan tikiladi. Agar ular birlashadigan joylarda qirralar oddiygina kesilsa va qayta ishlov berilmasa, sumka sifatsiz modellar qatoridan joy oladi. Axir, bunday modellar tezda yirtiladi va eskiradi. Haqiqatan ham sifatli sumkalar har doim chiroyli tarzda tikilgan qirralarga ega.
Bu, ayniqsa, charm sumkalar uchun to‘g‘ri keladi. Birinchidan, ular qancha ko‘p qismlarga ega bo‘lsa, ular tezroq eskiradi. Ikkinchidan, bezaklarsiz yuqori sifatga ega modellardan foydalanish boshqalarga qaraganda ancha oson hamda uzoq xizmat qiladi.
Sumkadagi barcha zamoklar metalldan bo‘lgani ma’qul, chunki ular boshqa materiallardan yasalganlardan farqli o‘laroq, oson harakatlanadi va kamdan-kam holatlarda sinadi.
Yaxshi sumka chiroyli dizayni bilan emas, balki ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Bunga yorqin misol klassik klatchdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u har doim garderobda bo‘lishga arziydi, chunki bunday model nafaqat maxsus holatlar uchun, balki kundalik hayot uchun ham mos keladi. Shuningdek, agar unga tasma bog‘lansa, uni ish joyiga ham atqib borish mumkin.
Hashamatli ko‘rinish uchun sumkani yelkada yoki qo‘lda emas, balki tirsakning burilishiga ilb qo‘yish kifoya. Kichkina bo‘lsa ham ajoyib. Albatta, katta shahar hayoti uchun faqat telefon va lab bo‘yog‘i sig‘adigan sumkalarni olib yurish har doim ham mumkin emas. Biroq, har qanday imkoniyatda bunday obrazni sinab ko‘rish mumkin — masalan, bog‘da sayr qilish uchun. | 87 | 3,706 |
Ayollar | Manikyur salonlarining bizga yashirin noxush jihatlari | Manikyur saloniga biz dam olish va go‘zal bo‘lish uchun kelamiz. Lekin, manikyur salonlarining biz bilmagan, sog‘lig‘imizga xavf soluvchi muammolari borligini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmaydi. Xo‘sh, bular qanday muammolar ekan?
Iflos manikyur asboblari
Salon xodimlari ba’zan manikyur asboblarini qoidaga muvofiq ravishda dezinfeksiya qilmaydi va yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizliklar oqibatida siz xavfli virus yuqtirishingiz mumkin. Bunday noqulay vaziyatlarga tushmaslik uchun, faqat mashhur va sinalgan manikyur salonlariga borish tavsiya etiladi.
Bir martalik asboblar
Manikyur qilish jarayonida faqat metall asboblardangina emas, balki suyuqlik yordamida dezinfeksiyalab bo‘lmaydigan boshqa turdagi asboblardan ham foydalaniladi. Agar salonda bir martalik egovcha va apelsin tayoqchalari bo‘lmasa, o‘zingizning shaxsiy manikyur asboblaringizni olib borganingiz ma’qul.
Biz hamma manikyur salonlarini yuqorida aytilgan “gunohlar”da ayblamoqchi emasmiz. Ulardan ko‘pchiligi xizmat ko‘rsatishga katta mas’uliyat bilan qarashadi. Lekin, ba’zi salon xodimlari hanuzgacha mumkin bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yadi. Shu sababli, biz sizni ogohlantirishni o‘zimizning burchimiz deb hisoblaymiz. | 54 | 1,192 |
Ayollar | Xotirani qanday kuchaytirish mumkin? | Odam aynan o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qoladi. Masalan, agar siz uchun fizika zerikarli bo‘lsa, unda ta’rif va terminlarni tushunish va eslab qolish uchun ancha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.
O‘zingiz yaxshi ko‘rmagan fandagi kerakli ma’lumotni esda saqlash uchun uni bir necha marta o‘qib chiqish va ma’nosini tushunib olish kerak. Biron-bir mavzuni qancha ko‘proq takrorlasak, uni shuncha yaxshiroq esda saqlashimiz bir necha bor isbotlangan.
Esda saqlash kerak bo‘lgan ma’lumotni birma-bir ko‘rib chiqing. Agar sizga formulani yodlash kerak bo‘lsa, unda albatta undan foydalanish misolini ko‘rib chiqing va ma’nosini tushunib oling.
Agar sizga biron-bir matnni o‘rganish kerak bo‘lsa, u holda uning konspektini tuzing. Agar esda saqlashda qandaydir savollar paydo bo‘lsa, unda albatta ularning javobini toping.
Agar odam kerakli ma’lumotlarni o‘zi mustaqil izlab topsa, mavzuni ancha yaxshiroq o‘rganish mumkin. Agar sizga referat yoki darslikdagi qaysidir so‘zlar tushunarsiz bo‘lsa, ularning ma’nosini qarab ko‘rishdan erinmang, shunda eslab qolish osonroq bo‘ladi.
Siz nimanidir qiyinlik bilan eslab qolgan paytlaringizni belgilab qo‘ying va ularning ustida ishlang. O‘zingizga unchalik katta bo‘lmagan shpargalkalar qiling. Lekin ularga hamma ma’lumotlarni yozish shart emas, xotirani o‘stirish uchun umumiy belgilar qo‘yish yoki yozuvlar yozish foydaliroq bo‘ladi, miyangiz esa eng asosiysini o‘zi eslashi kerak.
Biron-bir narsani oling va 30 soniya davomida diqqat bilan undan ko‘zingizni olmasdan yaxshilab qarang. Keyin, ko‘zingizni yumib, ko‘rgan narsaning ko‘rinishini aytib bering. Agar ba’zi qismlarini eslay olmasangiz, u narsaga yana bir marta qarang va xayolingizda o‘sha narsaning ko‘rinishini to‘liq tasavvur qilmaguncha qayta-qayta takrorlang.
Manba: Trendymen | 36 | 1,804 |
Ayollar | Moda va sipolik: Sharqning o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega blogerlari (foto) | Sahifasini tomosha qilgach, sharq ayol-qizlari faqatgina uzun kiyinadi hamda trendlardan uzoq bo‘ladi, degan stereotiplardan voz kechish kafolatlangan blogerlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Lina Al-Xuti (@leenalghouti)
Kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan bloger hayotining asosiy qismini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazgan. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lguniga qadar esa grafik dizayner va shuningdek, Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid al-Maktum zoti oliyalarining ofisida art-direktor bo‘lib ishlagan.
Keyinchalik modaga bo‘lgan qiziqishini tushunib yetib, uni turmush tarzi va ishiga aylantirishi mumkinligini tushunib yetgan. Akasi bilan birga Stacks brendiga asos solgan. Uning garderobi trendga xos aksessuarlar va obrazlarida odatiy uyg‘unlashtiriladigan rang-barang narsalarga to‘la. Oversize kiyim-kechaklarni yaxshi ko‘radigan Linaning kiyinish uslubi o‘ziga xosligi bilan e’tibor jalb qiladi.
Salli Asgur (@sallyomo)
Sallining blogi go‘zallik shaydolari va ijodsevarlarni o‘ziga maftun qiladi. Falastinda dunyoga kelgan Asgur keyinchalik AQShga ko‘chib kelib, Florida kollejida tahsil olgan.
Romantik uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radigan qiz kundalik hayotda vodolazka, yubka, tugmali ko‘ylaklarni kiyishni afzal biladi. Sipolik va uslub borasida mukammal balansni topishni uddasidan chiqqan bloger ro‘mol bilan mahliyo qiladigan obrazlar yaratadi.
Marga Biltagi (@mademoisellememe)
Arab modasi haqida gap ketganda uzun va qomatni yashiradigan kiyimlarni kiyiladi, degan stereotiplar keladi xayolga. Ammo Marva shim va keng kostyum hamda qizil pomada surtilgan obrazi bilan har doim ham bunday emasligini isbotlaydi.
“Men trendlar ortidan quvmayman, ammo aynan nimadir yoqadigan bo‘lsa, uni garderobimga qo‘shishni afzal bilaman. Hamma tendensiya barchaga to‘g‘ri keladi deb o‘ylamayman. Masalan, tor shorti sipolikni afzal biladigan moda ixlosmandlari uchun emas”, — degan u.
Shahd Batal (@shahdbatal)
Shahd Instagram’dan tashqari YouTube’da ham mashhurlikka erishgan. Makiyaj va sochni turmaklash bo‘yicha videolar joylagan Batal hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishib kelgan.
Kuzatuvchilari soni kundan kunga ko‘paygan bloger shundan keyin Instagram sahifasiga hijob bilan umumlashtirilgan sport uslubidagi obrazlarni joylaydi.
Syuzanna va Nesma Kadri (@kd_sisters_style)
Arab moda olamining eng mashhur opa-singillar umumiy sahifasida o‘ziga xos uslubdagi uyg‘un obrazlarini joylab keladi. Oversize va street style uslubida kiyinadigan qizlar barcha tendensiyalarni obrazida mujassam qilishga urinadi.
Shuningdek, ularning kiyinishidan kelib chiqib oddiy kiyimga qanday qilib yorqin urg‘u berish va aksessuarlarni moslash borasida xulosa qilsa bo‘ladi.
Ayka Barkavi (@ayabarqawi)
Murakkab obrazlarni sinab ko‘rishi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Ayka tabiiy ranglarga yorqin urg‘u berishning uddasidan chiqadi.
Qolaversa, u o‘zining moda borasidagi qarashidan kelib chiqib “Aya Barqawi” brendiga asos solgan.
Imane Asri (@fashionwithfaith)
Minimal uslubda kiyinadigan Imane to‘q qizil, jigarrang, qora ranglarga ko‘p murojaat qiladi.
Garderobi rang-barang bo‘lishini istaganlarga Asrining kiyinish borasidagi g‘oyalaridan ilhomlanish tavsiya qilinadi.
Maria Alia al-Sadek (@mariaalia)
Kreativ konsultant sifatida faoliyat olib borgan Maria Marc Jacobs, Tiffany & Co’dan tortib, Nike va Farfetch singari bo‘lgan brendlar bilan ishlashga ulgurgan. Nyu-Yorkda istiqomat qiladigan qizning kiyinishida Amerika modasiga xos unsurlarni uchratish mumkin. Charm palto, oversize ustki kiyimlar kiyishni afzal biladigan Maria rang-barang ko‘ylak hamda trikotaj kostyumlarni yoqtiradi.
Nur (@noore)
Ranglar va noodatiylikni moslashni istovchilarga Nurning akkauntini tomosha qilish tavsiya qilinadi. Sariqni olovrang, qizilni pushti bilan uyg‘unlashtiradigan bloger zamonaviy printlar hamda geometrik shakllarni ham esdan chiqarmaydi.
Qomatga urg‘u berib turadigan liboslari esa uning yanada o‘ziga xos ko‘rsatadi.
Samiya (@sauf.etc)
Samiya ham arab modasi haqidagi mavjud stereotiplarni sindiradi. U oversize uslubidagi svitshotlar, keng koftalarni sport uslubidagi shim hamda krossovkalar bilan oson moslaydi.
U har kunlik bazaviy kiyim-kechaklar bilan zamonaviy va dolzarb ko‘rsatadigan rang-barang obrazlar yaratishi mumkin. | 77 | 4,268 |
Ayollar | Ko‘zlarni asrashning 5 qoidasi | Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak? Bu borada quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi.
Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq bo‘lishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorug‘lik manbai yoki yorqin yuzalar bo‘lmasligi kerak.
Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqaga ko‘zlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi obyektga tikilish kifoya.
Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq.
Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda ko‘z soqqangizni aylantiring.
Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang.
Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.
Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chernikadagi antotsianlar — kuchli antioksidantlar ko‘z kapillyarlari qayishqoqligini oshirib, tomir devorlarini mustahkamlaydi, shuningdek shamollash yuzaga kelishining oldini oladi.
Bundan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Mutaxassis ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rib, shundan keyingina o‘zingizga mos preparatlarni tavsiya qiladi. | 30 | 1,542 |
Ayollar | Sovuq kunlarda issiq kiyinib, zamonaviy ko‘rinishga yordam beradigan 6 ta layfxak (foto) | Ayollar har yili qish mavsumida qiyin masalaga duch keladi – bir vaqtning o‘zida ham issiq kiyinish, ham zamonaviy ko‘rinish.
Ushbu mavsumda zerikarli va tasvirsiz variantlardan saqlanish tavsiya etiladi. Ajoyib va naqshli qishki palto har qanday obrazni zamonaviy qiladi. Shuning uchun yangi uslubdagi palto tanlashda vaqt va kuchni ayamaslik lozim.
Qavat-qavat kiyinib, go‘yoki karamga o‘xshab ko‘rinib qolish mumkin. Lekin murakkab va g‘ayrioddiy tasvir har qanday obrazni boyitadi.
Haqiqiy uslub yaratish uchun qo‘shimcha detallar ham yordam beradi. Masalan, sharf yoki qo‘lqop, hattoki shapka ham obrazga o‘zgacha ko‘rinish baxsh etadi.
Kolgotkalarning obraz yaratishda deyarli o‘rni yo‘q. Ammo uni to‘g‘ri tanlamaslik bo‘yni past ko‘rsatadi va obrazga putur yetkazadi.
Trikotaj sviter yuz yil oldin sotib olingan, cho‘zilgan bo‘lishi kerak emas. Ular chiroyli va zamonaviy bo‘lishi lozim. Qish mavsumida har xil issiq trikotaj ko‘ylaklar va kostyumlarga e’tibor berish tavsiya etiladi.
Qish bo‘lishiga qaramay, to‘piqning ochiq qolishi modaga ham, sog‘liqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun djinsi yoki boshqa matoli shimlar bilan oyoq kiyim orasini ochiq qoldirmaslik yaxshiroq. | 88 | 1,195 |
Ayollar | Ham chiroyli, ham qulay: Kardigan bilan zamonaviy obraz yaratish bo‘yicha 7 tavsiya (foto) | Kardiganlar qishki sovuq uchun ayni muddao hisoblanadi. Uni ko‘ylak, vodolazka va boshqa kiyimlar ustidan kiyish, istalgan oyoq kiyim hamda aksessuar bilan moslash mumkin.
