folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Go‘zallik uchun foydali bo‘lgan vitaminlar
Sog‘liq va go‘zallikni doimo saqlash uchun sizga har kuni vitamin deb ataluvchi 13 xil modda zarur bo‘ladi. Organizmda biokimyoviy va fizioligik jarayonlarning noto‘g‘ri kechmasligini ta’minlashda bu vitaminlar katta ahamiyatga ega. Vitaminlar yetishmasligi har xil kasalliklar paydo bo‘lishiga, bevaqt qarishga va chiroyning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bizga bu vitaminlar har kuni iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yetkazib beriladi. Shuning uchun bu oziq-ovqat mahsulotlari albatta xilma-xil va muvozanat saqlangan holda bo‘lishi lozim. Mutaxassislar eng muhim vitaminlar orasida go‘zallik uchun A, C, va E zarur bo‘lishini aniqlashdi. Bizning go‘zalligimiz: silliq teri, ipakdek mayin sochlar, oppoq va bir tekis tishlar va xushbichim qomatni xuddi shu vitaminlar ta’minlaydi.
42
797
Ayollar
Uy sharoitida yuz rangini yaxshilaymiz
Qish faslida yorug‘lik ta’siri yetishmasligidan va isitilgan xonalarda yetarlicha qurib ulgurgan yuz terisi och kulrang tusga kiradi. Qanday qilib terini toza va porlab turadigan ko‘rinishga keltirish to‘g‘risida aytmoqchimiz. Shakar — nafaqat shirin ta’m beruvchi, balki ajoyib tozalovchi vosita ham hisoblanadi. Iliq suvga biroz shakar va yuz uchun krem solib aralashtiring. Aralashma bilan yuzingiz terisini tozalasangiz, u ipakdek mayin va rangi chiroyli bo‘ladi. Tabiiy yogurtdan yuz uchun niqob sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U terini tetiklashtiradi va unga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. Kamroq miqdordagi yogurtni bir choy qoshiq suv bilan aralashtiring va yuzingizga surib qo‘ying. 20—30 daqiqadan so‘ng niqobni iliq suvda yuvib tashlang. Bu sabzavot teri bilan bog‘liq muammolarda, shu jumladan yuz rangini yaxshilashda ham  yordam beradi. Terining porlab turishi uchun 1 choy qoshiq bodring sharbatini 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiring, aralashmani yuzingizga suring va to‘liq singib ketguncha qoldiring. Keyin suv bilan yuving. Asalli niqoblar yuz terisi rangini normal holga keltirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi asal va quruq sutga bir tomchi limon sharbati solib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga suring va qurigandan so‘ng iliq suvda yuving. Manba: “Anysports.tv”
38
1,315
Ayollar
Sochlaringiz tez-tez kirlansa nima qilish kerak? Mutaxassis javob beradi
Ko‘pincha kunning oxirida sochlarimiz kir bo‘lganini his qilamiz va nima sababdan bunday bo‘lganiga tushuna olmaymiz. Bunday vaziyatdan qanday qutulish mumkinligi haqida Biolage eksperti Karina Kotova ma’lumot beradi. Nima uchun yuvgandan keyingi kuniyoq sochlar kirlanadi? Gap yog‘li teriga moyil bo‘lgan tekis ingichka sochlar haqida ketyapti. Bunday turdagi sochlarning tozaligini uzoq vaqt ushlab turish juda qiyin, chunki teri sekretsiyasi tabiiy ravishda ajralib chiqadi va soch uzunligi bo‘ylab juda tez tarqaladi. Bunday holda yog‘li bosh terisi yoki terining muvozanatini normallashtirish uchun maxsus mahsulotlarni tavsiya qilish mumkin. Agar soch yog‘li bo‘lmasa, lekin ayni paytda shunday muammo kuzatilsa, sochlarni yaxshilab yuving, chunki ba’zan sochlar ham yetarli darajada tozalanmaydi va kirni qolib ketishi mumkin. Bunday vaziyatda ikki marta shampunlash tavsiya qilinadi.  Sochlaringiz to‘kilyaptimi? Muammoni hal qilishning 10 usuli Noto‘g‘ri parvarish tufayli sochlar tezda ifloslanishi mumkinmi? Ha, mumkin. Misol uchun, sochlar yaxshi darajada, lekin uni qayta tiklash kerak deb tegishlicha parvarish qilina boshlandi. Odatda tiklovchi shampunlar bosh terisini yumshoqlik bilan tozalaydi, lekin ba’zilar uchun bu yetarli emas. Agar bosh terisi yog‘li bo‘lishga moyil bo‘lsa, lekin soch uzunligi shikastlangan bo‘lsa, unda individual aralashmani tanlash lozim. Masalan, hajm beruvchi yoki namlantiruvchi shampun, oziqlanish va tiklanish uchun konditsioner kabi.  Teri va soch holatining yomonlashishiga olib keladigan mahsulotlar Soch niqoblari soch kirlanishiga sabab bo‘lishi mumkinmi? Ba’zilar konditsioner va niqobni soch ildizlariga surtishadi, ammo ular bosh terisiga qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan (ular sochga surtiladi). Sochlaringizni avval shampun bilan yuving, so‘ng boshingizni pastga egib, suvni siqib oling va konditsioner yoki niqobni soch uzunligi bo‘ylab surting.  Sochlarni quyosh nuridan qanday himoya qilish kerak? Sochlarni yuvishga vaqt bo‘lmasa, kir sochni qanday tartibga keltirish mumkin? Bu borada eng yaxshi yechim — tezkor soch turmagi. Sochlarni tepadan qilib yig‘ing va undan bulochka yasang yoki uni o‘rib oling. Agar turmakning har bir bosqichida sochlarga lak sepsangiz, nafaqat tartibli ko‘rinishga, balki kun bo‘yi buzilmaydigan soch turmagiga ega bo‘lasiz.  Sochlarning uzun va qalin bo‘lishini ta’minlaydigan mahsulotlar
72
2,384
Ayollar
Uyingizda borligi aniq: tirnoqlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 vosita
Tirnoqlarni parvarish uchun nimalar qilish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi. Dengiz tuzi Dengiz tuzi tirnoqlar salomatligi va mustahkamligini ta’minlovchi tabiiy minerallarning koni sanaladi. Shu sabab ham 2 choy qoshiq tuz qo‘shilgan bir stakan iliq suvga tirnoqlarni solib o‘tirish tavsiya qilinadi. Kokos yog‘i Kokos yog‘ida tirnoq va uning atrofidagi terini namlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan to‘yingan yog‘lar bisyor. Uni tirnoq atrofiga surtib, yengil harakatlar bilan massaj qilish tavsiya qilinadi. Olma sirkasi Kalsiy, magniy, temir singari minerallarning koni hisoblangan olma sirkasi tirnoq plastinkasini mustahkamlashga hissa qo‘shib, zamburug‘li infeksiyalardan himoya qiladi. 1:1 nisbatdagi sirka qo‘shilgan suvga qo‘llarni solib, vanna qilish tavsiya qilinadi. Pivo Iste’mol qilish tavsiya qilinmaydigan spirtli ichimliklar tashqi qo‘llanganda yaxshi samara beradi. Undagi kaliy, fosfor va biotin tirnoqlar holatini yaxshilaydi. Buning uchun bir stakan olma sirkasiga yana shuncha pivo va 0,25 stakan iliq zaytun yog‘i qo‘shing. Keyin esa qo‘llarni 15 daqiqa solib o‘tiring. O‘simlik yog‘i Suv va quruq havodan qo‘lda muammolar paydo bo‘lganda esa o‘simlik yog‘i bilan massaj qilish yaxshi samara berishi mumkin Choy daraxti yog‘i va E vitamini Ularning har ikkisi ham quruq terini namlantirib, turli infeksiyalar tushishining oldini oladi. Shu sabab ham har tunda, uyqudan avval ushbu aralashmani tirnoq atrofidagi teriga surtish tavsiya qilinadi. Ichimlik sodasi Ichimlik sodasi nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki undagi lakdan qolgan sarg‘ish dog‘larni ham ketkazadi. Buning uchun 1 osh qoshiq ichimlik sodasi qo‘shilgan 250 ml suyuqlikka qo‘llarni 15 daqiqa solib o‘tirish maslahat beriladi. Limon va shakar Tirnoqlar sog‘lom va tiniq ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun yarim bo‘lak limon sharbatini 1 osh qoshiq shakarga qo‘shib surtish tavsiya qilinadi. 5-7 daqiqadan keyin yuvib tashlasangiz bo‘ladi. Piyoz Ikkiga bo‘lingan piyozni tirnoq atrofiga qo‘yib 5 daqiqa ushlab turing. Shundan keyin bor soatcha qo‘lingizni yuvmang. Hidi yoqimsiz bo‘lgani bilan natija ko‘zingizni quvnatishi aniq. Yalpiz va moychechak Antiseptik xususiyatga ega bo‘lgan moychechak va tarkibidagi efir yog‘i qon aylanishini yaxshilaydigan yalpizdan aralashma tayyorlang. Buning uchun bir stakan suvga 2 osh qoshiq moychechak soling. Barra yalpiz va bir necha tomchi efir yog‘i qo‘shing. 2 osh qoshiq zaytun yog‘i va 2 osh qoshiq un solishni ham unutmang. Tayyor aralashma bilan hafta davomida tirnoqlarni bir necha marta artish kerak.
75
2,571
Ayollar
Bottega Veneta brendi Yangi yilga bag‘ishlangan tufli modelini taqdim qildi
Italiyaning mashhur Bottega Veneta brendi Yangi yil munosabati bilan yangi tufli modelini taqdim qildi. Bu haqda Hypebae nashri xabar berdi. Poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlarga o‘ziga xos yondashishi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan brend Yangi yil arafasida charm tufli modelini taqdim qildi. Ma’lum qilinishicha, yangi model Almond Pump deb nomlangan. Old qismi uchli to‘rtburchak shaklga, ichki qismi rezinkali ko‘rinishga ega bo‘lgan poyabzal poshnasining o‘rtasi ichkariga kirgan va mayda yaltiroq tangachalar bilan bezalgan. Tag qismi ingichka qoplamadan iboratligi bilan dizaynini yanada didli ko‘rsatadi. Tufli uch xil — lavanda, pushti va limon rangida taqdim qilingan. Mazkur tuflilarni brendning rasmiy saytida 888 dollar, ya’ni 9 219 660 so‘mga xarid qilish mumkin. Avvalroq Bottega Veneta’ning moda olamidagi boshqa yirik brendlar singari koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berayotgani haqida ma’lumot berilgandi.
75
939
Ayollar
Kayfiyatni ko‘tarishning 9 ta oson yo‘li
Doimo yaxshi kayfiyatda yuruvchi kishilar stressdan uzoqda bo‘lishadi, yurak-qon tomir kasalliklariga kamroq chalinishadi, bosh og‘rig‘idan ham kam shikoyat qilishadi. Shunday ekan, kayfiyatni qanday ko‘tarish mumkin? Tabiatning go‘zal joyida quyoshning iliq nurlari ostida yayrabmi? Balki velosipedda sayr qilish kerakdir? Komediya tomosha qilsak-chi? Bunga o‘xshagan usullarni ko‘plab sanash mumkin.Unda muammo nimada? To‘g‘ri aytasiz! Bularning barchasiga vaqt kerak. Agar juda ham band bo‘lib, kayfiyatimizni ko‘tarishga vaqtimiz bo‘lmasa nima qilishimiz kerak? Keling, yaxshi kayfiyatga erishishning tez va oson yo‘llarini o‘rganamiz. Ishda bo‘lsangiz, birorta hamkasbingizga, uyda bo‘lsangiz, oilangiz a’zolarining biriga  tabassum qilib ko‘ring,  sizning ham, siz tabassum yuborgan kishining ham kayfiyati ko‘tarilganini sezasiz. Chunki tabassum qilishda ishtirok etayotgan mushaklar qisqarganda, bosh miyada quvonchli his-tuyg‘u haqida axborot paydo bo‘ladi. Qadni tik tutib yurish qomatni chiroyli ko‘rsatibgina qolmay, odamning o‘z-o‘ziga ishonchini ham oshiradi, qadam tashlash yengillashadi, o‘z navbatida kayfiyat ham ko‘tariladi. Masalan, qahvaxonada buyurtmangizni kutayotganingizda ofitsiant bilan bir-ikki og‘iz suhbatlashib ko‘ring, bundan qalbingizda tiniqlik va bardamlik his qilgandek bo‘lasiz. Kundalik hayotda o‘zingizga yoqadigan yangi mashg‘ulotlar va g‘oyalar topishga harakat qiling. Chunki, o‘zi uchun qiziqarli va yoqimli ish bilan band bo‘lish doimo faol bo‘lishga yordam beradi, o‘z-o‘ziga hurmat hissini uyg‘otadi, atrofdagilar bilan muloqotni yengillashtiradi, tabiiyki, kayfiyat ham ko‘tarinki bo‘ladi. Kattami, kichikmi, qilingan yaxshilik insonda doimo baxt hissini uyg‘otadi.  Buni ko‘pchiligingiz yaxshi bilasiz. Shunday bo‘lsa-da, yana bir bor sinab ko‘ring, ko‘nglingiz tog‘dek o‘sganini his qilasiz. Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi, deyiladi maqollarda. Lekin, pulni joy-joyida sarflab, kayfiyatni yaxshilasa bo‘lar ekan. Odam moddiy narsalardan ko‘ra, ma’naviy tadbirlarga pul sarflaganida kayfiyati ko‘tarilar ekan. Chinakam hayratlanish, qoyil qolish tuyg‘ulari insonda baxtlilik hissini chaqiradi. Kundalik hayotimizda sizda sal bo‘lsa-da hayrat uyg‘otuvchi narsalar topiladi, shunday narsalarni topib, hayratlaning, bundan kayfiyatingiz ko‘tariladi. Minnatdor bo‘lishni va minnatdorchilik bildirishni biladigan insonlar baxtli insonlardir. Chunki ular hayotlaridagi yaxshi narsalarning qadrini his qila olishadi. Siz ham hayotingizda mavjud bo‘lgan qaysi narsalardan minnatdor bo‘lsangiz bo‘ladimi? Shu haqda biroz o‘ylang, qalbingizda quvonch paydo bo‘ladi. Bag‘riga bosish hamdardlik va mehr izhor qilishning bir ko‘rinishidir, bu holatda inson tanasida kayfiyatni ko‘taruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Manba: “Zdorovie.com”
40
2,790
Ayollar
Gollivud afsonasi Odri Xepbyornning go‘zallik sirlari
“Tiffanida nonushta”, “Rim ta’tili”, “Sabrina” va yana bir qancha filmlarda mahorat bilan rol ijro qilgan aktrisaning nafaqat iste’dodi balki, o‘ziga xos kiyinish uslubi hali-hanuz e’tirof etib kelinadi. Aktrisaning go‘zalligi ham tillarda doston bo‘lgan. “Fransiyaning barcha yigitlari Odriga oshiq”, — deb yozgandi bir vaqtlar Kristian Lakrua. Lekin Xepbyornning muxlislari faqatgina Fransiyada bo‘lmagan. U AQSh kinomatografiya fan va san’ati akademiyasi tomonidan Amerika kinosining eng buyuk aktrisalari ro‘yxatida uchinchi deb topilgan. Aktrisaning kiyinish uslubining o‘ziga xosligida, fransuz dizayneri Yuber Jivanshining xizmati katta. Chunki aynan u aktrisaning filmlarda kiygan liboslari dizayneri hisoblanadi. “Har bir ayol go‘zal bo‘lishni istaydi. Bu libosda men o‘zimni aynan shunday go‘zal his qilaman. U menga omma oldida chiqish qilish uchun ishonch bag‘ishlaydi”, — degan aktrisa. Aktrisaning go‘zalligi faqatgina kiyinish uslubi yoki makiyajida bo‘lmagan. Uning mehrga to‘la va hayotga chanqoq ko‘zlari chiroyiga chiroy qo‘shgan. Odri faqat aktrisalik bilan ovora bo‘lib qolmagan, u o‘z ustida ishlagan va ko‘proq narsa o‘rganishga harakat qilgan. 6 tilda so‘zlasha olgani esa buning isboti. Uning go‘zallik haqidagi qarashlari ham boshqalarnikidan farq qilgan. Ayollar go‘zalligi ko‘zlarida aks etishi, ko‘zlar esa qalb oynasi, qalb bo‘lsa mehr va muhabbat makoni. Ayolning asl go‘zalligi atrofdagilarga qalbdan g‘amxo‘rlik qilishi va sevgi ulasha olishida namoyon bo‘ladi, deb hisoblagan aktrisa. XX asr go‘zallik timsollaridan biri shuningdek, BMT va YuNISEF kabi xalqaro tashkilotlarning ham faollaridan bo‘lgan. U turli mamlakatlardagi bolalar muammolariga diqqat qaratishga uringan va insoniylik yordami ko‘rsatishda ham birinchilardan bo‘lgan. Bugungi kunga kelib go‘zallik ma’lum standart yoki qolipga tushib qolgan, chiroyli qiyofa egalarining esa bir-biridan ajralib turadigan jihati yo‘q. Aslida esa haqiqiy go‘zallik o‘ziga xoslikni saqlab qolish, boshqalarga o‘xshamaslik, o‘z ustida ishlash va eng asosiysi qalb go‘zalligidadir. Odri Xepbyorn shularning barini o‘zida mujassam qilgani uning go‘zallik siri hisoblanadi.
53
2,156
Ayollar
Nafis oqshom makiyaji qoidalari
To‘y-hasham, tug‘ilgan kun tantanalari, bitiruvchilar uchrashuvlari, korporativ yoki shunchaki sevimli yoringiz bilan restoranga tashrif — odatdagidan ko‘ra yorqinroq bo‘yanish uchun vaj bo‘la oladigan holatlardir. Oqshom makiyajining umumiy qoidalari quyidagicha: Mukammal yuz rangi — makiyaj juda soz chiqishining garovidir. Yuz nur sochishi uchun uni dastlab tozalang va krem yordamida namlantiring. Biroz kutgach, maxsus cho‘tkacha yordamida tonal krem suring. Agar yuzingizda sezilarli kamchiliklar bo‘lsa, konsilerdan foydalaning. Yuzda yog‘ yaltirab qolsa, upa suring. Oqshom makiyajida qosh juda muhim rol o‘ynaydi. Ular tartibli, taralgan va yaxshi bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Oqshom makiyajida qosh yorqin bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, shu sababli qora va to‘q jigarrang ranglardan foydalanish mumkin. Ko‘zlarga urg‘u bermoqchi bo‘lsangiz, qo‘rqmasdan eng yorqin tenlarni ishlating. Unutmang, tenlar ko‘z rangi va kiyimingiz bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. Och jigarrang lab bo‘yog‘i yoki bilinar-bilinmas rangi bo‘lgan lab balzamidan foydalaning. Labga urg‘u berishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qizil, olcha rang, olxo‘ri rangidagi yorqin lab bo‘yoqlariga murojaat qiling. So‘nggi shtrix — yonoqlarga rumyana suring. Sochlari to‘q rangda bo‘lgan qizlarga bronza yoki jigarrang tusdagi rumyanalar mos tushadi, oq-sariqdan kelgan qizlar esa pushti aralash och jigarrang rumyanalardan foydalangani ma’qul.
31
1,411
Ayollar
Yelim dog‘larini oson ketkazishda qo‘l keladigan 5 ta layfxak
Stolga, yerga to‘kilgan yoki yangi narsalardagi yelim dog‘larini ketkazishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Quyida yelim dog‘larini oson yo‘qotishning bir nechta usullari haqida ma’lumot beriladi. Shisha yuzalardan yelimni qanday olib tashlash mumkin? Birinchi navbatda, izlarni iloji boricha qirg‘ich yoki spatula bilan olib tashlash kerak va izlarni qirib tashlash, eritish va tozalash mumkin emas. Yopishqoq yelim yoki skotchni qo‘llaganingizdan keyin idishlarda dog‘ qolishi mumkin. Bu sizni juda uzoq vaqt bezovta qiladi. Bunday holatlarda siz uy sharoitida mavjud bo‘lgan narsalardan, ya’ni lakni tozalash vositasi yoki sirka kislotasidan foydalanishingiz mumkin. Bu suyuqliklar yelimga yaxshi ta’sir qiladi. Agar bu yordam bermasa, WD-40 vositasini qo‘llashingiz mumkin, u muammoni hal qila oladi. Yopishqoq joyga bu vositalardan birortasini qo‘llang va uni bir necha daqiqaga qoldiring, so‘ngra yopishqoq qatlamni toza mato bilan artib oling. Sirt yopishqoq bo‘lmagandan so‘ng, mukammal natijaga erishish uchun uni odatdagi shisha tozalagich bilan tozalang. Yog‘och yuzalaridan yelimni qanday olib tashlash mumkin? Farzandlaringiz ovqatlanish jarayonida taomni to‘kib yuborsa yoki yopishqoq yelim sizni bezovta qilsa soch quritish vositasi bo‘lgan fen sizga yordam beradi. Qurilmani minimal quvvat bilan yoqing va taxminan 15 soniya davomida quritilgan yelimga issiqlikni yo‘naltiring. Yog‘och qoplamasiga zarar bermaslik uchun sirtdan 5-7 sm narida turing. Sirt issiq bo‘lganda, yopishqoq qoldiqni spatula bilan tozalang. Yopishqoq yelimdan xalos bo‘lishga yordam beradigan bir nechta usullar mavjud: Plastmassadan yelimni qanday olib tashlash mumkin? Plastik idishlar yumshoq hisoblanadi, shuning uchun  yelimni olib tashlashda har xil erituvchilardan foydalanish ularning sifatiga zarar yetkazishi mumkin. Bu idishlarni tozalashda sirka kislotasidan foydalaning. Agar sirka kislotasini qo‘llaganingizdan so‘ng, yopishqoq qatlamga hech qanday ta’sir qilmasa, moydan foydalanishga harakat qiling. Keyin yopishqoq joyni toza, quruq mato bilan artib oling va keyin odatdagidek plastmassani yuving. Professionallar bu ishni qanday amalga oshiradi? Professionallar soda, sochlarni quritish uchun mo‘ljallangan fen, atseton yoki spirtli ichimliklarni ishlatmaydi. Ularda bunday dog‘larni tozalash uchun maxsus mahsulotlar mavjud. Bu maxsus erituvchi kimyoviy moddalar va qirg‘ich hisoblanadi. Birinchidan, yopishqoq dog‘ mexanik tarzda iloji boricha qayta ishlanadi, ya’ni qirg‘ich bilan, keyin esa kimyoviy maxsus vositalar yordamida yaxshi eriydi.
61
2,555
Ayollar
Faqat sabzavotlar emas: teri go‘zalligi hamda yoshligi uchun muhim bo‘lgan 8 ta mahsulot
Necha yoshda bo‘lishdan qat’i nazar ajoyib ko‘rinishni xohlaysizmi? “Noviy ochag” nashri bu borada foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Pista Barcha odatiy urug‘larda ko‘p miqdorda E vitamini mavjud bo‘lib, organizmning hujayralarini yo‘q qilishdan himoya qiladi. Xuddi yong‘oq kabi, lekin pista nisbatan arzonga tushadi. Agar muntazam ravishda pista va yong‘oqlarni iste’mol qilinsa, sog‘lom, yosh teriga ega bo‘lish va yurak xastaligi xavfini kamaytirish mumkin. Ularni oddiygina salat, sho‘rva va nonlarga qo‘shib, iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bulg‘ori qalampiri Agar har kuni yangi bulg‘ori qalampiri iste’mol qilinsa (shuningdek, olma yoki apelsin kabi C vitaminini o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlar), organizmdagi kollagen ishlab chiqarishni oshadi. Natijada nafaqat elastik, yosh teri va  sochlarga, balki sog‘lom bo‘g‘imlarga va umurtqa pog‘onasiga ham ega bo‘lish mumkin. Chunki kollagen organizmdagi barcha biriktiruvchi to‘qimalar uchun javobgardir. Ko‘katlar Bargli va achchiq ko‘katlar nafaqat C vitaminini o‘z ichiga oladi, balki teri hujayralarini namlikni yo‘qotishdan va qurib ketishdan himoya qiluvchi lutein va zeaksantin kabi karotenoidlarni ham ta’minlaydi. Ko‘katlardan qanday foydalanishni hamma biladi, lekin yana bir ajoyib g‘oya: ko‘katlarni blenderda sabzavot sharbatlari, kefir yoki yogurt bilan maydalab, uni kokteyl sifatida ichish mumkin. Qo‘ziqorin Qo‘ziqorin terini zararli ultrabinafsha nurlaridan va qarishdan himoya qiluvchi ko‘p miqdorda selenni o‘z ichiga oladi. Ularni qaynatilgan yoki qovurilgan past kaloriyali garnir sifatida yoki salatlarga mazali qo‘shimcha tarzida tanovul qilish mumkin. Dengiz mahsulotlari Dengiz mahsulotlari immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim mineral bo‘lgan ruxga boy. Yaxshi immunitet ham terini yallig‘lanish va infeksiyalardan himoya qiladi. Rux barcha dengiz mahsulotlarida istisnosiz mavjud. Qulupnay Yaxshi xabar shundaki, hatto muzlatilgan qulupnayda ham teri hujayralarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan C vitamini va flavonoidlar mavjud. Shuning uchun, mavsumdan qat’i nazar, butun yil davomida undan iste’mol qilish mumkin. Mango Mango beta-karotinga boy bo‘lib, terini tiklaydi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Beta-karotin miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ham xom, hamda pishirilgan holda iste’mol qilinadigan shirin kartoshka turadi. Uchinchi o‘rinda bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan sabzi. Tuxum Tuxumda lutein mavjud bo‘lib, u terini nam va elastik saqlashga yordam beradi. Qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum iste’mol qilishdan qat’i nazar, ushbu element to‘liq qabul qilinadi. Lekin uni kokteyllarda yoki boshqa usulda qabul qilmagan yaxshiroq.
88
2,663
Ayollar
Hammasi o‘tadi, tajriba esa qoladi. Dunyo ko‘ziga tor ko‘rinayotgan inson nima haqida o‘ylashi kerak?
Hayot ma’nosini yo‘qotgan, atrofdagilar sizni tushunmaydigan, iqtisodiy va ruhiyatdagi muammolar tugamaydigandek, go‘yo. Hammasiga qo‘l siltaging, odamlardan o‘pkalab, shunchaki o‘z qobig‘ingga o‘ralib olging keladi ba’zida. Lekin bu dard va tashvishlarga yechim bo‘lmaydi, qochish va chalg‘ish xolos. Ruhiy tushkunlik qancha uzoq davom etsa, unga barham berilmasa, muammolar ko‘payib, taxlanib boraveradi. Qo‘rquvingiz, omadsizlik, tashvishlar bilan yuzma-yuz kelib, ularga nuqta qo‘yish uchun chora ko‘rmas ekansiz, sizga hech kim yordam bera olmaydi. Quyida har qanday vaziyatda inson o‘zini qo‘lga olishi, olg‘a keta olishi va xulosa chiqarishi uchun esda tutishi va amal qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalar keltiriladi. Rivoyat qilinishicha, qirol Solomonning tashqi tarafiga hammasi o‘tib ketadi degan yozuv bitilgan uzugi bo‘lgan. Ammo kunlardan bir kuni uzukka qarab tinchlanmagan, aksincha quyishqondan chiqqan va uzukni yulib olgan, shundagina uning ichidagi yozuvga ko‘zi tushgan. Unda “bu ham o‘tib ketadi” deb yozilgandi. Ushbu rivoyatning mag‘zi chaqilsa, hayotdagi hamma narsa: tashvish va g‘amlar o‘tkinchi ekanini xulosa qilish mumkin. Rostan ham hamma narsa o‘tadi, hech nima abadiy emas. Inson og‘riqni his qildimi — demak u tirik, yashayapti Jismoniy og‘riq — tananing ma’lum qismida muammo yoki notinchlik borligini bildiradigan signal va shunga qarab inson uni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘ra boshlaydi. Sog‘lom va hammasi yaxshi ekanida esa og‘riq xayolga ham kelmaydi. Aslida esa aynan og‘riq sabab inson issiq finjondan qo‘lini tortadi, noqulay o‘tirganda belida og‘riq his qilgani uchun o‘tirish vaziyatini o‘zgartiradi. Qalb og‘rig‘i ham shunga o‘xshaydi. Siz bilan bog‘liq qandaydir salbiy hodisa yuz bersa yoki siz uchun ruhiy jarohat bo‘lsa, uni yengish, xalos bo‘lish va og‘riqdan qutilishga harakat qilish kerak. Siqilishingiz yoki asabiylashishingizga sabab yo‘q bo‘lsa ham o‘zingizni yomon his qilish ham ruhiyatda qandaydir muammo borligini bildiradi. Noqulay o‘tirganda belingiz og‘rib, o‘tirish vaziyatini o‘zgartirganingizdek, ruhiy holatdagi notinchlikda ham pozitsiyani o‘zgartirishingiz va qalb og‘rig‘iga nisbatan chora ko‘rishingiz kerak. Siz yolg‘iz emassiz Ota-onangiz, qarindoshlaringiz, do‘st va yaqinlaringiz eng asosiysi esa o‘zingizda o‘zingiz borsiz. Siz koinotning bir bo‘lagi va mukammal mavjudotsiz. Sizni hech kim tushunmagan taqdirda ham Yer yuzida 7 milliard inson bor ekani va ularning orasida sizni tushuna olishga qodir, qo‘llab-quvvatlaydigan yoki hech bo‘lmaganda istaydigan bir inson topilishini unutmang. Asosiysi esa boshqalar sizni tushunishini kutishdan avval siz o‘zingizni anglang, o‘rganing va hayotdan nima istashingiz va xohishlaringiz nimadan iboratligini tushunib yeting. Hammasi o‘tadi, tajriba esa qoladi Bundan yomoni bo‘lmaydi, chunki bo‘lib bo‘lgan. Ishoning, hech narsa siz balog‘at yoshida his qilgan va boshdan kechirgan kechinmalarchalik og‘riqli bo‘lmaydi, chunki bolalik olamidan kattalarnikiga endi qadam qo‘yilganda tashvish va qiyinchiliklarni yengib bo‘lmasdek tuyilgan har birimizga. Ammo ortga qarang, siz qachonlardir tugamaydigan deb o‘ylagan tashvish va omadsizliklar bitgan va ortda qolgan. Aynan ular sabab esa siz endi o‘shanday vaziyatda nima qilish mumkinligi haqida bilasiz chunki sizda tajriba bor. Balog‘at yoshidagi ruhiy inqirozdan boshqalarini yengib o‘tish sizning g‘o‘r vaqtingizdagi muammolardan ancha oson. Chunki bu birinchisi emas va siz nima qilish kerakligini bilasiz. Qoqilgan, nima qilishni bilmagan taqdirda ham o‘zingizga dars olasiz va bu eng unutilmas, sizga bilim dargohlarida ham o‘qitilmagan hayot darsi bo‘ladi. Muammolarning yarmi — illyuziya Muammo va tashvishli vaziyatlarda sovuqqon bo‘lish qiyin, chunki istasa-istamasa inson emotsiyaga beriladi. Lekin bir narsani unutmang, qancha ko‘p hammasi yomon ekanligi haqida o‘ylayversangiz, shunchalik negativ hayot domiga kirib ketasiz. Bunday og‘ir dard bilan qanday yashash haqida o‘ylab siqilgandan ko‘ra, buyog‘iga hammasi yaxshi bo‘lishi uchun nima qila olishingiz mumkinligi haqida o‘ylang, yaxshisi. Negativ fikrlash kishi energiyasini so‘rib oladi va hayot tarziga ham ta’sir qiladi. Muammolarning ma’lum qismi sizning tasavvuringiz mahsuli va siz reallikdan qochib, illyuziyaga berilgan bo‘lishingiz mumkin. O‘limdan boshqa har narsaning yechimi bor Vaqt hamma narsaga davo, lekin o‘sha vaqt juda sekin o‘tayotgandek. Siz hech qachon bu muammodan qutila olmayotgan, tunnel so‘ngida shu’la ko‘rinmayotgandek tuyuladi, to‘g‘rimi? Bilasizmi, nega shunday, chunki siz hamma mas’uliyatni vaqt zimmasiga yuklab qo‘ygansiz. Tunneldan shu’la ko‘rinishini kutib o‘tiribsiz, uni ko‘rish uchun o‘rningizdan shartta turib, u tomon yurmayapsiz. Eksperiment o‘tkazib ko‘ring: xona o‘rtasida turing va hech nima qilmang, oynaga ham qaramang, sevimli qo‘shig‘ingizni xayolan xirgoyi ham qilmang, xullas, umuman hech nima haqida o‘ylamay shunchaki jim turing. Soniyalar o‘tmayotgan, vaqt to‘xtab qolgandek tuyiladi, o‘zingizni yomon his qila boshlaysiz. Siz yomonliklar tugab, yaxshilik boshlanishini kutishingiz ham shunga o‘xshaydi va vaqt qotib qolgandek tuyiladi. Sizga hech kim o‘zingizchalik yordam bera olmaydi, og‘riqlaringizga nuqta qo‘yish, muammolaringizga yechim topish uchun birinchi qadam tashlang. Qancha ko‘p ruhiyatingiz ustida ishlasangiz va amalda harakat qilsangiz, sizga vaqt o‘tishni kutishning hojati ham qolmaydi, qorong‘i tunnelni kesib o‘tib, shu’la emas, yorug‘ va rang-barang olamni ko‘rasiz.