Uzun kardigan
Bugungi kunda barchaning garderobida uchratish mumkin bo‘lgan klassik uslubdagi trenchni uzun kardiganga almashtirish mumkin. Dolce&Gabbana brendi tomonidan taqdim qilingan kolleksiyadan o‘rin olgan modellardan esa bu borada ilhomlanish mumkin. Choklari bo‘rtgan, sharf o‘rnini bosadigan, qalin yoqali variant tanlansa yana yaxshi. Istalgan rangdagisini tanlash uni futbolka, jinsi va kazaki bilan birga kiyish mumkin.
Retro uslubdagi kardigan
Uzun kardiganning trendda ekani 80-yillarda ayniqsa dolzarb bo‘lgan retro kardiganlarni kiyishni istisno qilmaydi. Bunday kalta kardiganni bel qismi yuqori bo‘lgan yubka va shimlar bilan kiyishingiz va vintaj uslubidagi zirak va obodok bilan obrazni yanada qiziqarli ko‘rsatishingiz mumkin.
Midi uzunligidagi kardigan
Kurtka o‘rniga kiyish mumkin bo‘lgan universal mazkur kardiganni hamma kiyimga mos tushadigan rangini tanlash tavsiya qilinadi. Ipak matoli libos ustidan midi uzunligidagi kardigan va botinka kiyib trendda bo‘lishingiz mumkin. Moslash borasida turli g‘oyalarga ega bo‘lish uchun esa Sies Marjan brendining Nyu-Yorkdagi moda haftaligi suratlarini tomosha qilish mumkin.
Nakidka
Tepa qismining o‘zidagi tugma bilan qadaladigan ustki kiyim qaysidir ma’noda ponchoni ham esga soladi. Uni oqshom liboslari ustidan kiysa ham bo‘ladi. Tanlov borasida yopishib turmaydigan va bo‘yin qismi dumaloq bichimli kardiganlarga e’tibor qaratishingiz mumkin.
Rang-barang kardiganlar
Kardigan bilan esda qolarli obraz yaratish uchun unga mos rangdagi libos kiyishning hojati yo‘q. Masalan, Marni brendi singari kardigan xarid qiling. Bichim, fason va uzunlikning ahamiyati unchalik muhim emas, asosiysi uch xildan kam bo‘lmagan rang mujassam bo‘lsa bo‘lgani. Ko‘ylak, jinsi va poshna, shuningdek, krossovka bilan moslashingiz mumkin.
Yeng qismi keng
Yelka qismidan bilakkacha keng bo‘lgan, bo‘shashmagan matodan tikilgan kardigan tanlashga harakat qiling. Fendi brendining Milandagi moda haftaligida namoyish qilgan kolleksiyasidagi modellar obraz yaratishda yordam beradi.
Yangi klassika
Yupqa matodan tikilgan kardiganni o‘z rangidagi futbolka va ko‘ylak bilan kiying. Eckhaus Latta dizaynerlari bir xil rangdagi ko‘ylak va kardigan kiyib, tugmalarni bir xil ketma-ketlikda taqishni maslahat beradi. | 90 | 2,438 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 10 ta holat | Kir yuvish mashinasini kuni bilan ishlatish o‘rniga, unga ozroq dam ham berish kerak. Muzlatkich buning uchun yordam beradi. U djinsi shimlarni tozalashi, kiyimdagi hidlarni yo‘qotishi mumkin. “Domashniy ochag” nashri muzlatkichning yana bir qancha foydali tomonlaridan unumli foydalanishni tavsiya etadi.
Sviterlarning yungi to‘kilishining oldini oling
Yumshoq sviterning doimo kiyim, keyin lablar va kipriklarda yungini ko‘rish mumkin. Sovitkichdan, aniqrog‘i, buning uchun muzxonadan foydalanish kerak. Sviter paketga solinadi va muzxonaga joylashtiriladi. Bir necha soat o‘tgach, sovuqda mato tolalari bir-biriga yopishadi va ular to‘kilishidan to‘xtaydi. Bu usul, ayniqsa, jun va kashmir uchun ayni muddao.
Djinslarni tozalash mumkin
Agar sevimli djinsi kiyim tez-tez yuvilsa, tabiiyki, uning rangi ham o‘cha boshlaydi. Buning o‘rniga ularni vaqti-vaqti bilan muzlatkichga qo‘yish kerak. Nima uchun muzlatkichda? Chunki har safar djinsi mato tezroq eskiradi va ranglari o‘chadi. Muzlatkichda esa yoqimsiz hidni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sovuqdan o‘ladi.
Yangi poyabzallarni kengaytiradi
Ba’zida yangi poyabzal shu qadar oyoqlarni qiynaydiki, uni imkon qadar kiymaslikka harakat qilish mumkin. Lekin suv va sovuq harorat yordamida noqulay poyabzallarni kengaytirish mumkin. Ikkita paketni suv bilan to‘ldirib, ular oyoq kiyimga joylashtiriladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Suyuqlik muzga aylanganda, hajm kengayadi va poyabzallarni muammosiz cho‘zadi.
Kiyimdagi saqich izlarini olib tashlang
Hayotda kamida bir marta bunday holat deyarli har bir inson bilan sodir bo‘ladi. Faqat buyumni mashinada yuvishga shoshilmaslik kerak, o‘rniga bir necha muz bo‘lagi olinadi yoki buyum muzlatkichga qo‘yiladi. Buyum sovitilganda, molekulalar orasidagi yopishqoqlik zaiflashadi va qattiqlashgan sovuq saqich kiyimdan olib tashlash osonroq bo‘ladi.
Poyabzal tag qismi
Albatta, botinkalar bilan ham bu muammoni shunday bartaraf etish mumkin. Avval ular muzlatkichda saqlanadi va shundan keyingina yopishqoq moddani tozalash kerak.
Oyoq kiyimining hidini bartaraf etish mumkin
Agar oyoq kiyimdan noxush hid kelayotgan bo‘lsa, xuddi djinsi shimlarda bo‘lgani kabi, sovuq harorat bakteriyalarni o‘ldiradi. Agar bunga amal qilinsa, qayerda bo‘lsa ham poyabzalni yechishdan uyalmaydi.
Kuyadan asraydi
Uyda paydo bo‘lgan kuy garderobdagi barcha kiyimlarni teshib chiqadi. Shuning uchun barcha kiyimlarni muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi. Lekin ularni asta-sekin yengish mumkin. Kiyimlarni 24 soatga qoldirib, keyin odatdagidek yuviladi.
Choyshabni yangilang
Yostiq, matras qoplamalari va adyolni yangilash uchun ularni har safar yaxshilab yuvish shart emas. Buning o‘rniga ularni muzlatkichga qo‘yib, bir kechaga qoldirish kerak. Muzlatkich bakteriyalarni o‘ldirish uchun ajoyib joy. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalanishni unutmaslik lozim. | 81 | 2,849 |
Ayollar | Sochlaringiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz, ularni quyoshdan himoya qiling | Quyosh nurlari kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sochlaringizga emas. Agar sochlaringizni maxsus vositalar yordamida himoyalamasdan uzoq vaqt quyoshda yursangiz ular zarar ko‘rishi mumkin. Yozni qanday qilib quyoshli joylarda sochlarga zarar yetkazmasdan o‘tkazish haqida maslahatlar bermoqchimiz.
Sochlaringizni, shuningdek bosh terisini ham himoya qilish uchun siz shapka, ro‘mol yoki beysbolkalardan foydalanishingiz mumkin. Agar sochlaringiz haddan tashqari nozik bo‘lsa yoki yozgi ta’tilni issiq mamlakatlarda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishga beparvo bo‘lmang. Ayniqsa, siz quyoshda qorayishga va dengizda cho‘milishga o‘ch bo‘lsangiz.
Sochlar uchun vositalar shaxsan tanlanishi shart va ularni tanlashda siz sochlarning holatini hisobga olishingiz kerak. Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, yengil teksturali quyoshdan himoyalovchi purkagichlarni tanlaganingiz yaxshi.
Qalin sochlarga esa ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi kremlardan foydalanishingiz mumkin. Bunday kremlarning afzalligi – ularning oziqlantiruvchi xususiyatlari. Shuning uchun ulardan tez-tez foydalanish ham mumkin emas.
Bizning maslahatimiz: Agar sizning sochlaringiz har doim quyoshdan tashqari dengiz va qumlar bilan ham uzviy aloqada bo‘lsa, ularning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratishingiz zarur. Qumloqda o‘tkazilgan kunning oxirida sochlaringizni yaxshilab shampun va ularni parvarishlashda ishlatiladigan oziqlantiruvchi vositalar yordamida yuving. | 74 | 1,488 |
Ayollar | Qanday qilib oylik maoshga ortiqcha muammolarsiz yashash mumkin? | Barchamizga tanish vaziyat: oylik oshirildi, qarzlar to‘landi, uy ta’mirdan chiqarildi, texnikalar xarid qilindi va nihoyat, endi oylik barcha narsaga yetishi kerak. Biroq oy oxiriga kelib, yoki maoshga bir hafta qolganda azaliy “pul talvasasi” boshlanadi: pul juda kam qolganligi uchun hamma narsadan iqtisod qilishga to‘g‘ri keladi.
Shu zahoti ish joyingizni boshqa, ko‘proq haq to‘lanadigan ishga almashtirish xohishi paydo bo‘ladi. Aslida, ko‘p holatlarda hamma gap ishingizda emas, balki rejalashtirish ko‘nikmasining yo‘qligida bo‘lib chiqadi.
Oylikka yashab, hamma narsaga yetkazishning iloji bormi?
1-qoida.
Asosiy xarajatlarni oylik olgan kun, hech bo‘lmaganda ertasi kuni amalga oshiring. Nimalarga eng ko‘p pul sarflaysiz? Barcha zarur narsalar ro‘yxatini ularning taxminiy narxi bilan yozib chiqing.
Masalan:
(narxlar taxminiy keltirilgan hamda daromad va ehtiyojlar darajasiga bog‘liq)
2-qoida.
Do‘konga chiqishdan avval ro‘yxat tuzib oling. Bu orqali siz o‘ylamay qilinadigan xarajatlardan o‘zingizni saqlaysiz. Aksiyalarga uncha qiziqmang, kamdan-kam hollarda ular haqiqatda foydali bo‘ladi.
3-qoida.
Bozor. Oxirgi vaqtlarda bozor va do‘konlardagi narxlar deyarli bir xil bo‘lishiga qaramasdan, yilning issiq kunlarida xarid uchun bozorga tushishni tavsiya etamiz. U yerda tatib ko‘rish va savdolashish mumkin. Dori vositalari, kiyim-kechak va maishiy texnikani esa ulgurji bozorlardan xarid qilish ancha foyda keltiradi.
4-qoida.
Aqchadon (kopilka) yuriting — bu oddiy konvert bo‘lishi ham mumkin. Unga har ehtimolga qarshi daromadingizning 10—15 foizini solib qo‘yasiz. Agar undagi pullarni yil oxirigacha sarflamasangiz o‘zingiz uchun kerakli biror qimmatroq buyum xarid qilishingiz yoki garderobingizni yangilab olishingiz mumkin.
5-qoida.
Eng muhimi! Pullarni behuda sarflamang! Irodangizni chiniqtiring va smartfoningiz uchun o‘ninchi g‘ilofni xarid qilishga shoshilmang.
Unutmang, hayotimizdagi eng yaxshi narsalar aslida bepul. Do‘stlar bilan tabiat qo‘yniga yoki tog‘ga sayohat (ba’zi xarajatlarni talab etsa-da) navbatdagi qimmatbaho krossovkalardan ko‘proq yorqin hodisaga aylanadi.
Buyumlar ulardan foydalanish uchun, insonlar esa sevilish uchun yaratilgan. Aksi emas. Shuni unutmang!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 64 | 2,369 |
Ayollar | Sizga qaror qabul qilishda yordam beradigan oddiy taktika | Ko‘pchiligimizga biron bir ishni bajarish uchun qaror qabul qilishda motivatsiya yetishmaydi. Uning zarurligini belgilash va to‘g‘ri qaror qabul qilishga oddiy shkala yordam beradi.
Uzoq vaqtlar davomida bizda iroda kuchi tamom bo‘lishi mumkin bo‘lgan, cheklangan resurs deb hisoblangan. Lekin yaqinda, bunday noto‘g‘ri fikrlaydigan odamlarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi pasayishga moyil ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular o‘zlarining zaifligi, muvaffaqiyatsizliklari va qurquvlarini iroda zaxirasining tugab qolishi bilan oqlaydi.
Agar siz qaror qabul qila olmasangiz yoki biron bir ishga jur’at qilolmasangiz, bu sizdagi iroda kuchining tugaganini emas, balki motivatsiya yetishmasligini bildiradi.
Sizga qiyin holatdan chiqishga yordam beradigan samarali usul bor. Uni Strategic Coach trening kompaniyasining asoschisi Den Sallivan taqdim qilgan.
U yangi imkoniyatlarni besh belgisi bo‘yicha shkala bo‘ylab –1 dan +5 gacha baholashni taklif qiladi. Shkalada manfiy son borligidan hayron bo‘lmang. Chunki ba’zi imkoniyatlar hayotingizni yomonlashtirishi va sizni asosiy maqsaddan chalg‘itishi mumkin.
Agar siz bir bandda keltirilgan hamma savollarga ijobiy javob bersangiz, u bo‘yicha yangi imkoniyat +5 ball oladi, agar salbiy bo‘lsa, unda –1.
Biron bir ishni bajarishga qanday qaror qabul qilish kerakligini quyidagi belgilar bo‘yicha baholashingiz mumkin.
Endi hosil bo‘lgan ballarni qo‘shing. Agar yig‘indi 15 yoki undan yuqori bo‘lsa, bu ish bajarishga loyiq.
Manba: “Layfxaker” | 57 | 1,482 |
Ayollar | Didsizlikning 6 belgisi: Palto kiyishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Har bir ayol-qiz garderobidan o‘rin olganiga qaramay, hamma ham paltoni to‘g‘ri va moslab kiyishni bilavermaydi. Zamonga xos va didli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalar ayni muddao.
Harakatlanishdan cheklaydigan darajada tor kiyinmang
O‘z o‘lchamingizdan ikki karra kengroq sviter va xudi kiymoqchi bo‘lsangiz, oversize palto tanlash tavsiya qilinadi. Keng kiyimlar bilan klassik bichimli yoki yopishib turadigan ustki kiyim kiya ko‘rmang. Bunda kiyim ichiga tiqilib qolgandek bo‘lib ko‘rinasiz.
Ustki kiyimni to‘g‘ri uzunlikdagisini tanlang
Qishki obrazni didsiz ko‘rinishiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan xato paltoni qomatga, shuningdek yubka yoki shimga nisbatan mos bo‘lmagan uzunlikdagisini tanlash hisoblanadi. Vertikallikka amal qilinmaslik, proportsiyani buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, suratning chap tarafidagi modeldagi kiyim uning nafaqat oyoqlari, balki bo‘yini ham kalta ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Oyoqlarning ochiqligi esa obrazni yanada nomukammal ko‘rsatgan. Bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun uzunlik va chiziqlar umumlashmasi mukammal bo‘lishiga amal qilish kerak. Agar shim yoki yubka uzunligi midi bo‘ladigan bo‘lsa, ustki kiyim uzunligi u bilan teng bo‘lishi yoki sezilarli darajada farq bo‘lmasligi kerak.
Moslikka e’tibor qarating
Uzun palto bilan mini yubka kiyish tavsiya qilinmaydi. Bunday kiyinish birinchidan sovuq mavsumga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan esa didsiz ko‘rinadi. Shu bois ham kalta yubka kiyishga qaror qilsangiz, palto tizzadan uzunroq turishiga ahamiyat bering.
Shapkaning ham mosini tanlang
Popukli shapkani eko-mo‘ynadan tikilgan rangli ustki kiyim yoki mos keladigan kurtka bilan kiyish mumkin, ammo klassik uslubdagi palto bilan emas. Bunday obraz sizni didsiz va topgan tutganini kiyib olgandek ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham palto bichimi va rangidan kelib chiqqan holda shapka va sharf tanlash tavsiya qilinadi.
Yirtiq shim kiya ko‘rmang
Tizza qismida yirtiqlari bor shim bilan palto kiyish obrazni kamida mantiqsiz ko‘rsatadi. Sovuq urishini oldini olib bunday shim ichidan kolgotka kiyib olish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Kiyinish uslubingiz noodatiy bo‘lishini istasangiz, etaklari tikilmagan, titilgandek ko‘rinishga ega bo‘lgan shim modellariga e’tibor qaratish maslahat beriladi.
Poyabzal ham obrazga to‘g‘ri kelishi kerak
Qanchalik qulay bo‘lmasin palto bilan uggi bir-biriga umuman mos emas. Ham qulay, ham mavsum trendiga xos kiyinish uchun esa bog‘ichli etik yoki botinkalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Uzun, qalin va baquvvat, bunday poyabzallar bilan obrazingiz didli va chiroyli ko‘rinishiga shubha yo‘q. | 65 | 2,631 |
Ayollar | Xonalar ichi kengroq ko‘rinishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? | Ko‘psonli dizaynerlik loyihalarining ta’kidlashicha, hatto kichikroq xonalar ham shinam ko‘rinishi mumkin ekan. Uni yashash uchun qulay holatga keltirish uchun bir necha oddiy tavsiyalarga amal qilishning o‘zi kifoya qiladi.
Devorlar. Och ranglardan foydalaning. Qoramtir yuzalar kenglikni bilintirmaydi, och rangli yuzalar esa aksincha xonaga yorug‘lik va muhtashamlik qo‘shadi. Agar siz devorlar uchun oboy tanlamoqchi bo‘lsangiz, bir xil tusli yoki mayda gulli oboylarni tanlashingiz mumkin.
Ship. Oq yoki och jigarrang, yorug‘lik aks etib turuvchi biroz jiloli yuzalarga e’tibor bering. Qora, to‘q ko‘k, qizil va boshqa agressiv ranglardan voz keching.
Pol. Xona uzunroq ko‘rinishi uchun qoplamalar rasmini uzunasiga qilib joylashtirgan ma’qul. Agar uning kengroq ko‘rinishini xohlasangiz laminatni ko‘ndalang qo‘ying. Rangiga kelganda esa, dubning hamma tuslarini tanlashingiz mumkin.
Pardalar. Og‘ir pardalarning o‘rniga yengil va yarim shaffof pardalarni tanlaganingiz ma’qul.
Qandillar. Bitta katta qandilning o‘rniga ixcham anjomlardan foydalansangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xonalarning eng qorong‘u joylarini yoritishga harakat qiling.
Mebel. Yumshoq mebellarning ixcham modellarini tanlang, chunki hatto kengroq xonalarga qo‘yilgan katta mebellar ham kenglikni kamaytirib ko‘rsatadi.
Juz’iy qismlar. Xonalarni mayda-chuydalar, suvenirlar, yumshoq o‘yinchoqlar, eski kitoblar, disklar va gullar bilan to‘ldirib tashlamang. Bunday to‘plamlarni muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazib turing va keraksiz narsalarni tashlab yuboring. | 69 | 1,543 |
Ayollar | Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 4 savol | Siz hayotingizni tubdan o‘zgartirishga qaror qildingizmi? Ishingizda muvaffaqiyat qozonishni, o‘z-o‘zingizni tarbiyalashni, boshingizni salbiy o‘ylardan xolos qilishni va yoqimliroq bo‘lishni xohlaysizmi?
Faollik bilan kirishishdan oldin o‘zingizga bir nechta savollar bering. Ularning yordamida aslida sizga nima kerakligini tushunib olasiz.
Hozir men o‘zimni nima uchun maqtashim mumkin?
Hayotimizni yaxshilash maqsadida ko‘pincha biz o‘z-o‘zimizni qiynash bilan shug‘ullanamiz, bu bilan o‘zimizning kuchli tomonlarimizni bilishga harakat qilamiz. Bu foydasiz. Faqat o‘ziga ishonish orqali to‘g‘ri maqsadlar qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun eng qulay yo‘llarni tanlash mumkin.
Shuning uchun hozirning o‘zidayoq o‘ylab ko‘ring, o‘zingizni nima uchun maqtay olasiz? Ruhlangan odamgina haqiqiy jasoratlarga qodir bo‘ladi.
Sevgan ishim bilan shug‘ullanayapmanmi?
Bu savol kasb sohasiga tegishli. Siz haqiqatan ham o‘zingizni qiziqtiradigan, rivojlanishga va mukammal bo‘lishga yordam beradigan ish bilan shug‘ullanyapsizmi?
Yoki siz ishga faqat bir tiyinsiz qolmaslik uchun noilojlikdan borasizmi? Agar ishdan qiynalayotgan va jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa, o‘zingizning haqiqiy maqsadingiz haqida o‘ylab ko‘rishning ayni vaqti.
Nima uchun ularning men haqimdagi fikrlari men uchun shuncha muhim?
O‘zingiz bilan vijdonan gaplashib ko‘ring, nima uchun sizni qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar, qo‘shnilar nima deb o‘ylashlari tashvishga soladi? Balki hammasi bolalikka borib taqalar: besh bahoning orqasidan quvishlar, ota-onalarning sevgisini qozonish va ularga yoqish istagi. Bularning sabablari qanday bo‘lmasin, ichki muzokaraning yakuni hammasi o‘tmishda qolganligini anglash bilan tugasin. Siz esa hozir va shu yerda yashayapsiz.
Nima uchun o‘zimga yoqmagan odamlar bilan muloqot qilaman?
Gap ular bilan muloqotda bo‘lish yoqmasa ham, qandaydir sabablarga ko‘ra siz bu aloqani saqlashga harakat qiladigan do‘stlaringiz haqida ketyapti.
Bunday “do‘stlik” (aniqrog‘i tobelik) sizni baxtli qilmaydi, ular bilan uchrashuvlardan keyin siz uyga ruhiy jihatdan tushkun holatda qaytasiz. O‘zingiz yaxshilab o‘ylab ko‘ring, bu sizga nima uchun kerak? Javob haqiqatda sizga kim kerakligi va kimlar sizni pastga tortishini tushunib olishga yordam beradi.
Manba: “Passion.ru” | 49 | 2,273 |
Ayollar | Sovuq hamda yomg‘irli ob-havo uchun tavsiya etiladigan 5 xil oyoq kiyim modeli (foto) | Kuz fasli har yili kelishi tabiiy, ammo havo kutilmaganda sovib ketadi. Hali yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmaganlar esa qanday poyabzal tanlashni bilmay shoshib qoladi. Quyida sovuq va yomg‘irli ob-havo uchun mo‘ljallangan yangi va qulay poyabzal modellari bilan tanishib chiqish mumkin.
Kuzda inson ko‘proq xayol surishga beriladi. Ayniqsa, xiyobonda kitob mutolaasi bilan birgalikda issiq qahva ichish insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. Shunday vaqtda qalin kardigan va kiyish juda ham qulay bo‘lgan poyabzalni tanlash mumkin.
Tabiiyki, maktab davri ko‘pchilikning yodidan chiqmaydi. O‘sha davrda kiyilgan issiq va qalin oyoq kiyimlarni keyinchalik ham kiyish mumkin. Ayniqsa, kuni bilan ish stoli oldida vaqt o‘tkazadiganlar uchun juda mos. Qulay, issiq hamda har qanday libos bilan uyg‘unlasha oladi.
Navbatdagi ajoyib model. Ushbu etiklar ham bahoriy nafis ko‘ylaklar, djinsi shim yoki midi yubkalar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Shuningdek, ularni nafaqat kuzda, balki qishning quyoshli kunlarida ham kiyish mumkin.
Palto, kurtka va boshqa ustki kiyimlar bilan kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, ushbu etiklar bo‘yi baland qizlar uchun ayni muddao. Odatda tepa qismi uzun etiklar bo‘yni biroz qisqartirishi mumkin. Lekin ozg‘in qizlarda bu holat kuzatilmaydi.
Har qanday qulay krossovkalar ko‘proq piyoda yurishga yordam beradi. Buning uchun faqat krossovka tagligining sifati hamda o‘lchamiga e’tibor qaratish lozim. Bir o‘lchamga kichik yoki aksincha ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun sovuq mavsum uchun kattarog‘ini xarid qilish shart emas. O‘lchami oyoqdan katta bo‘lgan har qanday oyoq kiyim muddatidan avval yaroqsiz holatga keladi. | 85 | 1,679 |
Ayollar | Qomatni to‘la ko‘rsatuvchi ko‘ylak modellari (foto) | Moda olamida xato qilish juda oson. Qomatga mos bo‘lmagan har qanday libos yo‘q kamchilikni borday, ozg‘in jussani semiz qilib ko‘rsataveradi. Shuning uchun ko‘ylak tanlashda doimgidan ham ko‘proq e’tiborli bo‘lish lozim.
Ehtimol, qomati mukammal qizlar uchun ushbu model ayni muddaodir. Ammo tanasida ortiqcha 100 gramm yog‘i bor ayollar uchun mazkur matodan tikilgan, ayniqsa, badan bo‘ylab yopishib turuvchi ko‘ylak umuman tavsiya etilmaydi. Shunchaki, atrofdagilarning ko‘ziga yanada do‘mboq ko‘rinish, qomatning har bir kamchiligi ochiq namoyon bo‘lishi libos egasiga noqulaylik tug‘diradi.
Keng va to‘g‘ri bichimdagi liboslar ortiqcha narsaga urg‘u bermasligidan xotirjam bo‘lish mumkin. Ammo o‘lcham borasida me’yorni ham unutmaslik lozim. Buni katta hajmdagi liboslardan voz kechish kerak, deya tushunmaslik kerak. Faqatgina ularni qanday kiyish borasida o‘ylash kerak. Masalan, belbog‘ yordamida libosni boyitish mumkin.
Bo‘ksa qismdan tushib turuvchi liboslar ham qomatga ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega. Odatda belning yuqorisi pastga qaraganda ancha katta ko‘rinadi. Shu tufayli tanada nomutanosiblik kuzatilishi mumkin.
Libosga qo‘shimcha chiroy beruvchi bezaklar qomatga ham ortiqcha vazn qo‘shishi mumkin. Ular pat, zanjir, turli xil matodan tikilgan katta gullar bo‘lishi mumkin. Kamchilikni yashiradi deya o‘ylab topilgan detallar aksincha, atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi.
Dastlab urfda bo‘lgan bu kabi etagi keng ko‘ylak yoki yubkalardan deyarli ko‘pchilik voz kechdi. Buning ham sababi qomat bilan bog‘liq. O‘zining do‘mboq ko‘rinishini istamaydiganlar ushbu liboslarni kiyishdan cheklanadi.
Katta naqshli ko‘ylaklar ham o‘lchamni sezilarli tarzda oshiradi. Shuni unutmaslik kerakki, katta gul yoki naqshli liboslar tana nisbatlarini buzadi va qomatdagi kamchiliklarni ta’kidlaydi.
Ushbu modelning yagona kamchiligi shundaki, u yelkalarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Natijada tanada mutanosiblik yo‘qoladi. Ko‘zga birinchi tashlanuvchi ochiq yelkalar har qanday ayolni sportchiga ham o‘xshatib qo‘yishi mumkin. | 51 | 2,041 |
Ayollar | Kuz faslida ingichka belbog‘li kiyimlar urfga kiradi | Kostyum va belbog‘ kombinatsiyasi qadimdan urf bo‘lib kelgan. Ayniqsa, erkaklarnikidek katta bichimdagi kiyimlar kiyila boshlanganda qomatga urg‘u berish uchun belbog‘lardan keng foydalanilgan.
Harper’s Bazaar’ning yozishicha, kelayotgan kuz faslida ham belbog‘ yana asosiy aksessuarga aylanishi kutilmoqda. Bu safar ushbu aksessuar nafaqat ko‘ylaklar bilan, balki kostyum, kardigan va mo‘ynali kiyimlar ustidan ham taqiladi. Shuningdek, kiyimlarga mos belbog‘ tanlashda qiyinchilik bo‘lmasligi uchun dizaynerlar ajoyib yechim topdi. Unga ko‘ra, liboslarga mos keladigan aksessuar to‘plamga tayyor holda kiritiladi.
Odatda, ayollar issiq va qalin kiyimlar ularning qomatini beo‘xshov ko‘rsatayotganidan arz qiladi. Birgina aksessuar yordamida buning ham yechimi topildi. Mashhur brendlar tomonidan yaratilayotgan liboslar va belbog‘lar endi qomatni yana go‘zal va xushbichim tarzda ko‘rsatadi.