101
5,495
Ayollar
Irodani chiniqtirishning 4 usuli
Agar siz o‘zingizni boshqarishni bilmasangiz, hech qaysi maqsadingizga erisha olmaysiz. Irodangiz eng nomuvofiq holatlarda pand berib qo‘yadi: ko‘proq pul topishni boshlashning o‘rniga, mansab pog‘onangizdan pastlashashiz, chekishni davom ettirasiz, sport bilan shug‘ullanmay qo‘yasiz — hamma muhim ishlar “keyinga” qoldiriladi va hech qachon bajarilmaydi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq agenti, keyinchalik shaxsiy trenerlikka o‘tgan Endryu Uitman bu muammoni bartaraf qilish bilan jiddiy qiziqib qoldi. Uitman irodani chiniqtirish uchun hatto kuchsiz odamlar ham aynan nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Ikki daqiqa qoidasi Har bir odamda stressli vaziyatlar bo‘lib turadi, lekin hamma ham unga qarshi kurasha olmaydi. Masalan, boshlig‘ingiz ish kunining oxirigacha bajarish sharti bilan sizga qiyin vazifa topshirdi, siz esa buning iloji yo‘qligini aniq bilasiz. Sarosimaga tushishga shoshilmang va darrov bu ishni rad qilmang. Ikki daqiqalik tanaffus oling va tasavvur qilishga harakat qiling: agar imkoni bo‘lganda, bu muammoni qanday hal qilgan bo‘lar edim? Inson miyasi qidiruvchiga o‘xshab ketadi — ta’riflash qancha aniqroq bo‘lsa, u yechimini shuncha yaxshiroq izlaydi. Odatda ikki daqiqa asab tizimini tinchlantirish va muammoni haqiqiy holatda ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi. Mas’uliyatdan qo‘rqmang Ko‘pchilik odamlar mas’uliyatdan qo‘rqadi. Lekin oqlash foydasiz: siz yo‘l qo‘yilgan xatolardan keyin o‘zingizni yupatishga harakat qilayapsiz. Keyingi gal muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng aybdorlarni izlash kerak emas. Saboqni o‘zlashtirishga va jazoni o‘tashga harakat qiling — agar siz haqiqatan ham bunga loyiq bo‘lsangiz. Diqqatni to‘plang Ko‘p vazifalilik zamonaviy jamiyatimiz uchun ofatga aylandi. Biz bir qancha ishlarni bir yo‘la qilishga odatlanganmiz va ularning hech birida va hech qachon to‘liq muvaffaqiyatga erishmaymiz. Aqliy quvvatingizni yig‘ing va bir lahzada faqat bitta ishga qarating. Tugatganingizdan keyin navbatdagi vazifaga o‘ting. Miyani chiniqtiring Miyasini ortiqcha o‘y-fikrlardan tozalay oladigan va diqqatini aniq bir harakatga yo‘naltiradiganlar o‘z vazifasini hammadan ko‘ra yaxshiroq bajaradi. Har kuni ertalab meditatsiya qilib ko‘ring va tezda uning samarasini ko‘rasiz. Manba: Trendymen
35
2,255
Ayollar
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
Ortiqcha vazn yo‘qotish ilinjida bo‘lganlarning eng birinchi vazifasi tunda ovqat yemaslikdir. Nafaqat tunda, balki kechki ovqat uchun ham kaloriyaga boy taomlarni tanovul etmaslik kerak. Ammo Florida shtati tomonidan “Britaniya” jurnalida chop etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, uxlashdan yarim soat avval iste’mol qilingan 30 gramm oqsil nafaqat semirtirmaydi, balki ozishga ham yordam beradi. Ushbu mahsulotlarni tunda yeyish “mumkin” deb emas, balki “zarur” deb bilish kerak. Tvorog Tvorogda oqsil modda ko‘p bo‘lishiga qaramay, organizm uchun kerakli bo‘lgan kalsiyga boy. Ayniqsa, ayollar kalsiy yetishmovchiligi tufayli menopauza va undan keyingi jarayonda aziyat chekadi. Bu vaqtda suyak, bo‘g‘im va tishlar mo‘rtlashib qoladi. Shuningdek, tvorogni yog‘siz turini tanlashga shoshilmaslik zarur. Sababi u qon tomirlari va yurak salomatligi uchun zarur, shuningdek, vazn yo‘qotishda ham yordam beradi. Bodom va yong‘oq Yong‘oq juda ko‘p kaloriyali mahsulot bo‘lishiga qaramay, ularni muntazam va ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish vazn tashlash va chiroyli qomatga ega bo‘lishda yordam beradi. Eng asosiysi, me’yorni oshirmaslik va kun davomida bir hovuchgina iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yong‘oqning deyarli barcha turlari oqsilga boy, ammo eng foydali bo‘lganlari dumaloq yong‘oq va bodomdir. Ular tarkibida E vitamini, shuningdek, yurak uchun foydali bo‘lgan magniy va selen mavjud. Shuning uchun ham kechalari bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Motsarella pishlog‘i Ushbu pishloqning 100 grammida 6 gramm oqsil, 1 gramm uglevod va atigi 100 kkal mavjud. Motsarellaning tarkibida ko‘plab D vitamini bo‘lib, bu vitamin barchaga quyoshsiz kunlarda yetishmaydi. Salomatlik hamda go‘zallik uchun ushbu pishloqdan tunda tanovul qilish kerak. Tuxum Agar to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari eng foydali mahsulotni tanlashi kerak bo‘lsa, ular, ehtimol, tuxumni afzal deb biladi. Oqsil, D vitamin va minerallarga boy tuxum mahsuloti nafaqat nonushta, balki kechki ovqat uchun ham mos keladi. Tofu Vegetarian parhezida bo‘lganlar diqqatiga, ratsion tarkibida oqsil moddalarini nazorat qilish juda muhim. Tofu esa yetarli miqdorda oqsil olishga yordam beradigan ajoyib taom hisoblanadi. Ushbu mahsulot bilan kechki ovqatni bexavotir iste’mol qilish mumkin.
89
2,280
Ayollar
Louis Vuitton brendi Charlie nomli ekologik toza krossovkalarni yaratdi
Louis Vuitton dizaynerlari 90 foizi qayta ishlangan materiallardan tashkil topgan krossovkani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘ziga xos modelga Charlie deb nom berilgan. Nafaqat erkaklar, balki ayollar uchun ham mo‘ljallangan oq krossovka, ikki xil – kalta va tepa qismi balandroq turadigan variantda taqdim etilgan. Charlie’ning ustki qismi qayta ishlangan poliester va biopolioli deb nomlangan makkajo‘xori asosidagi plastik qatlam bilan qoplangan. Tag qismi 94 foiz qayta ishlangan kauchukdan iborat poyabzalning bog‘ichlari 100 foiz qayta ishlangan neylondan tashkil topgan. Ichki tagcharm hamda astar asosida qayta ishlangan poliuretan va poliester borligini ko‘rish mumkin. Qayta ishlangan quti ichiga joylanadigan krossovkalarni 12-noyabrdan boshlab brendning rasmiy sayti orqali sotib olish mumkin bo‘ladi.
71
827
Ayollar
Tilla taqinchoq taqishda ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar (foto)
Zargarlik buyumlarini sotib olishdan oldin ularni nimalar bilan birlashtirish mumkinligi haqida bilib olish zarur. Tilla buyumlar haqida gap ketganida barchaning xayoliga eskirib qolgan narsalar keladi. Masalan, buvilardan meros bo‘lib qolgan an’anaviy taqinchoqlar yoki ko‘p rangli toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari. Ammo buning xavotir oladigan joyi yo‘q. Agar ushbu metalldan qanday qilib to‘g‘ri modellarni tanlash va birlashtirish o‘rganilsa, yorqin va  zamonaviy ko‘rinishlarni yaratish mumkin.  Asosiysi, xatolardan saqlanish kerak! Klassik tillalar bilan cheklanish Tilla taqinchoqlar bilan tanish bo‘lmaganlar diqqatiga! Tilla eskirmaydigan yoki qoraymaydigan qattiq metall. Klassikaning yana bir zamonaviy o‘zgarishi hozirda pushti rangdir.  Ushbu rang bugungi kunda mashhur bo‘lib, nafaqat zargarlik buyumlarida, balki kiyim-kechak va boshqa buyumlarda ham yetakchilik qilmoqda. Albatta, taqinchoqlarning geometrik bezaklarni batafsil ko‘rib chiqish zarur. Masalan, diskli ziraklar to‘plami va uchta sharli uzuk kundalik hayotga yorqin ranglar qo‘shadi. Tillani faqat tilla bilan taqish Zamonaviy tendensiyalar turli xil metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini birlashtirishga imkon beradi. Yaratilgan obrazda bir vaqtning o‘zida oltin, platina, kumush bo‘lishi mumkin, shuning uchun cheklovlarni unutish lozim. Xonimlar o‘zi yoqtirgan aksessuarlarni ham oltin, ham kumushdan sotib olishi va ularni bir-biri bilan birlashtirishi mumkin, Ushbu kombinatsiya har doim yangi va uyg‘un ko‘rinadi. Uzuk taqishda maxsus qoidaga rioya etish Odatda ikkala qo‘lda bir vaqtning o‘zida eng ko‘p uchta uzuk bo'lishi kerak degan qoidaga ko‘pchilik hali ham amal qiladi. Ushbu qoida esa hozirda eskirgan. Moda olamida sevimli modellarni bir-biri bilan xavfsiz tarzda birlashtirish mumkin. Turli xil shakl, rang va o‘lchamlarning kombinatsiyasi qabul qilingan. Shuni yodda tutish kerakki, zargarlik buyumlari bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirishi va bir uslubda bo‘lishi kerak. Tillani faqat qimmatbaho toshlar bilan taqish Bugungi kunda bezaklarni ekologiya foydasiga tanlov qilish moda. Tilla va olmosdan yasalgan eskirgan modellar o‘rniga ushbu metallning ekzotik nomlari bo‘lgan yarim qimmatbaho va tabiiy toshlar bilan birikmasiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Ular individuallikni ta’kidlabgina qolmay, balki kuch va energiya ham beradi. Tilla taqinchoqlarni oddiylari bilan birlashtirish Oddiy taqinchoqlar qanchalik sifatli bo‘lmasin ular bilan birlashtirilgan zargarlik buyumlari bachkana va xunuk ko‘rinadi. Tilla taqinchoq va tashqi obrazga e’tiborsizlik Masalan, ofisda katta tilla taqinchoqlarni taqishni xohlaydiganlar ortiqcha bezaksiz kiyimni tanlagani ma’qul. Turli uzunlikdagi ko‘p qavatli ingichka zanjir, bilaguzuk, marjonlar va hattoki tabiiy toshli uzuklar kundalik hayotda ham chiroyli ko‘rinadi. Tilla buyumlar to‘plamini taqish Har qanday zargarlik taqinchoqlarining to‘plamidan voz kechish zarur. Bunday to‘plam ko‘rinishni soddalashtiradi va yoshni qariroq ko‘rsatadi. Eng muhimi, bunday to‘plam ijodkorlik uchun imkoniyatlarni cheklaydi. Har kim o‘zining shaxsiy obrazini yaratishdan va turli xil tasvirlar bilan ishlashdan qo‘rqmasligi kerak.
75
3,191
Ayollar
Qanday qilib qo‘l terisini silliq va nafis saqlash mumkin?
Kuzgi-qishki davrdagi hayot bizni o‘ziga xos muammolarga duch kelishga majbur qiladi. Shamoldan quruqshab qolgan qo‘llarimiz terisi jilvir qog‘ozni eslatadi. Lekin tashvishga tushmang, maxsus parvarishlash yordamida bu muammoni tezda hal qilish mumkin. Kremni qanday tanlaymiz? Kuz-qish mavsumida qo‘llar terisini parvarishlash uchun yog‘li krem kerak bo‘ladi. Uning tarkibida o‘simlik yog‘lari bo‘lishi lozim. Hozir ayniqsa batterlar (qattiq yog‘lar) yaxshi, ularga kakao, kokos, makadamiya va mango yog‘lari kiradi. F, A va E vitaminlari terini yumshatadi, sho‘ralash va qichishishni yo‘qotadi, hujayralarning tiklanishini tezlashtiradi. Mochevina, gialuron kislotasi, skvalan, aloe vera ekstrakti terini namlashga yordam beradi. Asalari va boshqa mumlar, shuningdek lanolin namlikni ushlaydi, shamol va past haroratlar ta’siridan himoya qiladi. Kuz va qishda kremlardan to‘g‘ri foydalanish Yaxshisi bir yo‘la ikkita – namlovchi va oziqlantiruvchi krem olganingiz, ularni navbatma-navbat ishlatganingiz ma’qul. Birinchisidan kun davomida, qo‘lingizni har yuvgandan keyin; ikkinchisidan – ko‘chaga chiqishdan oldin va kechqurun foydalanishingiz kerak. Ko‘pchilik, kaftlar terisining quruqligi va yorilishiga hech qanday vosita yordam bermayotganidan shikoyat qiladilar. Bunday hollarda maxsus mochevinali kremdan foydalaning, u bunday muammolarni samarali tarzda bartaraf qiladi. Parvarishlashda yog‘larning foydasi haqida Kosmetik yog‘lar tarkibiga ko‘ra vitaminlar va biologik faol moddalarning tabiiy konsentrati hisoblanadi. Bir necha tomchi yog‘ tabiiy qarish va terining so‘lish jarayonini sekinlashtiradi. O‘simliklar yog‘ining o‘zini sof holda ham ishlatish mumkin: ularni qo‘l terisiga suring yoki kremga qo‘shing. Manba: Cosmopolitan
58
1,745
Ayollar
Cho‘ntakli krossovkalar qanday ko‘rinishga ega va ular nima uchun kerak?
Moda olami hamisha o‘ziga xoslik tarafida bo‘lgan. New Balance brendi mana shunday eksperiment qilishdan qo‘rqmaydigan ixlosmandlar uchun har ikki poyida ham kichik charm cho‘ntaklari bor X-Racer krossovka modelini taqdim qildi. Bundan avval Tervis Skott va Air Jordan 2021-yil mart oyida taqdim qilgan cho‘ntakli kollabratsiya ko‘pchilikning qiziqishi va ushbu detal nima uchun kerak degan savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar esa bu savolga hammasi oddiy ekani va alohida bir xususiyati yo‘qligini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, mazkur cho‘ntaklarga kattaligi kaftdan kichkina bo‘lgan buyum va narsalar masalan, quloqchin va kalitlarni solib qo‘yish mumkin. Takashi Murakami Porter esa bunday modellarni yanada takomillashtirishga qaror qildi. Natijada bir emas beshta cho‘ntagi bor oyoq kiyimlar ishlab chiqardi. Trendlarning faol o‘zgarib turishidan kelib chiqilsa, cho‘ntakli krossovkalar mazkur mavsumda dolzarb bo‘lishiga shubha yo‘q. Ko‘pchilikning ko‘zi o‘rganmaganiga qaramay, moda ixlosmandlari va street style yulduzlari allaqachon mazkur poyabzallarni sinab ko‘rishga kirishgan.
72
1,121
Ayollar
Terini silliq qilishning 5 usuli
Agar kaftingizda unchalik katta bo‘lmagan kesilgan joy izlari, tizzadagi oq chandiqlar yoki yuzingiz terisida qolgan biroz o‘yiq joy bo‘lsa — bu unchalik katta muammo hisoblanmaydi va buning uchun jarrohga borish shart emas. Bunday izlardan qutulishda tabiiy vositalar ham yordam berishi mumkin. Bodring ayniqsa husnbuzar izlari uchun foydali. Bodringli niqoblar yoki losyonlar yallig‘lanish va yara izlari paydo bo‘lishini kamaytiradi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, qirg‘ichda qirilgan bodringni maydalangan yalpiz barglari va tuxum oqi bilan aralashtirib yuz uchun niqob tayyorlanadi. Niqob 20 daqiqa davomida tutib turiladi. Bu efir yog‘i quruq terini tiklashga yordam beradi, qarilik belgilarini, cho‘zilish va chandiqlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek undan niqoblar uchun asos sifatida va boshqa yog‘lar bilan birga qo‘shib ishlatish mumkin. K vitaminli krem Barg ko‘kat — qonning ivishida ishtirok etuvchi K vitaminining eng yaxshi manbai hisoblanadi. U ko‘kargan dog‘larni, yara izlari va cho‘zilishlarni kamaytirishga yordam beradi. Iste’mol sodasi Sodani ba’zi byuti-blogerlar nozik  eksfoliant  deb ataydi — u terini har qanday kirlardan tozalashda magnit kabi ishlaydi. Niqob tayyorlash uchun iste’mol sodasini ozroq suv bilan aralashtiring, ho‘llangan teriga suring va 10 daqiqa qoldiring. Zaytun yog‘i Extra Virgin xilidagi yog‘ terining o‘lik hujayralarini ketkizadi va chandiqlarni yumshatadi. Qo‘shimcha namlash uchun teriga surilgan kamroq miqdordagi zaytun yog‘ini ertalabgacha qoldirishingiz mumkin. Manba: “Woman.ru”
32
1,567
Ayollar
Chek qo‘yamiz: kiyimlarning rangi borasida yo‘l qo‘yiladigan qo‘pol xatolar (foto)
Odatda bir necha xil rangdagi kiyimlarni kombinatsiyalashgan holda ko‘rish mumkin. Ammo uning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Ularga amal qilinsa, hech qanday qiyinchilik yuz bermasligi, shubhasiz. Garderobda eng ko‘p qora va oq rangdagi liboslar bo‘lishi tabiiy. Lekin ertami yo kech bu kabi bir xillikdan har qanday inson ham charchaydi. Ular yangi yoki urfda bo‘lmasin, hech narsani o‘zgartirmaydi. Agar yangi obraz yaratishda yorqin rangli kiyim kiyishga darhol jur’at yetmasa, unda bu ishni aksessuarlardan boshlash tavsiya etiladi. Murakkab tasvirga ega liboslar ham ma’lum bir ma’noda mantiqqa ega. Ranglar bir-birini boyitadi. Kiyilgan kiyimlar kombinatsiyasi uyg‘un bo‘lib chiqishi uchun avvalroq o‘ylab va sinab ko‘rish kerak. Ishga yoki boshqa uchrashuvga 5 daqiqa qolganda kiyimlar o‘rtasidagi ranglarni birlashtirish muvaffaqiyatli kechmasligi mumkin. Shuningdek, kiyimlarda tasvirlangan ranglar nafaqat bir-biriga, balki uning egasiga ham monand bo‘lishi zarur. Ranglar odatda qomatni ta’kidlashi, nuqsonlarni yashirishga xizmat qilishi kerak. Ammo yuqoridagi suratda sviterning yelka qismidagi ko‘k rang ayolning yelkasini ancha kengaytirib, qizil paypoq esa oyoqlarni vizual tarzda qisqartirgan. Shuning uchun ham ranglar nimalarga qodir ekanligini avval yaxshilab o‘rganib chiqish kerak. Odatda kofta va poyabzal yoki yubka va sumka rangini moslashtirish odatga aylangan. Biroq doim ham bunga amal qilishning hojati yo‘q. Sababi shu tarzda imkoniyat sezilarli darajada cheklanishi mumkin. Yangilik olib kirishdan qo‘rqmaslik hamda turli xil tasvirlarni sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Kiyimlar rangi bir-biridan tashqari, mato turlariga ham mos kelishi muhimdir. Ko‘pincha ayollar buni hisobga olmagani uchun ham obrazda kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Garchi ranglar uyg‘unlikda bo‘lsa-da, matolar bir-birini boyitmasa, umumiy tasvir tugal bo‘lmaydi. Obraz yaratishda ayollarning eng katta muammosi – bu kulgili ko‘rinishdan qo‘rqishdir. Shuning uchun ular mustaqil holatda rang bilan ishlashdan qo‘rqadi va doimiy an’analarga amal qiladi. Odatiy kombinatsiyalarni afzal biladi. Doimiy qora va oq yoki ko‘zga tashlanmaydigan klassik ranglardagi kiyimlar garderobdan joy oladi. Yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda rang borasida yangilik yaratishga urinib ko‘rish lozim.
82
2,305
Ayollar
Oq ko‘ylak yordamida yaratish mumkin bo‘lgan turli-tuman obrazlar
Ayollar garderobining eng universal va qulay liboslaridan biri bu ko‘ylakdir (rubashka). Aynan bitta ko‘ylakni turli usullarda kiyish va istalgan kiyim bilan uyg‘unlashtirish mumkinligini bilasizmi? Klassik ko‘ylakni xilma-xil variantlarda kiyish mumkin. Tugmalari ochib qo‘yilgan ko‘ylak bilan uning ostidan mayka yoki futbolka kiyish ham qiziqarli uslub hisoblanadi. Shuningdek, uning uchlarini tugib, djinsi yoki yubkalar bilan kiyish mumkin. Uni pastki qismi torayib boruvchi yubka (qalam-yubka) bilan uyg‘unlashtirib, ofis uniformasini hosil qilish ham mumkin. Keng bichimdagi yubkalarning yana urfga qaytishi bilan oq ko‘ylak bunday yubka bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qilishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, uni maksi uzunlikdagi yubkalar bilan ham kiyish mumkin. Bu variant oqshomgi hashamdor obraz yaratishda qo‘l keladi. Garderobingiz uchun asos bo‘luvchi kiyimlar haqidagi qoidalardan biri oq ko‘ylakni djinsi va ingichka poshnali tufli (shpilka) bilan uyg‘unlashtirib bashang obraz yaratishni tavsiya etadi. Oq ko‘ylak, shuningdek, klassik shimlar bilan ham xushbichim obraz yaratadi. Obrazingizni lodochka yoki erkaklar uslubidagi botinkalar bilan to‘ldiring. Shuni unutmangki, oq ko‘ylak deyarli har qanday uslubdagi obrazni yaratish imkonini beradi. Eng murakkab bichim va dizayndagi kiyim uchun ideal fon bo‘la oladi. Garderobingizdagi yorqin qizil yubka yoki yashil djinsi anchadan buyon kiyilmaydimi? Ulardan qutulishga shoshilmang — oq ko‘ylak tufayli ularni hayotga qaytarish mumkin.
65
1,499
Ayollar
Bolalar tug‘ilgan kunini yodda qolarli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Aksariyat ota-onalar bolalar bayramini mustaqil tashkil qilishni murakkab vazifa deb hisoblaydi va bunga professionallarni jalb etishni ma’qul ko‘radi. Biroq bayramni o‘zingiz ham tashkil qilishingiz mumkin. Bu ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi. Birinchi navbatda bayram mavzusini tanlab oling. Bu “Mitti parining tug‘ilgan kuni”, “Betmen Supermenga qarshi” kabi mavzular bo‘lishi mumkin. Bunda bolaning yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqish mumkin. G‘oyalaringiz parvozi aynan bayram mavzusidan kelib chiqishini hisobga oling. Keyingi bosqichda bayram o‘tkaziladigan joyni aniqlab oling. Agar u kvartirada tashkil qilinsa, eng keng xona ajratilishi kerak. O‘yin va bayram dasturi alohida xonada, bayram dasturxoni esa boshqa xonada bezatilishi maqsadga muvofiqdir. Xonani tanlangan mavzuga mos plakatlar, pardalar bilan bezating. Fantaziyangizni ishga soling! Bayramni kafe yoki bolalar klubida o‘tkazishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uni mavzuga mos bezatish haqida muassasa ma’muriyati bilan oldindan kelishib olishingiz mumkin. Albatta suratlar hududini tashkil qiling! Faqat suratlarni gulqog‘oz va shkafga yopishtirmang, bu juda zerikarli ko‘rinadi. Bunday yorqin devorni yaratish uchun girlyanda, sharlar va tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan bolakayning suratlari kerak bo‘ladi. Bolalarni mehmon qilish uchun ularning barchasiga xush yoquvchi pitssa, yoki buterbrodlar buyurtma qilish yoki tayyorlash mumkin. Muhimi ularni noodatiy bezatishga harakat qiling. Bayram dasturidagi tanlovlarda sovg‘alar tarqatmagan ma’qul. Bu bolalarni chalg‘itib, ba’zan mojarolarni ham keltirib chiqaradi. Yaxshisi bayram so‘ngida barcha bolalarga shirinlik, suvenir yoki suratchalar tarqating. Aziz farzandlaringiz bayramlari har doim qiziqarli o‘tishi va uzoq yillar yodda qolishiga tilakdoshmiz!
68
1,782
Ayollar
Malinali murabbo: pishgandan keyin mevalarning shakli va rangini saqlab qolishda yordam beradigan 3 maslahat
Rezavor mevalar sirasiga kiruvchi malinadan murabbo tayyorlashda uning rangini va shaklini saqlab qolishning bir nechta usullari bor. Suv bilan yuvmang Ko‘plab uy bekalari rezavor mevalarni yuvib qaynatadi. Bu yuvilish jarayonida mevalarning shaklini va rangini yo‘qotishiga olib keladi. Agar mevalarni o‘zingiz yetishtirgan bo‘lsangiz, ularni yuvmasdan qaynating. Bu jarayonda ularning shakli va rangi saqlanib qoladi. Me’yorida qo‘shilgan shakar Agar siz 1 kilogramm malinaga xuddi shuncha shakar qo‘shsangiz, murabbo mukammal darajada bo‘ladi. Pishirishdan oldin toza va quruq malinalarni shakar bilan aralashtirib bir kecha qoldirish kerak. Maxsus pishirish texnologiyasi Birinchi usul: Agar siz malina murabbosini an’anaviy tarzda pishirsangiz, rezavorlarning shakli, rangi va mazasini yo‘qotishingiz mumkin. Shuning uchun malinani 3 marta tanaffus bilan qaynatib oling va murabboni sterillangan idishlarga quying. Ikkinchi usul:
108
935
Ayollar
Milliarderlar garderobiga nazar: Dunyoning eng badavlat xonimlari qanday kiyinadi? (foto)
Dunyoning eng boy ayollarining nafaqat moliyaviy ahvoli, shaxsiy hayoti va qiziqishlari, balki kiyim-kechaklari ham e’tibor markazida hisoblanadi. Quyida eng badavlat xonimlar qanday uslubda kiyinishni xush ko‘rishiga to‘xtalib o‘tamiz. Makkenzi Bezos Jeff va Makkenzi Bezos 1994-yilda Amazon kompaniyasiga asos solinishidan avval tanishgan. 2019-yilda esa 25 yillik turmushidan keyin munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Ajrashish shartlariga muvofiq, turmush o‘rtog‘iga qarashli Amazon kompaniyasining 38 milliard dollar baholangan 4 foizli aksiya Mekkenzida qolgan. Shundan keyin dunyodagi eng badavlat ayollar ro‘yxatida uchinchi deb topilgan. 2020-yilda bo‘lsa AQShdagi eng badavlat ayol bo‘lgan. Kiyinish borasida milliarder xonim universal uniformani ma’qul ko‘radi. Tadbirlarga “futlyar” bichimli ko‘ylaklarni, taqdirlash marosimi va ko‘rgazmalar uchun esa xuddi shunday bichimli liboslarni yorqin rangdagisi va o‘ziga xos detallari borini kiyishni ma’qul ko‘radi. Shu bilan birga Makkenzi kiyinish borasida kichik eksperimentlar ham qilib turadi. Kalta liboslar bilan charm botfort yoki oqshom obrazi uchun yelkalari ochiq va “virez”li ko‘ylak kiyishi mumkin. Fransuaza Betankur-Mayers L’Oreal kompaniyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur-Mayers oilaviy kompaniyaning rahbari sanaladi. Betankur va uning oilasi kompaniyaning 33 foiz aksiyasiga egalik qiladi. U kiyinish borasida fransuz ayollariga xos universallik va ortiqcha bezaklarsiz liboslarni xush ko‘radi. Fransuazaning garderobida asosan qora rangdagi kiyim-kechaklarni uchratish mumkin. Sevimli aksessuari esa libosi rangiga zid rangli yorqin ro‘mol hisoblanadi. To‘q liboslarni apelsin, layma rangli yoki noodatiy printli sharflar bilan moslashni yaxshi ko‘radi. Elis Uolton Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Walmart asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis Uolton, ko‘p yillardan beri Forbes jurnalining eng badavlat ayollar ro‘yxatidan o‘rin olib kelgan. Uning kiyinish uslubida o‘ziga xos aksessuar katta hajmli ko‘zoynaklar hisoblanadi. U ham boshqa biznes bilan shug‘ullanadigan hamkasblari singari klassik uslubni afzal biladi. U obraziga yorqinlikka urg‘u beradi, masalan, qora klassik jaket o‘rniga gilos ranglisini kiyadi. Loren Pauell Jobs Stiv Jobs turmush o‘rtog‘ining ijtimoiy ahvoli Apple va Disney kompaniyalaridagi aksiyalar hisobiga 18,8 millionni tashkil qiladi. 2020-yilning iyulida Pauell, Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 59-o‘rinni egallagan. Lorenning garderobi rang-barangligi bilan boshqalarnikidan farq qiladi. Uni ham klassik uslubdagi liboslarda ham bluzka, printli jaket va kashtali liboslarda uchratish mumkin. Ko‘rgazma va taqdirlash marosimlarida uning kiyinish borasidagi didiga qoyil qolsa arziydi. U dabdabali va shu bilan birga bachkana bo‘lmagan uzun oqshom libosi bilan minimal taqinchoq va klatch taqishni ma’qul biladi. Huda Kattan Sharqning eng mashhur ayollaridan biri sanalgan Huda Kattan, Dubaydagi moliya sohasidagi faoliyatini tugatganidan keyin go‘zallik imperiyasiga asos solgan. Uzoq vaqt vizajist sifatida ishlagan Huda keyinchalik mashhur kosmetik brend “Huda Beauty”ga asos solgan. Kattan go‘zallik olamidagi eng nufuzli ayollar o‘ntaligiga kiradi. U kiyinish borasida hashamatni yaxshi ko‘radi. Tanlovini qaddi-qomatni aks ettiradigan, yelkasi ochiq asosan charm matosidan tikilgan, tilla zanjirlar va mo‘ynalarda to‘xtatadi.
89
3,370
Ayollar
“Boy ota, kambag‘al ota”: Robert Kiyosaki muvaffaqiyatga erishish uchun amal qilgan 10 ta qoida
“Boy ota, kambag‘al ota” — dunyodagi eng mashhur moliyaviy savodxonlik haqidagi kitoblaridan biri hisoblanadi. Uning muallifi Robert Kiyosaki millionlab odamlarning pul haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Investor, tadbirkor va yozuvchi aktiv va majburiyat, qashshoqlik va bankrotlik o‘rtasidagi farq haqida gapirib, ikki otani taqqoslaydi: o‘z otasi, o‘qimishli, ammo moliyaviy jihatdan muhtoj professor va do‘stining otasi, moliyaviy farovonlikka erishgan, muvaffaqiyatli, aqlli va moliyaviy savodxon odam. “Boy ota, kambag‘al ota” kitobi 109 dan ortiq mamlakatda sotilgan va olti yildan beri New York Times’ning bestsellerlari ro‘yxatida yetakchilik qiladi. Faqat pul uchun ishlamang Tekinga ishlashga harakat qiling, bu fikringizni yangi daromad olish imkoniyatlariga ochadi va sizni faqat ish haqi miqdoriga e'tibor berishdan qutqaradi. Qanchalik paradoksal bo‘lmasin, aksariyat xodimlarning muammosi shundaki, agar ular yetarlicha maosh olmasalar, ish haqini oshirishni so‘raydi yoki yangi ish qidira boshlaydi. Qo‘rquv va ochko‘zlik odamni kalamushlar poygasida ishtirok etishga majbur qiladigan harakatlantiruvchi kuchdir. Yangi ish qidirasiz, unda ham ish haqini oshirishni so‘raysiz, ishdan bo‘shab, yana ish qidirasiz. Shuning uchun boylar pul uchun emas, balki salohiyat va tashabbus uchun ishlaydi. Bolalikdan moliyaviy ta’lim olish muhim Nega buxgalterlar va moliyachilar har kuni pul bilan ishlashsa ham boy emas? Pulni hisoblash qobiliyati va moliyaviy savodxonlik o‘rtasida katta farq bor, bu na bolalarga, na kattalarga o‘rgatilmaydi. Moliyaviy savodxonlik hatto eng qiyin iqtisodiy vaziyatlar va inqirozlarda ham vaziyat hamda bozorni tushunish va nazorat qilishda yordam beradi. Boylarning mardligi, azm-u shijoati, eng avvalo, ogohlikka asoslanadi. Bilim, tahlil qilish va investitsiya qilish qobiliyati moliyani malakali boshqarishda foyda keltiradi va boyligingizni ko‘paytirishga yordam beradi. O‘zingiz uchun ishlashni boshlang Asosan, o‘rta sinf ish beruvchi yoki davlat uchun ishlaydi. Agar haqiqatan ham boy bo‘lishni istasangiz, o‘zingiz uchun ishlashni boshlang. O‘zingizni qiziqtirgan faoliyat sohasini tanlang, chunki qiziqish - bu ishning yarmi degani. Boshqalarga bo‘ysunib qolmang, bu moliyaviy imkoniyatlaringizni maksimal darajada oshirishga imkon bermaydi. Boy bo‘lishga loyiq ekanligingizga ishonch hosil qiling Agar pul topish haqida o‘ylaganingizda, shubha paydo bo‘lsa va o‘zingizdan: “Men boy bo‘lishga loyiqmanmi?” deb so‘rasangiz, bu yomon alomat. Hayotda boy bo‘lish uchun fikringiz bilan ham o‘zingizni boy odamdek his qiling. “Men tejashim kerak”, “Men pul topa olmayman” degan iboralarga o‘ralashib qolmang ... Shunday o‘ylang: men pul ishlashga loyiqman, men buni qila olaman va men xohlagan narsamga qodirman. Ish joyingizni o‘zgartirishdan va yangi tajriba orttirishdan qo‘rqmang Ba'zilarga barqarorlik katta daromadning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib tuyuladi. Boy dada ishni o‘zgartirishdan qo‘rqmaslik kerakligini aytganidek, bir mutaxassislikdan boshqasiga o‘tish dunyoqarashingizni kengaytirishga yordam beradi. Dunyoqarashingiz qanchalik keng bo‘lsa va turli lavozimlarda ko‘proq tajribaga ega bo‘lsangiz, butunlay boshqa sohalarda ham pul ishlashingiz osonroq bo‘ladi. Turli jarayonlarni boshqarishni o‘rganing, pul va odamlarni, eng muhimi, o‘zingizni va vaqtingizni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ling. Faolliklarni ko‘paytirib, passivliklarni kamaytiring Passivlikni minimallashtirishga harakat qiling. Agar hali oyoqqa turmagan bo‘lsangiz, unda xarajatlarni talab qiladigan va hech qanday foyda keltirmaydigan narsalarni unuting (deyarli hamma narsadan foyda olishga harakat qiling). Masalan, juda ko‘p texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan mashina, siz ijaraga bermagan kvartira yoki uy. Aktivlar har doim daromadingiz bo‘lib qoladi, uni biznes investitsiyalari, aksiyalar yoki behuda bo‘lmagan ko‘chmas mulkni to‘g‘ri joylashtirish orqali yaratishingiz mumkin. Muvaffaqiyatsizliklaringiz bilan faxrlaning Yo‘qotishlardan yoki muvaffaqiyatsizliklardan qo‘rqmang. Qo‘rquv tabiiy holat, lekin xatolaringizdan qanchalik tez saboq olsangiz, tezroq ko‘tarilish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Yo‘qotishni fojia deb hisoblamang. Faqat g‘alaba qozonish uchun bir nechta urinishlar qilmagan odam mag‘lub bo‘lolmaydi. Pul yo‘qotish qo‘rquvidan xalos bo‘ling Agar boyib ketishni istasangiz, unda doimiy sarmoya - pul ishlashning yagona yo‘li degan fikrga o‘rganing. Tavakkal qilishdan qo‘rqmang va pulga ertami-kechmi sizga foyda keltiradigan tovar sifatida munosabatda bo‘ling. Agar pul yo‘qotishdan xavotirda bo‘lsangiz va “kuyib qolishdan” qo‘rqsangiz, afsuski, sizda katta yutuqdan oldin bir necha bor yo‘qotishga tayyor bo‘lgan odamga qaraganda boy bo‘lish imkoniyati ancha past. Dastlab xarajatlarni qisqartiring Boy ko‘rinish va boy bo‘lish bir xil narsa emas. Kvartiralar, mashinalar va uylarning mavjudligi haqiqiy daromad darajangizni ko‘rsatmaydi. Ayniqsa, qimmatbaho ko‘char yoki ko‘chmas mulk oxirgi pulga yoki kreditga sotib olingan bo‘lsa. Boy odam birinchi navbatda xarajatlarni qisqartiradi, investitsiyalar yoki biznesni rivojlantirishga pul tikadi va faqat siz uchun ishlaydigan bo‘sh mablag‘ingiz bo‘lgandan keyingina o‘zingizni boy deb atashingiz mumkin. Pulni yaxshi ko‘ring Ehtimol, bu eng muhim qoidadir. Siz pul haqida gapirishdan charchamaysiz, ishtiyoqdasiz va moliya bilan bog‘liq hamma narsani o‘rganishni xohlaysiz. Agar  pulga va u bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga unchalik qiziqmasangiz, unda butun hayotingizni boyish va kapital o‘sishga bag‘ishlamasligingiz kerak. Ayniqsa, raqamlar, tahlillar va iqtisod sizni zeriktirsa.  Pulga bo‘lgan muhabbat muvaffaqiyat kalitidir.