Belbog‘ har qanday turdagi mato bilan, hattoki jinsi bilan ham mos tushadi. Belbog‘ aynan kiyim rangiga mos bo‘lishi shart emas, aksincha biroz farqlanib tursa yoki umuman boshqa rangda bo‘lsa ajoyib siluet hosil bo‘ladi. Moda namoyishlarida ushbu aksessuar sumka, sharf yoki oyoq kiyim rangiga mos holda tanlanganini ko‘rish mumkin.
Aytgancha belbog‘lar faqat charmdan bo‘lishi shart emas. Hozirda uning mato, zanjir, arqon va boshqa ko‘plab turlari mavjud. Odatda zanjirli belbog‘ kiyim tanlamaydi, talab qilinadigani shuki, faqat uning rangi taqinchoqqa mos kelishi kerak. Matodan tayyorlangan belbog‘lar ko‘pincha kiyim rangiga hamohang tarzda bo‘ladi. Arqonli belbog‘lar esa jinsi va shunga o‘xshash matolar bilan yaxshi ko‘rinish hosil qiladi. | 52 | 1,647 |
Ayollar | Har kuni bir piyola qatiq ichish uchun 7 ta sabab | Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?
Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.
Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.
Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.
Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.
Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo‘ladi.
Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi. | 49 | 1,463 |
Ayollar | Kumushni bir necha daqiqada tozalashning 3 ta usuli | Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari vaqt o‘tishi bilan qoraya boshlaydi yoki eskiradi. Ularni bir necha daqiqada tozalashning ko‘plab oddiy usullari bor.
Har kuni foydalanilmaydigan zargarlik buyumlari ham vaqt o‘tishi bilan eskiradi va rangini yo‘qota boshlaydi. Bunday hollarda ularni tozalash zarur. Zargarlik buyumlari kumushdan yasalgan bo‘lsa, ularni sifatiga zarar yetkazmasdan tozalash muhim ish hisoblanadi.
Kumush yumshoq metall turiga kiradi, shuning uchun unga zarar yetqizmasdan tozalash kerak. Har kuni ishlatiladigan, uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri sharoitlarda saqlanadigan zargarlik buyumlari tezda sifatini yo‘qotadi.
Zargarlik buyumlari nima sababdan qorayadi?
Kumushni qanday saqlash kerak?
Kumush zargarlik buyumlarini qanday tozalash kerak?
Qimmatbaho toshli kumush zargarlik buyumlarini ham tez-tez sovunli suv bilan tozalash mumkin, biroq buyum mo‘rt bo‘lsa, uni professional tarzda tozalagan ma’qul.
Kumush zargarlik buyumlari ko‘pincha sof kumushdan tayyorlanmaydi. Odatda kumush zargarlik buyumlarining 92,5 foizi kumush, 7,5 foizi mis aralashmasi bo‘lib, mahsulotlarga o‘ziga xos yorqinlik, chidamlilik va mustahkamlikni beradi. U sifatini tezroq yo‘qotadi.
Zargarlik buyumlarini tish pastasi bilan yuving, bu samarali usullardan biri, biroq oqartirish vositalaridan foydalanmang.
Sterling kumushni iste’mol soda bilan tozalash
Suvga iste’mol sodasini solib aralashmani zargarlik buyumlariga surting. Sodali suv quriguncha kuting va buyumlardan qoplamani olib tashlang. Sodaning o‘rniga makkajo‘xori kraxmalidan ham foydalanishingiz mumkin.
Limon va zaytun moyi bilan tozalash
Yarim stakan limon sharbatiga bir choy qoshiq zaytun moyini qo‘shing. Ushbu aralashmaga toza matoni botirib, kumush toza bo‘lguncha arting.
Sirka va iste’mol sodasi bilan tozalash
Yarim stakan sirkaga ikki osh qoshiq soda qo‘shing, aralashmaning ichiga zargarlik buyumlarini soling va 2-3 soatga qoldiring. Buyumlarni yuvib oling. Sirka g‘ovakli toshlarning sifatini buzishi, iste’mol sodasi esa yumshoq metallga zarar berishi mumkinligini ham hisobga oling. | 51 | 2,067 |
Ayollar | Levi’s va Ganni brendlari qayta ishlangan jinsidan tikilgan kiyimlarni taqdim qildi. Ular sotilmaydi, ijaraga beriladi | Amerikaning mashhur Levi’s hamda Daniyaning Ganni brendlari hamkorlikda eski va qayta ishlangan matodan yaratilgan kolleksiyani taqdim qildi. Esquire’ning yozishicha, mazkur liboslar sotuvga qo‘yilmaydi, kiyish uchun ijaraga beriladi.
Ta’kidlanishicha, Love better deb nomlangan ushbu kolleksiyani yaratishdan maqsad ortiqcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratish va apsaykling, ya’ni kiyim-kechaklarni ikkilamchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, liboslarni sotishdan ko‘ra ijaraga berishni targ‘ib qilishdan iborat.
Har bir libosga mato qayerdan olingani va tikilgani haqida ma’lumot qayd qilingan yorliqlar yopishtirilgan, deyiladi xabarda. Kolleksiyadan bir necha xil uslubda kiyish imkoniyati mavjud bo‘lgan jinsi, ko‘ylak va liboslar o‘rin olgan. Jinsilarga qadalgan ikki qator tugmalar tufayli uni xohishga qarab erkin yoki tor uslubda kiyish mumkin. Ko‘ylaklar esa keng va katta yoqalar bilan bezatilgan.
Narxi 55 dollardan boshlanadigan kiyimlar Ganni Repeat maxsus platformasi orqali ijaraga beriladi. Ganni kiyimlarni qayta ishlangan quti va paketlarda yetkazib berilishi hamda kiyilgan libosni kimyoviy tozalash ekologik tarzda amalga oshirilishini nazorat qiladi. | 118 | 1,206 |
Ayollar | Shirinliklar, yogurt, banan va och qoringa iste‘mol qilish tavsiya etilmaydigan boshqa mahsulotlar | Och qoringa iste’mol qilingan ba’zi mahsulotlar inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin. Iste’mol qilish hissi qancha yuqori bo‘lsa ham och qoringa bu mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinmaydi. “Noviy ochag” nashri shu kabi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Shirin pishiriqlar
Bulochkalarning tarkibida bo‘lgan xamirturush oshqozon devorlarini bezovta qiladi va gaz hosil bo‘lishining kuchayishiga olib keladi.
Shirinliklar
Oshqozonga tushgandan keyin ba’zi shirinliklar insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. Oshqozon bu holatni qabul qilolmaydi va natijada hazm qilish jarayonida muammolar yuzaga keladi. Agar shirinliklar muntazam iste’mol qilinsa qandli diabet kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Yogurt va boshqa sut mahsulotlari
Och qoringa iste’mol qilingan yogurt va boshqa sut mahsulotlari organizmga zarar yetkazadi. Ularning tarkibidagi xlorid kislotasi barcha foydali bakteriyalarni nobud qiladi.
Nok
Nok ovqatdan keyin iste’mol qilinsa foydali, biroq undan oldin yeyilsa og‘irlik hissini beradi va hattoki oshqozon shilliq qavatiga xavf soladi.
Pomidor
Pomidorlar tanin kislotasiga boy, u xlorid (me’da shirasi) bilan reaksiyaga kirishganda kislota miqdorini oshiradi va bu oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.
Banan
Magniyga boy bananlar organizm uchun juda foydali, lekin agar siz kuningizni banan yoki banan qo‘shilgan biror narsa bilan boshlasangiz bilingki, uning tarkibidagi magniy tez so‘riladi va bu yurak mushaklarini ishdan chiqaradi.
Bodring va boshqa yashil sabzavotlar
Siz kunni umuman salatlar bilan boshlamasligingiz kerak: xom sabzavotlar asta-sekin hazm bo‘ladi. Agar yetarli miqdorda me’da shirasi ishlab chiqarilmasa organizm sabzavotlar tarkibidagi kislotalarni parchalaguncha ular oshqozon faoliyatini buzishi mumkin.
Na’matak
Na’matak qaynatmasi yoki kompoti S vitamini yetishmovchiligida tavsiya etiladi. Ularning tarkibidagi kislotalar kuchli, shu sabab qaynatma va kompotni och qoringa iste’mol qilish oshqozon kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin.
Sut va pishloq
Proteinga boy mahsulotlar ovqatdan keyin iste’mol qilinsa foydali hisoblanadi, aks holda tana oqsillarni foydasiz tarkibiy qismlarga ajratadi va bu ham bir qancha kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin. | 98 | 2,215 |
Ayollar | Karantinda sochlarni qanday parvarish qilish kerak? Kal boshni-chi? | Meduza karantinda sochlarni va kal boshni parvarishlash haqidagi maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.
Rangsizlantirish — yo‘q, sochni kesish— o‘zingizga ishonsangiz, bo‘yash — bo‘lishi mumkin
Sochni rangsizlantirish bilim va malaka talab etadigan murakkab jarayon. Agar jarayonda xatoga yo‘l qo‘ysangiz, sochingiz to‘kilib ketishi ham mumkin. Rangsizlantirilgandan keyin sochga surtiladigan bo‘yoq ham sochlaringizga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin
Sochni kesishga kelsak, mo‘ljalni to‘g‘ri ololmay o‘zingiz rejalashtirgan turmakni chiqara olmasligingiz mumkin.
Ushbu tajribalarni sinab ko‘rish uchun ayrimlar hatto quarantine hair, ya’ni karantin sochlar maxsus so‘z birikmasini ishlatmoqda. Yaqqol misollar:
Uy sharoitida rangsizlantirmasdan ham sochlarni bo‘yash mumkin. Biroq ayrim jihatlarga e’tibor bergan holda. Amerika dermatologiya akademiyasi ayollarga tabiiy soch rangidan uzoqlashmaslikni maslahat beradi. Ularning fikricha, to‘q rangli sochlar och rangli sochlardan yaxshi hisoblanadi.
Uchta yoki undan kam jiloga farq qilish — ideal. Bunda sochlar kamroq zararlanadi.
Keyingi tavsiya: bo‘yoq yo‘riqnomasiga amal qiling. U yerda qo‘lga bo‘yoq yuqib qolmasligi uchun qo‘lqopdan foydalanish, shuningdek, bo‘yoqning sizga allergiya bermasligi uchun uni sochga surtishdan oldin teriga surtib, 48 soat kutish kerakligi yozilgan. Agar terida qichishish kuzatilsa, bu bo‘yoqdan foydalanmang.
Sochlarni bo‘yamasangiz, undan ham yaxshi. Ularni qancha kam bo‘yasangiz, shuncha kam zararlanadi. Ayniqsa, bu quruq havoda juda muhim.
Boshni qanday yuvish kerak?
Sochni qancha vaqtda yuvish kerakligi haqida aniq qoida yo‘q. Hammasi ularning qancha vaqtda kirlanishiga bog‘liq. Kimdir har kuni, boshqa birov bir haftada bir yuvadi. Tez-tez soch yuvish oqibatida bosh terisi qurib, qazg‘oq paydo bo‘lishidan qo‘rqmaslik kerak. Aksincha, agar soch kirlanib, yog‘lansa, qazg‘oq paydo bo‘ladi.
Shampun soch uzunligiga emas, bosh terisiga surtilishi kerak. Soch uchiga konditsioner ishlating. Yoki konditsionerli shampundan foydalaning. Sochingizga mos tushadigan shampun xarid qiling. Bunda narxga urg‘u berish shart emas. Balki, qimmatroq shampun sizning sochlaringizga chiroy berayotgan bo‘lishi mumkin yoki arzon shampundan ham ko‘nglingiz to‘layotgandir, bu sizning tanlovingiz.
Amerika dermatologlar akademiyasining tavsiya qilishicha, agar sochlaringiz silliq bo‘lsa, yuvib bo‘lgandan keyin biroz quriting, keyin tarang. Agar sochlaringiz jingalak bo‘lsa, darhol tarang.
Sochlarni qanday turmaklash kerak?
Fen, ployka va boshqa issiq qurilmalarni qancha kam ishlatsangiz, shuncha yaxshi. Bir haftada bir marta foydalanish normal variant hisoblanadi. Ulardan foydalanayotganingizda esa imkon qadar past haroratga qo‘ying. Sochlarni ko‘p tarash kerak emas.
Kal bosh ham parvarish talab qiladi
Kal boshlarni parvarishlash kerak emas, deb o‘ylasangiz adashasiz. Sochlar boshni quyoshdan himoya qiladi, shuning uchun boshga quyoshdan himoya qiluvchi krem surtib yurish yoki ko‘chaga chiqqanda bosh kiyim kiyish kerak. | 67 | 3,009 |
Ayollar | Poyabzal tozalashdan deraza yarqiratishgacha: kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 ta usuli | Kartoshkani nafaqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida, balki xo‘jalik yumushlarida ham ishlatish mumkin.
Oyoq kiyim tozalashda
Poyabzalning yangi holatini xom kartoshka yordamida tiklash mumkin. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, krem surtishdan oldin charmga ishqalang. Sirt sal xira bo‘ladi — bu normal holat. So‘ngra poyabzalni yumshoq mato bilan arting. Kartoshka kraxmallari tirnalgan va mayda yoriqlarni mukammal niqoblaydi.
Kumush buyumlarni yaraqlatishda
Sanchqi, qoshiq, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan pichoq va kumush idishlarni tozalash uchun kartoshkadan foydalaning. Kartoshkani po‘sti bilan qaynating, so‘ngra ildiz mevalarni olib tashlang, barcha buyumlarni shu suvga soling. Yaxshi yaraqlashi uchun metallni 20-30 daqiqa ushlab turish kifoya. Keyin kumushni toza suvda yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting.
Zang ketkazishda
Sabzavot tarkibida zangni erituvchi fosfor mavjud. Tozalash uchun kartoshka, soda, suyuq sovun kerak bo‘ladi. kartoshkani ikkiga bo‘ling, tozalash vositasiga botirib, zanglagan metallga soda seping. Metallga kartoshkani qo‘yib, 2-3 daqiqa kuting. Yaxshi natijaga erishish uchun aralashmani yarim soatga qoldiring.
Deraza yuvishda
Derazalarni tozalash uchun qimmat uy kimyoviy moddalarini sotib olish shart emas. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, derazaga yaxshilab ishqalang, keyin quruq mato bilan arting. Aytgancha, bu usul parlangan oynada ham yordam beradi. Xuddi shuni ko‘zoynak yoki hammom oynasida ham sinab ko‘ring.
Sho‘r ovqatning tuzini olishda
Kartoshka ziravorlarni juda yaxshi o‘zlashtiradi. Agar sho‘rva juda sho‘r bo‘lsa, bir bo‘lak kartoshka qo‘shing, Kartoshka ortiqcha tuzni o‘zlashtiradi, ovqat ta’mi buzilmaydi.
Go‘sht maydalagichni tozalashda
Agar qiyma uchun go‘sht maydalagichni ishlatsangiz, ichida go‘sht parchalari qoladi. Ularni olib tashlash uchun butun qurilmani qismlarga ajratish kerak. Ammo oson yo‘li bor — go‘shtdan keyin kartoshkani aylantirib yuboring, u barcha go‘sht bo‘laklarini o‘zi bilan olib chiqadi.
Dog‘larni ketkazishda
Xom kartoshka somoncha shaklida to‘g‘ralib, sovuq suvga solinadi, yarim soat turadi. Keyin kartoshkalarni olib tashlab, dog‘li kirlar 20 daqiqaga suvga solinadi. Bu usul meva sharbati, sharob va qahvadan qolgan dog‘larni ketkazishda yordam beradi.
Atirgul qalamchasini o‘stirishda
Kartoshka tarkibidagi mineral va ozuqa moddalari injiq atirgulning unib chiqishiga yordam beradi. Atirgul qalamchasini kartoshkaga tiqib, uni 10 sm chuqurlikdagi yerga eking. Qalamcha ildiz berganda, uni gulzorga ko‘chiring.
Singan lampochkani burashda
Ba’zan lampochka sinib, tagi patronda qolib ketadi, o‘tkir qirralar qurilmani qandildan chiqarishni qiyinlashtiradi. Bu yerda ham xom kartoshka yordamga keladi — uni kesib, patronga tiqing va soat miliga teskari tarzda burang.
Shamollashni davolashda
Qaynatilgan kartoshka bug‘idan nafas olsangiz, tumov, burun bitishi, yo‘tal yo‘qoladi. Bu usul kasallikning dastlabki belgilaridagina samara beradi. | 116 | 2,930 |
Ayollar | 2017-yilda o‘z dolzarbligini yo‘qotadigan trendlar | Turli rangli sochlar va jilosiz lab bo‘yoqlari bilan xayrlashish vaqti keldi. 2017-yilda tabiiylik va asllik urf bo‘ladi. Bu maqolada siz 2017-yilda o‘z dolzarbligini yo‘qotadigan trendlar bilan tanishasiz.
Va nihoyat, bundan keyin tatuaj, qoshni qalam va tenlar yordamida chizishga chek qo‘yiladi. Endi faqat tabiiy go‘zallik – tabiiy rangli asl holatdagi qoshlar urf bo‘ladi.
Butun dunyo stilistlari xulosasiga ko‘ra, jilosiz lab bo‘yog‘i ayollarning yoshini bir necha yilga ulg‘aytirib ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Aynan shu sababli jilosiz lab bo‘yoqlari o‘rnini jiloli, yaltiroq va lakli lab bo‘yoqlari egalladi. Ayniqsa, sharob tusli lab bo‘yoqlari ommabop bo‘lishi kutilmoqda.
Pastel, sarg‘ish-kul rang va qahva rangdagi tenlar 2016-yilda qolib ketdi. 2017-yilda esa pushti, qip-qizil, yashil va hatto och ko‘k rangli tenlar urfga kiradi.
Tarang va qalin jingalak sochlar o‘z aktualligini yo‘qotib, yengil va sal jingalak sochlar urfga kiradi. Gel va soch uchun mumlar sotib oling, chunki “ho‘l bo‘lib ko‘rinuvchi” sochlar yana aktual bo‘la boshladi.
2017-yilda yuzni konturing qilish uchun tonal kremlarga pul ham, vaqt ham sarflab o‘tirishga hojat qolmadi. Faqat uning tabiiy rangini ta’kidlashning o‘zi yetarlidir.
2017-yilda tabiiy rangdagi va yengil bo‘yalgan sochlar urfga kiradi. | 50 | 1,292 |
Ayollar | Samolyot narxidagi oyoq kiyim: Dunyodagi eng qimmat krossovkalar (foto) | Kundalik turmushimiz va obrazimizni krossovkalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Garderobda muhim o‘rni bo‘lgan sport uslubidagi oyoq kiyimlar bugunga kelib nafaqat ishlangan matosi, balki narx jihatidan ham farq qiladi. Ba’zi krossovkalarning boshqalaridan qimmat bo‘lishi taqdim qilingan poyabzaldan nechta nusxada ishlab chiqarilgani, uning o‘ziga xosligi (ishlatilgan matosi va dizaynerlik ishi)ga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar hamisha harakatda — yangi trendlar va kollaboratsiyalar taqdim qilishdan charchamaydi.
Air Jordan bilan hamkorlikda ishlangan Solid Gold OVO krossovkalari
Sof oltindan ishlangan va og‘irligi 40 kiloni tashkil qiladigan mazkur krossovka 2 million dollar turadi. Taniqli rassom Metyu Senna tomonidan dizayni ishlab chiqilgan poyabzal ayni vaqtda reperning shaxsiy kolleksiyasidan o‘rin olgan.
Air Jordan 1985-yil
Basketbolchi Maykl Jordanning dastxati tushirilgan mazkur krossovkalarning o‘ziga yarasha tarixi bor. Krossovkalarning egasi 2021-yilning qishida ushbu oyoq kiyimni haqiqiyligini tasdiqlovchi sertifikat bilan birga eBay’da sotuvga qo‘ygan. Belgilangan boshlang‘ich narx 1 million dollarni tashkil qilgan.
Air Jordan 1
Nike tomonidan ilk bor taqdim qilingan krossovka modeli Maykl Jordan uchun maxsus ishlangan edi. Krossovka “So‘nggi raqs” hujjatli filmining taqdimotidagi auksionda sotuvga qo‘yilgan va 650 ming dollar evaziga xarid qilingan.
Converse Fastbreak
Ushbu qimmatbaho sport poyabzalini ham Maykl Jordan kiygan. Krossovka basketbolchining haqiqiy dastxati bilan birga auksionga qo‘yilgan va narxi 190 373 dollarga baholangan. Converse Fastbreak’ning tarixi AQShning 1984-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi bilan bog‘liq.
Air Jordan 12 OVO (Dreyk bilan hamkorlikda ishlangan)
Bu reper Dreyk va Nike brendining ilk hamkorlikdagi ishi. Mashhur shaxslar bilan birga ishlangan krossovkalar darhol mashhur bo‘lgani sabab ushbu poyabzalning narxi 100 ming dollar etib belgilangan. | 71 | 1,975 |
Ayollar | Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari | Ertalab kerakli miqdorda va sog‘lom ovqatlanish organizmning kun davomida to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib beradi. Lekin bunday nonushta uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlay bilish ham juda muhim ahamiyatga ega.
Biz sizga sog‘lom nonushta uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.
Suli yormasi
Suli yormasi omega-3 yog‘ kislotasi, foli kislota va kaliyga juda boy. Uning tarkibida boshqa yormalarga qaraganda kletchatkalar ko‘proq bo‘lgani sababli nonushta uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.
Bug‘doy nishi
2 osh qoshiq bug‘doy nishi organizmga bir sutkada talab qilinadigan E vitaminining 15 foizini va foli kislotaning 10 foizini yetkazib beradi.
Banan
Banan – tarkibi sog‘lom uglevodlardan tashkil topgan va to‘yish hissini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi rezistent kraxmalining manbalaridan biri hisoblanadi.
Tuxum
Tuxum eng foydali oqsil manbaidir. 2—3 dona qaynatilgan tuxum ertalabdan sizga kerakli bo‘lgan aminokislotalarni yetkazib beradi.
Qulupnay
Bir piyola qulupnay tarkibida organizmga bir kunda talab qilinadigan C vitamini, ko‘p miqdorda foli kislota va kletchatkalar mavjud.
Kivi
Bu meva tarkibi katta miqdorda C vitamini, kaliy va kletchatkadan tashkil topgan. Shuningdek, kivi hazm qilishda juda foydali. | 50 | 1,294 |
Ayollar | Qomatdagi kamchiliklarning ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladigan kiyim modellari | Hatto sarvqomat ayol va qizlarni ham xunuk ko‘rinib qolishiga sabab bo‘ladigan, obrazning ko‘ngilsiz chiqishiga olib keladigan kiyimlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Noto‘g‘ri berilgan urg‘u
Bunday ko‘ylak qomatga yopishib turishidan tashqari, undagi asosiy urg‘u qorin qismiga berilgan bo‘ladi. Natijada qomatdagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bundan qochish uchun asosiy urg‘u belda bo‘lishiga e’tibor qarating.
Yupqa mato
Hatto qorin qismi keng tursa ham yupqa matodan tikilgan ko‘ylak, bu qomatning bu qismini katta ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Qattiq bo‘lmagan matolar qomatda chiroyli turmaydi. Son, bel, qorin sohasidagi muammolar bilinib turadi.
Yaltiroq material
Yaltiroq, piston va toshlari bor ko‘ylak qomatni yupqa matodan kam muammoli ko‘rsatmaydi. Bunday modellarda hatto kichkina qorin ham kattaroq ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur bichimli ko‘ylaklar qomatga yopishib, tanadagi burmalarni ko‘zga tashlanib turishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham tanlov borasida bunday variantlarga e’tibor qilmaslik tavsiya qilinadi.
Noto‘g‘ri bichim
Belning pastki qismi shishib, keng turadigan libos qomatni xunuk va to‘la ko‘rsatadi. Tananing yuqori qismi ingichka, paski qismi esa keng bo‘ladi. Bichim hisobiga obraz omadsiz bo‘lib qoladi. | 80 | 1,278 |
Ayollar | Hamma narsaga ulgurish va hech charchamaslik uchun nima qilish kerak? | Hamma narsaga ulgurish uchun birinchi navbatda qilinadigan ishlarni oldindan rejalashtirish lozim. Agar siz haligacha kunni rejalashtirishni bilmasangiz, unda buni o‘rganishning vaqti keldi!
Bir varaq qog‘oz oling va ertangi kun qilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim ishlarni yozib chiqing. Shunday ishlar bo‘ladiki, ular hech ko‘zingiz oldidan ketmaydi, lekin ularni bajarish keyinga surilaveradi. Ertaga qilaman deb o‘ylaysiz. Ertasi kuni ham ertaga qoldiriladi va bu shunday davom etaveradi. Aynan shunday qilish noto‘g‘ri.
Hammasini rejalashtirgan va muhimligi bo‘yicha joylashtirgan bo‘lsangiz, endi bu ishlarni bajarish vaqti keldi. Bajarish rejasini tuzing: aynan nimani bajarmoqchisiz, qaysi kunlari va vaqtlarda, bu ishlarni bajarishga qancha vaqt sarflaysiz. Bu juda muhim!
Keyingi qoida – bitta nuqtani ko‘zlang. Bu nimani anglatadi? Hech qachon bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bajarmang. Agar bir ishga kirishgan bo‘lsangiz, diqqatingizni to‘liq shu ishga qarating. Telefonni o‘chirib qo‘yasizmi yoki xonani yopib olasizmi – sizga hech narsa xalal bermasligi va chalg‘itmasligi kerak.
Yana bir qoida – mas’uliyatni his qiling. Har bir ishning muddati bo‘lishi kerak va agar siz buni belgilamagan bo‘lsangiz demak, siz mas’uliyatni o‘zingizga olmagansiz.
Oxirgi qoida – behudaga vaqtni oluvchi narsalardan voz keching. Vaqtni behuda oluvchilar hammada ham bor. Qimmatli vaqtingizni olgan, lekin foyda keltirmagan narsalarni bir boshdan yozib chiqing. Masalan, telefon orqali suhbat, seriallar, ijtimoiy tarmoqlar va hokazolar. Ishga kirishayotganingizda bu ro‘yxatdagilardan hech biri sizni chalg‘itmasligiga ishonch hosil qiling.
Manba: “Dnevnik-uspeha.com” | 69 | 1,671 |
Ayollar | Pidjaklar yordamida qanday qilib zamonaviy obraz yaratish mumkin? (foto) | Tashqi ko‘rinish, albatta, libos, aksessuar hamda pardoz bilan bog‘liq bo‘lib. Bunda asosan kiyim alohida o‘ringa ega. Ularni qachon va nimalar bilan kiyishni bilish esa zamonaviy obraz yaratishda yordam beradi.
Moda olamida tor va yopishib turuvchi shimlar o‘rnini keng va to‘g‘ri bichimdagilari egalladi. Ammo hanuzgacha qizlar ularni qulay deb biladi. Ayniqsa, qomatni ta'kidlagani uchun ham qadrlaydi. Bu kabi shim bilan zamonaviy obraz yaratish uchun keng bichimdagi pidjak kiyish kifoya.
Sport kiyimlari qulay bo‘lishiga qaramay, hamma kiyim bilan uyg‘unlashib ketavermaydi. Oddiy futbolka va krossovka bilan yorqin rangdagi pidjakda nafaqat sayrga chiqish, balki do‘stlar bilan ham uchrashish mumkin.
Shuningdek, keng va biroz uzunroq kostyumlar yubkaning kaltaligini yashiradi. Qomatni ta’kidlashga, obrazni boyitishga yordam beradi.
Belni ta’kidlash va bo‘yni vizual tarzda uzaytirish uchun bu kabi kostyumlarni belbog‘ bilan kiyish tavsiya etiladi. Faqatgina belbog‘ni o‘ta qattiq tortib taqmaslik zarur. Chunki bu kiyimda xunuk burmalarni keltirib chiqaradi va obrazga putur yetkazadi.
Romantik uslubni yoqtiruvchilar uchun ko‘ylak va pidjak ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Shuningdek, gulli liboslar, keng yubkalar bilan ham kiyish mumkin. Pidjak bilan hosil qilingan yangi kombinatsiya obrazdagi muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Pidjaklarning kaltaroq bichimdagisini yubka yoki klassik shimlar bilan aynan shu tarzda birlashtirish mumkin. Albatta, yangi uslublarni o‘zlashtirishda ehtiyot bo‘lish zarur. Ammo tajribali xonimlar ushbu obrazni xotirjamlik bilan sinab ko‘rishi mumkin.