95
5,679
Ayollar
Tor bichimdagi jinsi shimlarni qanday ustki kiyimlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin? (foto)
Moda namoyishlarida ushbu mavsum uchun keng bichimdagi shimlarni kiyish tavsiya etilsa-da, ammo hamma ham bunga amal qilavermaydi. Balki, tor bichimdagi shimlardan voz kechish oson emasdir. Shuning uchun ularga ushbu mavsumda ham trendda bo‘lish uchun tor jinsi shimlarni nimalar bilan uyg‘unlashtirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Tor va to‘g‘ri bichimdagi jinsi shimlar badanga yopishib turuvchi koftalar bilan mos keladi. Agar koftalar shifon yoki harir matosidan bo‘lsa, bu yanada yaxshi. Ayniqsa, koftalar dizaynida bo‘yin qismi chuqur to‘rtburchak shakldagilari ajoyib obraz yaratadi. Yupqa va tor shim keng bichimdagi kostyumlar bilan navbatdagi ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi. O‘rtacha uzunlikdagi kostyumlar jinsi shimlar bilan uyg‘unlashib, oyoqlarni vizual tarzda ingichka va uzun ko‘rsatadi. Ushbu to‘plam uchun, albatta, poshnali poyabzal kiyish tavsiya etiladi. Ushbu klassik uslub hech qachon urfdan qolmaydi. Kombinatsiya uchun qora yoki to‘q ko‘k rangdagi jinsilarni tanlash mumkin. Ular bilan charm etik,  yupqa sviter hamda tirsak qismi yamoqli pidjak yaxshi obraz yarata oladi. To‘q rangdagi jinsi shimlar “granj” uslubini yoqtiruvchilar uchun mos keladi. Ularni botinka va old qismi ochiladigan koftalardan tortib, charm kurtka yoki klassik paltoga qadar birlashtirish mumkin. Ochiq rangdagi biroz kengroq shimlarni botinkalar ichiga kiritish bilan tajriba qilish mumkin. Sviter, ko‘ylak va klassik uslubdagi kostyumlar ajoyib qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. Shuningdek, qomatdagi kamchiliklar ham o‘z-o‘zidan berkitiladi. To‘g‘ri bichimdagi shimlar oversize koftalar va paltolar bilan ajoyib asosni hosil qiladi. Buning uchun och kulrang va jigarrang paltolarni tanlagan ma’qul. Shuningdek, chiroyli ko‘rinish uchun zargarlik buyumlaridan ham foydalanish mumkin.
90
1,797
Ayollar
Kipriklarni qanday quyuqlashtirish mumkin?
Uzun va quyuq kipriklar — har bir qizning ko‘nglidagi orzusi. Chiroyli quyuq va qalin qoshlarga ega bo‘lish uchun biz katta mablag‘imiz va qimmatli vaqtimizni kiprik o‘stirishga va yaxshi tush izlashga sarf qilamiz. Lekin makiyajning quyuq va chiroyli kipriklar yaratishda yordam beruvchi o‘z sirlari va usullari mavjud. Sotib olishdan oldin tushning tarkibiga e’tibor bering. Agar tarkibida glitserin va ipak ekstrakti bo‘lsa, u holda bu tush haqiqiy quyuq va qalin kipriklar yarata oladi. Tushni surishda kiprik ustida yumaloqchalar paydo bo‘lmasligi uchun cho‘tkadagi tushning ortiqchasini qog‘oz salfetka yordamida olib tashlashni tavsiya qilamiz. Kiprik ustiga tush surishdan oldin ularni tarashni maslahat beramiz. Bu usul kipriklar yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularning har doim quyuq bo‘lib turishiga yordam beradi. Kipriklarga hajm qo‘shish uchun tush solingan idish biroz isishi va vosita zichligi bir xilda bo‘lishi uchun uni bir daqiqa davomida iliq suv ichida tutib turishni maslahat beramiz. Kipriklar uzoq vaqt jingalak bo‘lib turishi uchun jingalak qiluvchi qisqichlarni fen yoki issiq suv yordamida biroz qizdirishni taklif qilamiz. Kipriklarni ichki va tashqi tomonlardan bo‘yang. Bunday usul yordamida ular yanada hajmli va quyuq bo‘ladi. Tushning birinchi qatlamini surganingizdan keyin kipriklar ustiga cho‘tkacha yordamida ildizidan uchigacha yupqa qatlamda bolalar upasidan seping. Keyin upa izlari ko‘rinmasligi uchun ularning ustidan yana bir qatlam tush suring. Manba: “Wclub.ru”
42
1,514
Ayollar
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 10 ta samarali layfxak
Hozirda ko‘plab insonlar til o‘rganish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ekspertlar 2012-yilda til o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri “parallel tarjimalar” ekanini ma’lum qilgan. Hozirda esa til o‘rganishda lug‘atlarni yodlash uchun sevimli seriallar yoki kinolarni subtitrlar yordamida tomosha qilish kifoya. O‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab oling Til o‘rganishning eng samarali va eng tez yo‘li o‘sha bu tilda gaplashadigan mamlakatga ko‘chib o‘tishdir. Biroq hamma ham bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun, ikkinchi, ammo kam samara beradigan usul — bu o‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab olishdir. Masalan, bolalarga tilni o‘rgatish uchun: ularga ertaklarni asl nusxada o‘qing va ingliz tilida kuylab bering. Yana bir usuli yangi lug‘atdan foydalanib, do‘stlaringiz bilan asosiy dialoglarni mashq qiling. Albatta, barcha videolarni: filmlar, seriallar va multfilmlarni asl nusxasida subtitrlar yordamida tomosha qiling. Hattoki smartfoningizni ingliz tiliga sozlab oling. Hayotingizda qancha chet tili bilan so‘zlashadiganlar ko‘p bo‘lsa, shahar markazidagi chet elliklar sizdan nimani xohlashini shunchalik tez tushuna boshlaysiz. O‘zingiz bilan gaplashing Bundan yaxshiroq hamroh yo‘q. Har qanday mavzuda o‘zingiz bilan gaplashishingiz mumkin. Agar bu usul noqulay  bo‘lib tuyulsa, podkastingizni yozib olayotganingizni tasavvur qiling. Ushbu amaliyot sizga ingliz tilida gapirishga yordam beradi. Katta ehtimol bilan xato qilasiz, biroq buning farqi yo‘q. Bari bir hech kim sizni eshitmaydi. Podkastlarni unutmang Bu haqda gapiradigan bo‘lsak, podkastlar so‘z boyligingizni orttirishga va turli urg‘ularga ko‘nikishning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar siz ingliz tilini endigina o‘rganishni boshlagan bo‘lsangiz, rus tilida so‘zlashuvchi mualliflarning podkastlari, masalan, “My english is very bad” podkasti sizga mos keladi. Agar siz murakkabroq narsani xohlasangiz, Maintenance Phase tanlashingiz va shu bilan birga sog‘lomlashtirish sanoatining barcha sirlarini o‘rganishingiz mumkin. O‘zingizni qiziqtirgan har qanday mavzuda va istalgan tilda (nafaqat ingliz tilida) podkast tanlashingiz mumkin. Ushbu amaliyot sizning tinglash qobiliyatingizni yaxshilashga va so‘z boyligingizni yangi so‘zlashuv iboralari bilan kengaytirishga yordam beradi. Ovozli yordamchilar Ovozli yordamchilar har doim ham kerakli kontaktga qo‘ng‘iroq qila olmaydi, biroq ular suhbatni davom ettira oladi. Ular sekin nutqni tezlashtirishga, mukammal diksiya va oddiy jumla tuzilmalarida siz yoqtirmaydigan th va w ni mukammallashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, eng qiyin va umidsiz vaziyatlarda ham suhbatni davom ettirish mahoratini oshiring. Ingliz tilida suhbat qilishda “Siri” va Google Assistant yaxshi samara beradi. Fitnes Sport bilan shug‘ullanayotgan paytingizda ham ingliz tilini o‘rganishingiz mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan sevimli fitnes-blogerlaringizning podkastlarini eshiting va ular bilan mashq qiling. Masalan, Fitnes Blenderdan Kelli va Daniel uydagi haqiqiy fitnes gurusidir. Ular har qanday insonlarga mos keladigan 600 dan ortiq: kardio, kuch, cho‘zilish, yoga, va boshqa mashg‘ulotlarni suratga olgan. Agar fitnesni yoqtirmasangiz, sevimli blogerlaringiz bilan onlayn raqsga tushishingiz mumkin. Misol uchun, Kaleb Marshall olti yildan ortiq vaqt davomida o‘z tomoshabinlari bilan onlayn tarzda raqsga tushadi. Kuniga bitta yaxshi raqs sizga nafaqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, balki so‘z boyligingizni kerakli lug‘at bilan to‘ldiradi. O‘zingizni cheklab qo‘ymang Texnologiya rivojlanishda to‘xtamaydi. Masalan, Skype yordamida boshqa mamlakatlardan kelgan so‘zlashuvchilar bilan uydan chiqmasdan muloqot qilish mumkin. Ingliz tili darajasini saqlab qolish va hatto yaxshilash uchun kuniga 15 daqiqa ingliz tilida so‘zlashuvchi insonlar bilan suhbatlashish kifoya. Masalan, Skyeng’s Talks xizmati bir necha daqiqada sizni qiziqtirgan odamni topishga yordam beradi. Ushbu format kechikayotgan do‘stingizni kutib, ingliz tilida gaplashuvchi inson bilan suhbatlashish imkonini beradi. Suhbatdosh shunchaki notanish inson bo‘lmaydi, balki o‘qituvchi bo‘lgani uchun suhbat oxirida u ingliz tilini qanday qilib yaxshiroq o‘rganish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar beradi. Onlayn o‘yinlar O‘yinlar maktab yoki ish kunidan keyin dam olishga yordam beradi. Bir vaqtning o‘zida o‘ynash va o‘rganishdan ko‘ra foydaliroq nima bo‘lishi mumkin? Onlayn o‘yinlar mana shunday imkoniyatni beradi. Scrabble’da murakkab so‘zlarni tuzish shart emas. Sevimli onlayn o‘yiningiz sozlamalarini o‘zgartiring va ajoyib oqshomdan zavqlaning. Siz qanday memsiz? Qaysi Marvel superqahramoniga yoki Disney malikalariga o‘xshashligingizni bilasizmi? So‘z boyligingizga bir nechta yangi so‘z qo‘shish uchun oddiy va qiziqarli testlardan o‘tish kifoya. Masalan, Buzzfeed’da bunday ko‘ngilochar materiallar juda ko‘p. Tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mahalliy aholi bilan gaplashish — bu stressga chidamlilik va ingliz tilini bilish sinovidir. Hazillaringizda zamonaviy iboralardan foydalanishga tayyor bo‘ling va tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping. Ehtiyot bo‘ling, bu usul tilni yaxshi darajada biladiganlar uchun. Axir, hamma ham chet ellik suhbatdoshini xafa qilmasdan achchiq hazillardan to‘g‘ri foydalana olmaydi.  Qanday qilib ingliz tilini o‘rganish mumkin yoki til o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar.
55
5,374
Ayollar
Gavdani to‘g‘ri tutishda yordam beruvchi mashqlar va tavsiyalar
Podiumdagi modellarni kuzatayotgan har bir kishi birinchi navbatda ularning chiroyli gavdasiga e’tibor qaratadi. Bukchaygan qomat va egilgan yelkalar har qanday qiyofani ham buzadi. Biz buni nazariyada yaxshi bilamiz, lekin amalda ko‘pchilik o‘zining qomatiga e’tibor bermaydi. Qomatni to‘g‘ri tutishga odatlanish unchalik qiyin emas. Qomatni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beruvchi oddiy va samarali mashqlardan bir nechtasini sizga eslatmoqchimiz. Tovonlar, boldirlar, dumba, yelkalar va bosh orqasini devorga tekkizgan holatda va qo‘llaringizni yuqoriga ko‘tarib bir necha daqiqa tik turing. Boshida yarim daqiqa turing, keyinchalik esa bu mashq vaqtini bir necha daqiqaga yetkazasiz. Yelkalar uchun ajoyib mashq: boshida ularni oldinga va orqaga aylantiramiz (har bir tomonga 16 martadan), keyin esa yelkalarni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirishga almashtiramiz (bu mashqni ham 16 martadan bajaramiz). Qomat yelkalarni chiniqtirmasdan turib chiroyli bo‘la olmaydi. Buning uchun quyidagi mashqni bajaring: oyoqlarni yelka kengligida tuting va tizzalarni biroz buking, qo‘llarni songa qo‘ying. Gavdangizni pastga qilib, o‘tirib-turing (16 marta). Gavdangizni to‘g‘rilashga yordam beruvchi ba’zi mayda-chuydalarga e’tibor bering. Masalan, stulning eng chekkasiga o‘tirish odatini tashlang, bunday holatda stul suyanchig‘i sizning yelkangizni ushlab tura olmaydi va qorningiz, tirsaklaringiz bilan stol chekkasiga suyanishga majbur bo‘lasiz. Stol yonida o‘tirganda boshingizni pastga egiltirmang: bu gavdani buzishdan tashqari bag‘baqa paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Mushaklarni rivojlantirmasdan gavdani to‘g‘ri tutib bo‘lmasligini esingizda saqlang. Shuning uchun muntazam ravishda mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar bilan shug‘ullanib turing.
63
1,758
Ayollar
Ko‘z rangiga qarab zirak tanlaymiz
Tabiiy go‘zallikni oshirib ko‘rsatish uchun taqinchoqlar qanday tanlanadi? Aslida, buning ikki yo‘li bor: zirakni ko‘z rangiga qarab yoki boshqacha rangda (kontrast qilib) tanlash. Ikki holatda ham, zirak toshlarining rangi ko‘z rangini “bo‘g‘ib” qo‘ymasligi muhimdir. Agar sizning ko‘zlaringiz jigarrang bo‘lsa, toshlari to‘q rangli tilla taqinchoqlarni tanlang yoki zumrad ko‘zli platina va kumush taqinchoqlarga e’tiboringizni qarating. Moviy rangli ko‘zlarga yoqut ko‘zli taqinchoqlar mos keladi, lekin ular haddan tashqari qimmat bo‘lganligi uchun, ko‘kish rangdagi kristallar bilan almashtirish mumkin. Kulrang neytral rang bo‘lgani uchun, bunday ko‘zlarga ko‘pgina ranglar — olmos ko‘zli tilla ziraklar ham, har xil toshli kumush va platina taqinchoqlar ham mos tushadi. Nozik va chiroyli taqinchoqlarni tanlang, o‘zingizni xursand qiling, lekin shuni esda tutingki, taqinchoqlarni did bilan taqing, me’yoridan oshirib yubormang!
34
937
Ayollar
Yoz mavsumiga mo‘ljallangan 7 ta tonal krem
Tonal kremga har doim ko‘plab talablar qo‘yiladi, chunki u pardoz asosi hisoblanadi. Yozda ushbu ro‘yxatga SPF, namlikka chidamlilik, komedogenga ega emaslik va yengil tekstura qo‘shiladi. 2021-yil yozi uchun issiqda oqib ketmaydigan, quyoshdan himoya qiladigan, terini parvarishlaydigan tonal kremlarni tavsiya qilamiz. Clean ID Hydro BB Cream, Catrice Hamyonbop narx, yengil tekstura va eko-kompozitsiya. Mahsulot 99 foiz tabiiy ingrediyentlardan iborat bo‘lib, vegan kosmetika hisoblanadi. Har qanday BB-krem nuqsonlarni yashirish uchun emas, balki terini parvarish qilish uchun mo‘ljallangan. Clean ID har ikkala vazifada ham juda yaxshi ishlaydi: u terini hayratlanarli darajada namlaydi. Dream Satin Fluid, Maybelline New York Saten Fluid boshqa mahsulotlarga nisbatan arzon bo‘lishiga qaramay, qimmat tonal kremlar bilan raqobatlasha oladi. Uning tarkibida gialurinovik kislota va ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi SPF13 mavjud. Yuzdagi nuqsonlarni yoki qizarishni mukammal qoplaydi. Teri teshiklariga tiqilib qolmasdan, bir tekis surtiladi, muammoli teriga ega qizlar uchun ajoyib imkoniyat. Milky Boost, Clarins Bu hatto tonal krem ham emas, balki butunlay flyuid-sutdir. Uni kunduzgi krem ​​sifatida qo‘llash mumkin. Hamma gap surtish jarayonida yoriladigan mikrokapsulalarda. U shaftoli yog‘ini o‘z ichiga oladi, yoqimli va shirin hid beradi. Milky Boost’ning yana bir afzalligi — 50 ml qo‘shimcha hajm, bu odatiy tonal kremdan ikki baravar ko‘p degani. MAC Pro Longwear Nourishing Waterproof, M.A.C Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar plyajda yoki basseynda eng yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lishingizga to‘g‘ri kelsa, MAC Pro Longwear Waterproof’ni tanlang. Tarkibiga ko‘ra u dengizga, yomg‘irga, issiqqa va quyoshga bardosh bera oladi. Tonal krem teriga yaxshi singadi, 24 soat davomida makiyajni saqlab turadi. Hatto bitta qatlamda ham u har qanday yallig‘lanishni yashira oladi. Neo Nude Foundation, Giorgio Armani Armani’ning yangi mahsuloti quyoshdan saqlamaydi, ammo uning boshqa ko‘plab afzalliklari bor. Neo Nude — parvarish va dekorativ kosmetikani birlashtirgan yangi avlod gibrid mahsulotidir. U 50 foizgacha suvdan iborat, tarkibida gialuron va glitserin mavjud. Shuningdek, terini mukammal namlaydi va oziqlantiradi. Neo Nude makiyajingizni og‘irlashtirmasdan chiroyli, yorqin rang beradi. Ammo qizarish va yallig‘lanishni qoplamaydi. Phyto Hydra Teint SPF15, Sisley SPF-krem faqat ultrabinafsha nurlar ko‘rsatkichi 2 dan yuqori bo‘lsagina, ishlatilishini bilasizmi? Siz buni smartfoningizdagi ob-havo vidjetida ham tekshirishingiz mumkin. Odatda yozda megapolislarda bu ko‘rsatkich 3 dan oshmaydi va SPF15 bilan himoyalanishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ushbu mahsulot nomidagi “teint” so‘zi uning suvga asoslanganligini va kuchli kamuflyaj uchun mo‘ljallanmaganligini anglatadi. Ammo bu uning asosiy vazifasi emas. Bu magnezium va mevalar ekstrakti tufayli terini energiya bilan ta’minlaydigan rang beruvchi bo‘lib, maxsus SisleYouth Antipollution formulasi tashqi muhitning salbiy ta’siriga qarshi kurashadi. Xulosa qilib aytganda, SPF15 terini chang va kirlardan himoya qiladi. Shade and Illuminate Foundation SPF50, Tom Ford Afsonaviy Shade va Illuminate palitrasining muxlislari xursand bo‘lishlari mumkin: endi ularning sevimli mahsuloti suyuqlik shaklida ishlab chiqarilmoqda —  22 rangda! Bir vaqtning o‘zida bir nechta ranglarni sotib olish qimmatga tushadi, shuning uchun dengizga boradigan bo‘lsangiz yoki shahar tashqarisida vaqt o‘tkazsangiz, to‘q rangni olishni maslahat beramiz. Gap shundaki, uning tarkibida SPF50 himoyasi mavjud bo‘lib, u shahar sharoitida foydasiz, ammo ta’til vaqtida juda zarurdir. Bundan tashqari, u gialuronik kislota va terini tinchlantiradigan va sovitadigan tabiiy kopay balzamini o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulot Gollivud vizajistlari tomonidan issiq mamlakatlarda suratga olish yoki tadbir makiyajlari uchun tanlanadi, chunki bunday yerlarda hamma narsa betakror bo‘lishi kerak.
43
3,961
Ayollar
Darhol amalga oshiring: kuz faslida teri uchun muhim bo‘lgan muolajalar
Yozning jazirama kunlaridan keyin teri qanday muolajalarga muhtoj ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Terini namlantirish  Issiq va quruq havoda teri tonusini yo‘qotadi, yupqalashadi, quruq hamda so‘lg‘in bo‘lib qoladi. Ammo zagar ortida buni payqash imkonsiz bo‘ladi, kuz kelishi bilan esa muammolar ko‘zga tashlana boshlaydi. Shu sabab ham sentabr kelishi bilan amalga oshirish kerak bo‘lgan ilk muolaja terini yaxshilab namlantirishdir. Bu vaziyatda eng yaxshisi kosmetologik inyeksiyadan foydalanish. Muolaja vaqtida teriga tiniqlik hamda yaltirashni qaytaradigan tarkibida vitamin, minerallar, kislotalar va peptid komplekslar yuboriladi. Masalan, biorevitalizatsiya va kollogenoterapiya hujayralar tuzilishini tiklaydi, moddalar almashinuvini me’yorlashtirib, teriga taranglikni qaytaradi. Ajinlarni tekislab, namlantiradi va poralarni qisqartiradi. Mezoterapiya esa hujayralar yangilanishini rag‘batlantirib, kollagen ishlan chiqarilishini ta’minlaydi. Muolaja yordamida teri sezilarli darajada mustahkamlanib, kontur yaqqol ko‘zga tashlanadi. Go‘zallik ukollari, shuningdek, terini yaqinlashib kelayotgan sovuq haroratga tayyorlovchi manbalar bilan to‘ldiradi. Terini yangilash muolajasi Yozgi quyosh nurlari bilan bog‘liq qizarishlar ketishni boshlashi bilan yuzda sepkil va dog‘lar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday vaziyatda teriga shikast yetkizmaydigan, nomiga bajariladigan piling muolajasidan foydalanish muhim sanaladi. Jarayondan keyin regeneratsiya jadallashadi, elastin va kollagen ishlab chiqarilishi rag‘batlantiriladi hamda hujayralarning yasharishiga hissa qo‘shadi. Natijada yaqqol ko‘zga tashlanadigan lifting-samara kuzatiladi. Muolajadan keyin teri yangilanib, sog‘lom va tiniq rangda bo‘ladi. Yallig‘lanishni bartaraf qilish muolajasi Ultrabinafsha nurlarining faol ta’siri teridagi immunitetni tushiradi. Qolaversa, issiq harorat husnbuzar toshishiga olib keladigan yog‘lar ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Aynan shu sabab ham kosmetologlar kuzni husnbuzar toshishi ko‘payadigan davr deb hisoblaydi. Kislotali piling ushbu muammo bartaraf qilishga yordam beradi. Dag‘al teri qatlamini yo‘q qilib, hujayralardagi regeneratsiya jarayonini ishga tushiradi hamda kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi. Muolajadan keyin derma qatlamining teri elastikligi va tarangligi ortadi, sog‘lom va go‘zal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shuningdek, toshma va husnbuzarlar bilan kurashish uchun yallig‘lanishga qarshi samara beradigan kokteyllar yuborish orqali amalga oshiriladigan inyeksiyalar ham yaxshi samara beradi. Ammo ushbu davolash ishlarini amalga oshirish uchun dastlab dermatolog-shifokor gormon va boshqa muhim omillarni tekshirishi kerak bo‘ladi. Terini tiklash muolajasi Quyosh nurlarining salbiy ta’siridan keyin apparatli kosmetologiya muolajalari birikmasi samarali natija beradi. Bu yuzni tozalashning turli usullari, yashartirish muolajalari, RF-lifting bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqtlik ta’sirga ega ekani sabab teri ahvoli darhaqiqat yaxshilanadi. Ammo terini tiklashga qaratilgan barcha muolajalar bir necha marta takrorlanishi lozim. Chunki uch oyda orttirilgan muammoni 30 daqiqada bartaraf qilish imkonsiz. Kosmetolog ko‘rsatmasiga binoan uy sharoitida amalga oshiriladigan parvarishga alohida e’tibor qarating. Salondagi muolajalar yaxshi, albatta, ammo ijobiy natija nafaqat mutaxassis, balki mijozning uyda amalga oshiradigan parvarishi va oziqlantirishiga bog‘liq bo‘ladi.
71
3,418
Ayollar
Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar
Bayramlar o‘tdi, demak, yana avvalgi kundalik odatlarga qaytib, qish uyqusidan chiqish vaqti keldi. Erta uyg‘onish oson emas, bu ta’tildan keyingi rejim, salqin ob-havo va kunduzi quyoshning yo‘qligi bilan yanada murakkablashadi. Albatta, vaqtli uyg‘onish uchun birinchi navbatda, doimiy uyquning sabablarini aniqlash va to‘g‘ri rejimga o‘tish kerak. Bu borada qahvadan tashqari erta uyg‘onish va tetik bo‘lish uchun yordam beradigan mahsulotlari iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bir stakan suv  Uyqusizlik kabi eng keng tarqalgan kasalliklaridan birining sababi – bu suvsizlanishdir. Ba’zida uyg‘onish va tanani ishga moslashtirishga yordam berish uchun bir stakan suv ichish kifoya. Suvning foydasini ikki baravarga oshirish uchun bir bo‘lak limon, olma sirkasi yoki sevimli rezavorlarni qo‘shish mumkin. Achchiq shokolad Bir bo‘lak qora shokolad bir stakan qahva o‘rnini bosishi mumkin. Kakao tarkibidagi kofein va teobromin uyquning yengil ko‘tarilishiga yordam beradi. Kakao baxt gormonlari – endorfinlarning ortishini rag‘batlantiradi, bir bo‘lak qora shokolad nafaqat jismonan energiya bilan ta’minlaydi, balki kayfiyatni ham ko‘taradi. Sitrus mevalar C vitaminiga boy apelsin, mandarin, limon va greypfruitlar tanani bir zumda uyg‘otadi, uni energiya bilan to‘yintiradi va miya faolligini oshiradi. Sitrus mevalarining hidi tetiklantiribgina qolmay, balki kayfiyatni ko‘taradi. Uzoq muddat davomida immunitetni mustahkamlab, mavsumiy vitaminlar bilan davolashga yordam beradi. Yong‘oq Bir hovuch yong‘oq — funduk, bodom yoki pista tanani ozuqaviy moddalar bilan to‘ldiradi va uzoq vaqt davomida ochlikni qondiradi. Bundan tashqari, yong‘oq miya faoliyatini rag‘batlantiradi, ajoyib tetiklantiruvchi ta’sirga ega va energiya ishlab chiqarishni yaxshilaydigan biotinni o‘z ichiga oladi. Rezavor mevalar Malina, chernika, qora smorodina, qulupnay va boshqa mevalar foydali vitamin va mikroelementlar bilan to‘ldiradigan tabiiy stimulyator sifatida ta’sir qiladi. Matcha yoki limonli ko‘k choy Hech kimga sir emaski, har qanday choy qahva kabi tetiklantiruvchi ta’sirga ega. Choy, shu jumladan, ko‘k choy, kofein va foydali antioksidantlarni o‘z ichiga oladi va bir bo‘lak limon bilan birgalikda bu ichimlik tetiklikni kuchaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.
64
2,269
Ayollar
Stilistdan tavsiya: Yoz uchun 5 xil zamonaviy obraz
Havo issiq bo‘lgani sabab ham yozda kuz va qishdagi singari murakkab obrazlar yaratib bo‘lmaydi. Ammo bu o‘ziga xos kiyinmaslik kerakligini anglatmaydi. To‘g‘ri tanlangan liboslar umumlashmasi bilan didli va zamonaviy, shu bilan birga, jaziramaga mos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Bu borada stilist Roman Medniyning tavsiyalari asqatishi aniq. 80-yillar uslubidagi bluza va jinsi yubka Yelka va yeng qismi keng retro uslubidagi kofta bilan zamonaviy ko‘rinish uchun klassik jinsi yubka kiyish kifoya. Bichimi keng va tugmalar bilan bezalgan bo‘lsa yana yaxshi. Metalldan ishlangan katta ziraklar bilan esa obrazni o‘ziga xos qilsa bo‘ladi. Oddiy kofta va uzun yubka Takror urfga kirgan uzun yubka modellarining yorqin va printli variantlariga e’tibor qaratish hamda oddiy bichimli kofta bilan moslash tavsiya qilinadi. Bu borada Raf Simonsning 2011-yildagi Jil Sander kolleksiyasidan ilhomlansa bo‘ladi. Dizayner keng bichimli uzun yubka bilan oq futbolka kiyib, minimal uslubda obraz yaratgan. Oddiy bichimli yubka modeli bilan oq yoki moviy kofta kiyish ham bashang, ham didli ko‘rinishingizga sababchi biladi. Klassik shim hamda yoqa va yeng qismlariga tasma tikilgan kofta Bichimi pijamani esga soladigan kofta bilan klassik bichimli shim ham o‘ziga xos ko‘rinadi. Bunday obraz, ayniqsa, ofis uchun ayni muddao. Tasmali koftani nafaqat to‘q, balki och va katak-katak shimlar bilan ham moslasa bo‘ladi. Sarafan ko‘ylak va yozgi trench Yozgi garderobda muhim rol egallagan, ipak matosidan tikilgan ko‘ylak ustidan yupqa trenchni tashlab, kechki ziyofatlarga borsa bo‘ladi. Ularning har ikkisi ham och rangda bo‘lsa, kiygan ayol nafis va dilbar ko‘rinadi. Obraz tanlashda gullar rangidan ilhomlaning Yozda yorqin va rang-barang liboslardan yaxshisi yo‘q. Pushti, siyohrang yoki qizil rangni boshqa ranglar bilan moslash atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldiradi.
52
1,876
Ayollar
Bahorda soch to‘kilishining 4 asosiy sababi
Albatta, har qanday mavsumda ham sochlar to‘kilishi va o‘z jilosini yo‘qotishi mumkin. Aynan bahorda esa ularga yanada ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish kerak. Bundan tashqari, sochlar nima sababdan to‘kilayotganini bilish ham juda muhim. O‘ta qattiq parhezda bo‘lish Agar parhez tufayli ratsiondagi juda ko‘p mahsulotlar cheklansa hamda har bir kaloriya hisob-kitob qilinsa, o‘z-o‘zidan tanada vitamin va minerallar yetishmovchiligi yuzaga keladi. Muvozanatni buzmagan holda ovqat iste’mol qilish − qalin va yorqin sochlarni orzu qilganlar uchun muhim qoidadir. Buning uchun ratsionda go‘sht, parranda go‘shti, baliq, tuxum, dengiz mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar bo‘lishi kerak. Sochlarni tez-tez bo‘yash Maxsus isitiladigan xonalarda haroratning pasayishi va quruq havo sochdagi namlikni tezda yo‘qotadi. Shuningdek, sochlarni silliqlash, jingalak qilish yoki shunga o‘xshash zararli protseduralar tez-tez amalga oshirilsa, demak, vaziyat ancha qiyin. Shuning uchun sochlarni quritadigan va shikastlanishiga olib keladigan holatlardan qutulish kerak. Turli xil kimyoviy aralashmalardan tashkil topgan bo‘yoqlar o‘rniga tabiiy yog‘ va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Zararli odatlar Chekish, spirtli ichimliklar, yetarlicha uxlamaslik, charchoq va stress − bularning barchasi yorqin va qalin sochlarning dushmanidir. Sochlari mustahkam bo‘lishini istovchilar esa tezroq sog‘lom turmush tarziga o‘tishi kerak. Yetarlicha parvarish qilmaslik Sochlarning holati yaxshi bo‘lsa, u holda sifatli shampun hamda konditsioner yetarli. Ammo mavsum almashish chog‘ida ular ko‘proq himoyaga muhtoj bo‘ladi. Bunda keng qamrovli parvarish, ya’ni soch va bosh terisiga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan yuqori sifatli kosmetik vositalardan foydalanish kerak.
43
1,774
Ayollar
Kosmetik gildan foydalanamiz
Tabiatda kosmetik gillarning har xil turlari mavjud bo‘lib, ular tarkibidagi minerallarga bog‘liq bo‘lgan ranglari bilan farq qiladi. Gillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, tibbiyotda va kosmetologiyada har xil maqsadlarda ishlatiladi. Oq gil (kaolin) yog‘li va o‘rtacha yog‘li bo‘lgan yuzlarni parvarishlash uchun mos keladi. U quritadi, tozalaydi va terini oqartiradi, taranglashtiradi. Bu gil terini namlantiruvchi va tetiklashtiruvchi xususiyatga ega. Ko‘pincha suvsizlangan quruq yuz terisi uchun qo‘llaniladi. Bu gil yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Uning tarkibida biz uchun zarur bo‘lgan mineral tuzlar va mikroelementlar mavjuddir. Havorang gillar yog‘li yuz terisini tozalashda, rangini yaxshilashda va ajinlarni yo‘qotishda ishlatiladi.
28
785
Ayollar
Ko‘z ostidagi qora dog‘ va shishlardan tezda xalos bo‘lishning 5 usuli
Tongda doim ham mukammal ko‘rinishga ega bo‘lish qiyin: ko‘z ostidagi qora dog‘lar va yuzdagi shishlar kun davomida kayfiyatni buzishi, shubhasiz. Ba’zan kech uxlash, ba’zida noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, bu organizmning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham ulardan juda oson va eng muhimi, tezda xalos bo‘lishning imkoni bor. Quyida buning eng samarali usullari bilan tanishing. Qahva Albatta, ko‘z ostidagi dog‘lardan xalos bo‘lish uchun qahva ichish tavsiya qilinmaydi. Kofein shishga yaxshi ta’sir qilishi mumkin. Tayyorlangan qahvadan ko‘z osti terisiga qo‘yiladi va 20 daqiqaga qoldiriladi, iliq suv bilan yuviladi. Tabiiy skrab effekti uchun teri yumshoq massaj qilinadi. So‘ngra namlantiruvchi krem surtiladi. Paketli choylar Hech kimga sir emaski, ko‘k va qora choy tarkibida kofein bor. Bu nafaqat ichki organizmga, balki tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Buning uchun ikki dona qadoqli choy ishlatilgandan so‘ng ularni muzlatkichda sovitib, 20 daqiqa davomida ko‘zlar ostiga qo‘yish kerak. Shunda kofein ko‘z ostida to‘plangan ortiqcha suyuqlikdan osongina xalos etadi. Ko‘z osti terisi uchun patch Albatta, ko‘z ostidagi dog‘lardan qutulishning eng oson usullaridan biri patchlardan foydalanishdir. Biroq, maksimal foyda olish uchun ularni muzlatgichda saqlash tavsiya etiladi. Bunday holda, ular bir vaqtning o‘zida sovuq kompress o‘rnini bosadi va ularning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Yuz massaji Yuzni massaj qilish ham shishdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Agar mutaxassisga borishning iloji bo‘lmasa, buni uyda ham bajarish mumkin. Qo‘l massaji teri uchun juda samaralidir. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yuz terisi massaji bo‘yicha ko‘plab kurslarni topish mumkin, shuningdek, uni o‘rgatadigan video ko‘rsatmalar ham mavjud. Massajni boshlashdan oldin teriga namlantiruvchi krem yoki moy surtishni unutmaslik lozim. Limfatik drenaj sakrash Bu g‘alati tuyilishi mumkin, ammo muntazam sakrash shishni bartaraf etishda yordam beradi. Ertalab uyg‘onib, bir stakan suv ichgandan so‘ng 100 marta sakrashni bajarish lozim. Baland sakrash shart emas – shunchaki yengil harakatlar kifoya. Ular ko‘z ostidagi shish va dog‘dan xalos bo‘lishga yordam beradi.