Keng bichimdagi jinsi va oq futbolka birgalikda juda sodda ko‘rinishi aniq. Tasvirga biroz zeb berish uchun klassik pidjak tavsiya etiladi. Zamonaviy obraz yaratuvchilari esa qo‘l qismini biroz ko‘tarib, aksessuarga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Bundan tashqari, pidjaklarni qarama-qarshi rang yoki naqshlilaridan kiyib ko‘rish ham yangilik hisoblanadi. Albatta, kayfiyat va didga qarab, ma’qul kelgan variantni tanlash mumkin.
Zamonaviy obraz yaratishning yana bir siri shundaki, kostyumlarga mos sviter tanlashdir. Bir xil yorqin rangdagi sviter va kostyum haqiqiy uyg‘unlikka erishadi va obrazga o‘zgachalikni olib kiradi. | 72 | 2,241 |
Ayollar | Burberry brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirdi | Britaniyaning Burberry brendi COVID-19’ga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida trench ishlab chiqarish fabrikasini, kasallanganlar uchun xalat va niqob ishlab chiqarish uchun qayta jihozlaydi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.
Boshqa brendlardan ortda qolishni istamagan Burberry ham qo‘l qovushtirmaslikni afzal bilib amaliy yordamga kirishdi. Kompaniya ishni global logistika tarmog‘ini Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga 100 000 dan ortiq niqob yetkazib berish uchun tayyorlashdan boshlagan. Shuningdek, brend Yorkshirdagi trench fabrikasini bemorlar uchun xalat va niqob ishlab chiqarish uchun qayta jihozlaydi.
Bundan tashqari, kompaniya virusga qarshi vaksina ustida tadqiqot olib borayotgan Oksford universitetini moliyalashtirgan hamda xayriya bilan shug‘ullanuvchi FareShare, The Felix Project va boshqa tashkilotlarga katta mablag‘ ajratgan.
“Qiyin vaziyatlarda birlashishimiz kerak. Burberry kompaniyasining butun jamoasi COVID-19’ga qarshi kurashayotganlarni qo‘llab-quvvatlay olishidan faxrlanadi. Koronavirus kundalik turmushimizni tubdan o‘zgartirib yuborganiga qaramay, umid qilamizki, biz ko‘rsatayotgan yordam odamlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shadi. Barchamiz birlashsak, buning uddasidan chiqamiz”, — deydi Burberry rahbari Marko Gobbetti. | 94 | 1,311 |
Ayollar | Alibaba asoschisi Jek Ma o‘z muvaffaqiyati sirini oshkor qildi | Alibaba asoschisi va milliarder Jek Ma faqat odamlarga xos bo‘lgan ba’zi fazilatlar tufayli texnologiya undan hech qachon o‘zib keta olmasligiga qat’iy ishonadi. Muvaffaqiyatning siri aynan mana shu fazilatlar ichida yotadi.
Jiddiy qiyinchiliklarga qaramasdan, Jek Ma muvaffaqiyatga erishishga muvaffaq bo‘ldi. U kambag‘al oilada ulg‘aydi, ikki marta kollejga kirish imtihonlaridan o‘ta olmadi va ko‘plab ish beruvchilardan e’tirozli javoblar oldi. Lekin hozir uning boyligi taxminan 29 milliard dollarni tashkil qiladi.
Jek Ma Nyu-Yorkdagi Bloomberg Global Business Forum’da so‘zlagan nutqida o‘zining muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi. IQ (aql koeffitsiyenti) va EQ (hissiyotni idrok qilish) qanchalik muhim bo‘lmasin, maqsadga erishishda yana bir koeffitsiyent — LQ ham juda katta rol o‘ynaydi. “Agar sizni hurmat qilishlarini xohlasangiz, o‘z LQ darajangizni oshiring”, — deydi Jek Ma.
“LQ — bu mashinalarda hech qachon bo‘lmaydigan sevgi koeffitsiyenti”, — deb tushuntirdi Ma. Yuqori texnologiyalar dunyosida kompyuter har doim hatto IQ’si yuqori bo‘lgan odamdan ham tezroq va aniqroq bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun boshqalarning hissiyotlarini tushunishning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi.
Sevgi — bu odamlarni mashinalardan farq qilib turadi. Mashinalarning yuragi, joni va o‘z qarashlari yo‘q. Odamning qalbi, shaxsiy fikri va qadriyatlari bor. Biz birgalikda qayg‘urish, kerakli so‘zlarni tanlab aytish va vaziyatga qarab javob qaytarishni bilamiz. Biz ijodiy fikrlaymiz, shuning uchun mashinalarni nazorat qila olamiz.
Manba: “Layfxaker” | 62 | 1,558 |
Ayollar | To‘y libosiga mos taqinchoqni qanday tanlash kerak? | Hashamatli to‘y har bir kelinning orzusidir. Bu muhim kunda har bir qiz mukammal ko‘rinishni istaydi va buning uchun o‘z obrazining eng kichik detaligacha oldindan o‘ylab chiqadi. Ko‘ylak, makiyaj, soch turmagi va aksessuarlarga alohida e’tibor qaratadi. To‘y ko‘ylagiga mos taqinchoq tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish kerak?
Aksessuar tanlashdagi eng muhim qoida — ular sizning libosingizga mos bo‘lishi lozim. Agar siz ertaklardagi malika obrazini tanlasangiz, bezaklar ham shunga mos bo‘lishi lozim. Bular kolye, tiara va bilaguzuklar bo‘lishi mumkin.
Biroq taqinchoqlar sonini juda oshirib yubormang. Yaxshisi, ulardan aynan biriga urg‘u bering — bu kolye yoki tillaqosh bo‘lishi mumkin. Uzukka kelsak, to‘y kuni faqat nikoh uzugini taqishni tavsiya etamiz.
Shuningdek, siz tanlagan taqinchoqlar tashqi ko‘rinishingizga qanchalik mosligiga e’tibor bering. Universal qoida mavjud: qorachadan kelgan qizlarga ko‘proq tilla, oppoq qizlarga esa kumush mos keladi. Shuni unutmangki, taqinchoqlar sizning nikoh uzugingiz qaysi metalldan ishlanganligiga qarab tanlanishi lozim.
Agar qanday taqinchoq tanlash borasida hamon ikkilanayotgan bo‘lsangiz, azaliy klassika marvaridni tanlashni tavsiya etamiz. Uning turli-tuman shakllari va ranglari to‘y ko‘ylagingizga mosini tanlash imkonini beradi. Klassik ranglar — oq, tilla rang va qaymoq ranglardir. Qaymoq rangli marvarid sovuq ranglar bilan, tilla rangi esa issiq ranglar bilan ajoyib tarzda mos tushadi. Marvarid taqinchoq kelinlarning nafis va romantik obraziga juda mos keladi.
Taqinchoq tanlashda kelin ko‘ylagining yoqa qismi (dekoltye) ham muhim rol o‘ynaydi. V-shaklidagi yoqali ko‘ylakka aynan uning shaklini takrorlaydigan taqinchoq, yelka bog‘lari bo‘lmagan ko‘ylakka esa deyarli barcha taqinchoqlar mos keladi.
Agar siz tanlagan ko‘ylak yopiq bo‘lsa, bo‘yinga taqinchoq taqmasdan, faqat zirak va bilaguzuk taqishni tavsiya qilamiz.
Qanday libos va bezaklar tanlamang, to‘y kuni siz eng betakror kelin bo‘lishingizga ishonamiz!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 51 | 2,152 |
Ayollar | Ko‘p terlaysizmi? Muammoni hal qilishga yordam beradigan qoidalar | Issiq havoda har bir kishi kuchli terlashga duch keladi. Bu mutlaqo tabiiy jarayon — shu tarzda organizm tana haroratini tartibga solishga harakat qiladi. Biroq hech kim kiyimdagi ter dog‘larini yoqtirmaydi, ayniqsa ular ishda yoki uchrashuv paytida paydo bo‘lsa. Ularning paydo bo‘lishini qanday oldini olish mumkin? Grazia nashri muammoni bartaraf etishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Kiyim tanlashga mas’ulyat bilan yondashing
Agar ko‘p terlayotgan bo‘lsangiz, paxta yoki shoyi kabi havo o‘tkazadigan matolardan tikilgan yengil, keng kiyim kiygan ma’qul. Quyosh nurlarini qaytaruvchi yorqin ranglarni tanlang, bu kamroq terlashga olib keladi.
Bundan tashqari, bir necha qavatli ko‘rinish yaratish mumkin. Misol uchun, katta o‘lchamdagi ko‘ylakni mayka yoki top ustidan kiyish mumkin. Shundan so‘ng ter dog‘lari paydo bo‘lish ehtimoli kamayadi.
Ratsionni ko‘rib chiqing
Achchiq ovqatdan saqlanish tavsiya etiladi — tana uni sovutishga harakat qiladi, bu esa odamni ko‘proq terlashiga olib keladi. Shuningdek, qahvani me’yoridan ortiq ichish tavsiya etilmaydi, ular buyrak usti bezlari faoliyatini rag‘batlantiradi, buning natijasida kaft, oyoq va qo‘ltiq osti terlaydi.
Chanqoq hissi paydo bo‘lishidan saqlaning
Suvsizlanish tana haroratini pasaytirishga yordam beradi, natijada ter kamroq ajralib chiqadi. Chanqamaslik uchun har doim yoningizda bir shisha suv olib yuring.
Antiperspirantlardan foydalaning
Antiperspirant va dezodorant o‘rtasidagi farqni bilasizmi? Birinchi vosita ter bezlarining harakatini bloklaydi, shuning uchun qo‘ltiq osti quruq qoladi, ikkinchisi esa faqat ter hidini yo‘q qiladi. Har doim yorliqda nima yozilganiga e’tibor berish lozim — ikkala mahsulot ham do‘konlarda bir xil javonda joylashgan, bu xaridorlarni chalg‘itishi mumkin.
Agar ortiqcha terlashdan aziyat cheksangiz va bu maslahatlar sizga yordam bermasa, shifokor bilan maslahatlashing.
Nima uchun qo‘ltiq osti ko‘p terlaydi? Muammoni bartaraf etishga yordam beradigan 13 ta layfxak | 65 | 1,991 |
Ayollar | Qazg‘oqdan qanday qilib butunlay qutulish mumkin? Kosmetologdan tavsiyalar | Sochlarning holati doimo kuzatib borilsa, shampunlarning yorliqlari diqqat bilan o‘rganilsa, umuman olganda, sochlarning parvarishi uchun hamma narsa qo‘llanilsa ham qazg‘oqlar yo‘qolmasa qanday yo‘l tutish kerak? “Noviy ochag” nashri mutaxassis bilan birgalikda tashqi ko‘rinishga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ushbu muammoning yechimi haqda so‘z yuritdi.
Britaniyaning Saco salonlari tarmog‘ining bosh shifokori, dermatolog, trixolog, tibbiyot fanlari nomzodi Olga Grin qazg‘oqdan butunlay qutulishni ma’lum qildi.
Bu g‘amxo‘rlikdagi xatolar emas
Qazg‘oq— bu kasallik, uni kosmetik vositalar bilan davolab bo‘lmaydi. Qazg‘oqqa qarshi shampun yordam berishi mumkin, lekin vaqtinchalik, keyin muammo yana qaytalanadi. Shampunlarga ko‘p pul sarflagandan ko‘ra, bir marta shifokorga murojaat qilgan ma’qul. “Qazg‘oq bosh terisi ko‘chishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda qazg‘oqlar o‘zini yashiradi. Bu, birinchi navbatda, muammoni to‘xtatib turadigan, ammo uni davolamaydigan dorivor shampunlarning keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq”, — deydi mutaxassis.
Qazg‘oq paydo bo‘lishining sabablari
Sochni bo‘yash
Qazg‘oq sochlarni bo‘yashdan 3-4 kun o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, bosh terisi qichishishi va qizarishi bilan birga kuzatiladi. Odatda bu holat 2 haftadan ortiq davom etmaydi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ammo doimo bo‘yoqlarga murojaat qilish oxir-oqibat hamma allergiya va surunkali yallig‘lanish bilan tugaydi.
Noto‘g‘ri tanlangan shampun
“Odatda noto‘g‘ri tanlangan shampun qo‘llangandan keyin teri ko‘chishi va qichishish darhol paydo bo‘ladi. Bunday holda, shampunni almashtirish tavsiya etiladi”, — deydi trixolog.
Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar
“Oshqozon-ichak traktining to‘g‘ri ishlashi tiklanmaguncha, sog‘lom bosh terisi haqida unutish mumkin. Bu borada gastroenterolog bilan uchrashuvga yozilishni maslahat beramiz” , — deydi Olga Grin.
Yomon uglevodlar
“Tort, shokolad, shirinliklar, xamir ovqatlar iste’mol qilish va sochlarning yog‘lanishi fonida qazg‘oq paydo bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik allaqachon isbotlangan. Buning sababi shundaki, yengil uglevodlar yog‘li soch follikulalarining ishini faol ravishda rag‘batlantiradi. Shuning uchun ulardan imkon qadar qochish tavsiya etiladi.
Qazg‘oqdan qanday qutulish mumkin?
Mexanik piling
Muntazam ravishda bosh terisini tozalash kerak, chunki qazg‘oq soch o‘sishiga xalaqit beradi.
Chuqur tozalovchi losyon
Maxsus losyonlardan foydalanishga harakat qilish lozim. Losyonni qo‘llagandan so‘ng darhol sochni yuvmaslik kerak, shifobaxsh komponentlarning chuqurroq kirib borishiga imkon berish tavsiya etiladi.
Kimyoviy piling
Piling — qazg‘oqqa qarshi kurashning eng samarali usuli. Salonlar va trixologik klinikalarda bosh terisi uchun maxsus yaratilgan glikolik kislotaga asoslangan kimyoviy piling protsedurasi mavjud. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan piling muolajasi soch follikulalarini chuqur tozalashga yordam beradi.
Muammoga global yondashuv
Birinchidan, qazg‘oq quruq yoki yog‘li ekanini aniqlash kerak. Bosh yuvilgandan keyin bir yoki ikki kundan keyin quruq qazg‘oq paydo bo‘ladi, u osongina uchib ketadi, mo‘rtlik, soch to‘kilishi va bosh tersi qichishishi bilan birga kuzatiladi.
Uning paydo bo‘lishining sabablari: gormonal muammolar, noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin yetishmasligi, zararli odatlar, sifatsiz kosmetika. Agar qazg‘oq quruq bo‘lsa, unda B6 va PP vitaminlarini o‘z ichiga olgan vitamin komplekslarini ichishni boshlash, sabzavot, meva va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish, shuningdek, yuqori sifatli soch kosmetikasidan foydalanish kerak.
Yog‘li qazg‘oq yuvilgandan keyin uchinchi yoki beshinchi kuni o‘zini namoyon qiladi, u sarg‘ish va yopishqoq bo‘ladi. Bu bosh terisida yog‘ bezlarining yomon ishlashi va metabolizmning buzilishi tufayli paydo bo‘ladi. Yog‘li qazg‘oqdan doimiy ravishda xalos bo‘lish uchun organizmni toksinlardan tozalash, fastfud, yog‘li, shakarli, gazlangan ichimliklardan voz kechish, kerak bo‘lganda vazn yo‘qotish, gormonal darajani tekshirish, maxsus dorilarni retsept bo‘yicha ichishga harakat qilish va qazg‘oqqa qarshi tabiiy niqoblardan foydalanish mumkin.
Esingizda bo‘lsin, qazg‘oq paydo bo‘lishining sabablaridan qat’i nazar, jiddiy muammolarga uchramaslik uchun trixologga murojaat qilish kerak. | 74 | 4,277 |
Ayollar | Makiyaj haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar | Vizajist blogerlar muntazam ravishda kiprik yopishtirish, ko‘zlarni ketmaydigan bo‘yoqda bo‘yash yoki qoshlarni bo‘yash to‘g‘risida maslahatlar berib boradi. Lekin bunday eksperiment natijalarini ketkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Biz siz uchun makiyajning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ko‘p beriladigan savollarga javoblarni to‘pladik.
Cho‘tka va sponjlar qanday tozalanadi?
Do‘kondan maxsus tozalovchi suyuqlik sotib olishingiz mumkin yoki yuzingiz uchun ishlatiladigan gidrofil yog‘i yordamida tozalaysiz.
Yopishtiriladigan kipriklardan qayta foydalanish mumkinmi?
Darslarda bu kipriklarni qayta ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ko‘p takrorlashadi, lekin qanday ishlatish haqida aytishmaydi. Kipriklarni ehtiyotlik bilan yechib oling va qotgan yelim izlaridan yaxshilab tozalang. Agar bu kipriklar bo‘yalgan bo‘lsa, ularni tekis joyga qo‘yib mitsellyarli suvga botirilgan paxta yordamida ehtiyotlik bilan artib tashlang va qutisiga solib qo‘ying.
Qosh bo‘yoqlardan qanday tozalanadi?
Bu muammoni sirka kislotasi yoki limon sharbati yordamida hal etish mumkin. Xuddi shu usul bilan yuzdagi qoramtir rangli soch bo‘yoqlari qoldirgan izni ham ketkazish mumkin.
Yoqimsiz atir hididan qanday qutulish mumkin?
Sovun va suv, spirt, hidsiz ho‘l salfetkalar yordamida atir hidini biroz bo‘lsa-da kamaytirish mumkin. Lekin butunlay qutulish uchun albatta dush yordam beradi. | 55 | 1,381 |
Ayollar | Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 tavsiya | Sevimli sumkangiz tezda yaroqsiz bo‘lib qolmasligi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
Haftada bir marta sumkani sovunli suv bilan arting
Suyuq sovun aralashtirilgan suvga namlangan yumshoq latta bilan sumkalarning ustki qismini arting. Hafta davomida yig‘ilgan chang va kirlar ketadi.
Suv yoki namlikni darhol artib tashlang
Tozalash uchun namlantirilgan salfetka, sirka va dog‘ ketkazadigan vositalardan foydalanmang. Bularning bari charmni ko‘chirishi, rangi o‘zgarishi va boshqa muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lish mumkin.
Dog‘larni ketkazishni professionallarga topshiring
Sumkalarda katta dog‘ bo‘lmasagina, uy-sharoitida parvarish qilsa bo‘ladi.
Kimyoviy tozalash
Sovunli suv bilan ham ketmagan dog‘ni bartaraf qilishni esa kimyoviy tozalash xodimlariga ishonib topshirgan yoki maxsus vositalardan foydalangan yaxshi.
Eski dog‘lar
Aksariyat hollarda eski dog‘larni maxsus vositalar bila ham ketkazib bo‘lmaydi. Bunday vaqtda sumkani kimyoviy tozalashga olib borgan yaxshi.
Ishlatilmagan vaqt ichini to‘ldirib qo‘ying
Shakli o‘zgarmasligi uchun tutmayotgan sumka ichiga eski mato yoki kiyimlarni solib qo‘ying. Rangi chiqishi mumkinligi sabab esa gazetalardan foydalanmaganingiz yaxshi.
Maxsus vositadan foydalaning
Unutmang, maxsus vositalar surtilgani yoki sepilganidan keyin darhol yuvilmasligi kerak.
Aniq turga mo‘ljallangan vositadan foydalaning
Zamsh va charmning o‘ziga mo‘ljallangan maxsus vositadan foydalaning.
Vositalardan foydalanishdan avval tekshirib ko‘ring
Sumkaning ko‘rinmaydigan ichki qismiga surtish yoki sepish orqali sinab ko‘rishingiz mumkin.
Krem surtgan qo‘lingiz bilan sumkaga tegmang
Aks holda dog‘larni ketkazish uchun kimyoviy tozalatishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
To‘g‘ri saqlash
Sumka uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uni to‘g‘ri saqlashni ham bilish kerak. Chang tegmasligi uchun changdondan foydalaning.
Changdon topolmasangiz, boshqa narsadan foydalaning
Eski choyshab va yostiq jildlari bu borada sizga yordam beradi.
Lentalardan foydalaning
Lentalardan nafaqat bezak, balki sumka tutqichlarini himoya qilish maqsadida ham foydalansa bo‘ladi.
Quyosh nurlari ostida qoldirmang
Quyosh nurlari charmga zarar yetkazishi mumkinligini inobatga oling.
To‘q rangli kiyimlar bilan och rangli sumka tutmang
Kiyimning rangi chiqib, sumkaga yuqishi mumkin.
Poyabzal bo‘yog‘i
Kimyoviy tozalash ham yordam bermagan bo‘lsa, poyabzal bo‘yog‘i yaxshi samara berishi mumkin.
Yumshatadigan sovun va oyoq kiyimlarga mo‘ljallangan vositalardan foydalanmang
Bunday vositalar 99,9 foiz holatda sumka matosiga zarar yetkazishi mumkin.
Atirdan foydalanmang
Sumkadan yomon hid keladigan bo‘lsa, atirdan foydalanmang, toza havoga olib chiqib qo‘ying.
Razrixliteldan foydalaning
Yomon hidlarni ketkazish uchun razrixlitel yaxshi samara beradi. Ochilgan qadoqni sumka ichiga solib, uni 24 soatga changdon ichiga solib qo‘ying.
Kosmetik vositalar
Kosmetik vositalarni birinchi maxsus idish, keyin esa sumkaga soling. | 60 | 2,941 |
Ayollar | Sport zalida voz kechish tavsiya etiladigan buyumlar | Hech kimga sir emaski, fitnes mashg‘ulotlari uchun yangi krossovka, sport kiyimi va boshqa buyumlar xarid qilish kelajakdagi ideal tana haqidagi orzulardan kam emas. Ammo sotib olishdan bosh tortish kerak bo‘lgan narsalar ham bor.
Dezodorant-sprey
Ayniqsa, hidligidan voz kechish lozim. Kimdir allergiyaga ega bo‘lishi mumkin, kimgadir hidning o‘zi yoqimsiz, kimdir undan ham xushbo‘yroq dezodorant olib kelgan va kiyim almashtirish xonasi turli hidlar bilan to‘lgan. Roller yoki stik ham xuddi shunday vazifani bajaradi, lekin atrofdagilar uchun kamroq muammo tug‘diradi.
Atir
Hatto eng yangi va eng yengil sevimli ifor ham terining isishi va terlashni boshlaganda, yoqimsiz hidga aylanadi. Natijada badbo‘y hid hosil bo‘ladi.
Quloqchinlar
Mashinalarda musiqa bilan sayr yoki mashq qilish, aslida, yanada qiziqarli, lekin atrofdagilarga tinglanayotgan qo‘shiq eshitilmasligiga ishonch hosil qilish lozim.Katta quloqchinlar odatda kutilganidan ko‘ra ko‘proq ovoz chiqaradi.
Qo‘shimcha detalli sport kiyimi
Ip, taqinchoq, bant, arqon va mahkamlagichlar, birinchi navbatda, mashg‘ulotlarga xalaqit berishi mumkin. Ikkinchidan, bunday dizayndagi sport kiyimlari har doim noqulaylik tug‘diradi.
Yorqin rangli sport kiyimi
Ko‘pchilik yorqin sport kiyimlarini yaxshi ko‘radi, lekin o‘lchov hamma narsada yaxshi. Turli rangdagi libos o‘ziga xos kombinatsiyani yaratadi va bu hammaning diqqatini jalb etadi. Albatta, sport zalida bu ham biroz yoqimsiz holat.
Bir o‘lchamga kichik kiyim
Albatta, vazn kamayishi mumkin, lekin oldindan kichik o‘lchamdagi libosni kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki bu mashg‘ulot jarayonida qiyinchiliklarni paydo qiladi. Tor va kichik kiyim badanda qon aylanishiga xalaqit beradi.
Krossovkalar
Sportchi bo‘lishni xohlaydiganlar to‘g‘ri poyabzal tanlashda sport do‘koni maslahatchisidan so‘rashi mumkin. Lekin hech qanday holatda krossovka olmaslik kerak: u mashg‘ulot uchun qulay poyabzal hisoblanmaydi. Shuning uchun ham mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Paxta matoli kiyimlar
Tabiiyki, bunga ko‘pchilik hayron bo‘ladi. Tabiiy matolar suyuqlikni yaxshi o‘zlashtiradi va sekin quriydi. Demak, sport bilan shug‘ullanayotgan odam doimo nam bo‘ladi.
Tana uchun skrablar
Fitnes klubda kiyim almashtirish xonasi va umumiy dush mavjud. Albatta, u yerning skrabidan foydalanmaslik kerak. Chunki bu gigiyena bilan ham bog‘liq. | 52 | 2,345 |
Madaniyat | Siz yolg‘iz emassiz: ezgu amallar haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi filmlar (foto) | Ba’zida film haqiqatan ham qiyin damlarda yordam berishi yoki fikringizni o‘zgartirishi mumkin. Gollivudning ayrim filmlari aslida dunyoni ezgulik boshqarayotganini va unga hissa qo‘shish sizning ham qo‘lingizda ekanini eslatib turadi.
“Boshqaga to‘la” — 2000-yil
Bu kabi filmlar har bir kishi qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini unutmaslik uchun kerak. Filmni ko‘rgandan so‘ng, hech bo‘lmaganda bir kishi boshqa insonga yaxshilik qilsa, bu kartinaning muvaffaqiyatli chiqqanidan dalolat beradi. Hech bo‘lmaganda, sizda shunday istak, albatta, bo‘ladi: bosh qahramon (yettinchi sinf o‘quvchisi Trevor) hatto eng qahri qattiq insonga ham ta’sir qiladi. Ajoyib g‘oya, bo‘lishi kerak bo‘lgan chiroyli yakun, aktyorlarning mahoratli ijrosi.
“Yetti hayot” — 2008-yil
“Yetti hayot” — afroamerikalik aktyor Uill Smit va italiyalik rejissor Gabriele Mukchino (“Baxtga intilish”) o‘rtasidagi ikkinchi hamkorlikdagi chuqur hissiyotlarga boy drama hisoblanadi. Ben ismli qahramon avtohalokatda u tufayli yetti kishi halok bo‘lganidan keyin o‘zining xalq oldidagi burchini his qiladi. O‘zining barcha hayotiy tamoyillarini ko‘rib chiqib, haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lganlar uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi.
“1+1” (“Daxlsiz”) — 2011-yil
Kino tarixidagi eng yaxshi filmlardan biri bo‘lib, u ikki butunlay boshqa insonlar: tanasi butunlay falaj bo‘lgan boy inson Filipp va hayoti juda qiyin kechgan oddiy yigit Dris haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, butunlay boshqa odamlar o‘rtasida mustahkam do‘stlik paydo bo‘ladi, bu ikkalasining ham hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.
“Najot uchun yolg‘on” — 2014-yil
To‘rt bola — Mamera, Jeremeya, Pol va Abital, Sudandagi fuqarolar urushi dahshatlaridan mo‘jizaviy tarzda omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan o‘n uch yil o‘tib, taqdir ularga hayotni yangidan boshlash uchun baxtli imkoniyatni beradi. Afrikalik qochqinlarni moslashtirish dasturida ishtirok etib, ular Amerika Qo‘shma Shtatlarga keladi va u yerda amerikaliklarning urf-odatlari va qadriyatlari bilan tanishadi. Biroq urushning ayanchli oqibatlari ularni ta’qib qilishda davom etadi. Ijtimoiy ishchi Kerri ularga bu og‘riqni yengishga yordam beradi. Bu filmda esa Riz Uizerspun eng yaxshi rollaridan birini ijro etgan.
“Ko‘rinmas tomon” — 2009-yil
Film yaxshi kartinalardan biri — kinotanqidchilar filmni “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganida shunday deb aytgan, keyin esa Sandra Bullok ushbu filmdagi bosh rol uchun orzu qilgan haykalchasini olgan. Do‘stona va badavlat oila tomonidan qabul qilingan notinch oiladan bo‘lgan o‘smirning hikoyasi. Natijada u hayotda o‘z yo‘lini topadi va futbol yulduziga aylanadi. Filmda har qanday inson hayotida oilasi uni qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhim ekanligi ta’kidlangan.