70
2,213
Ayollar
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
Hammamiz dam olish kunlarini sabrsizlik bilan kutamiz. Lekin uni qanday o‘tkazishimiz bizning qanchalik darajada omadli ekanligimizni aytib berishi mumkin. Dam olish kunlarini daqiqasigacha aniqlik bilan taqsimlab qo‘yish kerak emas, lekin nima bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlayotganingizni taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilsangiz yaxshi bo‘lar edi. Shunda siz o‘z vaqtingizni tejaysiz va biron-bir qiziqarli ish qilishni unutmaysiz. Behalovat hafta davomida do‘stlar va yaqinlar uchun vaqt topish juda qiyin. Buni dam olish kunlari amalga oshirishga harakat qiling. Telefonni bir chetga olib qo‘ying, xizmat pochtasidan chiqing. Va hamkasblaringizga dam olish kunlari javob bermasligingizni oldindan tushuntiring. Nimalarni rejalashtirgan bo‘lsangiz ham, dam olish kunlari albatta o‘zingiz zavq oladigan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Balki siz hafta davomida ko‘p ishlagansiz va endi o‘zingizga kelayotgan bo‘lishingiz mumkin. Har qanday holatda ham, agar dam olish kunlarini uxlash bilan o‘tkazsangiz, siz uyqu rejimini buzasiz va kelgusi haftada o‘zingizni yomon his qilasiz. Albatta, ba’zida odam o‘zini xursand qilishni xohlaydi. Lekin, agar odatdagi kunlarda o‘zingizni hamma narsadan cheklasangiz, dam olish kunlari esa bo‘lmag‘ur narsalarga pul sarflasangiz, u holda pulingizni ham tejay olmaysiz va xursand ham bo‘la olmaysiz. Odatdagi kunlar hayot va o‘z maqsadlari haqida o‘ylab ko‘rishga vaqt bo‘lmaydi. Bunga dam olish kunlari vaqt ajrating. Kelasi dushanba kuni uchun ish rejasini juma kuni kechqurun tayyorlab qo‘ying, shanba va yakshanba kunlari esa ish haqida o‘ylamang. Manba: “Layfxaker”
54
1,606
Ayollar
Bolaning oylar bo‘yicha rivojlanishi
Rukn homiysi — “Bolalar uchun LINEKS®”. *Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin. Birinchi oy. “Moslashish” davri deb atash mumkin. 70 foiz vaqtni bola uxlab o‘tkazadi. Birinchi oyning oxiriga kelib, uzoq vaqt boshini tutib turishni, bir nuqtaga qarashni, ovozlarga quloq solishni va o‘zi ovoz chiqarishni o‘rganadi. Og‘irligi: +600—700 gr. Bo‘yi: +2—3 sm Ikkinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, nafaqat yaqinlarini taniydi, balki his-tuyg‘ularni ajratadi va ularga javob qiladi. Og‘irligi: + 700—1000 gr. Bo‘yi: + 3 sm Uchinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, agar qorniga yotqizilsa, biroz muddat yelkasiga tayanib turadi. Bu vaqtga kelib yorqin rangli o‘yinchoqlarga ahamiyat beradi, nafaqat unli, balki unsiz tovushlarni ham chiqaradi. Uyqu orasidagi vaqt 1—1,5 soatga cho‘ziladi. Eng katta yutuq — so‘rqichni og‘zidan mustaqil chiqara oladi va qaytib og‘ziga solishga urinadi. Og‘irligi: + 800—1000 gr. Bo‘yi: + 2,5—3 sm To‘rtinchi oy. Kichkintoy mustaqil ravishda yelkadan qoringa aylanib oladi, bemalol qo‘liga tayanadi va qorinda yotgan holda qo‘lga tayanib turadi. Shu davrda bola o‘tirishga harakat qiladi. O‘yinchoqlarga cho‘ziladi, ularni tomosha qiladi, og‘ziga oladi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi va o‘z otini taniydi. Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: + 2,5 sm *Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin. Beshinchi oy. Besh oylik bo‘lganda kichkintoy mustaqil o‘tirishga yanada ko‘proq harakat qiladi va ushlab turilgan taqdirda o‘tirishi mumkin. U endi yanada faolroq, bajonidil o‘ynaydi, ota-onasiga talpinadi. Ko‘pchilik bolalarda tish chiqa boshlaydi. Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm Oltinchi oy. Bola hali o‘zi mustaqil o‘tirib ololmaydi, ammo endi o‘tirganida ushlab turishga hojat yo‘q. Qorniga yotganda oyoqchalarini bukadi va to‘rt oyoqlab turishga harakat qiladi. Qornida emaklaydi, ushlab turilsa piyoladan choy icha oladi. Og‘irligi: +700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm Yettinchi oy. Bola ancha faollashadi, serharakat bo‘ladi, ag‘dariladi, emaklaydi. Biron narsani ushlab o‘rnidan turishni boshlaydi. Bu yoshda narsalarning nomini eslab qoladi va ularni ko‘rsatishga qodir. Og‘irligi: + 600 gr. Bo‘yi: +2 sm Sakkizinchi oy. His-tuyg‘ulari doirasi kengayadi. Bola “ona”, “ota”, “ber” va shu kabi so‘zlarni ongli ravishda aytadi. Tanish yerda bemalol harakatlanadi va tayanch bo‘lsa, bemalol yuradi. Og‘irligi: +600 gr. Bo‘yi: +2 sm To‘qqizinchi oy. Kichkintoy qo‘rqmasdan turib yoki o‘tiribgina qolmay, divan, stullarga chiqishga urinadi. Narsalarning nomini eslab qoladi, ularni ko‘rsatadi. O‘zi qoshiq bilan ovqat yeyishga harakat qiladi. Bu yoshda mayda motorika faol rivojlanishni boshlaydi. Og‘irligi: +600 gr. Bo‘yi: +2 sm O‘ninchi oy. Bola kattalarning xatti-harakatlarini takrorlashni boshlaydi. O‘zi mustaqil o‘yinchoq o‘ynaydi, kitob varaqlay oladi. Kattalar yordamida bajonidil boshqa bolalar bilan o‘ynaydi. Tez emaklaydi va mustaqil yurishga harakat qiladi. Mayda harakatlari takomillashib, qo‘lda bir necha narsani ushlash imkonini beradi. Narsalarning, hayvonlarning nomini aytishni boshlaydi. Og‘irligi: +350 gr. Bo‘yi: +1 sm O‘n birinchi oy. O‘n bir oylik bo‘lganda bola keyinchalik faqat takomillashadigan barcha ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Faol harakat qiladi, mustaqil yuradi, qoshiq bilan yeydi, paypoq, poyabzal kiya oladi, ota-onasining so‘z ohangini ajrata oladi. Og‘irligi: +350 gr. Bo‘yi: +1 sm O‘n ikkinchi oy. Bir yoshga yetganda bolaning xatti-harakatlarida mustaqillik sezilibgina qolmay, u yaqinlariga nisbatan “g‘amxo‘rlik” qila boshlaydi. Fe’l-atvori namoyon bo‘ladi, ovqat tanlaydi, qattiq taomlarni chaynaydi, piyoladan ichadi. So‘z lug‘ati 10—15 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. Og‘irligi +350 gr. Bo‘yi +1 sm. *Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
36
3,821
Ayollar
O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya
Karantinning birinchi haftasi o‘z yakuniga yetdi, lekin buyog‘iga nima bilan shug‘ullanish kerak? Ko‘pchilikni qiynayotgan ushbu savolga javob tariqasida vaqtingizni maroqli va foydali mashg‘ulotlarga sarflash haqida tavsiyalar berib o‘tamiz. Onlayn darslar Biz shunday davrda yashayapmizki, biror narsani o‘rganish va ma’lumotga ega bo‘lish uchun ko‘chaga chiqish shart emas. Shunchaki kompyuter yoki telefon orqali onlayn tarzda qiziqishingizga oid sohani o‘rganishingiz, videodarslar bilan bilimingizni takomillashtirishingiz mumkin. Xorijiy tilni o‘rganishi kerak bo‘lgan, ammo o‘qish, ish tufayli vaqtim yo‘q, deb ortga surganlar — mana sizga imkoniyat! Turli bahonalar bilan atrofdagilarni, asosiysi, o‘zingizni aldamasdan o‘z ustingizda ishlashni boshlang.  Maktab o‘quvchilari uchun televideniye orqali darslar berib boriladi Seriallarni to‘xtatib, sport bilan shug‘ullaning Sport bilan shug‘ullana olmayapman, zallar yopiq, mashg‘ulotlar qoldirildi deysizmi? Ilojsizlik haqida gapira ko‘rmang. Axir qaysi zamonda yashayapsiz? Jismoniy tarbiya va sport uchun kichik bir xona yoki hovlining o‘zi yetadi, qolaversa, onlayn mashg‘ulot darslari bejizga internetga joylanmagan. Yastanib serial ko‘rgandan ko‘ra videomashg‘ulotlar orqali sog‘lig‘ingiz va jismoniy ko‘rinishingiz yaxshi bo‘lishi uchun harakat qiling. Hozir boshlamasangiz keyin kech bo‘lishi, yana vaqt topolmay qolishingiz mumkin. Qaysi sport bilan shug‘ullanishni bilmayotganlarga yogani tavsiya qilamiz. Ushbu mashg‘ulot karantin vaqtida ham ruhiy, ham jismoniy holatingiz uchun ayni muddao.  Karantin vaqtida ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun 7 tavsiya Garderobingizni tartibga soling Hafta davomida bir yoki ikki kunlik dam olish kuni hamma rejalarni amalga oshirish uchun kamlik qiladi, deb noliganlar uchun ajoyib imkoniyat! Qishki kiyimlarni yuvib-saranjomlab, bahorgi va yozgi kiyimlarni chiqarishingiz, keraksizlarini tashlab, kichik kelganlarini uka-singillaringizga berib yuborishingiz mumkin. Shuningdek, ta’mirtalab poyabzal va sumkalarni ajratishingiz ham foydadan xoli emas.  Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin Teatr, konsert tomosha qiling va onlayn muzeylarga tashrif buyuring Kino, serial ko‘rish, albatta, maroqli, lekin vaqti-vaqti bilan spektakl ko‘rib turish ham kerak. Sizdan talab qilinadigan narsa — ko‘rishni istagan spektaklingizni internetda qidiruvga berish xolos. Jahon yulduzlarining jonli ijrodagi konsert dasturlarini tinglash esa fonogrammada effektlar bilan yasalgan ovozlar berolmagan ajib tuyg‘uni beradi. Konsert zalidagi odamlarning jonli ijroga jo‘r bo‘lib xirgoyi qilishi esa bahri dilingizni ochadi.  Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar Aytgancha, onlayn tashrif haqida eshitmaganlar uchun ma’lumot: siz jahon muzeylariga yumshoqqina kursingizdan jilmasdan, xushbo‘y qahva va shokoladlardan rohatlangan holda sayohat qilishingiz mumkin. Buning uchun muzey saytida pullik va bepul xizmatlar mavjud bo‘lib, xohishingizga ko‘ra tanlashingiz mumkin. “Daryo” ortiqcha xarajat qilishni istamagan mushtariylari haqida qayg‘urib, alternativ variantni taklif qiladi: siz bepul tashrifni tanlab, muzey ichidagi eksponatlar bilan tanishing va ular nomini yon daftarchangizga yozib boring. Keyinroq internetga eksponat nomini yozing va o‘nlab ma’lumotlardan birini tanlang. O‘qib, xabardor bo‘lib, ma’lumot va faktlarni qayd qilib oling. Bundan ham estetik zavq olasiz, ham pulingiz tejaladi, qolaversa, yozib olgan ma’lumotlaringiz yodingiz va daftaringizda qoladi.  Karantindan chiqmay aylanish mumkin bo‘lgan Luvr, Ermitaj va yana 10 ta muzey Pazandalik uchun ayni muddao Ko‘chada shoshilinchda fast-fud iste’mol qilib, to‘g‘ri ovqatlanishni yodidan chiqarganlarning oshqozonlari karantin vaqtida ularga “minnatdorchilik” bildirishi aniq. Chunki siz uydamisiz, demak, onangiz, opa-singlingiz tayyorlagan issiq, mazali, foydali taomlarni yeyishga majbursiz. Lekin ovqatni kimdir pishirishi kerak, o‘ylamasam ham bo‘ladi, deb qorinni qappaytirib yotmasdan o‘zingiz ham urinib ko‘ring. Nonushtaga mevalardan kokteyl tayyorlang, tushlik uchun kartoshka, baliq yoki tovuqni ziravorlarga to‘ldirib, pech yoki qasqonda dimlang. Pishiqchilik davrida sabzavotdan ko‘pi bormi, ulardan foydalanib souslar tayyorlang. Masalan, mayonez, qatiq, tuzlangan bodring va ukropni aralashtirsangiz, siz hashamatli restoranda kiyevcha kotletga qo‘shib beriladigan sousni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlagan bo‘lasiz. Oilaviy televizor ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, meva, yong‘oq va granulalarni aralashtirib, salat tayyorlang. Aslida bu kabi retseptlar internetda juda ko‘p, siz zavqlanishingiz va mazali taom yeyishingiz uchun kafe va restoranga borib, pul sarflashingiz shart emas. Shunchaki fantaziyangizni ishga solgan holda uydagi bor mahsulotlardan o‘zgacha taom tayyorlab, o‘zingiz va oila a’zolaringizning kayfiyatini ko‘taring.  Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlaymiz. Buning uchun atigi uchta mahsulot kerak bo‘ladi Kitob — stressga qarshi eng yaxshi vosita Kitob o‘qish haqiqiy hordiq ekanini kitobsevarlar juda yaxshi biladi. Qolaversa, ushbu mashg‘ulot stressga qarshi samarali kurashish demakdir. Odam bekor qolsa, miyasida bo‘lmag‘ur xayollar, xavotir aylanaveradi. Mashg‘ul bo‘lish, mashg‘ul bo‘lganda ham foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan yaxshisi yo‘q. Shuningdek, audiokitoblarni tinglab, bir vaqtning o‘zida ham miyani oziqlantirish, ham uy yumushlarini bajarish mumkin.  Karantin payti o‘qish tavsiya etiladi. Alber Kamyuning “Vabo” romani haqida Moliyaviy taftish Qancha daromad olasiz, undan qanchasini ro‘zg‘orga, kommunal to‘lovlarga ishlatasiz, boshqa xarajat va to‘lovlarga qancha mablag‘ sarflaysiz — bularni o‘ylab hisobini qilish va kelajakdagi sarf-xarajatlarni rejalashtirishingiz lozim. Buning uchun daftarcha yoki mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin. Yangi ish qidiring, rezyume tayyorlang Rahbarlarga yoqmaydigan, lekin isbotlangan statistika: yer yuzidagi 70% odam ishidan ko‘ngli to‘lmaydi. Albatta, bunga obyektiv va subyektiv sabablar bo‘lishi mumkin, lekin bir narsa aniqki, inson yaxshi ko‘rgan faoliyati bilan shug‘ullanishi kerak. Chunki tanlangan ish shaxsiy va  ijtimoiy hayotga, shuningdek, salomatlikka ta’sir ko‘rsatadi. Xohlamasdan ishlash agressivlik, atrofdagilardan alamzada bo‘lish, o‘z qobig‘iga o‘ralib olish kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xullas, yuqoridagi ta’riflar sizga to‘g‘ri kelsa, o‘z qobiliyat va istaklaringiz asosida yangi ish izlab ko‘ring. Shunchaki xohishni o‘zi yetmasligini inobatga olib, salohiyatingiz va qo‘lingizdan keladigan ishlarga xolis baho bering. O‘zingiz haqingizda rezyume to‘ldiring va siz kompaniyaga nima bera olishingiz va nima uchun mazkur kompaniya aynan sizni tanlashi kerakligiga alohida to‘xtaling. Go‘zallik muolajalari Chiroyli ko‘rinish uchun qimmat salonlarga borish kerak, degan fikrni qat’iy inkor qilgan holda tabiiy niqoblardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Unutmang, haqiqiy go‘zallik botiniy bo‘lgani bilan u tashqi ko‘rinishingizda ham aks etishi kerak. Xarajat shart emas, yuvilgan, dazmollangan kiyimlar, xushbo‘y atir ifori, tartibli soch turmagi va kiyinish uslubi siz haqingizda atrofdagilarga ko‘p narsa deydi.  Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada? Oila a’zolaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazing Biz shunchalik bandmizki, ba’zida oilamizga yetarli vaqt ajratolmaymiz. Doim shoshamiz, ertaga, kelasi hafta deb bahona qilamiz, lekin har bir inson ich-ichidan biladiki, hayotda oiladan-da muqaddas va ko‘p vaqt sarflashga arzigulik narsa yo‘q.  Sizda hozir kun bo‘yi uyda o‘tirib, millat qahramoni bo‘lish imkoniyati bor. Uyda qoling Albatta, har kim ham farzandlari kelajagi, oilasi yetishmovchilik nimaligini bilmasligi uchun tun-u kun tinim bilmay ishlaydi va shu nuqtayi nazardan hech kimning birovni ayblashga haqqi yo‘q. Shunday ekan, fursatdan unumli foydalanib, yaqinlaringiz bilan uzoq va maroqli suhbatlashish imkoniyatidan foydalaning. Bir piyola choy ustida miriqib suhbat quring, turmush o‘rtog‘ingiz bilan muammo va yumushlardan boshqa mavzularda ham gaplashing, ota-onangiz ko‘nglini ko‘taring, farzandingizning siz e’tibor bermagan qiziqishlarini kashf qiling va hayotning eng aziz ne’matlaridan bahra oling.
88
8,280
Ayollar
Sochiqlarni qanday yumshoq va paxmoq qilib yuvish mumkin?
Vaqt o‘tishi bilan barcha sochiqlar avvalgi yumshoqligini yo‘qotadi. “Bel Novosti” nashri qanday qilib ularni yana yumshoq va paxmoq qilish mumkinligini ma’um qildi. Sochiqni qanday yuvish kerak? Sochiqlarni yuvish uchun faqat suyuq yuvish vositalaridan foydalanishingiz kerak, kukun bilan sochiq matosi dag‘allashadi. Bundan tashqari, silikonli konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi. Agar paxmoq sochiqlarni oddiy kukun bilan yuvgan bo‘lsangiz, ularni konditsioner bilan bir necha marta, yaxshisi uch yoki to‘rt marta chayish lozim. Qolaversa, yumshoq sochiqlarni qaynatib bo‘lmaydi, ular kirmashina barabanining yuqori tezligida yoki suvni tejash rejimida yuviladi. Shuningdek, sochiqni toza havoda quritish tavsiya etiladi. Agar sochiqlar allaqachon juda eskirib, dag‘allashib ketgan bo‘lsa, ularni tuzli suvda yuvish mumkin. Ayniqsa, kir mashinada sochiq bilan birga kichkina to‘p, masalan, tennis to‘pini qo‘yish orqali ham matoni yumshoq va paxmoq qilish mumkin.
57
975
Ayollar
Netflix “Kalmar o‘yini” serialiga bag‘ishlangan kolleksiyani taqdim etdi. Uni o‘ziga xos tarzda bezash mumkin
Netflix striming platformasi Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali mashhurlikka erishgani fonida unga bag‘ishlangan kolleksiyani taqdim etdi, deb xabar beradi Esquire. Taqdim etilgan xudi va futbolkalardagi ramzlarni o‘zgartirish — filmdagi kerakli kadrlarni tanlash, undagi piktogrammalarni, shuningdek, ingliz yoki koreys tilida togotipni, serialdagi o‘yinchining raqamini qo‘shish mumkin. Tanlov uchun asosiy qahramonlarning raqamlari ham mavjud — 067, 456, 001 va 218. Oq va qora rangda taqdim etilgan futbolkalar narxi 35 dollarni, faqatgina qora rangda bo‘lgan xudilar esa 50 dollarni tashkil etadi. Buyumlarni Netflix sayti orqali xarid qilish mumkin. Avvalroq Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani, Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab
109
1,089
Ayollar
Uyga yoqimli hid berishning 5 usuli
Uyga kirishingiz bilanoq nafasni bo‘g‘uvchi hidni sezishdan yomoni yo‘q. Quyidagi 5 usul uyingizni tozalik va yoqimli hidlar bilan to‘ldirishga yordam beradi. Kirlarni quritish vaqtida qo‘shiladigan nozik hidli salfetkalar faqat buning uchun kerak bo‘lmaydi. Bir-ikki dona salfetkani choyshablar, kiyim-kechaklar saqlanadigan shkaflarga, havo aylanadigan teshiklarga qo‘yib qo‘ying va xonalar havosiga yoqimli hid berish uchun ular bilan plintuslarni arting. Pishiriqlar pishirishda ishlatiladigan bu vosita sizga faqat pazandalikdagina asqotmaydi. Bu ekstraktning bir-ikki tomchisini elektr lampochkasiga surib qo‘ysangiz uni yoqqaningizda xona bo‘ylab yoqimli hid taraladi, yoki ikki choy qoshiq ekstraktni 20 daqiqa davomida duxovkada qizdirsangiz butun uy ichi nozik vanil hidiga to‘ladi. Tarkibiga odatdagi oziq-ovqatlar — apelsin, limon, qahva donlari va dolchin qo‘shib qilingan qo‘lbola shamlar uydagi eng muammoli joylar— vannaxona, oshxona va bolalar yotoqxonalariga yoqimli hid bag‘ishlaydi. Uy ichida gullar hidini yaratishning eng oddiy va tabiiy yo‘li — gullar o‘stirish! Tuvakda o‘stirilgan lavanda, uchqat, yalpiz yoki plyumeriya yoqimli hid taratish bilan birga xona havosini tozalaydi ham. Uy havosini yaxshilash uchun efir yog‘laridan foydalanish usullari son-sanoqsizdir. Maxsus diffuzorni ishlatishdan tashqari, siz bu xushbo‘y yog‘larning bir necha tomchisini havo filtrlariga, xona burchaklariga yashirilgan paxta dumaloqchalariga surishingiz, ularni suvga aralashtirib purkagich yordamida mebellar va yostiqlarga sepishingiz mumkin. Manba: “Xitrosti jizni”
35
1,581
Ayollar
Suv ichishni kanda qilmaslik uchun nima qilish kerak? Kuz faslida ayni muddao bo‘lgan 3 vitaminli suv retsepti
Suvning foydasi va uning organizmning me’yoriy faoliyati uchun foyda ekani barchaga yaxshi ma’lum. Ushbu tabiiy antioksidant tanani kislorod bilan ta’minlaydi, metabolizmni yaxshilaydi, miya faoliyatini yaxshilab, organizmdagi hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarni yaxshilaydi. Ammo suv foydali ekani sabab hamma ham shirin sharbat va gazlangan ichimliklardan voz kechavermaydi. Uni kanda qilmaslikning eng yaxshi usuli vitaminli suv iste’mol qilish hisoblanadi. Oddiy suvga sevimli mevalar, sabzavot va giyohlarni qo‘shib, nafaqat ta’mini mazali, balki iforini ham xushbo‘y qilish mumkin. Shuningdek, suvni foydali xususiyatlarini oshirib, kundalik ratsionni ayniqsa avitaminoz davrida muhim sanalgan vitaminlar bilan boyitish mumkin. Bunday suv tarkibida tabiiy shakar mujassam bo‘libgina qolmay, parhezbop ham sanaladi. Tanlangan tarkibga ko‘ra vitaminli suv organizmni tozalashga hissa qo‘shadi, immunitetni mustahkamlab, moddalar almashinuvi hamda teri ahvolini yaxshilaydi. Masalan, C vitaminiga boy bo‘lgan limonli suv hazm tizimini yaxshilab, teri ahvoliga ijobiy ta’sir qiladi. Kuzdagi avitaminoz vaqti, ayniqsa ehtiyoj yuqori bo‘lgan uch xil vitaminli suv retseptini e’tiboringizga havola qilamiz. Buning uchun tozalangan mahsulotlarni butilka yoki bankaga solish, ustidan suv quyib sovitkichga joylash kifoya. Yanada foydali bo‘lishi uchun ichimlikni kechasi tayyorlab qo‘yish tavsiya qilinadi. Olma, nok, olxo‘ri va dolchin Ushbu mahsulotlardan tayyorlanadigan ichimlik organizmni tozalash xususiyatiga ega bo‘ladi va metabolizmni jadallashtiradi. Olmada antioksidantlar mujassam bo‘ladi, dolchin immunitetni mustahkamlaydi, qondagi shakar miqdorini me’yorlashtirib, energiya bilan ta’minlaydi. Apelsin, dolchin va vanildan tayyorlanadigan ichimlik Apelsin tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar sabab ushbu mazali ichimlik energiyaga to‘lishga va hatto yomg‘irli kunlarda ham kishi o‘zini kuchli his qilishiga yordam beradi. Zanjabil, yalpiz, bodring va laym “Sassi” deb nomlanadigan ushbu ichimlik organizmni tozalashga yordam beradi, yog‘larni eritib, shishlarni bartaraf qiladi. Bu hali hammasi emas uning iste’molidan keyin soch va teri ahvoli yaxshilanadi.
110
2,179
Ayollar
Hech qachon urfdan qolmaydigan dizaynerlik sumkalari (foto)
Agar yangi dizaynerlik sumkalariga qiziqsangiz, vaqt sinovidan o‘tadigan modellarni tavsiya qilamiz. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan ajoyib sumkalarni e’tiboringizga havola etadi. Dior sumkasi Dior’ning kitobsimon sumkalari tezda fransuz moda uyining eng mashhur modellaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, ular kerakli narsalarni o‘zlari bilan olib yurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ayni muddao. Chanel 2.55 sumkasi Chanel sumkasi moda tarixidagi eng muhim aksessuarlardan biri hisoblanadi va buning sababini taxmin qilish qiyin emas. Agar siz hech qachon urfdan qolmaydigan ajoyib model qidirsangiz, bu sumka, albatta, siz uchun. Louis Vuitton’ning NeoNoé chelaksimon charm sumkasi Louis Vuittonning NéoNoé sumkasi — haqiqiy tarixga ega, u birinchi marta 1932-yilda shampan vinosini shohona tarzda tashish uchun yaratilgan. Keyinchalik sumka monogramma va ajoyib bezaklar bilan qayta ishlab chiqilib, vintaj klassikasining yorqin ko‘rinishiga keltirildi. Hermes’ning Kelli vintaj sumkasi Kelli — Hermes’ning eng mashhur modellaridan biri. Bu sumkalarni topish deyarli imkonsiz, bu esa xaridorlarning qiziqishini yanada kuchaytiradi. Fendi’dan Baguette sumkasi Fransuz noni nomi bilan atalgan ramziy sumka imkon qadar yangilandi va o‘zgartirildi. Prada’dan Sidonie sumkasi Sidoni g‘ayrioddiy siluyeti bilan Prada nafosatining yangi timsoliga aylandi. Bottega Veneta’dan Pouch charm klatchi Bottega Veneta Pouch sumkasi klatchlarni modaga qaytardi. Chiroyli burmali bu aksessuar har qanday kiyimni mukammal tarzda to‘ldiradi. Burberry sumkasi Burberry Horseferry yozuvi tushirilgan mazkur sumka odatiy ish kunlari uchun juda mos keladi. Gucci Horsebit 1955 sumkasi Horsebit 1955 sumkalari 2020-yilgi kruiz kolleksiyasi orqali yana urfga qaytdi. Italyan brendi bo‘lgan bu aksessuar hech qachon modadan chiqmasligiga aminmiz. Marni’dan Crossbody sumkasi Marni’ning elkaga osiladigan mazkur sumkasi ko‘p yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan va beqiyos klassik deb hisoblangani bejiz emas. Celine sumkasi Celine brendi yillar davomida o‘z egalarini quvontiradigan hashamatli aksessuarlari bilan mashhur. Off-White’dan Twist Jitney sumkasi Agar har kungi liboslaringizga mos tushuvchi sumka qidirsangiz, sizga Off-White’ning Twist Jitney sumkasiga e’tibor berishingizni maslahat beramiz. Jil Sander Crossbody sumkasi Jil Sander — yuqori sifatli va minimalizm timsoli bo‘lib, sumkalarini mukammal tarzda yaratadi.
59
2,474
Ayollar
Yuz terisiga namlantiruvchi krem surishning 5 ta qoidasi
Yuz terisi uchun namlantiruvchi kremdan qanday foydalanish kerak? “Noviy ochag” nashri bu borada bir nechta sirlar bilan bo‘lishdi. Quruq teriga namlantiruvchi krem ishlatmang Yuz terisini qanday namlash kerak? Krem yuz yuvilgandan so‘ng darhol qo‘llanilishi lozim. Agar teri nam bo‘lganda ushbu jarayon amalga oshirilmasa, namlikni ushlab turish imkoniyati qo‘ldan boy beriladi, namlik bug‘lanadi. Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, namlantiruvchi kremdan foydalaning  Ko‘pchilik yog‘li yuz terisini namlash kerak emas deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas. Yuz yuvilgandan so‘ng darhol teri namlanmasa, teri qurishini qoplash uchun yog‘ni ko‘proq ajrata boshlaydi. Teri yaltirab ko‘rinmasligi uchun yog‘siz namlantiruvchi va eng yaxshi tonal kremlardan foydalanish tavsiya etiladi. Kremni muloyimlik bilan qo‘llang Uy sharoitida yuzni qanday namlash kerak? Agar krem yengil harakat bilan emas, balki ishqalash usuli bilan surtilsa, teri cho‘ziladi va ajinlar paydo bo‘lishi tezlashadi. Bu ko‘proq ko‘z atrofidagi joylar va quruq teri uchun tegishli. Bo‘yinni namlashni unutmang Yosh o‘tganining eng dahshatli belgisi — bo‘yin va dekolte ajinlari bo‘lgan silliq yuz. Namlantiruvchi yuz kremi bu sohaga mos keladi, lekin maxsus kremlardan ham foydalanish mumkin. Asosiysi bo‘yin sohasiga har kuni yuz kabi g‘amxo‘rlik qilishdir. Samarali krem har doim ham qimmat narxga ega emas Yuz terisini parvarish qilish vositalariga kelganda eng qimmat narxdagilarni xarid qilish shart emas. Ularning hammasi ham mo‘jiza yaratmaydi. Sotib olish uchun ko‘plab yaxshi namlantiruvchi kremlar mavjud. Ular narx va sifat borasida ham barchaga mos keladi.
56
1,630
Ayollar
Vaqti-vaqti bilan kosmetik vositalardan tanaffus qilish uchun 6 ta sabab
Albatta, kosmetikasiz yashay olmaslikning ko‘p sabablari bor. Bu ayollarga barcha afzalliklarni ta’kidlashga va kamchiliklarni yashirishga yordam beradi, tashqi ko‘rinishni yanada go‘zallashtiradi. Rostini aytganda, aksariyat ayollar balog‘at yoshidan beri bo‘yanish jarayonidan zavqlanadi. Ammo nima bo‘lishiga qaramasdan, ba’zida biroz tanaffus qilish va teriga dam berish kerak. Dermatologlar oyiga kamida bir necha marta bo‘yanmaslikni va terini dam oldirishni tavsiya qiladi. “Noviy ochag” nashri esa buning 5 ta sababini ma’lum qildi. Teri teshiklari kamroq ko‘zga tashlanadi Tonal krem, rumyana, konsiler, upa va boshqa kosmetik vositalari chiroyli vizual effekt yaratadi, lekin ayni paytda teshiklarni yopadi. Vaqt o‘tishi bilan ahamiyatsiz ekologiya va boshqa omillar tufayli teriga joylashadigan toksinlar bilan bir qatorda, ular teshiklarga yopishadi, ular oxir-oqibat kengayadi va sezilarli darajaga keladi. Teri teshiklarini kattaymasligi uchun yuzni muntazam tozalash va bir necha kun makiyajsiz yurishdan ko‘ra yaxshiroq usul yo‘q. Teri asta-sekin tozalanadi va yuz yanada tekis va silliq bo‘ladi. Husnbuzarlar soni kamayadi Qanchalik ko‘p kosmetikadan foydalanilsa, shunchalik ko‘p toksinlar yuz terisiga tushadi. Bundan tashqari, bakteriyalar makiyaj cho‘tkalar va gubkalarda ko‘p miqdorda to‘planadi. Natijada bakteriyalar teshiklarga kiribgina qolmay, balki yallig‘lanishni ham keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni yuzga ko‘proq kosmetik vositalarni qo‘llash orqali ularni yashirishga harakat qilamiz. Shunday qilib, xulosa oddiy — kamroq bo‘yoq, kamroq husnbuzar. Taxminan 30 foiz hollarda tonal kremlar husnbuzar toshishining sababidir. Ko‘zlar dam oladi Afsuski, ko‘zni parvarish qilish vositalarining aksariyati keragidan ko‘ra uzoqroq xizmat qiladi. Tush va podvodka 4-6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin, keyin esa bu mahsulotlar infeksiya manbasiga aylanishi tabiiy. Ma’lum bo‘lisicha, tush va podvodka ko‘pincha konyunktivit infeksiyasining sabablariga aylanadi, ko‘zlar ko‘pincha qizarib, yoshlanadi. Ba’zida qichishish, achishish yoki qurishiga olib kelishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, kosmetikani boshqalar bilan baham ko‘rish orqali bakteriyalar yuqishi mumkin. Teri holati yaxshilanadi Makiyaj teri hujayralarining tabiiy yangilanish jarayoniga xalaqit beradi, ayniqsa, kechasi tozalanmay uyquga yotilsa. Bunday holda, epidermisning o‘lik qatlamini yangilash qiyin. Natijada ertalab yuz quruq va kulrang bo‘ladi. Yuz qachon yaxshi yuvilsa, ertalabdan bu kayfiyatga ham ta’sir qiladi. Allergik reaksiya kamayadi Paraben, sulfat va metall birikmalarini oddiy ayollar kosmetik vositasidan topilishi mumkin. Afsuski, ular allergik reaksiyalariga olib kelishi mumkin bo‘lgan 3700 moddaning zarralaridir. Kosmetikaga allergiya, ko‘pincha kontakt dermatit, terida qizil, qichitqi yaralar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agar bu siz bilan sodir bo‘lsa, darhol kosmetikadan foydalanishni to‘xtatib, terini bir necha kun davomida makiyajsiz qoldir kerak. Ajinlar sezilmaydi Afsuski, ajinlarni yashirish uchun qilingan makiyaj ularni yanada aniq ko‘rinadigan qiladi. Ko‘z ostidagi ajinlarni yashirish uchun tonal krem surtiladi va u teskari natijani ko‘rsatadi. Vosita eng kichik burmalarga kirib, uni qo‘pollashtirdi. Shuning uchun ajinlarni yashirishni to‘xtatib, terini nafas olishiga imkon berish lozim. Natijada yanada yoshroq ko‘rinishga erishish mumkin.
72
3,399
Ayollar
Shamolga sovurilgan pul: Hech qanday foyda keltirmaydigan 6 xarid
Sog‘lik uchun g‘amxo‘rlik qilish – bu juda muhim. Shuningdek, hech qanday foyda keltirmaydigan va hatto zararli bo‘lgan mahsulotlarni sotib olmaslikni o‘rganish ham foydadan holi emas. Quyida sog‘lik uchun zararli va aslida hech qanday foyda keltirmaydigan mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishtiramiz. Og‘iz chayqash vositasi Agar kuniga tishlaringizni ikki mahal yuvsangiz, yiliga ikki marta stomatologga borishni unutmasangiz, sizga og‘iz chayqash vositasi kerak emas. Ularning aksariyati tish va milkning yuza qatlamidagi qoldiqlarni olib tashlashda samara beradi xolos. Bu borada tish cho‘tkasi juda yaxshi ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ko‘plab og‘iz chayqash vositalarida spirt bo‘ladi, ular og‘iz bo‘shlig‘ini quritadi va yetarli miqdorda so‘lak hosil bo‘lishiga imkon bermaydi. C vitamini Shamollash va gripp mavsumi yaqinlashganda, C vitamini tabletkalari, shimadigan konfetlari va kukunlarini sotish ko‘payadi. Shuningdek, AQSh diabet, ovqat hazm qilish va buyrak kasalliklari milliy instituti tadqiqotchilari so‘zlariga ko‘ra, sintezlangan C vitamini kasalliklarning oldini olish uchun deyarli foydasizdir. Sog‘lik uchun eng yaxshisi, C vitaminini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishdir. Masalan, limon va apelsinlar. Quyoshdan himoyalovchi krem Melanoma – har yili tobora ko‘proq odamlar chalinayotgan juda xavfli kasallikdir. Uning rivojlanishining asosiy sabablaridan biri, teri va ko‘zlarning ultrabinafsha nurlariga uzoq vaqt ta’sir qilishdir. Shuning uchun bahor va yozda teriga quyoshdan himoyalovchi kremni surish juda muhim. Ammo eng qimmat dori ham samarali ta’sir ko‘rsatadimi? Albatta, yo‘q. 2013-yil Consumer Reports tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi mahsulotlar narxi ularning samaradorligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Aslida eng muhim narsa: kremni teriga to‘g‘ri qo‘llash va yuvinishdan so‘ng uni yangilashni unutmaslik. Quloqni tozalash uchun paxta tayoqchalar Bu mayda paxta tayoqchalar uy sharoitida juda foydali bo‘lishi mumkin, ammo ular quloqlar sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Birinchidan, quloq kiri – bu quloq yo‘lini bakteriyalardan himoyalaydigan tabiiy to‘siqdir. Ikkinchidan, tozalash paytida quloqni va eshitishni zararlash juda oson. Shuningdek, kirlarni olib tashlashga harakat qilganda, ularni quloq yo‘liga chuqurroq surib yuborish ham mumkin. Ko‘zlar qizarishiga qarshi tomchi Shifokorlar ko‘z tomchilarini muntazam ravishda ishlatishni maslahat bermaydi. Ko‘zlarning qizarishiga boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, uyqu yetishmasligi, allergiya, doimiy kontakt linzalar yoki quruq ko‘z sindromi. Ushbu sabablarning aksariyati niqoblashni emas, balki davolanishni talab etadi. Yuz uchun tonik Dastlab, yuz terisidagi zarralarni yo‘qotish uchun yuvish vositasi tonikdan foydalanish tavsiya qilindi. Zamonaviy tozalagichlar terida iz qoldirmasligi mumkin, ammo boshqa tomondan, ular terini keraksiz ravishda quritishi va namlik muvozanatini buzishi mumkin.
65
3,014
Ayollar
Sifati buzilmaydi: uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan 9 mahsulot
Inqiroz davrida kelajakda foydalanish uchun nima sotib olsam bo‘ladi, degan savol juda ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi. “Domashniy ochag” nashri uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot beradi. Dukkaklilar Fasol, no‘xat, yasmiq va boshqa dukkaklilar yillar davomida burishishi, rangini o‘zgartirishi mumkin, ammo ularni iste’mol qilsa bo‘ladi. 30 yil davomida saqlangan loviya namunalari o‘rganilganda mahsulotning ozuqaviy qiymati va tarkibi o‘zgarmaganligi aniqlangan. Tuz Tuz mineral modda bo‘lgani uchun ham buzilmaydi. Agar namlansa, qotib qolishi mumkin, ammo xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Yodlangan tuz haqida bunday deyolmaymiz — bu mahsulot bir yilgacha saqlanishi mumkin. Bu davrda yod bug‘lanadi va u bilan birga tuzning ozuqaviy qiymati ham yo‘qoladi. Ammo baribir oddiy osh tuzi sifatida foydalanish mumkin. Sirka Oq sirka quyosh nuri va isitgichlardan uzoqroq bo‘lsa, umuman buzilmaydi. Aks holda shishada cho‘kindi hosil bo‘lishi, mahsulotning ta’mi ham o‘zgarishi mumkin. Shakar Tuz kabi shakarning ham yaroqlilik muddati yo‘q va uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishini saqlab qoladi. Biroq nam xonada granulali shakar qotib qolishi mumkin. Ammo bu holatda ham uni iste’mol qilish mumkin. Jigarrang shakar va shakar kukuni ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasdan yillar davomida saqlanadi. Asal Tabiiy asal — tabiat tomonidan yaratilgan noyob mahsulotdir. Ishlab chiqaruvchi unga sirop va qo‘shimcha ingrediyentlarni qo‘shmagan bo‘lsa, u achimaydi yoki buzilmaydi. Asaldagi kislotali muhit ko‘pchilik bakteriyalar uchun zararli. Yillar o‘tgan sari asal tarkibi asta-sekin kristallashadi, ya’ni asal endi suyuq bo‘lmaydi, lekin xuddi oldingiday shirin bo‘lib qolaveradi. Guruch Guruch sovuqni yaxshi ko‘radi. Uni saqlash uchun eng yaxshi harorat 5-15 daraja. Agar shunday harorat bo‘lsa, guruch kamida 30 yil davomida o‘z xususiyatlarini va ozuqaviy qiymatini saqlab qoladi. Xona haroratida havo o‘tkazmaydigan idishdagi guruch 1,5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin. Quruq sut Agar sut kukuni barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilingan holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, u ko‘p yillar davomida ozuqaviy qiymatini yo‘qotmasdan saqlanishi mumkin. Mahsulotni mahkam yopiladigan qopqoqli idishga solib, quruq joyda saqlang. Qoq go‘sht Go‘sht to‘g‘ri va barcha xavfsizlik standartlariga muvofiq quritilgan bo‘lsa, uni quruq, salqin va qorong‘i joyda 50 yilgacha saqlash mumkin. Bu mahsulot hali muzlatgichlar bo‘lmagan paytda Amerikaning tubjoy aholisini ochlikdan qutqarib qolgan. Soya sousi Ochilgan soya sousi 3 yilgacha saqlanishi mumkin. U begona hidlarni o‘zlashtirib, ozgina cho‘kma hosil qilishi mumkin, ammo baribir uning ta’mi va foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Ammo yopiq shishadagi sous esa ishlab chiqaruvchi mahsulotni qadoqlashdan oldin tabiiy fermentatsiya jarayonini to‘xtatgan bo‘lsagina, uzoq yillar davomida saqlanadi.
76
2,904
Ayollar
Har kuni nima kiyishni o‘ylaydiganlar uchun oq futbolka — universal yechim (foto)
Qizlarni har kuni bir savol qiynaydi: bugun nima kiysam ekan? Nima kiyishni bilmay garderob qarshisida o‘yga toladigan nozik jins vakillari uchun universal bo‘lgan oq futbolka bilan qanday obrazlar yaratish mumkinligi haqida tavsiya beramiz. Oq rangning o‘ziga xosligi shundaki, uni istalgan rang bilan moslash mumkin. Sport yoki boshqa uslubda kiyinishni istaganlar uchun oq futbolka va shim yaxshi tanlov. Bel qismi yuqori va past qismi keng bo‘lgan shim bilan baletka kiyib, bo‘yningizga yorqin rangdagi sharf bog‘lasangiz, jozibador obraz; jinsi yoki bel qismida rezinkasi bor shim bilan krossovka kiyib, sport uslubini yaratishingiz mumkin.  2020-yil bahor-yoz mavsumida qanday shimlar urfda bo‘ladi? Oq futbolka bilan istalgan uzunlikdagi yoki bichimdagi yubkani moslash mumkin. Asosiysi, ob-havo va qayerga borishingiz. Bahor-yoz mavsumida etaklari keng, shifon matoli, tizzadan past uzunlikdagi yubkalar tavsiya qilinadi. Jinsi va oq futbolka istalgan mavsumda moslash mumkin bo‘lgan universal kiyim-kechak hisoblanadi. Ayniqsa, kundalik obraz va shoshayotganda nima kiyishni bilmaydiganlar uchun ayni muddao. Jinsi shim bo‘ladimi, yubka yoki shorti — oq futbolka bilan moslashib keta oladi.   Ishchilar formasi bo‘lgan jinsi qanday qilib trendga aylandi? Jinsi yaratilishiga sabab bo‘lgan oltin konlari Shorti tanlashda qomatingizga to‘g‘ri baho berishni unutmang. Asosiysi esa siz tanlagan ushbu kiyimda o‘zingizni qulay his qilishingizdir. Obrazingizga, albatta, bleyzer qo‘shishni unutmang. Poyabzalni qanday tanlashni esa qat’iy qoidasi yo‘q, fantaziyangizni ishga solsangiz bo‘lgani.
81
1,601
Ayollar
Organik kosmetika: foydami yoki zarar?
Ilgari buvilarimiz shifobaxsh o‘tlar, rezavor mevalar va boshqa har xil o‘simliklardan teri, soch va tirnoqlar go‘zalligi uchun foydalangan. Zamonaviy texnologiya bunday tajribani ilmiy asoslar bilan birlashtirib juda foydali mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi. Haqiqatan ham organik kosmetika shuncha foydalimi? Kokos yog‘ining foydasi nimada? Kokos yog‘i tarkibida quritish xususiyatiga ega bo‘lgan laurin yog‘ kislotasi mavjud. Terini quritishdan saqlash maqsadida bu yog‘dan uzoq vaqt foydalanish tavsiya qilinmaydi. Ba’zi turdagi terilar uchun kokos yog‘ining o‘rik yoki uzum yog‘i bilan aralashmasi foydali hisoblanadi. Krem o‘rnida yog‘ ishlatish mumkinmi? Ko‘pincha yog‘lar qutisida namlovchi ta’sirga ega degan yozuvni uchratamiz. Lekin, yog‘lar namlovchi xususiyatga ega emasligini bilib qo‘ygan yaxshi. Yog‘lar teri ichidagi namlikni bir muddatga saqlab turish vazifasini bajaradi. Kremlar tarkibidagi yog‘ va suv birlashtirilgani uchun samaraliroq ta’sir qilish xususiyatiga ega. Organik kosmetikaning sintetik kosmetikadan farqi nimada? Organik kosmetika tarkibida silikon va parafinlar bo‘lmaydi. Terida sintetik kosmetika tarkibidagi sulfatlarning to‘planishi oqibatida allergiya paydo bo‘ladi. Demak, haqiqatan ham tabiiy vositalar terini to‘g‘ri parvarishlashga yordam beradi. Tabiiy kosmetikani qanday saqlash kerak? Tabiiy moddalar oksidlanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, yaxshisi organik kosmetika vositalarini sovitgichda saqlaganingiz ma’qul.
38
1,485
Ayollar
Husnbuzar toshganda nima qilish va qilmaslik kerak?
Yuzga husnbuzar toshishi hech qachon kayfiyatni ko‘tarmaydi va ayol-qizlar undan tezroq qutulishni istaydi. Ammo yuzga toshgan toshmalarni bilar-bilmas tozalashga harakat qilish infeksiyani nafaqat yuz, balki tananing boshqa qismlariga ham tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Nima uchun husnbuzarlarga tegish kerak emas? Nima qilish kerak? Ba’zi husnbuzarlarni olib tashlash mumkin faqat buni mustaqil emas, kosmetolog yordamida amalga oshirish kerak. Mutaxassis tozalash muolajasi davomida yallig‘lanish bo‘lmagan komedonlarni olib tashlaydi. Komedonlar “qora husnbuzarlar” deb ham ataladi. Uy sharoitida ularni maxsus olish uchun mo‘ljallangan yopishqoq vosita bilan tozalash mumkin. Mexanik yo‘l bilan tozalashdan avval qo‘llarni dezinfeksiya qilishni unutmaslik kerak. Nomiga zararlangan teri qismida husnbuzar bo‘ladigan bo‘lsa, u qanday turda bo‘lishidan qat’i nazar, tegmaslik kerak. Burun qanotlari va burunga yaqin teri ostida miyaga qon yetkazib beradigan qon tomirlar o‘tgan bo‘ladi. Mazkur qon-tomirga infeksiya tushishi oqibati esa salbiyб xususan, yiringli meningit bilan ham tugashi mumkin. Terida yallig‘langan husnbuzar paydo bo‘lsa, moychechak, kalendula, aloy yoki farmasevtlar tomonidan tavsiya qilingan vositalar bilan tozalash va quritish hamda o‘zi yo‘qolishiga qo‘yib berish kerak. Husnbuzar toshgan vaqtda terini qanday parvarish qilish kerak? Yallig‘langan vaqtda skrablardan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki teri jarohatlanib, infeksiya butun tanaga tarqashi mumkin. Tez-tez yallig‘lanish kuzatiladigan teri uchun quritadigan, kislotali kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Kundalik yuzni tozalash uchun esa tarkibida bakteriyalarga qarshi modda bo‘lgan gel va boshqa vositalar tavsiya qilinadi. Bunday vaqtda makiyajni asosiga yog‘ qo‘shilgan tozalovchi vositalardan foydalanmaslik kerak. Poralarni tozalaydigan tonik ishlatsa ham bo‘ladi. Terini muntazam ravishda namlantirib turish va ko‘p miqdorda suv ichish kerak. Suvsizlangan teri o‘z himoyasi uchun ko‘proq sebum ishlab chiqaradi va husnbuzarlar ko‘payishi kuzatiladi. Qo‘shimcha ravishda parvarish uchun haftada 3 marta tarkibida kosmetik gil (glina) bo‘lgan niqoblardan foydalanish mumkin.
51
2,172
Ayollar
Xom kartoshka teri holatini yaxshilashi mumkinligini bilasizmi?
Ko‘pgina ayollar muzlatkichda terini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan hamma narsa borligini bilmaydi. Hozirda do‘konlarda juda ko‘p miqdorda turli xil niqoblar mavjud, shuning uchun ham kamchilik uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan retseptlarga murojaat qiladi. Tabiiy mahsulotlar kamchiliklarni doimo samarali hal qiladi. Masalan, oddiy xom kartoshka bir qator muammolarni bartaraf etishi mumkin, deb yozadi Grazia. Xom kartoshka yuz terisiga qanday ta’sir o‘tkazadi? Kartoshka tarkibida polifenol, antioksidant xususiyatlarga ega organik birikmalar mavjud. Bu sabzavot terini xavfli quyosh nurlaridan himoya qiladi va ko‘rinishini yaxshilaydi. Ko‘z ostidagi dog‘lar va qora xalqachalarni yo‘qotishga yordam beradi. Kartoshka sharbati rux va temirga boy bo‘lib, yallig‘lanishni kamaytiradi, yuz rangini yaxshilaydi va terini sog‘lom porlash bilan ta’minlaydi. Xom kartoshkadan qanday foydalanish kerak? Kartoshkani nafaqat iste’mol qilish, balki go‘zallik muolajalarida ham qo‘llash mumkin. Xom sabzavot tozalanadi va maydalanadi. So‘ngra sharbati siqib olinadi. Kartoshka suyuqligida paxta namlanadi va yuz, bo‘yinga surtiladi. Undan keyin yuzga namlantiruvchi krem surtiladi. Ushbu protsedurani haftasiga 1-2 marta takrorlash mumkin. Faqat yangi kartoshkadan foydalanish kerak. Sharbatni qayta foydalanish uchun saqlamaslik lozim, uni tayyorlagandan keyin darhol foydalanish kerak. Kartoshkali niqob retsepti Agar o‘lik hujayralardan xalos bo‘lish va qarish belgilarini kamaytirish kerak bo‘lsa, unda yarimta maydalangan xom kartoshkani ikki osh qoshiq oddiy yogurt bilan aralashtirib, ko‘z atrofidan tashqari, yuzga surtiladi. 15 daqiqa kutiladi va keyin yuz yuviladi. Jarayon haftada ikki marta amalga oshirilishi mumkin. Yuzga yangi mahsulotni qo‘llashdan oldin unga allergiya bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Qo‘lning ichki qismiga kartoshka sharbati yoki tayyorlangan niqob surtiladi va biroz kutiladi. Agar biror-bir noqulaylik paydo bo‘lsa, mazkur mahsulotdan foydalanmagan ma’qul.
63
2,011
Ayollar
Salatlarni tashqi ko‘rinish hamda salomatlik uchun yanada foydali qiluvchi 5 ta mahsulot
Ortiqcha vazn tashlashning eng samarali usuli bu – ko‘proq salat iste’mol qilishdir. Ammo salat tanovul qilish nafaqat qomatni yaxshilashda, balki salomatlik borasida ham foydali bo‘lishi uchun ham quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi. Yog‘ qo‘shilgan salatlardan voz kechmagan ma’qul Odatda sabzavot va ko‘katlardagi vitamin va foydali moddalar yog‘da eriydi. Shuning uchun salat tayyorlashda yog‘dan foydalanish zarur, aks holda ular kutgan natijani bermaydi. Bundan tashqari, o‘simliklarga asoslangan to‘yinmagan yog‘li kislotalar qon tomirlari va yurakka ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Mutaxassislar salatga ikki osh qoshiq yog‘ va birozgina sirka qo‘shishni juda samarali deb hisoblaydi. Ko‘katlar qo‘shishni unutmaslik lozim Rayhon, petrushka, kinza, ismaloq va salat bargi turli xil kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan foydali antioksidantlarga boy. Shuningdek, ko‘katlarning yoqimli ta’mi tufayli salatlarni foydasizga chiqaruvchi yoki ortiqcha kaloriyaga ega mahsulot qo‘shishga hojat qolmaydi. Oqsillardan unumli foydalanish kerak Yong‘oq, pista, pishloq, baliq va tovuq go‘shti salatni nafaqat mazali qiladi, balki uzoq vaqtgacha organizmda to‘qlik hisini beradi. Eng muhimi, ularni belgilangan miqdorda iste’mol qilish zarur. Turli xil meva va sabzavotlar ham qo‘shish foydali Salat tarkibida qancha ko‘p meva va sabzavotlar bo‘lsa, ular shuncha foydali sanaladi. Sababi ularning tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud. Sabzi, bodring, bulg‘ori qalampiri, brokkoli, no‘xat, qulupnay, malina va nok – ushbu mahsulotlardan iloji boricha tez tez salatlar tayyorlab turish tavsiya etiladi. Quritilgan nonlarni rad etgan afzal Quritilgan non bo‘laklari ko‘plab mazali salatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, ammo ular deyarli foydali emas. Odatda ularning tarkibida yengil uglevodlar juda ko‘p, ozuqaviy moddalar esa aksincha. Shuningdek, ularning tarkibidagi glikemik indeksning yuqoriligi tufayli qonda qand miqdori keskin ko‘tarilishi natijasida tanada tez-tez ochlik hisi paydo bo‘lishi kuzatiladi.
88
2,113
Ayollar
Qishki obraz o‘ziga xos ko‘rinishi uchun paltoni nima bilan kiyish kerak?
Qishda sovuqdan saqlanish uchun qalin va qulay kiyinish muhim sanaladi. Kiyim-kechaklarni to‘g‘ri umumlashtirish orqali esa nafaqat issiq, balki o‘ziga xos obrazga ham ega bo‘lish mumkin. Djinsi shim  Palto va djinsini bir-biri bilan oson moslash mumkin. Kundalik obraz uchun etagi keng shimlar ayni muddao. Bel qismi yuqori, umuman olganda, erkin turadigan shimlarni vodolozka va sviter bilan umumlashtirib, ustidan oversize palto kiyish tavsiya qilinadi. Rang borasida kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shib, obrazning o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydigan yorqin variantlarga e’tibor qaratish kerak. Aksessuarlar Jun matosidan tikilgan palto bilan yumshoq charmdan tikilgan kiyim-kechaklarni umumlashtirishga harakat qiling. Noodatiy ko‘rinish uchun esa aksessuar ham o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Ixcham bo‘lmagan chelsi va katta hajmli yumshoq matodan tikilgan sumka bilan obraz qiziqarli ko‘rinadi. Och ranglar Sovuq tushishi bilan qora va to‘q rangda kiyinishni ma’qul biladiganlardan ajralib turishga harakat qiling. Och ranglar nafaqat obrazni yorqin ko‘rsatadi, balki kayfiyatingizga ham ijobiy ta’sir qiladi. Kalta yubka va shorti Palto bilan yubka va shortilar juda ham chiroyli ko‘rinadi. Ustki kiyimning uzunligi, yubkaning esa kaltaligi oyoqlarni uzun ko‘rsatadi, qolaversa, palto sovqotmaslikka hissa qo‘shadi. Tizzadan uzun va kengroq modellar qomatni ixcham, bo‘yni esa uzun ko‘rsatadi. Klassik bichimli shimlar Strelkasi bor klassik bichimli shimlar bilan uzun va yelka qismiga urg‘u berilgan uzun palto ayollarning dilbar va latofatli ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Bunday obraz ishbilarmon va rasmiy idoralarda ishlaydiganlar uchun ayni muddao. Sharf Palto bilan birga yumshoq sharfni bo‘yinga aylantirib o‘rash yoki shunchaki yelkaga tashlab olish mumkin. Asosiysi esa erkin turishiga e’tibor qaratish kerak. Bu sovqotishning oldini olishdan tashqari, qulaylikni ham ta’minlaydi. Jemper Jemperni palto ichidan kiyishdan tashqari, yelkaga sharf singari tashlab olish ham mumkin. Bu obrazning noodatiy bo‘lishini ta’minlaydi.
73
2,045
Ayollar
Oziq-ovqatlar haqidagi olimlar fosh etgan uydirmalar
Bir kunda 8 piyola suv ichish kerakligi va shunga o‘xshash gaplarni ommaviy axborot vositalari orqali ko‘p eshitamiz. Hatto diyetologlar ham ko‘pincha bu gaplarni tasdiqlashadi. Lekin oziq-ovqatlar va ichimliklar dunyosi borasidagi bu gaplarning qaysi biri haqiqat-u, qaysi biri yolg‘onligini ushbu maqola orqali bilib olasiz. Sut mahsulotlari – kalsiyning asosiy manbai Haqiqatan ham sut mahsulotlari tarkibida D vitamini va kalsiy mavjud, ammo bu vitaminlar karam va ismaloqda ham bor. Go‘sht uchun yog‘och taxtalar ishlatish mumkin emas Aytishlaricha, go‘shtni kesish paytida yog‘och taxta ustida paydo bo‘lgan mayda yoriqlarda xom go‘sht va bakteriyalar to‘planib qolar ekan. Lekin, plastik taxtaning ham hech qanday antibakterial xususiyatga ega emasligi Kaliforniya universitetida ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Suvga tuz solinsa tezroq qaynaydi Hatto professional oshpazlar ham bunga ishonishmaydi. Lekin kimyo fani qonunlari shuni ta’kidlaydiki, suvga qo‘shilgan tuz miqdori uning qaynash nuqtasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Bir kunda 8 piyola suv ichish zarur Aniq qilib belgilangan miqdorga rioya qilish shart emas, qancha xohlasangiz shuncha suv ichishingiz mumkin. Organizm ba’zida kam, ba’zan esa o‘rtacha me’yordan ko‘proq suv talab qilishi ham mumkin.
52
1,273
Ayollar
Sochlarni fen yordamida to‘g‘ri quritish qoidalari
Biz hatto soch quritish kabi juda oddiy jarayonlarda ham ancha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin ekan. Fenni noto‘g‘ri ushlaysiz Sochlar kutikulasini tekislash uchun havo oqimini yuqoridan pastga tomon yo‘naltirish zarur. Yaxshisi fenni boshqaruvchi qo‘lda ushlagan ma’qul, bu harakatlarning bir tekis va aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Quritishni sovuq havo bilan tugatmaysiz Sochlar yaltirashi uchun, har bir foydalanishning oxirida sochlar uzunligi bo‘ylab fen yordamida sovuq havo oqimini yuborish kerak. Bunday usul soch tangachalarini tekislaydi va undagi namlikni saqlashga yordam beradi. Harorat rejimini o‘zgartirmang Quritishni yaxshisi asta-sekin pasaytirish yo‘li bilan issiq havodan boshlaganingiz ma’qul. Bunda siz sochlarni quritib yubormaysiz va uning ozoda ko‘rinishini saqlab qolasiz. Lekin bu yerda ham me’yorini bilish kerak. Havo haddan tashqari issiq yoki sovuq bo‘lmasligi kerak — bunday quritish sochlaringizga faqat zarar yetkazadi. Haddan tashqari ho‘l sochlarni quritasiz Haddan tashqari ho‘l sochlar ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun ular tabiiy ravishda biroz qurigandan keyin fen yordamida quritishga kirishganingiz ma’qul. Shuningdek ho‘l sochlarni tarashni mutlaqo tavsiya qilmaymiz, aks holda ularning tuzilishiga zarar yetkazishingiz mumkin. Issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalanmaysiz Har qanday turmaklashga kirishishdan oldin, hatto fen bilan quritishdan ham oldin, issiqlikdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish zarur! Shunda siz sochlaringizni haroratning zararli ta’siridan himoya qilgan bo‘lasiz. Quritishdan keyin sochlarga qo‘shimcha namlik va yaltiroqlik berish uchun ularning uzunligi bo‘ylab bir tomchi kokos yog‘i surishingiz mumkin. Manba: “Vashvolos.com”
50
1,729
Ayollar
Qo‘lga superyelim yopishib qolganida asqatadigan 4 ta tavsiya
Superyelim o‘z nomiga monand – u deyarli har qanday sirtni tez va mahkam yopishtiradi. Agar ehtiyotsizlik natijasida qo‘l terisiga tekkudek bo‘lsa, vahima qilishning keragi yo‘q. Aksincha quyidagi maslahatlardan foydalanib, ushbu noqulaylikni bartaraf etish mumkin. To‘rt usul, albatta, yordam beradi. Atseton Aksariyat yopishtiruvchi moddalar singari superyelim ham erituvchilarga sezgir. Xususan, bunda birinchi navbatda atseton – lak tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Faqat uni iloji boricha yelim yopishtirib qo‘yguncha, tezroq teriga qo‘llash kerak. Barmoqlardagi qattiq yelim qoldig‘i uchun ularni chuqur eritgichli idishga 5-7 daqiqa botirib olinadi. Namlangandan keyin yelim teridan osongina ketishi kerak. Jarayondan so‘ng qo‘llar iliq suv va sovun bilan yaxshilab yuviladi, ularga namlantiruvchi krem surtiladi. Chunki atseton terini juda quritib yuboradi va tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Tuzli suv Agar oldingizda atseton bo‘lmasa, oddiy tuzni skrab sifatida ishlatib, superyelimni ketkazish mumkin. Jarayon oldidan yelimni iliq suvda namlash maqsadga muvofiqdir. Barmoqlarni suyuqlikka 10 daqiqaga botirib, keyin qolgan yelimni tuz bilan ishqalash lozim. Ushbu protsedurani bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri kelishi mumkin, ayniqsa, yelim yaxshi qurigan bo‘lsa. Jarayonni tezlashtirish uchun esa suvga bitta limon sharbati qo‘shiladi. Agar tananing suvga yetmaydigan qismlariga yelim yopishgan bo‘lsa, issiq suvda namlangan sochiqqa o‘rab olinadi. Idish yuvish vositasi Agar uyda tuz bo‘lmasa, idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan oddiy suyuqlik yordamga keladi. Shuningdek, kimyoviy moddalarga toqat qilolmaydigan nozik teri egalari uchun bu mahsulot asqatadi. Idish yuvish suyuqligi ham yopishtiruvchi moddalardagi molekulalarning bog‘lanishini yaxshi buzadi. Buning uchun chuqur idishga bir stakan iliq suv quyiladi va unga 5-6 tomchi tozalovchi vosita qo‘shiladi. 5-7 daqiqa davomida yelim yopishgan joylar suyuqlikka botiriladi. Keyin barmoqlar bilan superyelim qatlami tozalanadi. Agar bu ish bermasa, qo‘llar yana suvga solinadi. Yelim teridan erkin chiqa boshlaguncha jarayon davom ettiriladi. Mahsulotning barcha zarralari olib tashlanganidan so‘ng, qo‘llarga yog‘li krem surtiladi. Tibbiyot spirti Barchaning uyida bo‘luvchi tibbiyot spirti dog‘larni, shu jumladan, superyelim izlarini olib tashlash uchun ishlatiladi. Spirtning erituvchi ta’siri mavjud, lekin yelim to‘liq yo‘q bo‘lishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Birinchidan, yelimni iliq suvda yumshatib, oddiy yoki kir sovun surtish kerak. Shundan so‘ng yelim bor joylarni spirtga namlangan paxta bilan artiladi. Kerak bo‘lsa, paxta yelim izlariga 1-2 daqiqa bosib turiladi. Yelim to‘liq yo‘qolguncha teriga surtishni davom ettirish lozim, so‘ng qo‘llarni toza suv bilan yuvish va zararlangan joylarga krem surtish tavsiya etiladi.
61
2,842
Ayollar
Kipriklarni sun’iy qalinlashtirish: yutuq va kamchiliklari
Bugungi kunda tabiiylik trendda, shuning uchun kipriklarni sun’iy qalinlashtirish jarayonini ko‘pchilik 2000-yillarning sun’iy go‘zallik vositalari sifatida baholaydi. Shunga qaramasdan, oxirgi o‘n yilda texnologiyalar ancha ilgariladi va endi ulangan kipriklarni payqash oson emas. Xo‘sh, kipriklarni sun’iy qalinlashtirish kerakmi yoki yo‘q? Keling, bu jarayonning afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganib chiqamiz. “Plyuslari”   Kipriklaringizni bir marta qalinlashtirish orqali bir oy-bir yarim oyga tush nima ekanligini unutishingiz mumkin. Ular har qanday sharoitda: dam olish, sportzal yoki bazm kechasida ham ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ertalabki shoshilinchda har bitta kiprigingizni bo‘yash uchun uzoq vaqt sarflamaysiz. Ularni faqat yengil tarab qo‘yish uchun maxsus cho‘tkacha kerak bo‘lishi mumkin, xolos. To‘g‘ri uzunlikda va hajmda tanlangan kipriklar qarashlaringizga ifoda bag‘ishlaydi, shuningdek, ko‘zlaringizning tabiiy chiroyiga urg‘u beradi. “Minuslari”   Afsuski, bunday kipriklar bilan makiyajni odatdagidek tozalash jarayonini qaytadan ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Kosmetologlar tavsiya etadigan mitsellyar suv yordamida ko‘z atrofiga tekkizmasdan yuzingizning qolgan joylaridagi pardozni tozalashingiz mumkin. Yuvinish uchun muss va ko‘pikli vositalar qat’iy taqiqlanadi. Kimdir tuni bilan bir xil holatda uxlashga harakat qiladi, shunga qaramasdan tongda biroz g‘ijim bo‘lgan kipriklar bilan turadi. Boshqalar esa aksincha uxlash holatini qanchalik ko‘p o‘zgartirmasin, kipriklari o‘z shaklini saqlab qoladi. Barchasi vaziyatga bog‘liq. Kipriklarni sun’iy qalinlashtirishning o‘rtacha bahosi 150 mingdan 300 ming so‘mgacha bo‘lib, ularni har uch haftada tekislatib turish uchun 30—40 ming sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Agar qo‘shimcha xarajatlarga tayyor bo‘lsangiz, unda ishonchli go‘zallik saloniga navbatga yoziling.
58
1,862
Ayollar
Louis Vuitton bahor arafasida rang-barang aksessuarlardan iborat kolleksiyani taqdim qiladi
Louis Vuitton brendi erkaklarga mo‘ljallangan kuz-qishki kolleksiyani taqdim qilgandan keyin bahorgi tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Brend rang-barang sumkalar, niqob, kepka va yorqin rangli taqinchoqlarni namoyish qildi. Kolleksiyadan yelkaga taqish mumkin bo‘lgan, klassik uslubdagi Keepall Bandouliere, shuningdek, kundalik taqishga mo‘ljallangan Trunk Messenger sumkalari o‘rin olgan. Bundan tashqari, aksessuarlar orasida hajmi katta taqinchoq va brasletlarni, kepka va yuzga taqish uchun mo‘ljallangan niqoblarni uchratish mumkin. Mazkur dizayn asosida ishlangan ayiq ushbu kolleksiyani yakunlaydi. Barcha aksessuarlar yaqin haftalarda brendning rasmiy sahifasida taqdim qilinadi. Avvalroq brendning 10,4 ming dollardan varrak sotuvga chiqargani haqida xabar berilgandi.
91
788
Ayollar
Bvlgari brendi ayol va erkaklar uchun yangi soat modelini taqdim qildi
Italiyaning mashhur zargarlik brendi Bvlgari Lvcea ayollar,  Octo Finissimo erkaklar kolleksiyasidan yangi qo‘l soatlar modelini taqdim qildi. Bu haqda “Buro 24/7” nashri ma’lum qildi. Ayollar uchun mo‘ljallangan modelning o‘ziga xosligi — soatga brend logosi harflarining brilliant bilan naqshsimon qilib yozilganida. Soat korpusi 18 qirot (karat), oq oltinli sapfir bilan qoplangan bo‘​lib, soat tasmasi alligator terisidan ishlangan. Erkaklar uchun mo‘ljallangan Octo Finissimo Skeleton Ceramic ultranozik soatlari yuqori texnologiyali keramikadan ishlangan. Korpus 40 millimetrli siferblat bilan pardozlangan bo‘lib, model brasletiga abraziv uskuna yordamida ishlov berilgan.