“Men qalbimda raqsga tushaman” — 2004-yil
Film nogironlar uyida yashovchi Maykl ismli yigit haqida. U o‘simlik kabi yashaydi, kundalik rejimga ko‘ra, har bir yangi kun — avvalgisiga o‘xshaydi. Biroq bir kuni u mushak atrofiyasidan aziyat chekadigan yangi bemor Rori bilan uchrashadi. Maykl singari, Rori ham faqat nogironlar aravachasida bo‘ladi. Ammo uning dunyo haqidagi qarashlari va hayotdagi mavqei Mayklga tirik ekanini, imkonsiz narsaning yo‘qligini tushunishga o‘zgartirishga yordam beradi. | 82 | 3,246 |
Madaniyat | Bollivud aktyorlarining auksionda sotilgan eng qimmatbaho buyumlari (foto) | Serial yoki filmda ishlatilgan buyum va kiyim-kechaklarning keyingi taqdiri nima bo‘lishi ko‘pchilik teletomoshabin va muxlislarga qiziq bo‘lsa, ajab emas. Ma’lumotlarga qaraganda, suratga olish jarayoni yakunlanganidan keyin aktyorlar liboslarining hammasi qutilarga solinadi va loyiha nomi yozib, olib qo‘yiladi. Ulardan keyinchalik ham foydalanish mumkin, faqat bosh qahramon tomonidan emas, masalan, Hind kinolarida qo‘shiq ijro etilganda orqa fonda raqsga tushadigan qiz va yigitlar kiyishi, shunda ham kiyim avvalgidan o‘zgartirilishi mumkin. Ba’zida esa aktyorlar filmda ular uchun qadrli bo‘lib qolgan buyumni esdalik sifatida olib qo‘yishi mumkin. Bunga Bollivud yulduzi Rishi Kapurning ijrosi davomida kiygan sviterlarni yig‘ishi yaqqol misol.
Madxuri Dikshitning 408 ming dollarlik yashil “lexenga”si
Aktrisaning “Devdas” filmidagi ijrosida kiygan barcha liboslari o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan. Liboslar qahramon fe’l-atvoriga mos ravishda, buyurtma asosida tikilgan. Film ekran yuzini ko‘rganidan keyin bozorda ko‘ylakka o‘xshash ko‘plab nusxalar paydo bo‘la boshlagan, ammo bir muxlis filmdagi libosning originalini xarid qilishni istagan. U auksionda Madxuri “Maar Dala” qo‘shig‘ini ijro qilishda kiygan yashil “lexenga”ni 3 kror (408 ming dollar)ga sotib olgan.
Kishor Kumarning 76 ming dollarlik taqdim qilinmagan qo‘shig‘i
“Tum hi to ho” deb nomlangan va taqdim qilib ulgirilmagan qo‘shiq Kishor tomonidan vafot etishidan atigi uch kun avval, 1987-yil oktabrda yozilgan. Auksionda ijodkorning ashaddiy muxlislaridan biri ushbu qo‘shiqni 0,56 kror (76 ming dollar)ga sotib olib, tinglash baxtiga muyassar bo‘lgan.
Dev Anandning 5451 dollarlik oq-qora fotolari
Devning 45 dona, imzosi tushirilgan oq-qora fotosi 400 ming rupiy (5451)ga sotilgan.
Priyanka Chopraning 3407 dollarlik oyoq kiyimi
2013-yilda YuNISEF tomonidan tashkil qilingan “Qizlarni qutqaramiz” dasturi uchun Priyanka auksionga o‘zining Christian Louboutin brendi tomonidan taqdim qilingan pushti poyabzalini qo‘ygan. Ushbu oyoq kiyim 250 ming rupiy (3407 dollar)ga sotib olingan.
Amir Xonning 2125 dollarlik kriket tayoqchasi
Aktyorning “Bir kuni Hindistonda” filmidagi ijrosi davomida foydalangan kriket tayoqchasi 156 ming rupiy (2125 dollar)ga sotilgan. Auksionda yig‘ilgan mablag‘dan xayriya sifatida foydalanilgan.
Shammi Kapurning 2125 dollarlik sharfi
1961-yilda suratga olingan “Jungli” filmida Shammi tomonidan taqilgan sharf 156 ming rupiy (2125 dollar)ga xarid qilingan. Mazkur filmda aktyor kiygan kurtka esa shu auksionning o‘zida 88 ming rupiy (1199 dollar)ga sotilgan. Uni Amir Xon o‘z kolleksiyasi uchun xarid qilgan.
Salmon Xonning 1935 dollarlik sochig‘i
Salmon Xonning “Menga turmushga chiqasanmi?” serialida foydalangan sochig‘i 142 ming rupiy (1935 dollar)ga sotib olingan. Mablag‘ xayriya ishlariga sarflangan.
Farux Shayxning 1307 dollarlik uzugi
Farux Shayx “Azizam Umrao” filmida gavdalantirgan qahramon uzugi auksionda 96 ming rupiy (1307 dollar)ga sotilgan.
Madxuri Dikshitning 1089 dollarlik sariq sarisi
Madxuri “O‘g‘il” filmining “Dhak Dhak Karne Laga” klipida kiygan sariq rangli sari yosh qiz va ayollar orasida trendga aylangan. Ushbu libosning nusxalari uchun navbat tinmagani bilan, originalini xarid qilish faqatgina bir muxlisga nasib qilgan va bu unga 80 ming rupiy (1089 dollar)ga tushgan. | 74 | 3,325 |
Madaniyat | “Qirolichaning yurishi”: Nima uchun bolalarga shaxmat o‘ynashni o‘rgatish kerak? | “Qirolichaning yurishi” seriali namoyish etilganidan so‘ng shaxmat o‘yini yanada ommalashdi. Bundan tashqari, shaxmat sotuvchilarining savdosi yuz foizga oshdi. Albatta, bularning barchasi bekorga emas. Chunki shaxmat bolalarda kattalar ham hayotida erisha olmaydigan fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Vaziyatni har tomondan o‘rganish qobiliyati
Yaxshi shaxmatchi oldinga harakat qilish va raqibning turli xil holatlarini taxmin qilishi mumkin. Bu faqatgina strateglar uchun muhim emas. Dunyoga har tomondan nazar solish qobiliyati bolada hamdardlikni rivojlantiradi va odamlar bilan tez til topishishga yordam beradi. Shaxmatda raqibni hurmat qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish va mag‘lubiyatga uchratish juda muhim. Bu fazilatlarning barchasi o‘yindagina emas, balki hayotda ham muhim hisoblanadi.
Mustahkam xotira
Shaxmat o‘ynash uchun ko‘plab harakatlarni eslab qolish kerak. Bu xotiraning barcha turlarini rivojlantiradi. Keyinchalik ushbu ko‘nikmalar tibbiyot, dasturlash yoki xoreografiyaga qiziqqan bolalar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
Mantiq
Bu shaxmat o‘ynashning eng asosiy foydasi sanaladi. Chunki o‘yin tahlil va harakatlar ketma-ketligiga asoslangan. Shaxmatchi bo‘layotgan voqealarni kuzatibgina qolmay, balki xulosa chiqarib, o‘z rejasini tuzishi ham kerak. Shuning uchun ham shaxmat o‘yinida hech narsa tasodifan ro‘y bermaydi. Barchasi aniq rejaga asosan amalga oshiriladi. Mantiqiy fikrlash – bolaga turli xil hayotiy vazifalarni yengish uchun zarurdir – kunni rejalashtirish, qaror qabul qilish va savollarga javob bera olish kabi.
Diqqatni jamlash
Sportchi, rassom, musiqachi va shaxmatchilar ko‘pincha vazifa bajarayotganda maksimal darajada diqqatni jamlay oladi. Bunda vaqt sekinlashib, lahza bilan bog‘liq bo‘lmagan hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganday tuyiladi. Ushbu ko‘nikma bolalar uchun juda muhim bo‘lib, ayniqsa, maktabda o‘qish jarayonida qo‘l keladi. Muammo yoki savolni hal etishga diqqatni qaratish qobiliyati bolani yanada uyushqoq va mas’uliyatli bo‘lishiga yordam beradi.
Ijodiy fikrlash
Shaxmatchilar nafaqat o‘z harakati va kombinatsiyalarini oldindan rejalashtirishni biladi, balki jarayon davomida rejalariga o‘zgartirish ham kiritadi. Bu esa kerakli natijaga erishish uchun ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Shaxmat o‘ynash bolaga nafaqat ma’lum bir muammoni hal qilishga, balki o‘zini hamda atrofdagilarni yaxshiroq tushunishga ham yordam beradi. Shaxmat ixlosmandlari orasida buyuklardan Albert Eynshteyn, Uilyam Shekspir, Frederik Shopen, Mixail Bulgakov, Salvador Dali va bugungi kun yulduzlaridan Leonardo Di Kaprio, Bill Geyts, Madonna va Uill Smitlar ham bor. | 80 | 2,639 |
Madaniyat | Backstreet Boys guruhi xonandalari video aloqa orqali birlashib, xit taronasini ijro etdi (video) | FOX telekanali va iHeartRadio radiostansiyasi jahon estradasi yulduzlari ishtirokida onlayn konsert tashkil etdi, deb yozadi Starhit.
Koronavirus tufayli uyda o‘tirishga majbur bo‘lgan san’atkorlar xit taronalarni uydan turib kuylab berdi. Ularning konsertlari translyatsiyasi davomida esa koronavirusga qarshi kurashish uchun pul yig‘ildi.
Xayriya tadbirida Merayya Keri, Billi Aylish, Elton Jon va boshqa san’atkorlar ishtirok etdi. Biroq ularning ichida muxlislarga eng manzur bo‘lgani Backstreet Boys guruhi xonandalarining ijrosi bo‘ldi.
Guruhning besh a’zosi o‘z uylaridan video aloqa orqali bir-biri bilan bog‘lanib, “Men hammasi aynan shunday bo‘lishini istayman” (I Want It That Way) qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Guruh xonandalari tomonidan suratga olingan videorolik internetda ommalashdi.
“Ushbu tadbirda ishtirok etish imkonini berganingiz uchun rahmat. Uyda qoling va xafsiz bo‘ling! Ushbu ajoyib loyihada qatnashish biz uchun sharaf”, — deydi guruh xonandasi Nik Karter.
Videoda xonandalar nafaqat kuylagan, balki farzandlari bilan raqsga tushib, turli kulgili harakatlarni ijro etgan.
Ushbu video sevimli xonandalarini sahnada ko‘rish imkonidan mahrum bo‘lgan barcha muxlislar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Backstreet Boys jahon estradasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida guruhning 130 milliontadan ortiq diski sotilgan.
Aktrisa Yulduz Rajabova qo‘shiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi (video) | 97 | 1,485 |
Madaniyat | “Bitta klipga 1500 dollar evaziga suratga tushaman”. Telegram nimaligini bilmagan Xoliqjon vaynes qanday qilib internet yulduziga aylangani haqida (video) | Instabloger, vayner, tiktoker, Instagram’da 1 yarim millionga yaqin kuzatuvchiga ega Xoliqjon vaynes MY5 telekanalining “Omon-Omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida mashhurlikka erishmasidan oldin qanday yashagani, kliplarga qanchaga suratga tushishi, Hamdam Sobirov bilan munosabatlari qanday ekani, telefoni yo‘q bo‘lgan paytda do‘sti unga telefon sovg‘a qilgani va yordam bergani haqida gapirib berdi.
Vayner xonanda Hamdam Sobirovning bir nechta kliplarida suratga tushgan. U videolarda ishtirok etish taklifi xonandaning o‘zidan chiqqanini aytadi.
“Taklif Hamdam Sobirov tomonidan bo‘lgan. To‘g‘risini aytsam oddiy oilada o‘sganman. San’atkorlar bilan ko‘rishishni orzu qilganman. Mashhurlar stadionga kelib qo‘shiq kuylaganda oldiga borolmaganman. Hamdam Sobirovni oldindan, ‘Mango guruhi’da chiqqanidan beri kuzataman. Bundan tashqari Jasur Umirov, Jahongir Poziljonovning musiqalarini yoqtirardim. Hattoki Jahongir Poziljonovga taqlid qilib video olganman.
Shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Bir kuni Hamdam aka telefon qildi. Ukajon, mening klipimga suratga tushishingni istayman, shuni niyat qildim’ dedi. Xursand bo‘ldim, behisob shukrki, shu darajaga erishibman deb o‘yladim. Keyin Hamdam aka mendan qanchaga klipga tushayotganimni so‘radi. Sababi Hamdam Sobirovning klipidan oldin Munisa Rizayevaning klipida suratga tushgandim. Birinchi suratga tushgan klipim ham o‘sha bo‘lgan. Yana so‘raganida Hamdam Sobirovga hayotda pul muhim emas, akam sifatida sizni yaxshi ko‘raman, akamsiz deganman va u bundan juda xursand bo‘lgan”, — deydi xonanda.
Xoliqjon vines kliplardagi gonorari miqdori haqida ham gapirib o‘tdi. Shu bilan birgalikda u telefoni bo‘lmagan vaqtda yaqin do‘sti unga o‘z telefonini berganini va ko‘p narsalarni o‘rgatgani haqida gapirgan.
“Do‘stligimiz 2017-yildan boshlangan. Hattoki telefonim yo‘q edi, Telegram, Instagram nimaligini, sensor telefon qanday bo‘lishini bilmaganman, shularni do‘stim o‘rgatgan. O‘zi ishlatadigan iPhone 5 markali telefonini menga sovg‘a qilgan. Telegram'da gaplashishni o‘rgatgan, shu darajada sodda bo‘lganman. Meni birinchi qo‘llab-quvvatlagan insonlardan biri u”, — deydi bloger.
“Otasiz, uysiz yashash oson emas”. Millati tojik, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlik bloger Azoda bilan suhbat (foto) | 154 | 2,270 |
Madaniyat | Xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyida tamaki chekkani uchun jarimaga tortildi | “Istiqlol” san’at saroyida o‘z konserti vaqtida sahnaga chiqishga tayyorlanayotgan xonanda Botir Qodirov tamaki chekkani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Istiqlol” san’at saroyi qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Yusuf Bobojonov “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi.
“Botir Qodirov chekkani uchun, jarimaga tortildi. Shu paytgacha hatto eng mashhur san’atkorlar ham bu yerda chekmagan. Nega endi hammaga barobar bo‘lgan qonun Botir Qodirovni chetlab o‘tishi kerak?!”, — dedi Yu.Bobojonov.
“Ichki tartiblarga javob bersa, konsert qo‘yishsin, bo‘lmasa saroyimizda bunday xonandalarga o‘rin yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi “Istiqlol” san’at saroyi qo‘riqlash xizmati boshlig‘i.
Avvalroq Botir Qodirov o‘z konserti vaqtida uning oilaviy hayoti haqidagi kitobni ko‘rib qolib, jahl ustida sahnani tashlab chiqqani, so‘ng “Istiqlol” san’at saroyiga moddiy zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi. | 88 | 886 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.