70
681
Ayollar
Tez va oson: taom tayyorlashni yoqimli mashg‘ulotga aylantirishga yordam beradigan layfxaklar
AdMe nashri vaqtingizni tejaydigan va sevimli taomlaringizni yanada mazali tayyorlash bo‘yicha maslahatlar to‘plamini tayyorladi. Tuxumni kartoshka ezgich bilan oson maydalash mumkin Agar qaynatilgan tuxumni maydalashingiz kerak bo‘lsa, masalan, pirog yoki salat uchun, pichoqni olishga shoshilmang. Ishingiz kartoshka maydalagich bilan ancha tez va oson bitadi. Asosiysi, juda maydalanib ketmasligi uchun uni haddan tashqari ko‘p ezmang. Quymoq xamirini sushi tayoqchasi yordamida bir tekis taqsimlash mumkin Quymoq xamirini tovaga bir tekis va yupqa qilib yoyish qiyin bo‘lishi mumkin. Mukammal yumaloq shakldagi quymoq chiqishi uchun sushi tayoqchasini egib, xamir ustidan yurgizing. Limonni qirg‘ichdan osongina chiqarish uchun avval muzlatish kerak Limon po‘sti sous va kokteyllardan tortib ovqat va pishiriqlargacha bo‘lgan ko‘plab taomlarning mashhur tarkibiy qismidir. Achchiqroq oq qatlamga tegmasdan ustidagi po‘stini osongina maydalash uchun limonni muzlating. Bundan tashqari, limonad tayyorlashni yaxshi ko‘rsangiz, muzlatib, eritilgan sitrus mevalardan sharbat chiqarish ehtimoli ko‘proq ekanini unutmang. Sariyog‘ni yumshatish uchun mikroto‘lqinli pechdan ko‘ra suv hammomidan foydalangan ma’qul Ba’zan muzlatkichdagi sariyog‘ni zudlik bilan yumshatish kerak bo‘ladi. Bunday paytlarda sariyog‘ni mikroto‘lqinli pechda eritgandan ko‘ra idishga solib, suv hammomiga qo‘yish yaxshiroq yechim bo‘ladi. Qo‘ldagi piyoz hidini xom kartoshka yordamida osongina ketkazish mumkin Piyoz to‘g‘ralgandan keyin duch kelinadigan muammo — bu terida qoladigan va qo‘llarni sovun bilan qayta-qayta yuvgandan keyin ham yo‘qolmaydigan o‘tkir hid. Biroq buning yo‘li bor: piyoz hidini ketkazish uchun bir bo‘lak xom kartoshkani barmoqlaringizga surting. Tuxum yaxshiroq archilishi uchun ularni qaynatish emas, balki pechda pishirgan ma’qul Ko‘pchilik tuxumni silliq archolmay, jig‘ibiyron bo‘ladi. Yaxshiyamki, bu muammoning yechimi bor. Pechni 160 darajaga qizdirib, tuxumni keks idishiga soling va 30 daqiqa davomida pishiring. Keyin 10 daqiqaga sovuq suvga solib qo‘ying. Tuxumni po‘stlog‘idan oson tozalash uchun qaynayotganda idishga bir bo‘lak limon soling Agar ko‘proq tuxum pishirishingiz kerak bo‘lsa-yu, pech bo‘lmasa, buning boshqa usuli ham bor: pishirish paytida idishga bir bo‘lak limon soling. Natijada tuxum po‘stidan osongina ajraladi. Piyoz ko‘zingizni yoshlamasligi uchun uni muzlatkichda soviting Buning uchun piyozni sovitkichga 30 daqiqaga qo‘yish yoki muzxonasida 15 daqiqa muzlatish mumkin. Natijada piyoz suvi bilan birga ajraladigan moddalar zararsizlanadi va ko‘z yoshi to‘kilishiga sabab bo‘lmaydi.
93
2,628
Ayollar
Suhbatlashish vaqtidagi yomon odatlar
Yoqimli suhbatdosh bo‘la olish – arofdagilar qadrlaydigan qobiliyat hisoblanadi. Lekin bu faxriy unvonga loyiq bo‘lish uchun o‘ta bilimdonlik, yoqimli ovoz va so‘z boyligining o‘zi kifoya qilmaydi. Suhbatlashish paytida qanday yomon odatlar odamlarning ixlosini qaytaradi? Muloqot qilish yoqimsiz va qiziqarsiz bo‘lishiga bir necha sabablar mavjud. Ba’zilar yangi mashinasini yoki katta ish haqini maqtash orqali atrofdagilarda taassurot qoldirishlariga ishonadi. Lekin aqlli odamlar ularni be’mani va qizig‘i yo‘q deb hisoblaydi. Hamma maslahat berishni yaxshi ko‘radi. Kimdir o‘zining muammolarini gapira boshlasa, birinchi bo‘lib aqlingizga qo‘llab-quvvatlash, fikr bildirish, tajriba almashish keladi. Lekin ba’zan odamning birovga dardini aytishi kerak bo‘ladigan paytlar ham bo‘ladi. Shunday odamlar borki, hamma gapni o‘zlari to‘g‘risidagi gapga burib yuboraveradi. Bu juda g‘ashga tegadi. Quyida yoqimsiz suhbatdosh degan nomni olishga sabab bo‘luvchi eng keng tarqalgan yomon odatlarni keltirmoqchimiz: a) Har doim suhbatdoshining gapini kesib, o‘zi haqida gapira boshlash. b) Suhbat paytida suhbatdoshining gapini tinglash o‘rniga, o‘zi gapirish uchun navbat kutish. v) Haddan tashqari ko‘p gapirish. G‘iybat qilish va atrofdagilarni muhokama qilish – bu havaskorlar uchun bir ermak. Shubhasiz bunday gaplar boshqalardan ustunlik hissini uyg‘otadi, lekin shu bilan birga ular ko‘plab salbiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Manba: “Psychologytoday.com”
37
1,463
Ayollar
Vanna pardalarini tozalashning 5 usuli
Vannaxona — uydagi eng nam joy bo‘lib, ertami kechmi u yerda kir yig‘iladi va hatto mog‘or ham paydo bo‘ladi.U tashqi ko‘rinishni buzadi, bundan tashqari oiladagilarning nafas olish tizimiga kuchli zarar yetkazadi. Bu muammoni qanday hal qilsa bo‘ladi? Avvalambor, vannadagi pardalarni muntazam ravishda yuvish va tozalab turish kerak. Biz buning uchun birinchi navbatda tabiiy vositalardan foydalanishni maslahat beramiz.
38
423
Ayollar
Go‘zallik haqida shakllangan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan modellar (foto)
Go‘zallik standartlari, qoliplarining hammasi odamlar tomonidan o‘ylab topilgan. Aslida esa insonning xunugi bo‘lmaydi, o‘ziga xos va boshqalarga o‘xshamagan bo‘ladi xolos. Tashqi ko‘rinish borasidagi mavjud stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan, hech kimga o‘xshamagani bilan mashhurlikka erishgan modellar haqida ma’lumot beramiz. Slik Vuds Slikning bolaligi oson bo‘lmagan: otasini biron marta ham ko‘rmagan, onasi esa qamoqda jazo muddatini o‘tab chiqqan va qizining kelajagi bilan qiziqmagan. Tishida ko‘zga tashlanadigan muammosi borligi Vudsni o‘ziga bo‘lgan ishonchini kamaytirgan. U ham bank kartalari bilan bog‘liq muammo sabab qamoqqa olingan va bir necha oydan keyin ozodlikka chiqqan. Yangi hayoti esa avtobus bekatidan boshlangan. Uni ko‘rib qolgan manikenchi Esh Staymest reklama roligida suratga tushishni taklif qilgan va reklama muvaffaqiyatli chiqqan. Shundan keyin unga Calvin Klein, Yeezy, Mercedez-Benz, Moschino kabi brendlardan takliflar kelib tusha boshlagan. Tishidagi diastema uning o‘ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turishiga sababchi bo‘lgan. Brunett Moffi Mazkur modelga g‘ilaylik tashxisi qo‘yilgan, lekin bu Brunettning Keyt Moss, Sindi Krouford va Kara Delevin kabi mashhur modellar yetishib chiqqan Storm Models agentligining u bilan hamkorlik qilmasligiga sabab bo‘lmagan. Modellik karyerasi do‘stona fotosessiyadan keyin boshlangan. Uning do‘stlarining biridan POP jurnali uchun qiz suratga olib berish iltimos qilingan. Kadrlar omadli chiqqan va ulardan biri jurnal muqovasi uchun tanlab olingan. Model ko‘zidagi muammo uning o‘zi yaxshi ko‘rib, qadrlaydigan o‘ziga xoslik ekanini bir necha marta takrorlagan. Dafna Self Britaniyaning eng keksa modeli Dafna moda olamidagi mavjud qoidalarni buzib tashlagan. Aslida u karyerasini 50-yillarda boshlagan. Reading univermagida ishlayotgan vaqt hamkasblari unga modellar tanlovida ishtirok etishni taklif qilgan. Boshlang‘ich bosqichlarda muvaffaqiyatga erishgan, ko‘plab mashhur modellik agentlaridan takliflar kelib tushgan, ammo bu uzoqqa bormagan. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Dafna 70 yoshdan keyin moda olamiga qaytishni istagan. Kutilmaganda uni London moda haftaligida ishtirok etishga taklif qilishgan. U yerda mashhur moda agentligi Models 1 vakillaridan birining e’tiborini tortgan. Shundan keyin turli moda chiqishlariga taklif qila boshlangan. Dafna boshqalarga maqsad yoki orzulariga erishish uchun hech qachon kech bo‘lmasligi, yosh shunchaki raqam ekanini isbotlagan model hisoblanadi. Diandra Forrest Forrest zamonaning eng yorqin va esda qolarli modellaridan. Diandrada albenizm kasalligi bo‘lgan va bu uning boshqalar bilan muloqot qilishiga xalaqit bergan. Bolaligida undagi mazkur biologik o‘ziga xoslik ustidan ko‘p marotaba kulishgan, shundan keyin uning ota-onasi davlat maktabidan xususiy maktabga o‘tkazgan. Xarid vaqtida u mashhur suratchi Shamir Xonning e’tiborini tortgan va aynan u Diandraning moda olamiga qadam qo‘yishiga sababchi bo‘lgan. Shundan keyin u ko‘plab agentliklar, Beyonse, Kanye Uest bilan ishlagan, surati bir qancha mashhur jurnallar muqovasida chop etilgan. Uning albenizmni ichki ishonch va kuchga aylantira olgani, ruhan sinib qolmaganiga qoyil qolsa arziydi. Vinni Harlou Asl ismi Shantel Braun-Yang bo‘lgan model moda olamidagi eng talabgir modellardan. Bunga Vinnining o‘ziga xosligi sabab. Model bolaligidan teri kasalligidan aziyat chekkan. Tengdoshlari uni “zebra” deb masxara qilgan. Ruhan ezilgan Vinni hatto joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Maktabini almashtirgan va koll-markazda ishlagan. Modellik olamiga qadam qo‘yishiga kanadalik jurnalist sababchi bo‘lgan. U Facebook’da Vinnining suratini ko‘rib, modellik biznesida o‘zini sinab ko‘rishni taklif qilgan. Keyinroq America’s Next Top Model shousining prodyusseri Tayra Benks yangi mavsumda ishtirok etishni taklif qilgan. Shundan keyin Xarlouga hamkorlik borasida takliflar kelib tusha boshlagan. Bugungi kunda Vinni modellikdan tashqari, bu kabi kasallikdan aziyat chekayotganlarga ko‘maklashadi va ularni kamsitilishiga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etadi.
79
4,070
Ayollar
Oyoqni urmasligi uchun poyabzal tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Oyoqning urishi, qadoq bo‘lishi noto‘g‘ri tanlangan oyoq kiyim bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik poyabzalni ko‘rinishiga uchib, uning matosi, sifati va qulayligiga e’tibor bermaydi. Undan foydalanish davomida esa salomatlik bilan bog‘liq turli muammolar kelib chiqishi mumkin. Ko‘p piyoda yuriladigan yerlarga qulay, sport uslubidagi modellarni kiyish, poshnali variantlarni diqqat bilan tanlash kerak. Poshna Bosonojka, tufli va istalgan boshqa poshnali poyabzalning mustahkamini tanlang. Poshna qancha baland bo‘lsa, oyoqlar va bel shuncha ko‘p zo‘riqadi. Oqibatda gavdani tik tutish hamda qadam tashlashda muammolar kuzatiladi. Bundan keyin esa oyoq kiyim tanlash yana ham mushkulroq bo‘ladi. Orqa qismi Baletka, loferlarni tabiiy matodan tikilgan, tovonni mahkam ushlab turadigan va yurganda noqulaylik keltirib chiqarmaydiganidan tanlash kerak. Oyoqni urmasligi uchun esa poyabzalning ushbu qismiga bolalar kremi va sovun surting. Patak Oyoq kiyim patagi muhim rol o‘ynagani sabab ham uning qanday matodan tayyorlanganiga e’tibor qaratish muhim sanaladi. Iloji boricha antibakterial va namlikni shimuvchi patagi bor variantlarni tanlang hamda ularni almashtirish muddati 6 oydan ko‘p bo‘lmasligiga e’tibor qarating. Oyoq kaft qismining kengligi “Podyom”i bor kishilarga kengroq poyabzallarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Buni aniqlash uchun oyog‘ingizni namlab, oq qog‘oz ustiga qo‘ying. Oyog‘ingizdan katta iz qolgan bo‘lsa, oyog‘ingiz yassi, agar oyoqning tovoni va uch qismi orasidagi farq katta bo‘lsa, “podyom”ingiz bor. Uncha katta bo‘lmasa, hammasi joyida. O‘lcham Oyoq kiyimni oyoqlar o‘lchamiga munosibini tanlash juda ham muhim sanaladi. Poyabzal sizga katta ham, kichik ham bo‘lmasligi, yurganda qulay va harakatlanish oson bo‘lishi kerak.
73
1,766
Ayollar
Italiya moda sanoati vakillari mamlakatda karantin muddati uzaytirilishiga qarshi chiqdi
Italiyada karantin muddatining uzaytirilishi moda sanoati vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi. 10-aprel kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus epidemiyasi sabab yuzaga kelgan mamlakatdagi murakkab vaziyat tufayli karantin muddati uzaytirilishini ma’lum qilgandi. 9-martdan boshlab amalda bo‘lgan ishlab chiqarishning to‘xtatilishi 13-aprelda yakuniga yetishi kerak edi, ammo karantin sabab muddat kamida 3-maygacha uzaytirilgan. Hukumatning mazkur qaroriga javob tariqasida moda palatasi va ushbu sanoat bilan bog‘liq boshqa uyushma vakillari norozilik ruhida ochiq xat yozdi va ushbu maktub La Repubblica gazetasida e’lon qilindi. “Agar ishlab chiqarish 20-aprelga qadar tiklanmasa, iyul oyida butun dunyoga tarqatilishi kerak bo‘lgan, kuz-qish kolleksiyasini tayyorlashga ulgurilmaydi. Biz 2021-yil bahor kolleksiyasini tayyorlay olmaymiz. Kechikish sabab brendlar sentabr oyidagi namoyishlarga tayyorlana olmaydi”, — degan moda palatasi vakili Karlo Kapasi. Shuningdek, u “Italiya moda sanoati nafaqat biz uchun, balki ushbu ajoyib mamlakatning kelajak avlodlari uchun saqlab qolinishi kerak”, — deya sanoat tomonidan​ tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun qisqa vaqt ichida himoya niqobi va xalatlari saxovatpeshalik bilan ishlab chiqarilganini qo‘shimcha qilgan. View this post on Instagram Maktubda aytilishicha, Italiya Yevropa mamlakatlari orasida moda olamidagi eng yirik lyuks buyumlar, kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanib, ushbu sanoatda 600 ming ishchi faoliyat yuritadi. Kapasining murojaati “Mamlakat ramzi bo‘lgan sanoatni yo‘​qotishga tayyormizmi?”, deya yakunlangan.
88
1,702
Ayollar
Kuyov tanimas darajadagi makiyaj: Osiyolik kelinlar to‘yi kuni qanday bo‘yanadi?
Ba’zi mamlakatlarda kelinlar obrazi avvaldan tanlanib, oldindan makiyaj ham qilib ko‘riladi. Osiyolik kelinlarda esa hammasi boshqacharoq. Gap shundaki, yorqin makiyaj ayrim xalqlar uchun milliy urf-odatlarning atributi, ya’ni ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, Indoneziya va Tailandda kelinlar qimmatbaho va gulli naqshlar tushirilgan matolardan tikilgan libos kiyadi, bosh aksessuari sifatida esa fata o‘rniga milliy toj yoki ro‘moldan foydalanadi. Vizajist esa makiyajni diqqat bilan, o‘ziga xos tarzda amalga oshiradi. Manikyur ham odatdagidan farq qiladi. Urf-odatga ko‘ra, to‘ydan uch kun avval kelin va kuyov qo‘liga xina surtiladi. To‘y kuni esa kelinning tirnoqlariga har doimgidan boshqacharoq urg‘u beriladi. Mavzuga doır:
80
753
Ayollar
Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rashning 8 usuli
Bu holat umrida bir marta bo‘lsa ham piyoz to‘g‘ragan har bir kishiga tanish. Shuning uchun quyida keltirilgan samarali usullarni sinab ko‘rish orqali piyozlarni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rab ko‘ring. Nima uchun piyoz to‘g‘rash jarayonida ko‘zlar yoshlanadi? Bu sabzavot tarkibidagi moddalar bilan bog‘liq. Piyoz to‘g‘ralganda havoga LFS – Tear Factor Synthase deb ataladigan ferment chiqariladi. U sabzavot tarkibidagi aminokislotalarning sulfoksidlarini sulfat kislotaga aylantiradi, bu esa o‘z navbatida parchalanib, boshqa murakkab kimyoviy birikmani chiqaradi. Bu yosh bezlariga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Piyozni olov yonida to‘g‘rang Bu yonib turgan sham yoki gaz ham bo‘lishi mumkin. Asosiysi, olov tufayli issiqlik chiqib turadi. Bu LFS fermenti konsentratsiyasini ko‘z yosh bezlariga yetib borishini kamaytirishga yordam beradi. Suv ichida piyoz to‘g‘rang Sabzavotni chuqur idishga solib, yuzasi qoplanguncha sovuq suv quyiladi. So‘ngra piyoz suv ichida to‘g‘raladi, bu ko‘zlar yoshlanmasligiga yordam beradi. Mikroto‘lqinli pechdan foydalaning Piyoz o‘rta darajada 25-30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi. Sabzavotni uzoqroq vaqtga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u pishib qoladi. Elektromagnit to‘lqinlar sabzavot tarkibidagi moddalarning xususiyatini qisman kamaytiradi. Piyozni sovitib to‘g‘rang Tozalanmagan piyoz 10-15 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yiladi. Keyin uning harorati tushib ketmasidan oldin tezda to‘g‘rab olinadi. Ammo muzlatilgan sabzavotdan qobiqni olib tashlash biroz qiyin bo‘lsa-da, ko‘zlar yoshlanmaydi. To‘g‘rash jarayonida ko‘zoynak taqing LFS fermentini bartaraf etish uchun ko‘zoynak yoki suzishda taqiladigan niqobdan foydalanish mumkin. Albatta, bu holat qulay emas, lekin ko‘zlar yoshlanmasligi uchun yordam beradi. Piyoz to‘g‘raganda saqich chaynang Ajablanarlisi shundaki, yalpizli saqich ko‘zlar yoshlanishining oldini olishda yordam beradi. Saqich chaynalganda, asosan og‘iz orqali nafas olinadi, ya’ni yosh bezlariga ta’sir qiladigan moddalarning “maqsadiga” yetib borishi qiyinlashadi. Piyoz to‘g‘raganda bir stakan qaynoq suv qo‘ying Suv bug‘i himoya to‘sig‘ini yaratishga yordam beradi va havodagi yoshlantirish xususiyatini beruvchi moddalar konsentratsiyasini kamaytiradi. Albatta, bu usul yordamida achishish hissini butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo ko‘z yoshlanishi sezilarli darajada kamayadi. Piyozni suvda qoldiring Piyozni to‘g‘rashda LFS fermenti konsentratsiyasini kamaytirishning yana bir samarali usuli sabzavotni 5-10 daqiqa davomida sovuq suvda qoldirishdir. Bu vaqt ichida yoshlantiruvchi moddalarning bir qismi suvga chiqariladi va sabzavotni ko‘z yoshlarisiz to‘g‘rash mumkin.
45
2,650
Ayollar
Aqlni chiniqtirish sirlari
Aql-idrok – doimiy ravishda mashq qilishni talab etadigan bilim, mahorat va tajribalardan tashkil topgan murakkab birikma. Agar siz ishda ham, oilaviy hayotda ham muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, xuddi mushaklaringiz singari aqlni ham chiniqtirishga to‘g‘ri keladi. Bugun biz aqlni chiniqtirishga yordam beruvchi tadbirlar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Shaxmat, shashka, domino va boshqa mantiqli o‘yinlar aqlni o‘stirishda juda foydali hisoblanadi. Aqlingizni doimiy ravishda chiniqtirib turishga zamin yaratmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizdagi sizdan ham aqlliroq, bilimliroq va tajribaliroq odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling. Ko‘p kitob o‘qiydiganlar miyasini har doim faollikda va bilim orttirish holatida tutib turadi. Aqlni chiniqtirish uchun ba’zida bir-ikki soat chizishga vaqt ajrating. Oldingizga aniq bir kartinani chizishni vazifa qilib qo‘ysangiz miyangiz faolroq ishlay boshlaganini sezasiz.
26
911
Ayollar
Yoz faslida oq rang: har qanday ko‘rinish uchun mos keladigan zamonaviy obrazlar (foto)
Stilistlar ob-havodan va har qanday mavsumdan qat’i nazar, butun yil davomida oq rangni, shu jumladan, umumiy oq obrazni tavsiya etmoqda. Avvalo, shuni unutmaslik kerakki, o‘zining ko‘p qirraliligi bilan oq rangdagi kiyimlar qora rang bilan osonlikcha raqobatlasha oladi. Har doim, hamma joyda va har qanday uslubga mos keladi. Agar ish uchun yozgi obraz tanlash kerak bo‘lsa, keng shim yoki hech bo‘lmaganda, oq kostyumni sinab ko‘rish mumkin. Birinchi variant tashqi ko‘rinish uchun uzoq vaqt azob chekishni yoqtirmaydiganlar uchun to‘g‘ri keladi. Kostyum va shimni birgalikda yoki alohida kiyish ham ajoyib obrazni yaratadi. Oq rangdagi turli xil mato bilan ajoyib obraz yaratish unchalik ham mushkul emas. Maxsus uchrashuv uchun tanlangan oq libosni kumush oyoq kiyim va bejirim sumka bilan to‘ldirish tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rinish klassik uslubdan yaxshigina ajralib turadi. Va albatta, yozda oq krossovkalar ham bo‘lishi kerak. Ularsiz barcha uchun qulay bo‘lgan obrazni yaratishning imkoni yo‘q. Shuning uchun oq rangdagi krossovkalar oq shim, yubka va ko‘ylaklar bilan ham ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi.
87
1,124
Ayollar
Qanday qilib hech narsani unutmasdan va faol yashash mumkin?
Bugungi kunda biz har qanday ma’lumotni internet orqali aniqlashimiz mumkin, lekin bu xotirani chiniqtirish zaruriyatini bekor qila olmaydi. Odamning bilish qobiliyati uning faol tarzda uzoq umr ko‘rishi va hayotining yuqori sifatli bo‘lishi bilan bevosita bog‘langan. Miyaning neyroplastikligi haddan tashqari yuqori ekanligini unutmaslik juda muhim. Ba’zi neyronlar o‘ladi,ularning o‘rnini esa boshqalari egallaydi. Jarayon to‘xtab qolmasligi uchun miyani doimiy ravishda rivojlantirish zarur. Qarilikni munosib ravishda qarshi olish uchun bir necha oddiy qoidalarga rioya qiling: Manba: “Xitrosti jizni”
60
607
Ayollar
Kitob o‘qish tufayli paydo bo‘ladigan 5 foydali odat
Agar kitobni to‘g‘ri baholash, tanlash va sotib olishni o‘rgansangiz, o‘qish bebaho odatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kitoblar — aqliy faoliyatni rivojlantirish, xotirani yaxshilash va o‘rganish qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan dorilar — nootroplarning eng yaxshi o‘rnini bosuvchisi hisoblanadi. Nootroplar vaqt o‘tishi bilan hech qanday foyda bermay qo‘yishi mumkin, lekin kitob o‘qish har doim aqlingizni charxlab boradi. Yozuvchi asarni yozishda, unga o‘zining donishmandligini singdiradi. O‘quvchi bu so‘zlarni o‘qiyotganda yozuvchining o‘sha donishmandlik olamiga kirib qolgandek bo‘ladi. Asarni biroz vaqt o‘qiganingizdan keyin o‘zingizni xuddi aqlingiz yangilangandek his qilasiz. Bunday yangilanishdan keyin sizga suhbatlarda o‘zingizni ko‘rsatish osonroq bo‘ladi, shuningdek xat yozish malakasiga ham ega bo‘lasiz. Kitob o‘qishda fikrlash uchun to‘xtab olish va hamisha o‘zimizni yaxshilab borish bilan biz xonada yolg‘iz o‘zimiz xotirjam o‘tirishga o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Fransuz matematigi Blez Paskal aytgan insoniyatning asosiy muammolaridan birini shu yo‘l bilan yengish mumkin: “Odamlarning hamma baxtsizliklari ularning o‘z xonasida xotirjam o‘tira olmasliklari natijasida yuz beradi”. Donishmandlikka bo‘lgan tashnalik — haddan tashqari berilib ketishdan qo‘rqmasdan, muammosiz qondirish mumkin bo‘lgan birdan-bir istak hisoblanadi. Yetarlicha o‘qib bo‘lganimizdan keyin, biz yaxshi g‘oyalar va jasurlik bilan to‘lib-toshamiz, shuning uchun dunyoni tekshirishga tayyor bo‘lamiz. Qancha ko‘proq o‘qisak va vaqtimizni kitoblar bilan o‘tkazsak, shuncha ko‘proq konsentratsiya to‘playmiz va shuncha ko‘proq meditatsiya qilishni xohlaymiz. O‘qish tufayli biz xotirjamroq va chidamliroq bo‘lamiz, uzoq vaqt oralig‘ida bitta narsaga diqqatimizni qaratishni o‘rganamiz.
52
1,816
Ayollar
Saqlash muddati cheklanmagan oziq-ovqatlar
Agar oldindan uzoq vaqtga yetadigan qilib oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, biz siz uchun zaharlanib qolishdan qo‘rqmasdan har doim yeyish mumkin bo‘lgan yeguliklar va ichimliklar ro‘yxatini tayyorladik. Asal va zarang qiyomi. Agar bu tabiiy qiyomlar o‘n yillar davomida buzilmasdan turishini xohlasangiz, ularni qorog‘i va quruq joyda saqlasangiz kifoya. Kristallanib qolgan asalni bankasi bilan iliq suvga solsangiz avvalgi holiga qaytadi. Zarang qiyomini esa yaxshisi muzlatgichda saqlaganingiz ma’qul. Qahva. Agar siz yanchilgan, donli yoki tez eruvchan qahva uzoq vaqt turishini xohlasangiz — ularni muzlatgichga qo‘ying. Qahva juda past haroratda kamida bir yil davomida o‘z xushbo‘y hidini saqlab qolish xususiyatiga ega. Tuz, shakar va osh sodasi. Bu mahsulotlar yillar davomida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydigan tabiiy konservantlar hisoblanadi. Ularni og‘zi mahkam yopiladigan, toza va quruq idishda, qorong‘i joyda saqlash talab etiladi. Makkajo‘xori kraxmali— taxirlanmaydi, buzilmaydi ham. U yumaloqchalarga aylanib qolishi mumkin. Buni bartaraf qilish uchun kraxmalni elakdan o‘tkazish kifoya qiladi. Uni mahkam yopiladigan idishda va quruq joyda saqlash lozim. Oq guruch. Yarim yil ichida taxir bo‘lib qoladigan qoramtir guruchdan farqli ravishda, oq guruchni o‘ttiz yilgacha saqlash mumkin. Buning uchun ularni namlikdan va hasharotlardan saqlash juda muhimdir. Loviya va dukkaklilar. Ularni saqlash qoidasi ham xuddi shunday. Eski dukkaklilarni pishirishdan oldin kechqurun suvda ivitib qo‘yish zarur. Tabiiy vanil ekstrakti. Asosi spirtdan tashkil topgani uchun ularni ham spirtli ichimliklar kabi uzoq yillar saqlash mumkin. Oshxona sirkasi. Uzoq yillar davomida buzilmaydi, shuning uchun marinadlar va ziravorlar uchun har doim ish beradi.
42
1,784
Ayollar
O‘qituvchilar kuniga beriladigan qanday sovg‘alar pedagoglarning quvonchiga emas, hayratiga sabab bo‘ladi? (foto)
Sovg‘a tanlash har doim qiyin. Qarindosh va yaqin do‘stlar uchun ham ba’zan narsalar uzoq vaqt qidiriladi. Bu borada ayniqsa, o‘qituvchilarga eng neytral sovg‘alar taqdim etiladi, balki tanlangan sovg‘a original ko‘rinishi mumkin. Lekin bu o‘qituvchilarni xafa qiladi. AdMe nashri ko‘proq ustozlarning xursandchiligiga emas, balki ajablanishiga sabab bo‘ladigan noodatiy sovg‘alar haqda so‘z yuritdi. Yegulik Mevali kompozitsiyalar ko‘plab o‘qituvchilar uchun faqat hayratga sabab bo‘ladigan sovg‘adir. Go‘yoki o‘quvchilarning ota-onasi ularni ovqatlantirishga harakat qilayotgandek tuyiladi. Shuningdek, ularga shirinlik sovg‘a qilinsa ham yoqmaydi. Birinchidan, bunday sovg‘a juda ko‘p beriladi. O‘qituvchilar esa shunchaki ko‘p shirinlik iste’mol qilmasligi mumkin, chunki bu sog‘liq uchun ham zararli. Ikkinchidan, bayramlar arafasida muddati o‘tib ketgan shirinliklar ham do‘konlarda sotilishini hamma yaxshi biladi. Kundaliklar Turli bayramlarda o‘qituvchilarga eng ko‘p beriladigan yana bir sovg‘a. Kundaliklarni to‘plashdan foyda yo‘q. Odatda odam uzoq vaqt davomida bitta kundalikdan foydalanadi. Qolganlari shunchaki chang to‘playdi. Shuni yodda tutish kerakki, hamma ham kundaliklardan foydalanmaydi, ayniqsa hozir, kompyuter va smartfonlar asrida. Nihoyat bunday sovg‘a oddiy ko‘rinishi va hatto bu o‘qituvchini xafa qilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘qituvchini faqat bitta rolda ko‘radi va ularning fikriga ko‘ra, uning hayotda maktab ishlaridan boshqa ishi yo‘q. Choy va qahva Aksariyat hollarda bu sovg‘a ham o‘qituvchilarga yoqmasligi aniq. Ba’zi o‘qituvchilarning aytishicha, choy va qahva oddiy, shunchaki berilgan sovg‘alardir. O‘qituvchilarga bunday narsalar taqdim etilganda, sovg‘a egasi ustozini yaqindan bilish uchun harakat ham qilmagani aniqlashadi. Qolaversa, har qanday lazzatli choy odamga yoqmasligi, hamma ham qahva ichmasligi mumkin. Haykalchalar Haykalchalar, albatta, uyni bezatishi mumkin. Lekin agar ular sifatsiz va yoqimsiz dizaynga ega bo‘lsa-chi? O‘qituvchi bunday narsalarni ko‘zga tashlanadigan joyga chiroyli mebel yoki esda qolarli suvenir sifatida qo‘ymaydi. Aksincha, uni shunchaki shkafga yashiradi. Sovg‘a, albatta, unga sevimli shogirdlarini eslatadi, lekin u bilan uyni bezatishni xohlamaydi. Kosmetika Kosmetika o‘qituvchiga berish uchun juda nozik sovg‘adir. Misol uchun, qarishga qarshi krem — ranjitish uchun jiddiy sabab. Dekorativ kosmetika bilan ham xato qilish oson: lab bo‘yog‘ining markasi yoki rangi o‘qituvchiga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilarga tez-tez qo‘l kremlari beriladi. Bu juda neytral sovg‘a. Ammo ko‘pchilik bunday g‘oyaga murojaat qilganligi sababli, o‘qituvchilarda bunday sovg‘alardan bir qanchasi to‘planib qoladi va ularning barchasidan foydalanishga vaqti yetmaydi. Gigiyena vositalari Har qanday gigiena vositalari, xoh u gel, shampun yoki undan ham ko‘proq dezodorantlar, ona yoki opa-singil kabi juda yaqin odamlarga berilishi mumkin. O‘qituvchiga bunday narsalarni taqdim etish esa odobsizlikka yo‘yiladi. Bundan tashqari, qarishga qarshi kremda bo‘lgani kabi, ular bunday sovg‘adan xafa bo‘lishi mumkin: go‘yo o‘qituvchiga ko‘proq gigiyenaga e’tibor qaratishga ishora qilinayotgandek. Idishlar to‘plami O‘rta va keksa yoshdagi o‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ishlagan yillar davomida ular sovg‘a sifatida shunchalik ko‘p idishlar to‘plamini olishganki, ularni qo‘yish uchun hatto joy topilmaydi. Turli xil to‘plamlardagi stakan va likopchalar o‘qituvchilarni unchalik ham xursand qilmaydi. Yosh o‘qituvchilar ham bunday sovg‘adan mamnun emas. Qoidaga ko‘ra, chinni idishlar odatda eski modelda bo‘lgani uchun ham foydalanishmaydi. Zargarlik buyumlari Juda qimmat sovg‘alar o‘qituvchini noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bundan so‘ng o‘qituvchi endilikda ota-ona va o‘quvchilar oldida qarzdor ekanini his qiladi. Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini tanlash ham didga bog‘liq. Atir O‘qituvchiga atir berish ham yaxshi fikr emas. Birinchidan, insonning didini taxmin qilib bo‘lmaydi, agar u, albatta, eng yaxshi do‘st yoki yaqin qarindosh bo‘lmasa. Ikkinchidan, hamma odamlar atirdan foydalanmaydi, ba’zilarda esa unga allergiya bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, o‘qituvchining bunday sovg‘ani noto‘g‘ri tushunish xavfi bor: atir o‘qituvchidagi hidga ishora qilinganga o‘xshaydi. Yumshoq o‘yinchoqlar O‘yinchoq yoqimli sovg‘a bo‘lishi mumkin, faqat bola yoki sevib qolgan juftliklar uchun. Biroq katta yoshli ayol yoki erkakka bunday sovg‘a berish unchalik ham to‘g‘ri emas. Bunday sovg‘a o‘qituvchiga foyda keltirmaydi. Eng yaxshi holatda, agar bolalari kichik bo‘lsa, ularga beradi. Garderob buyumlari Bu kabi sovg‘larni yaqin insonlarga berish mumkin. O‘qituvchi uchun esa bunday sovg‘a tanlashda rang, uslub va o‘lcham borasida xato qilishingiz shubhasiz. Xuddi shu narsa poyabzal uchun ham amal qiladi. O‘qituvchilarga qanday sovg‘alar yoqadi? Odamlar ularni yaxshiroq bilib, sevimli mashg‘ulotlariga tegishli narsalarni berishga harakat qilsa, bu ular uchun chinakam xursandchilikdir. Masalan, ularga texnik qurilmalarni taqdim etish mumkin: fleshka, disk, paurbenk va boshqalar. Axir buguni kunda o‘qituvchilar ham noutbuk va telefonda ko‘p vaqt sarflaydi. Shuningdek, do‘konlarga sertifikatlar, madaniy tadbirlarga chiptalar, onlayn xizmatlarga obuna bo‘lish ham mazkur kasb egalariga yoqadi. Qolaversa, o‘qituvchi uchun eng yaxshi sovg‘a o‘quvchining ijodiy ishlari bo‘lishi mumkin, masalan, video tayyorlash, qo‘shiq kuylash yoki she’r yozish kabi.
113
5,520
Ayollar
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Vinerning eng esda qolarli obrazlari (foto)
Rossiya badiiy gimnastika terma jamoasining asosiy treneri, milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner, nafaqat sportdagi yutuqlari, balki kiyinish borasidagi o‘ziga xos didi bilan ham ma’lum. Irina Viner mo‘yna va yaltiroq liboslarni ayniqsa, ularni umumlashtirishni yaxshi ko‘radi. Yorqin ranglar, xususan boshdan oyoq bir rangda kiyinish bilan birga bir-biriga mutanosib bo‘lmagan ranglar ham unga begona emas. Oqshom tadbirlari uchun u baxmal liboslar bilan aksessuarlar taqishni xush ko‘radi. Yorqin libos bilan taqinchoqni umumlashtirish uning kiyinish uslubining o‘ziga xosligi sanaladi. Uning garderobida bosh aksessuarlari, turli tyurbanlar, noodatiy shlyapalarni uchratish mumkin. Hatto klassik oq-qora libosda ham Viner didli va latofatli ko‘rinishi mumkin. Yuqoridagi obrazda esa uning yaltiroq pistonli libos va mo‘yna kiyganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, u mo‘ynali nimchalar bilan obraz yakunlashi mumkin.
100
936
Ayollar
Aslida ish bermaydigan antiseptik, vitaminlar va boshqa salomatlik “sirlari”
Sog‘lom hayot tarzining barcha qabul qilgan qoidalari mavjud — to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish. Biroq ba’zi eskirgan salomatlik “sirlari” aslida faktlar bilan tasdig‘ini topmagan yanglish fikrlardir. Qo‘l uchun antiseptikdan foydalanish Agar kun davomida qo‘llaringizni muntazam yuvib tursangiz, u holda sizga antiseptik kerak bo‘lmaydi. Qolaversa, antiseptik ham oddiy sovun va suv o‘ldira oladigan bakteriyalardan ko‘proq bakteriya o‘ldira olmaydi. Ba’zi viruslar esa antiseptikdan umuman cho‘chimaydi. Polivitaminlar qabul qilish Ko‘pchilik bunga hech qanday ehtiyoj bo‘lmasa-da, har kuni polivitaminlar qabul qiladi. Organizmga vitaminlar ham kerakligini inkor etmaymiz. Ularsiz ovqat yaxshi o‘zlashtirilmaydi yoki raxit va singa kabi xastaliklar kelib chiqadi. Biroq biz ko‘pincha vitaminlarni oziq-ovqat bilan yetarlicha qabul qilamiz, qo‘shimcha qabul qilishga esa zarurat bo‘lmaydi. Tik turgan holda ishlash 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar tik turib ishlashning hech qanday afzalliklarini aniqlay olmadi. Tik turganimizda ko‘proq kaloriya yo‘qotishimiz uning yagona afzal jihatidir. Shuning uchun ortiqcha vazndan qutulmoqchi bo‘lsangiz, tik turib ishlashni davom ettirishingiz mumkin. Hojatxona o‘tirgichi uchun bir martalik qoplamalardan foydalanish OITS yoki gerpes kabi viruslar juda beqaror bo‘lib, odam organizmidan tashqarida yashay olmaydi. Qolaversa, teri ham turli mikroblarga qarshi samarali to‘siq hisoblanadi. Shuning uchun jamoat joylardagi hojatxona o‘tirgichiga o‘tirsangiz ham biror xastalikni yuqtirib olishingiz dargumon. Bakteriyalar kesik yoki yara joylardan organizmga qon orqali o‘tishi mumkin. Mevalarning faqat sharbatini ichish Meva va sabzavotlardan sharbatini siqib ola turib, ulardagi barcha foydali ozuqaviy to‘qimalarni yo‘q qilasiz. Aynan ular bizni to‘q tutadi. Sharbatda esa faqat shakar qoladi. Shakarning yuqori tarkibi va oqsil kam bo‘lgan parhez doimiy ochlik hissi, kayfiyatning keskin o‘zgarishi va darmonsizlikka olib keladi. Shuning uchun faqat sharbatli parhezga o‘tishga shoshilmang. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
2,259
Ayollar
Zamonaviy turmush tarzida eng ko‘p kuzatiladigan 5 zararli odat
Texnika va rivojlanish hayot darajasi yaxshilanishiga katta hissa qo‘shgani bilan, insonlar turmush tarziga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Tabiiy mahsulotlar o‘rniga sun’iy ekstrakt va bo‘yoqlar qo‘shilgan taomlarni yeyish, harakatsizlik, kompyuter qarshisida soatlab o‘tirib, keyin boshqalardan alam olish holatlari bugungi kun uchun xos bo‘lib qolgan. Quyida eng ko‘p kuzatiladigan zararli odatlar nimalardan iborat ekaniga to‘xtalamiz. Ko‘p o‘tirish Texnika hamda zamonaviy kasblar sabab ham bugungi kunga kelib keragidan ko‘p o‘tirish, kam harakatlilik ko‘p kuzatiladi. Sport va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga esa vaqt ajratilmaydi. Ko‘p o‘tirish nafaqat vazn to‘planishi, immunitet tushishi, balki yurak-qon tomir kasalliklariga ham sababchi bo‘ladi. To‘yib uxlamaslik Stress va asabbuzarlik uyquga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buning oqibatida uyquga ketish qiyin bo‘ladi, uyqu davomida bezovtalik kuzatiladi, tongda esa uyqudan turish oson bo‘lmaydi. Uyquning yetarli bo‘lmasligi esa kun bo‘yi loqayd, bo‘shashib yurishga, hech narsani istamaslik va qiziqmaslikka olib keladi. Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan bo‘lsa ham zarurligi uchun ta’kidlashdan charchalmaydigan tavsiya: 7-8 soatdan kam ham, ko‘p ham uxlamang. Shamollashni ham antibiotik davolash Antibiotiklar immunitetni tushirib yuborish xususiyatiga ega ekanidan xabaringiz bormi? Yo‘q bo‘lsa bilib oling. Shamollashning yengil formasida ham antibiotik dori vositasini qabul qilishga oshiqmang. Organizmning kurashishiga qo‘yib bering, lekin tashlab qo‘ymang. Toza havodan to‘yib nafas oling, ko‘p suyuqlik iste’mol qiling, vitamin va minerallarga boy salat va taomlar iste’mol qiling. Unutmang, oddiy shamollashda ham antibiotik qabul qilaverish oqibatida organizm ko‘nikib qolib, keyinchalik ta’sir qilmaydigan va undan-da dozasi kuchli dori vositasi qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Asabiylashish Asabbuzarlikdan qochib bo‘lmasligini inkor etmagan holda o‘zingizni chalg‘itish, kayfiyatni ko‘taradigan sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Qolaversa, muammo yuzaga kelganda birlamchi va ikkilamchiga, muhim va nomuhimga ajratib, vaziyatga baho bering. Sizning sog‘lig‘ingiz, salomatligingiz ketishiga arziydigan darajada muhimmi mavjud muammo? Ko‘p shirinlik iste’mol qilish Shirinlik kayfiyatga yaxshi ta’sir qiladi, lekin salomatlikka emas. Siz iste’mol qiladigan ketchup, konfet, pechenye uglevodlarning koni ekani ularning me’yordan ortiq iste’moli vazn to‘plash, qon aylanishining qiyinlashishi va boshqa jiddiy kasalliklarga sababchi bo‘lishini unutmang, aziz o‘quvchi. O‘zingizni nazorat qilish orqali nafaqat salomatligingiz, balki kayfiyatingiz yaxshilanib, natijada hayotdan mamnuniyatni his eta boshlaysiz.
63
2,740
Ayollar
Konditsioner bo‘lmaganda, issiqdan himoyalanishga yordam beradigan 10 ta layfxak
Uzoq kutilgan yoz mavsumi boshlanishi bilan insonlar ko‘pincha ob-havo chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lishiga duch keladi. Ba’zilar salqinlikni saqlash uchun uyga konditsioner o‘rnatadi. Ammo bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar-chi? “Noviy ochag” nashri konditsionersiz uyda issiqlikdan himoyalanishning samarali usullarini taqdim etdi. Tashqarida 30 yoki undan ortiq daraja issiq bo‘lsa, kvartiraning ichi chidab bo‘lmas holatda issiq bo‘ladi. Lekin uyga konditsioner xarid qilish qilish bilan hammasi hal bo‘lmaydi. Qurilmani sotib olishning o‘zi etarli emas, uning o‘rnatilishi ham pul talab qiladi. Shu bilan birga, o‘rnatishda ham tekshirib ko‘rilishi kerak, chunki uni ba’zi uylarning jabhalariga o‘rnatish taqiqlanadi. Konditsionersiz uy derazalariga folga osib qo‘ying Ba’zi uylarning derazalari folga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Bu xonani yorqin quyosh nurlaridan himoya qilishning eski va oddiy usullaridan biri hamda shu bilan birga issiqlikdan qochishdir. Folga quyosh nurini qaytaradi va xonada haroratni pasaytirishga yordam beradi. Sotib olingan folgani maxsus yopishqoq lenta yoki sovunli eritma bilan yopishtirish mumkin. Biroq, ikkinchi holatda, uni pichoq bilan yirtib olish va derazalarni yuvish kerak bo‘ladi, shuning uchun lentadan foydalanish qulayroqdir. Derazalarga qoraytiruvchi yoki nur qaytaruvchi plyonkalarni yopishtiring Folga o‘rniga konditsionersiz issiqlikdan qutulishning zamonaviyroq varianti mavjud. Bu tabiiy yorug‘likni to‘sib qo‘ymaydigan, lekin yorug‘likni aks ettiradigan maxsus rang berish yoki nur qaytaruvchi plyonkalardir. Ular oynani qoraytiradi, lekin derazadan tashqarining ko‘rinishga xalaqit bermaydi. Ularni har kim o‘zi qo‘llashi mumkin va ish paytida ular qo‘shimcha parvarish qilishni talab qilmaydi. Xonani salqin saqlash uchun ventilyatorga muzli idishlar o‘rnating Ushbu qurilmani yasash uchun oddiy ventilyator va bir nechta 1,5 litrli plastik butilka kerak bo'ladi. Plastik idishlarni suv bilan to‘ldirib, muzlatgichga qo‘yiladi. Keyin ular sim bilan bog‘lanib, qurilmaning orqa tomoniga qotiriladi. Ventilayotor xonaning burchagiga qo‘yiladi va derazadan uzoqroqqa yo‘naltiriladi. Bunday vaqtda muzlarning erib, oqib chiqa boshlashiga tayyor bo‘lish, shuning uchun qurilma ostidagi suv uchun idshni almashtirish yaxshiroq. Bu nafaqat konditsioner bo‘lmaganda xonani sovutishga, balki uydagi havoni namlantirishga ham yordam beradi. Parda va jalyuzilardan foydalaning Yorqin quyosh nuri xonaga kirganda, u xona haroratini 10 darajaga ko‘tarishi mumkin, shuning uchun pardalar quyosh nuri kirmasidan oldin yopilishi kerak. Qalin pardalar bo‘lmasa, jalyuzi yoki himoya pardalar bu vazifani yaxshi bajaradi. Shuning uchun, ertalabki soatlarda, harorat endigina ko‘tarila boshlaganda, derazalarni yopib, pardalarni yoki jalyuzilarni tushiris kerak. Bu maslahat, ayniqsa, derazalari janubga qaraganlar uchun to‘g‘ri keladi. Uydagi havoni namlang Agar uyda namlagich bo‘lsa, unga sovuq suv quyib, har ikki soatda yoqish mumkin. Buni haddan tashqari oshirib yubormaslik kerak, chunki doimiy ishlayotgan ventilyatorga qulaylik keltirmaydi va kvartiradagi nam havo faqat issiqxona effektini yaratadi. Yalpiz barglari yoki bodring po‘stini suvga qo‘shib, tetiklantiruvchi sprey tayyorlash mumkin. Shishalarni muzlatgichga qo‘yib, kerak bo‘lganda foydalaning. Sovuq suvni yopiq xonada ishlaydigan ventilyator oldida purkash mumkin. Issiq havoda salqin choyshab Agar issiq havo uxlashga xalaqit qilsa, toza choyshabni muzlatkichga bir necha soatga qo‘yish kerak. Salqin kiyimlarda uxlab qolish ancha yoqimli bo‘ladi. Zig‘ir va paxta matoli yostiqlar yengil va havo o‘tkazadi. Issiq havoda pechka, gaz va dazmoldan kamroq foydalaning Kvartira gaz va dazmoldan tufayli ham isib ketishi mumkin. Konditsionersiz uyda issiq kunlarda gazdan kamroq foydalanishga harakat qiling va to‘plangan kirlarni dazmollamang. Natijada issiqlik va terdan azob chekishga hojat qolmaydi. Grelka yoki sochiqni sovutib oling Yana bir layfxak — konditsionersiz uyda issiqlikdan qanday qutulish mumkin. Iliq dush oling, u tana haroratini pasaytiradi va xonadagi harorat haqiqatdan ham pastroq degan xayolni yaratadi. Agar havo juda issiq bo‘lsa, bo‘yinning orqa qismiga salqin, nam sochiqni qo‘yish kerak. Bunday sovuq kompresslar foyda beradi. Kvartirani konditsionersiz sovutish uchun nam tozalashni amalga oshiring Albatta, kvartirani konditsionersiz sovutish uchun issiqda, uydagi isiydigan yuzalarni sovutadigan muzli suvdan foydalanib, nam tozalashni tez-tez bajarish tavsiya etiladi. Shunda osonroq nafas olish mumkin, chunki havoda chang kamroq bo‘ladi. 2 iyun, 21:44
80
4,609
Ayollar
Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
Makiyajda muhim rol o‘ynaydigan va obrazning mukammal bo‘lishida hissasi katta bo‘lgan tushdan foydalanishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ko‘z shakli View this post on Instagram Siz bunga hech qachon unchalik e’tibor qilmagan bo‘lishingiz mumkin, ammo kipriklarni bo‘yayotganda doimiy ravishda cho‘tkada tush miqdori qancha ekaniga e’tibor qaratish kerak. Tashqi tomoniga ko‘proq surtish ko‘zlarni cho‘ziqroq ko‘rsatadi. Kipriklarni o‘rtasiga urg‘u berib bo‘yash esa ko‘zlarni katta ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Dumaloq ko‘rsatish uchun esa pastki kipriklarni butkul yoki ildizining o‘zini bo‘yash kerak. Eksperiment qilishdan cho‘chimang: ko‘zlaringizni turlicha bo‘yab ko‘ring va qaysi shakl sizga ko‘proq yoqishi hamda yarashishiga e’tibor bering. Oddiy va ahamiyatsizdek tuyilgan jihatlar muhim rol o‘ynashi mumkin. Cho‘tkaning shakliga e’tibor qarating Uzunlashtiradigan, qayiradigan va hajm beradigan – aslida bularning bari tushning emas cho‘tkaning o‘ziga xosligi sanaladi. Kipriklarni qayirish va ko‘tarish uchun qayrilma, hajmli ko‘rsatish uchun oval shaklidagi yoki ingichka, uzunlashtirish uchun esa konussimon yo bo‘lmasa burmali, itoatsiz kipriklar uchun dumaloq shakldagi cho‘tkalardan foydalaning. Ko‘z rangi View this post on Instagram Tush bilan ko‘z rangiga urg‘u bersa bo‘ladi. Buning uchun jigar rang ko‘zli nozik jins vakillariga jigarrang, moviy ko‘zli ayol va qizlarga ko‘k, ko‘zlari yashil bo‘lganlarga yashil tushdan foydalanish tavsiya qilinadi. Makiyajdagi bunday usul ko‘zlarni katta ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Ammo jigarrang ko‘zlar uchun – ko‘k, moviy ko‘zlar uchun jigarrang, yashil ko‘zlar uchun esa siyohrang tushlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday qarama-qarshilik sabab ko‘zlarning rangi yanada yorqin va shahlo ko‘rinadi. Birinchi usulda makiyaj ortiqchalikdan holi hamda va tabiiy bo‘lib chiqsa, ikkinchisida obraz yanada yorqin bo‘ladi. Ultrazamonaviy makiyaj View this post on Instagram Birgina tushning o‘zi bilan kamida ikki xil ultrazamonaviy obraz yaratsa bo‘ladi. Bir necha mavsum davomida podiumlarda dolzarb bo‘lgan obraz uchun tushni yaxshilab qayta-qayta surtish kerak bo‘ladi. Bunda takror surtishdan oldin avvalgisi quriganiga e’tibor qaratish kerak. Kipriklarni uzunlashtirishga mo‘ljallangan tushdan foydalanib nafaqat yuqori, balki pastki kipriklarni ham bo‘yash kerak. View this post on Instagram Ikkinchi variant uchun esa – yorqin rangdagi: pushti, qizil, moviy, ko‘k hamda yashil tushdan foydalaniladi. Ular yordamida ham yuqoridagidek obraz yaratish yoki kipriklarni kerakli yo‘nalishga qarab urg‘u berib bo‘yash mumkin. Bunda asosiysi ko‘z makiyajning boshqa elementlarini oshirib yubormaslik muhim sanaladi. Ten sifatida bitta rangdan (tilla rang, moviy, pushti) foydalanish kerak. Yorqin rangli tush bilan yaltiroq tenlar chiroyli ko‘rinadi. E’tiborga molik jihat Tush tanlashda kipriklaringizning o‘ziga xosligi va qovoqlaringizning tuzilishini inobatga oling. Uzunlashtiradigan va hajm beradigan tushni tanlash oson, ammo qolganlari bilan yanglishish mumkin. Kiprik ulagandek ko‘rsatadigan tushlardan yaxshisi kechki ziyofat va tadbirlar uchun foydalaning. Mimikalarning faolligi va qovoq terisining namlanishi sizni bezovta qiladigan bo‘lsa, termotushdan foydalanib ko‘ring. Faqatgina issiq suv bilan o‘chishi mumkinligi hisobiga bunday tush bilan hatto hovuzda ham suzsa bo‘ladi. Tarkibida silikon bo‘lgan tush ham shuningdek, kipriklarni alohida va uzun ko‘rsatish xususiyatiga ega – qovoqlaringizda iz qolmaydi.
107
3,585
Ayollar
Har qanday obrazga mos tushuvchi va hech qachon urfdan qolmaydigan ustki kiyimlar (foto)
Ayollar garderobidan hamisha asosiy liboslar topiladi. Ular har qanday vaziyatda, masalan, teatr yoki uchrashuvga to‘satdan borish kerak bo‘lgan vaqtda yordam beradi. Ya’ni ularni har qanday holatda ham kiyish mumkin va turli xil uslubga ham mos keladi. Oq kofta Oq kofta – klassik uslub bo‘lib, uni har qanday kiyim bilan moslashtirish mumkin. Masalan, keng shim, charm yubka va boshqalar. Ko‘pgina yulduzlar – Viktoriya Bekhem undan mohirona foydalanadi. Oq kofta tanlashda ko‘proq bezak va cho‘ntaklarsiz bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Bu uslubdagi koftalar och va to‘q rangdagi liboslar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Sviter O‘tgan asrning 70-yillarida moda olamiga kirib kelgan sviterlar o‘sha vaqtdan beri urfdan qolmadi. Uni turli xil rangdagi yubkalar bilan uyg‘unlashtirib, ajoyib ko‘ylaklar yaratish mumkin. Shuningdek, uni sarafan, kalta va uzun kurtkalar bilan kiyish ham mumkin. Ayniqsa, to‘q rangdagi sviterlar qomatni yanada ixchamroq ko‘rsatadi, yorqin rangdagilari esa qish faslida ham bahoriy ko‘rinish baxsh etadi. Futbolka Garderobdagi eng asosiy kiyim. Yengil ustki kiyim va kardigan ostidan ham ularni kiyish mumkin. Ular doimo har qanday ayolning garderobidan topish mumkin. Shuningdek, ularning narxlari boshqa liboslar kabi qimmat ham emas. Ayniqsa, oq rangdagisi barcha sport kiyimlari bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Jemper To‘qilgan yoki trikotaj matoli jemperlar ham yana bir yordamchi liboslar sirasiga kiradi. Hozirda qish fasli bo‘lishiga qaramay, uni yubkalar bilan kiyish urfga aylandi. Shuningdek, keng hajmdagi jemperlarni jinsi va boshqa matoli shimlar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin. Ko‘ylak Moda olamida har bir ayolning garderobida qora rangli libos bo‘lishi kerak, degan qarash mavjud. Albatta, u qomatni ixcham qilib ko‘rsatadigan soddagina bichimda bo‘lishi kerak. Uzunligi tizzadan yoki biroz yuqoriroq modellarni tanlash tavsiya etiladi. U qanchalar oddiy bo‘lsa, qolgani uni to‘ldiruvchi aksessuar bilan boyitiladi. Bu kabi libosni baland poshnali poyabzal, paltolar bilan yoki kurtka va oq krassovka bilan ham moslashtirish mumkin.
88
2,118
Ayollar
Ko‘zoynak, fonar va issiqda mashina ichida qoldirish tavsiya qilinmaydigan boshqa buyumlar
Quyosh nurlari ta’sirida mashina saloni qizishi va ichki harorat tashqaridan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Dori vositalari Jaziramada mashina ichidagi havo harorati 50-55 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, dorishunoslar esa dorilarni 25 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerakligini aytadi. Yo‘qsa, tarkibidagi foydali xususiyatlari yo‘qolib, zaharlanishga ham olib kelishi mumkin. Elektronika Havo haroratining yuqori ekani telefon batareykasi ishdan chiqishiga olib keladi. Quyoshdan himoya qiluvchi vositalar Haddan ortiq issiqlik sabab bunday vositalar tarkibidagi quyosh nuridan himoyalaydigan moddalar samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu sabab ham bu kabi krem va losyonlarni ham 25 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak. Ko‘zoynak Ko‘zoynakning plastik qismi erib ketishini istamasangiz uni mashina ichida qoldirib ketmang. Aerozolli balonchalar Dezodorant va hasharotlarga qarshi vositalar xona haroratidan yuqori bo‘lgan yerda uzoq vaqt saqlansa, portlab ketishi mumkin. Plastik idishda suv Issiqlik ta’sirida plastikdan fenol ajralib suvga, suv bilan qo‘shilib oshqozonga tushadi. Ushbu moddaning organizmda to‘planishi saraton kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari Mahsulotlarni 30 darajadan yuqori haroratda 1 soatdan ko‘pga qoldirib bo‘lmaydi. Aks holda aynishi va organizmning zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nam kiyimlar Mashinada qolgan nam kiyimlar hidlanib qoladi, hid paket ichidan tashqariga chiqmasa mog‘orlashi ham mumkin. Fonar Istalgan fonarda yuqorida ta’kidlanganidek portlashi mumkin bo‘lgan batareyka borligi uchun ham issiqda qoldirish tavsiya qilinmaydi. Kosmetik vositalar Mashinadagi harorat ta’sirida kosmetik vositalari yaroqsizga aylanishi mumkin. Zajigalka Issiqlikda zajigalka ichidagi suyuqlik tashqariga oqishi mumkinligi hisobiga mashina ichida noxush voqea sodir bo‘lishi mumkin. Saqich Issiqda erigan saqich mashina o‘rindig‘iga yopishib qolishi mumkin.
90
1,943
Ayollar
Mikroto‘lqinli pechdan vaqtni tejab, foydalanish bo‘yicha 8 ta tavsiya
Uy-ishlari kishining ko‘p vaqtini oladi. Vaqtni esa to‘g‘ri taqsimlab foydali va maroqli ishlar bilan shug‘ullanish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, sayr qilish mumkin. Ayol kishi o‘rtacha umrining 18 yilini oshxonada o‘tkazar ekan. O‘zbek ayollarining oshxonaga sarflaydigan vaqtini esa hisobiga yetib bo‘lmasa kerak. E’tiboringizga vaqtni tejaydigan layfxaklarni taqdim qilamiz va tejalgan vaqtingizni o‘zingizga ajratib salomat va go‘zal bo‘lishga, qiziqarli kitob va jurnallar o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Tovuq go‘shtini tezda tayyorlash usuli Tovuq go‘shtini maxsus idishga solib, tuz va ziravorlar seping undan so‘ng, yarim stakan suv soling va konteyner ustini maxsus yopishqoq “plyonka” bilan yoping hamda 15 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Tayyor bo‘lgan tovuq go‘shtini barra sabzavotlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Bunday usul bilan vaqtingizni tejashingiz va taomingiz mazali bo‘lishini ta’minlagan bo‘lasiz. No‘xatni bir zumda pishirish usuli No‘xatni kerakli hajmda olib idishga soling, ustiga kerakli miqdorda suv hamda bir chimdim ichimlik sodasi soling. Maxsus yopishqoq “plyonka” bilan yopib, 10 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Keyin 30-40 daqiqa no‘xatga tegmang idishda tursin. Bunday tayyorlangan no‘xat odatdagidan tezroq pishadi. Bir vaqtda ikki taomni isitish mumkinmi? Albatta, mumkin. Qolaversa bunday usul bilan bir vaqtning o‘zida vaqt va elektrni tejasa bo‘ladi. Bu juda oddiy, pechga birinchi chuqurroq tovada suyuq ovqatni ustiga tarelkada quyuq ovqatni ustma-ust qo‘ysangiz kifoya. Ikkala taom ham yaxshilab isishi uchun 3-3,5 daqiqani belgilang va hammasi tayyor, siz birinchi va ikkinchi ovqatni ortiqcha ovoragarchiliksiz yeyishingiz mumkin. Sitrus mevalardan sharbat qilish Limon, apelsin yoki greypfrutni 20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Vaqt bo‘lgach, mevalar o‘rtasidan bo‘ling va stakanga sharbatni siqib oling. Pitssani qanday isitsa qotib qolmaydi? Pitssa bo‘lagini ustini yopmasdan mikroto‘lqinli pechda isitsa, u quruq va qattiq bo‘lib qolishini bilasizmi? Bunday bo‘lishini istamasangiz, isitishga stakanda suv bilan birga qo‘ying. Shundagina, yumshoq va issiq pitssa yeyishingiz mumkin. Suvi qochgan nonni qanday isitish kerak? Buning uchun sochiqni namlab, nonni sochiqqa o‘rash va 10 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yishning o‘zi kifoya. Piyoz to‘g‘raganda ko‘z yoshlanmasligi uchun nima qilish kerak? Javobi siz kutgandan-da, oddiyroq: piyozni ikki tarafini kesib, 20 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Kartoshka fri sevuvchilarga oson usul Kartoshkani kerakli shaklda kesib tarelkaga soling, ustidan o‘simlik yog‘i solib, ta’bga ko‘ra tuz seping. Keyin mikroto‘lqinli pechga qo‘yib, tayyor bo‘lgunicha kuting.
70
2,719
Ayollar
Tishlarning sarg‘ayishga nima sabab bo‘ladi va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Agar tishlaringiz qorayib, sarg‘aya boshlaganini payqagan bo‘lsangiz, avval bu holatga nima ta’sir qilayotganini aniqlash kerak. “Noviy ochag” nashri emal rangini qanday aniqlash mumkinligini, bu vaziyatda qanday yechim tutish kerakligini ma’lum qildi. Tish rangiga ta’sir qiluvchi omillar Tish sarg‘ayishini qanday oldini olish mumkin? Tish chirklari bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun yomon odatlardan voz kechishingiz, kalsiyga boy ovqatlar iste’mol qilishingiz, ichimlik suvining tarkibi va sifatini nazorat qilishingiz, kamida olti oyda bir marta tish shifokorining oldiga borishingiz, tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlashingiz va gazli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishingiz kerak. Tishlarni sarg‘aytiruvchi mahsulotlar
81
738
Ayollar
Bolaning ishtahasi ochilishida yordam beradigan 5 tavsiya
“Bolamning ishtahasi yaxshi emas” – pediatrlar deyarli har bir onadan eshitadigan jumlalar. Odatda ovqatdan bosh tortishga bolalarcha injiqlik deb qaraladi. Lekin ba’zi hollarda bu jiddiy alomat bo‘lishi mumkin va uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Ishtaha yo‘qolishiga olib keladigan kasalliklarni bartaraf eting Shuningdek, bolalarda ishtaha jigar kasalligi, stomatit, vitaminlar yetishmasligi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Аgar ishtahasizlik og‘riq, kuchsizlik, ko‘ngil aynishi va boshqa belgilar bilan namoyon bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Ovqatlanish rejimiga rioya qiling Ovqatlanish rejimining buzilishi bolalarda ishtaha yomonlashishining asosiy sababidir. Bola ovqatni nazoratsiz qabul qiladi, ba’zida nonushtani o‘tkazib yuboradi, kechki payt ovqatlanadi va darhol yotib uxlaydi. Shu va shunga o‘xshash holatlar nafaqat yomon ishtahaga, balki oshqozon-ichak tizimi kasalliklariga ham olib keladi. Bola har kuni bir vaqtda ovqatlansa, refleks hosil bo‘lib, ovqatlanish vaqti kelganda oshqozon sekretsiyasi jonlanadi va ovqat hazm qilish jarayoniga tayyor bo‘ladi. Аgar bola o‘z vaqtida ovqatlansa, yaxshilab chaynasa va kundalik rejimga rioya qilsa, ishtaha bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. Shirinliklarni cheklang Ko‘pincha bolani ovqatlantirish istagida ota-onalar uning injiqliklarini rag‘batlantiradi va unga sog‘lom ovqat emas, balki xohlagan narsasini beradi. Bolalar esa odatda shirin narsani yaxshi ko‘radi. Shakarli narsa bilan aralashgan ovqatlar ochlik tuyg‘usini susaytiradi, so‘lak ishlab chiqarishni kamaytiradi. Shirinliklar bilan to‘ygan bola boshqa ovqatlarga ehtiyoj sezmasa ham, organizm vitamin va mikroelementlarga muhtoj bo‘ladi. Ochlikni shirinliklar bilan aldashga ruxsat bermang, shirinliklarni alohida, bolaning qorni to‘q vaqtida berish tavsiya etiladi. Faol turmush tarzini olib boring Passivlik bolaning ishtahasini pasaytiradi. Kompyuter va telefon oldida vaqt o‘tkazgan bolalar ko‘p kaloriya sarf qilmaydi, oziq moddalarga ehtiyoji bo‘lmagan organizmda ochlik hissi kamayadi, natijada bola istamaygina ovqatlanadi. Ochiq havoda o‘ynash, jismoniy mashqlar katta energiya sarfini keltirib chiqaradi, organizmni oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Natijada bolaning ishtahasi ochiladi. Meva, sabzavotlar va ularning sharbati Har qanday olma, ayniqsa, nordonlari, apelsin, limon, qizil sabzi, pomidor, bodring, asal ozgina suv bilan — bularning hammasi ishtahani yaxshilaydi. Yuqoridagilarning o‘zini yoki sharbatini ovqatlanishdan yarim yoki bir soat oldin iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Shuningdek, ular vitamin va mikroelementlarga boyligi bilan ham foydalidir. Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.
57
2,696
Ayollar
Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
Nima uchun tishlar rangini o‘zgartiradi? Bunga qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida ushbu hodisaning bir nechta sabablari va vaziyatni tuzatishga yordam beradigan maslahatlar mavjud. Tishlarni tez-tez chayish Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak tishlarni mukammal himoya qiladi va ortiqcha kislota hamda oziq-ovqat qoldiqlarini yuvadi. Og‘izni maxsus vositalarda chayish yaxshi, lekin ayrim suyuqliklarda kislota mavjud bo‘lib, bunda tish emali zararlanadi. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida badbo‘y hid paydo bo‘lsa, tishlarni avvalgidan ko‘proq yuvish yoki professional tozalash uchun tish shifokoriga borish tavsiya etiladi. Nordon meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish Misol uchun, sitrus mevalar, pomidor, ananas, ba’zi ichimliklar, salatlarga qo‘shiladigan sirka – bularning barchasini ratsiondan chiqarib tashlashga hojat yo‘q, uni suv bilan yuvish kifoya. Qora choy va sharob ichgandan keyin og‘izni suv bilan chayish ham foydalidir. Tez-tez qahva ichish Buning, albatta, foydali tomoni ham bor, lekin emal uchun emas. Tishlardagi qahva qoldiqlari vaqtida cho‘tka bilan yuvilmasa, tishlarning oq rangi tez orada o‘zgaradi. Ushbu tavsiya qahvani kam ichadiganlarga ham tegishli. Rad etishning hojati yo‘q, qahvani kam yoki ko‘p ichish ahamiyatli emas, muhimi tishlarni tezroq tozalashda. Chekish Sigareta va tamakilardagi kimyoviy moddalar tish emalini yo‘q qiladi, shuningdek, so‘lak ishlab chiqarishni kamaytiradi va milkka zarar yetkazadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik Tishlarni kuniga ikki marta yuvishdan tashqari, tish iplari yoki hech bo‘lmaganda tishkovlagichdan foydalanish kerak. Ayniqsa, yiliga bir marta tishlarni mukammal tozalash uchun stomatolog huzuriga tashrif buyurish lozim. Tishlarni juda qattiq ishqalash Tishlarni cho‘tkalashda bosim va tezlik ularga yordam bermaydi, balki zarar yetkazadi. Bu, ayniqsa, pastada kuchli moddalar bo‘lsa (asosan, arzon sifatsiz pastalarga tegishi) yaqqol seziladi. Shu tariqa tish emaliga zarar yetadi. Shuning uchun tishlarni shoshmasdan, uzoqroq vaqt davomida cho‘tkani yengil harakatlantirib yuvish kerak.
82
2,075
Ayollar
Gubka yordam bermaydi: Qishki oyoq kiyimlarni qanday parvarishlash kerak?
Ma’lum bo‘lishicha, qishki poyabzallarni tozalashda shunchaki gubka bilan kifoyalanmaslik kerak. Ularning bir mavsumdan ko‘proq vaqt xizmat qilishi uchun qanday parvarish qilish kerakligi haqida quyida tanishib chiqish mumkin. Kirni artib oling Mavsumiy poyabzallarni uzoq vaqt kiyish uchun har kuni unga kamida bir necha daqiqa ajratish kerak. Dastlab poyabzal yuzasidagi kir, chang va qurib qolgan loylarni juda yaxshi siqilgan salfetka yoki quruq mato bilan artib olish zarur. Batareyada quritmang Sifati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qishki poyabzalni hech qachon nam holatda kiymaslik kerak. Teri, zamsh va boshqa materiallar tashqi tomondan ham, ichkaridan ham namlikni o‘tkazadi. Shuningdek, poyabzalni batareyada quritish tavsiya etilmaydi, u tabiiy ravishda qurishi lozim, aks holda poyabzal yorilishi, qorayishi va deformatsiyalanishi mumkin. Birinchi marta hech narsa sodir bo‘lmasligi mumkin, lekin bu muntazam ravishda amalga oshirilsa, albatta, chidamliligini qisqartiradi. Poyabzal shaklini saqlab qoling Suv o‘tgan poyabzalni eng avvalo shaklini saqlab qolishga harakat qilish lozim. Buning uchun maxsus yog‘och yoki karton tirgakdan foydalanish mumkin.  Agar ikkalasi ham bo‘lmasa, etiklarning ichki qismini qog‘oz bilan to‘ldirish tavsiya etiladi. Etiklarni muntazam kiymang Ish yoki o‘qish vaqti tugagach, etiklarga ham biroz dam berish lozim. Ayrim etiklar sekin quriydi. Shuning uchun nam bo‘lsa, ertasi kuni ularni kiyish tavsiya etilmaydi. Har qanday sotuvchi etik sotib olayotgan mijozga ulardan qanday foydalanish va ketma-ket har kuni kiyish mumkin emasligini aytib o‘tishi lozim. Odatda nam charm etiklar 24 soat, zamsh etiklar esa bir necha kun ichida quriydi. Uydan chiqishdan oldin charm poyabzallaringizni tozalang Poyabzal kremi terini yumshatuvchi, suv hamda kirni qaytaruvchi moddalarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun har doim ko‘chaga chiqishdan oldin charm etiklarni tozalash zarur. Ayniqsa, qorli mavsumda poyabzalga surtilgan krem suv o‘tishining qisman oldini oladi. Zamsh poyabzalni quruq holda tozalang Zamsh poyabzallari suv va loydan aziyat chekadi, shuning uchun yog‘ingarchilikda va, albatta, har kuni ham kiyish kerak emas. Zamshni maxsus cho‘tka bilan tozalash kerak, metall yoki boshqa cho‘tkalar unga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, etikni ho‘l vaqtida ham tozalalab bo‘lmaydi, aksincha, zamsh oyoq kiyim yuzasi qurigach darhol tozalash tavsiya etiladi. Charm oyoq kiyim nam mato bilan tozalanishi mumkin Odatda charmni nam mato bilan tozalash mumkin. Charm poyabzallari uchun ishlatiladigan mumga asoslangan mahsulotlar charm o‘rnini bosuvchilar uchun mos emas. Mum so‘rilmaydi, lekin poyabzalni plyonka bilan qoplaydi va ko‘proq chang tortadi. Oyoq kiyim uchun bolalar yoki qo‘l kremini ishlatmang Ko‘pchilik bolalar kremi yoki qo‘l kremi poyabzalni ajoyib himoya qiladi, deb o‘ylaydi, ammo bu unday emas. U etiklarni chang tortadigan yog‘ bilan qoplaydi va oxir-oqibat xiralashadi. Yumshoq charm poyabzallarni vazelin, bolalar kremi yoki kungaboqar yog‘i bilan yog‘lash yaxshi fikr emas. Keyinchalik, bunday poyabzallarni ta’mirlash muammo tug‘diradi, chunki ularni yopishtirish qiyin. Oyoq kiyim gubkasidan voz keching U faqat vaqti-vaqti bilan birinchi yordam sifatida ishlatilishi mumkin. Oyoq kiyimlarni gubka bilan doimiy ravishda tozalash faqat zarar keltiradi. Gap shundaki, arzon va qulay bo‘lgan bunday gubkalar silikonni o‘z ichiga oladi, bu esa poyabzalga tezda chiroyli ko‘rinish beradi, lekin teshiklarni yopib qo‘yadi va poyabzal “nafas olishni” to‘xtatadi. Silikon poyabzalning yaltirashini ta’minlaydi va namlikni qaytara oladi, lekin u mahsulot tarkibida eng kam miqdorda bo‘lishi kerak. Agar gubka muntazam ravishda ishlatilsa, poyabzal va etiklarning terisi tezroq qariydi, xiralashadi, yorila boshlaydi va ba’zi hollarda qorayishi mumkin. Yana bir noxush holat: poyabzalning teshiklari tiqilib qolganligi sababli, oyoqlar ham nafas olmaydi, natijada yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Shuningdek,  nam paypoq ichida oyoqlar tezda muzlaydi.
73
4,013
Ayollar
Garderobidagi kiyimlar rangi ayol kishining qanday fe’l-atvor egasi ekanligidan dalolat beradi
Garderobingizdagi kiyimlar asosan qanday rangdan tashkil topgani sizning ruhiyatingizdagi o‘zgarish, shuningdek, fe’l-atvoringiz qandayligini bildiradi. Qizil rang Garderobingizda kiyimlar asosan qizil rangdan iborat bo‘lsa, demak siz energiyali, emotsiyaga boy, o‘ziga e’tibor berishni yaxshi ko‘radigan va chiqishimli insonsiz. Shuningdek, siz faol hayot kechirishni yaxshi ko‘rasiz, miyangiz esa hamisha g‘oya va rejalar bilan band. Olovrang Aslida bu rangdagi libos hammaning ham garderobida uchrayvermaydi. Olovrang libos optimist, hayotdan zavqlanishni yaxshi ko‘radigan va atrofda hamisha do‘stlar gavjum bo‘lgan, gina saqlamaydigan inson ekanligingizni bildiradi. Sariq Garderobida sariq rang ko‘p bo‘lgan insonning intellekti yuqori bo‘lib, aqliy faoliyatda muvaffaqiyatga erishadi. Bundan tashqari, siz muloqot qilishni yaxshi ko‘radigan, ijodkor shaxssiz. Yashil rang Yashil rangda liboslarni ko‘p kiyishingiz, tabiatni yaxshi ko‘rishingiz va istalgan odam bilan ham til topishib keta olishingizdan darak. Ko‘k rang Agar sizning garderobingizda ushbu rangdagi liboslar ko‘p bo‘lsa, siz bilan suhbatlashgan odam zerikmaydi, sizning dunyoqarashingiz keng va oqil insonsiz. Siyohrang Siyohrangni yaxshi ko‘rgan insonlar ruhiy barkamollikka intiladi. Odamlar bilan muloqot qilish, chiqishish uchun ham siz avvalo ruhan yaqinlikni his qilishingiz muhim sanaladi. Oq rang Oq rang — mag‘rurlik va har narsada mukammalikka intilishingizni bildiradi. Siz o‘zingiz va atrofdagilarga ham yetarlicha talab qo‘yadigan, odamlarni atrofingizga yaqinlashtiravermaydigan insonsiz. Qora rang Qora rang ko‘pchilik garderobidagi asosiy rang hisoblanadi. Lekin uni, nima kiyishni bilmagandan emas istab xarid qilingan bo‘lsa, demak libos egasi sirli, ambitsiyali inson hisoblanadi. Qora rangni uncha xushlamaydigan, lekin qandaydir vaziyatda qora kiyingan inson ruhiy olamida o‘zgarishlar yoki tushkunlikni boshdan kechirayotgan bo‘lishi mumkin. Kulrang Kulrangni asosan e’tibor tortishni xushlamaydigan, sokin va o‘zidan ko‘ngli to‘q insonlar yaxshi ko‘radi. Ular boshqalardan ajralib turishni, diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydi, o‘z olamida birovga xalaqit bermay yashashni afzal biladi. Jigarrang Jigarrang — mehnatkashlik, boshqalarga yordam berishga shaylikni bildiradi, Siz jigarrangni to‘satdan yoqtirib qolgan bo‘lsangiz va bu rangdagi kiyim-kechaklarni odatdagidan ko‘p xarid qilayotgan bo‘lsangiz, demak siz ruhan katta bo‘lyapsiz va hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lyapti. Pushti Pushti rangni sevgan inson ko‘ngli bo‘sh, nozik va seva olishga qodir bo‘ladi. Bundan tashqari e’tibor va diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radi.
94
2,634
Ayollar
Yuz terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oddiy 5 ta narsa
Toshmalar, yallig‘lanish va husnbuzarlar paydo bo‘lishi tashqi omillar bilan ham bevosita bog‘liq. Quyida siz e’tibor bermaydigan, ammo yuzingiz holati qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan sabablarga to‘xtalamiz. Yostiq jildi Tunda yuz terisidan kunning boshqa qismiga nisbatan ko‘proq miqdorda yog‘ ajraladi. Siz yotgan vaqtda, ajralib chiqqan yog‘ yostiqqa tegadi. Ko‘zga ko‘rinmagani bilan ushbu jarayon har kuni davom etadi va yostiq kirlanadi. Shu bois yostiq jildi va choyshablarni kamida uch kunda almashtirish, yuvib dazmollash tavsiya qilinadi. Telefon Telefonni infeksiya manbasi desa ham xato bo‘lmaydi. Yuzning chakka, quloqqa yaqin qismiga husnbuzar toshishi sabablaridan biri ham aynan ushbu aloqa vositasi hisoblanadi. Chang va kir joyda qolgan, toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlangan telefonni gaplashish uchun quloqqa olib borilganda uning yuzasidagi bakteriya va infeksiyalar yuz terisiga yopishadi. Yuzingizga turli toshma va qizarishlar toshishini oldini olishni istasangiz smartfoningizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirib turishni yoddan chiqarmang. Makiyajni yuvmasdan sport bilan shug‘ullanish Teridan ajralgan yog‘, surtilgan kosmetik vositalar bilan aralashganda yuzingiz qanday ahvolda bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi? Salomatlik uchun sport bilan shug‘ullanishga qaror qilgan ekansiz, bu vaqtda yuzingiz makiyajdan xoli to‘yib nafas olishiga ham qo‘yib bering. Mashqlardan avval yuz terisini kosmetik vositalardan tozalashni yoddan chiqarmang. Sochiq Zararli bakteriyalar namlikni sevishini bilarmidingiz? Yo‘q bo‘lsa, bilib oling: bakteriyalar nam matolarga yopishib, joylashib oladi. Shu sababdan ham yuz sochig‘i doim quruq bo‘lishi va iloji bo‘lsa uni har kuni yuvib almashtirish kerak. Husnbuzarlarni o‘zboshimchalik bilan yo‘q qilishga urinish Qizarib, husnni buzib turgandek tuyulgan husnbuzarlarni qo‘l bilan ichidagi suyuqlikni chiqarib tashlash ko‘pchilik uchun tanish holat bo‘lishi mumkin, lekin oqibati haqida hamma ham bilavermaydi: qo‘lda ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar limmo-lim bo‘ladi, siqilgan husnbuzar o‘rni dog‘ va chuqurcha bo‘lib qoladi va o‘zboshimchalik infeksiya tushishi va jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Yuzingizda muammolar kuzatilayotgan bo‘lsa, eng avvalo shifokor yoki kosmetologdan maslahat oling. Har qanday usul va niqoblarni sinab ko‘rishdan avval yuz teringizning sezuvchanligi qanday ekani haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling. Boshqa qiziqarli ma’lumotlar:
57
2,442
Ayollar
Oilaviy byudjetni tartibga solamiz
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 70 % yosh oilalarning ajrashuviga sabab bo‘ladigan omillardan biri pul bilan bog‘liq kelishmovchiliklar ekan. Kamdan kam hollarda turmush qurish arafasida turgan yoshlar bo‘lajak yangi oilaning moliyaviy tomonlarini o‘ylab ko‘radi. Bu masalada qarama-qarshiliklar yuzaga kela boshlaganda esa “bosh qotirishga” majbur bo‘ladi. Mana shu pallada oila byudjetini rejalashtirish ayni muddaodir. Buning uchun ikki yosh avvalo, byudjet qayerdan to‘planishi va pullar qayerga sarflanishini tasavvur eta olishi lozim. Agar siz moliyaviy masalada tartib o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, birinchidan, barcha daromadni hisoblab chiqing. So‘ng xarajat, xarid va to‘lovlarga ketadigan mablag‘larni taqsimlab chiqing. Bu tartibni kim nazorat qilishini ham tayinlashni unutmang. Excel dasturida oddiy jadval tuzing va unga asosiy daromad hamda xarajatlaringiz ro‘yxatini  yozib boring. Masalan, ro‘zg‘orga olinadigan oziq-ovqatlar, uydan tashqari ovqatlanish, turli xizmatlar (telefon, Internet, go‘zallik saloni va boshqa), yo‘l haqi, kiyim-kechak va hokazo. Ba’zi kishilar savdolashishga sabr qilmay yoki “narxini tushiring, qimmat ekan” deyishdan uyalib, sotuvchi aytgan narxda sotib olaveradi. Vaholanki, o‘sha mahsulot siz xarid qilgan narxdan ancha arzon bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, bugun iste’mol bozori keng bo‘lgani bois, tejamkor bo‘lish mushkul, lekin, ko‘pchilik millionerlar tejash, pul bilan muomala qilish natijasida boy bo‘lishgan. Har oy boshida byudjet rejasini tuzganingiz kabi, har oy oxirida ham o‘zingiz uchun hisobot tayyorlab boring. Yuqoridagi maslahatlarga amal qilish va nazorat qilib borish kundalik yumushga aylanib borsa, o‘z-o‘zidan hayotingiz yaxshilanishiga, moddiy jihatdan muammolaringiz kamayishiga olib keladi. Bu esa oilaning yanada mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
34
1,811
Ayollar
Olimlar surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish uchun uyquning minimal davomiyligini ma’lum qildi
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan insonlar ko‘plab surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishi uchun kuniga kamida besh soat uxlashi kerak. Parij-Cite universiteti tadqiqotchilari shu xulosaga keldi, deb xabar bermoqda Lifehacker nashri. Olimlarning ta’kidlashicha, keksa insonlar sog‘lom bo‘lishi uchun kuniga besh soat uxlashi kerak. O‘rtacha ko‘proq uxlaganlar sog‘liq bilan bog‘liq muammolariga duch kelmagan. Tadqiqotda 50 yoshdan oshgan 7000 ga yaqin britaniyalik davlat xizmatchilari ishtirok etdi, ularda multimorbidlik sindromi bo‘lmagan. Ishtirokchilarning barchasi 1985-yilda Uaytxoll kogort tadqiqotida qatnashgan. Uaytxoll tadqiqoti sog‘liqning ijtimoiy determinantlarini, xususan, Britaniya davlat xizmatchilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqdi. Ularning hozirgi ma’lumotlari uyqu va kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish uchun yangi tadqiqotda tahlil qilindi. Keng qamrovli tahlilda olimlar qisqa uyqu davomiyligi surunkali kasallikning boshlanishi va multimorbidlik bilan bog‘liqligini tasdiqladi, biroq surunkali kasallikka chalingan insonlarda bu holat o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bir qancha tadqiqot natijalari:
99
1,235
Ayollar
Tabiiy mahsulotlar: yuz uchun qaysi mevalardan niqob qilgan yaxshi?
Vaqti-vaqti bilan terini ham tabiiy vitaminlar bilan oziqlantirib turish zarur ekanligini unutmaslik lozim. Uy sharoitida niqob tayyorlash uchun albatta tansiq mevalardan foydalanish shart emas. Hamma joydan olish mumkin bo‘lgan o‘zimizning mahalliy mevalar yuzni parvarish qilish uchun juda mos keladi. Biz siz uchun hamma turdagi yuz terilari uchun hartomonlama va foydali niqoblar tayyorlash mumkin bo‘lgan 5 xil yozgi mevalarni tanladik. Olma.  Olmalardan qilingan aralashma yuz terisini mustahkamlaydi va yaxshi tozalaydi. Mayda qirg‘ichda qirilgan olma ajoyib tarzda namlaydi, yangilaydi va vitaminlar bilan ta’minlaydi. Hamma turdagi terilar uchun mos tushadi. Olma sharbati ham juda foydali va uy sharoitida tayyorlanadigan kosmetikada ko‘p ishlatiladi. Olxo‘ri. Olxo‘ri sizning teringizga yumshoqlik va mayinlik bag‘ishlaydi, uni yoshartiradi va mayda ajinlarni tekislaydi. U teri teshikchalarini toraytirish xususiyatiga ham ega. Qariyotgan va so‘ligan terilarni parvarish qilish uchun juda mos. Qovun. Qovun eti oqartiruvchi xususiyatga ega, sepkillarni va boshqa pigment dog‘larni bilinmaydigan qilishda yordam beradi. Qovundan qilingan mevali niqoblar yoshartiruvchi va tozalovchi samaraga ega. Yaxshi oziqlantiradi, namlaydi va taranglashtiradi. Ko‘proq quruq va normal terilarni parvarish qilishda ishlatiladi. Tarvuz. Tarvuz hamma turdagi terilarni parvarish qilish uchun mos keladi. U ajoyib taranglashtiruvchi vositadir. Tarvuz shuningdek tozalovchi va yoshartiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, yuz rangini yaxshilashga yordam beradi. Uzum. Uzum tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud. Undan ajinlarni yo‘qotuvchi, terini tozalovchi, oziqlantiruvchi va uni tekis, tarang qiluvchi ajoyib mevali niqoblar qilish mumkin. Manba: “Lady.tochka.net”
67
1,764
Ayollar
Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi? U bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan 10 ta layfxak
Uy sharoitida gilam va polni tozalashda changyutgichdan foydalanishning faqat kichik bir qismidir. Ushbu texnika yanada ko‘proq narsaga qodir hamda bu bekajonlarni ajablantirishi va xursand qilishi mumkin. Changyutgich yordamida “Noviy ochag” nashri taqdim etgan layfxaklarni amalga oshirish mumkin. Kichik narsalarni topish mumkin Agar zirak yoki uzuk kabi kichik narsalarni yo‘qotgan bo‘lsangiz, changyutgich uni tezda topishga yordam beradi. Obyekt ichkariga kirib ketmasligi uchun changyutgich trubasiga yupqa matoni sochga taqiladigan tasma bilan mahkamlash kerak. Gilamdagi izlarni olib tashlash mumkin Sevimli gilamda mebeldan qolgan iz bormi? Buni osongina tuzatish mumkin. Gilamning zararlangan joyiga bir parcha muz qo‘yib, u to‘liq eriguncha kutiladi. Shundan so‘ng gilam changyutgich bilan tozalanadi va yuzada hech qanday iz qolmaydi. Havoni tozalash mumkin Uydagi havo nafaqat toza, balki xushbo‘y bo‘lishi uchun tozalashdan oldin chang yig‘uvchi qismga efir moyiga namlangan paxta qo‘yish tavsiya etiladi. Allergiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin Allergiya alomatlari uyda ham davom etsa, bu o‘simlik gulchanglari uyga ham kirishi mumkinligini anglatadi, masalan, deraza orqali.  Deraza romlari, tokchalar, shamollatish teshiklari va konditsionerni changdan tozalash tavsiya etiladi. Bunda changyutgich yaqindan yordam beradi. Yong‘inning oldini olish mumkin Agar uyda quritadigan mashina bo‘lsa, unda esda tutish kerak. Chunki u ko‘pincha yong‘inga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi filtrda to‘plangan va jihoz qizdirilganda osongina alangalanishi mumkin bo‘lgan chang bilan bog‘liq. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun filtrni yiliga kamida bir necha marta changyutgich yordamida tozalash kerak. Matrasni yangilash mumkin Uyqu sifati uchun to‘shaklarning tozaligi muhim rol o‘ynaydi. To‘shakni yoqimsiz hidlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bakteriyalardan tozalash uchun sirtga oddiy iste’mol sodasi sepiladi va uni bir necha soatga qoldiriladi. Bu vaqt ichida kukun ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va matrasni yangi holga keltiradi. Shundan so‘ng sodani changyutgich bilan to‘plash mumkin. Kirish qiyin bo‘lgan joylarni tozalash mumkin Changyutgich trubasi yordamida klaviatura, deraza romlari va boshqa kirish qiyin bo‘lgan joylarni changdan tozalash mumkin. Bolani tinchlantirish mumkin Changyutgich shovqin manbai hisoblanadi. Uning monoton shovqini asab tizimini bo‘shashtiradi va tinchlantiradi. Agar bola yig‘lashdan to‘xtamasa, changyutgichda o‘rtacha kuchlanishda yoqib qo‘yish mumkin. Shovqin uning tinchlanishi va hatto uxlashiga ham yordam beradi.
103
2,584
Ayollar
Reebok va Maison Margiela optik illyuziya effektiga ega krossovkalarni taqdim etdi
Reebok va Maison Margiela kompaniyalari yana bir bor hamkorlikdagi ishini taqdim etdi — bu safar klassik Club C modeli qayta yaratildi, deb xabar beradi “Afisha.uz”. Reebok krossovkalari Maison Margiela trompe l’oeil (illyuziya) texnikasi bilan boyitilgan. Oyoq kiyimga original Club C modelining tasviri maxsus qoplama orqali tushirilgan bo‘lib, bu barcha egri chiziqlar va choklarni yagona charm bo‘lagida saqlab qolish imkonini bergan. Model oq va qora ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, ular ikki qismga bo‘lingan “tabi paypog‘i”ga ega bo‘lmagan. Ikkala brend logotiplari yorliqqa joylashtirilgan. Yangi oyoq kiyim 24-martdan sotuvga chiqadi. Uni Maison Margiela va Reebok saytlari orqali 300 dollarga xarid qilish mumkin. Avvalroq Gucci virtual krossovkalarni sotuvga chiqargani, ularni mobil ilova orqali “kiyib ko‘rish” va xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.  Nike qo‘l yordamisiz kiyish mumkin bo‘lgan krossovkalar ishlab chiqardi
82
958
Ayollar
Achchiq ovqat, yalpizli dush va atir: jaziramada salqinlanishga yordam beradigan noodatiy usullar (foto)
Jazirama kunlarda konditsioner ham, ochiq derazalar ham, yengil kiyimlar ham yordam bermaydi. Bunday paytda issiqlik bilan kurashishning nostandart usullariga murojaat qilish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, yozda muzqaymoqdan ko‘ra achchiq ovqat iste’mol qilish foydaliroq, atirlar esa jazirama kunda tetiklashishga yordam beradi. Achchiq ovqat iste’mol qiling Yozda odamlar odatda muzqaymoq kabi muzdek narsalarni yeyishadi. Biroq, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu shirinlik vaqtinchalik ta’sirga ega. Muzqaymoq iste’mol qilgandan keyin bir muncha vaqt o‘tgach, sut yog‘i va shakar tanada issiqlik hosil qila boshlaydi, bu esa uni yanada qizdiradi. Buning o‘rniga, achchiq qalampir yeyishingiz mumkin. Uning tarkibida asab tugunlarini faollashtiradigan va terlashni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar mavjud. Ter bug‘lanib, tanani sovutadi. Biroq issiqda achchiq ovqat iste’mol qilganda uni suv bilan ichish kerakligini unutmaslik lozim. Kofedan saqlaning Kofein o‘z ichiga olgan ichimliklar peshob haydash ta’siriga ega. Shu sababli tana suyuqlik yo‘qotadi. Issiq havoda bu suvsizlanishga olib kelishi mumkin. Yozda salqinlashning eng yaxshi usuli suv ichishdir. Odatda kuniga 6-8 stakan suv ichgan bo‘lsangiz, yozda bu miqdorni oshirish kerak, chunki terlash tanadagi namlikni yo‘qotadi. Yozgi ob-havoga mos keladigan boshqa ichimliklar ham bor. Misol uchun, mevali kokteyl va smuzilar. Biroq mutaxassislar tarkibidagi tabiiy shakar tufayli bunday ichimliklarni kuniga 150 ml dan oshirmaslikni tavsiya qiladi. Yalpizli dush gelidan foydalaning Yalpiz tabiiy sovutish ta’siriga ega. Agar butun tanangizni ushbu o‘simlikni o‘z ichiga olgan dush geli yoki undan tayyorlangan sovun bilan yuvsangiz, dushdan keyin ham ochiq havoda ham uzoq vaqt isib ketmaysiz. Eng yaxshi natijaga erishish uchun sovuq suv bilan yuving. Terini parvarish qilish mahsulotlarini muzlatkichda saqlang Muzdek kosmetik mahsulotlar kunning jaziramasida teri uchun haqiqiy najotdir. Bunday mahsulotlarni sovuqda saqlashdan havotirlanmang: loson, zardob, niqob va namlovchi vositalar past haroratlarda ham o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Kosmetika uchun hatto maxsus mini muzlatgichlar ham mavjud. Dermatologlarning fikriga ko‘ra, ko‘zlar uchun sovuq mahsulotlarni qo‘llash ham shishishni kamaytirishga yordam beradi. Atir seping Atir - issiqlik va namlik bilan kurashishning sinalgan usuli. Uni parfyum suvi yoki parfyumni tabiiy xushbo‘y moylar bilan almashtirish juda mumkin. Mutaxassislar lavanda, neroli va sitrus, shuningdek, yalpiz-mentol va qarag‘ay aromati bo‘lgan mahsulotlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Effektni kuchaytirish uchun parfyumni muzlatkichda ham saqlash mumkin. Nafas olish mashqlarini bajaring Inson faol harakat qilsa, tanasi shunchalik ko‘p issiqlik hosil qiladi. Buning uchun issiqda imkon qadar tez-tez dam olish va og‘ir jismoniy mashqlar qilishdan tiyilish tavsiya etiladi. Buning o‘rniga nafas olish mashqlarini bajaring. Bu stressni yengillashtirishga va asablarni tinchlantirishga yordam beradi. Ventilyator oldiga muz solingan idish qo‘ying Haddan tashqari issiqda ventilyator yordam bermasligi mumkin va hamma ham konditsionerga ega emas. Bunday holda qo‘lbola konditsioner tizimini yasashingiz mumkin. Buning uchun idishni muz bilan to‘ldirish yoki suv bilan to‘ldirilgan litrli plastik shishani muzlatish kerak. So‘ngra bu idishni ventilyator oldiga qo‘ying: havo soviydi va ventilyator xona atrofidagi salqinlikni tarqatadi. Gadjetlar va maishiy texnikadan kamroq foydalanishga harakat qiling Har qanday texnika issiqlik hosil qiladi va atrofdagi havoni isitadi. Albatta, kun davomida noutbuk, telefon, planshet, shuningdek, choynak va mikroto‘lqinli pech kabi turli xil maishiy texnika vositalaridan foydalanmaslik mumkin emas. Biroq quyosh botganidan keyin uyda iloji boricha ko‘proq elektronikani o‘chiring. Ofis stulingizni to‘rli stul bilan almashtiring Yozda qattiq, havo o‘tkazmaydigan materiallardan yasalgan orqa o‘rindiqli stullar, orqa terlashiga olib keladi. Jaziramada mutaxassislar bunday ish o‘rindig‘ini yupqa to‘rli orqa o‘rindiqli stul bilan almashtirishni maslahat berishadi, bu esa salqin havo o‘tishiga imkon beradi va terlashning oldini oladi.
104
4,196
Ayollar
Ta’til mavsumiga tayyormisiz?
Mana, yoz ham yarimlab qoldi, ammo siz hali ham cho‘milish mavsumini boshlamadingizmi? Ta’tilingizgacha hali vaqt bo‘lsa-da, bu haftaning dam olish kunlaridan rohatlanish baxtidan o‘zingizni mahrum qilish degani emas. Tabiat qo‘ynida dam olishni sevuvchi sifatida qayerga borish haqida bosh qotirayotgan bo‘lsangiz, unda bizning maqolamiz aynan SIZ uchun! Biz hafta oxirida hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan dam olish maskanlarining yettitasini tanlab oldik. Bunda ikki kishi uchun eng past narxlar, shuningdek, ajoyib manzaradan rohatlanish, tog‘ havosidan to‘yib nafas olish va cho‘milish mavsumini boshlash imkoniyatlarini hisobga oldik. Xona narxi: 700 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona. Nonushta ichida. Tushlik va kechki ovqatning har biri bir kishi uchun qo‘shimcha 25 000 so‘mga tushadi. Cho‘miladigan joy: Basseynlar bor. Joylashgan joyi: Chorbog‘ Xona narxi: 450 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona va uch martalik ovqatlanish. Cho‘miladigan joy: Plyaj va basseyn bor. Joylashgan joyi: Chorbog‘ Xona narxi: 200 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona. Uch martalik ovqatlanish bir kishi uchun kuniga 50 000 so‘mga tushadi. Cho‘miladigan joy: Basseyn bor (bu xizmat 3 soat uchun qo‘shimcha 10 000 so‘mga tushadi). Joylashgan joyi: Chorbog‘ Xona narxi: 560 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona. Nonushta ichida. Uch martalik ovqatlanish bir kishi uchun 70 000 so‘mga tushadi. Cho‘miladigan joy: basseyn bor. Joylashgan joyi: Chimyon Xona narxi: 500 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona. Nonushta ichida. Restoranda tushlik va kechki ovqatning har biri bir kishiga 15 000-20 000 so‘mga tushadi. Cho‘miladigan joy: Basseyn bor. Joylashgan joyi: Chimyon Xona narxi: 960 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona va to‘rt martalik ovqatlanish. Cho‘miladigan joy: Basseyn bor. Joylashgan joyi: Xumson Xona narxi: 440 000 so‘m. Nima kiradi: Ikki kishilik xona. Nonushta kiradi. Restoranda tushlik va kechki ovqatning har biri bir kishiga 25 000-30 000 so‘mga tushadi. Cho‘miladigan joy: Basseyn bor. Joylashgan joyi: Chimyon Aziz o‘quvchilar, siz qayerlarda dam olishni xush ko‘rasiz? Bu haqdagi javoblaringizni kutib qolamiz.
29
2,159
Ayollar
Yosh onalarga sovg’a qilish mumkin bo‘lgan foydali buyumlar (foto)
Farzand dunyoga kelishi quvonchli voqeadir. Ota-onalarni tabriklash uchun kelgan mehmonlar odatda sovg‘a sifatida o‘yinchoq, pinetka va bolalar kombinezonini olib keladi. Afsuski, bu narsalar bolali onaning o‘ziga foyda keltirmaydi. Bunday vaziyatda qanday sovg‘a ko‘proq foydali bo‘lishini quyida bilib oling. Taglik va nam salfetkalar Taglik, shubhasiz, yangi onalar arsenalidagi eng ko‘p ishlatiladigan narsalardan biri va ular hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Shu sababli ota-onalarga bir nechta qo‘shimcha tagliklar berish juda foydali ish bo‘ladi. Avval ular qaysi brend va boshqa xususiyatlarni afzal ko‘rishini aniqlab olgan ma’qul. Xuddi shu narsa nam salfetkalar uchun ham amal qiladi — ular bolali uyda doim kerak bo‘ladi. Kosmetika vositalari to‘plami Bola tug‘ilgandan keyin tashvishlar shunchalik ko‘payadiki, o‘zingizga vaqt topish juda qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun har qanday ona o‘zining sevimli kosmetika to‘plamini sovg‘a sifatida olishdan juda mamnun bo‘ladi. Qulay pijama Bola tug‘ilgandan so‘ng ayollar odatda birinchi haftalarda qulay narsalarni kiyishni xohlashadi, ammo avval sotib olganlari torlik qiladi. Shuning uchun unga keng pijama yoki uy kiyimlari do‘koniga sertifikat berib, xursand qilishingiz mumkin. Suv idish Qulay va katta idishda suv olib yursangiz, tez-tez ichasiz va organizm suvsizlanmaydi. Suv idishni funksionalligiga qarab tanlagan ma’qul: issiqni ko‘proq ushlaydigan termos yoki muz bo‘laklarini ham solsa bo‘ladigan kattaroq shishali idish kabi. Tayyor ovqatlar yoki foydali gazaklar Tug‘uruqdan so‘ng ba’zida ovqat pishirish u yoqda tursin, hatto ovqatlanishga ham vaqt topish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ovqat qilish haqida tashvishlanmaslik imkoniyatini berish bunday vaziyatda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsadir. Agar o‘zingiz biror narsa pishirish imkoniga ega bo‘lmasangiz va nima buyurtma qilishni bilmasangiz, meva, yong‘oq, oqsilli batonchalar va boshqa sog‘lom gazaklarni sovg‘a sifatida tanlashingiz mumkin. So‘rg‘ich va qisqichlar Taglik kabi har qanday onaga so‘rg‘ich doim kerak bo‘ladi, chunki ular kuniga bir necha marta yo‘qolishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda bolaning kiyimlariga osongina yopishtiriladigan, so‘rg‘ichni yerga tushirmaslik va ularni yo‘qotmaslik imkonini beradigan maxsus qisqichni sovg‘a qilgan yaxshi. Katta ryukzak Farzandli bo‘lgandan so‘ng qulay va keng ryukzak juda kerak bo‘ladi. Oddiy sumkalardan farqli o‘laroq, u qo‘llaringizni bo‘shatish imkonini beradi, shu bilan birga o‘zingiz bilan kerak bo‘lgan hamma narsani — tagliklar, salfetkalar, ovqat idishi, bola kiyimlari va hokazolarni olib yurishingiz mumkin. Bolalar aravachasi qo‘lqoplari Ehtimol, bunday qo‘lqoplar bema’ni sovg‘a bo‘lib tuyular, ammo qishda aravachada yuradigan onalarga juda kerak bo‘ladi. Ularning odatiy qo‘lqoplardan ustunligi shundaki, ular tutqichga biriktirilgan. Shuning uchun uydan chiqayotganda ularni unutmaysiz, cho‘ntagingizga solib qo‘yish ham shart emas.
66
2,971
Ayollar
Uy tozalashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Eng ozoda uy bekalari ham uy tozalashda ko‘pincha xatolarga yo‘l qo‘yadi. Bugun biz bu xatolarning eng keng tarqalganlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Oshxonada noxush hidni sezdingizmi? Agar hamma joyning tozaligiga va chiqindilar o‘z vaqtida tashlanganligiga amin bo‘lsangiz, buning sababi, anchadan beri tozalanmagan axlat chelagi bo‘lishi ham mumkin. Axlat solinadigan idishni, hech bo‘lmasa, bir haftada bir marta iflos joylarni tozalovchi maxsus vosita yordamida tozalab qo‘ying. Mikroblarning bir joydan ikkinchi joyga tarqalishi oldini olish uchun, har bir joy uchun alohida lattalardan foydalaning. Klaviaturani muntazam ravishda, chang va boshqa narsalardan antiseptik yordamida tozalab turing. Eng ko‘p ushlanadigan joylar bo‘lgani uchun ham aynan shu yerda bakteriyalar ko‘p to‘planadi. Shuning uchun, bu joylarni ikki haftada bir marta dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida tozalash zarur. Uyda yangi gubka bo‘lmasa, iflos bo‘lsa ham eskisini ishlataveramiz. Eski gubkani suvga botirib olib, mikroto‘lqinli pechga 1—2 daqiqaga qo‘ying, yuqori haroratda hamma mikroblar yo‘qoladi va bemalol tozalashda davom etaverasiz. Ko‘pchilik tozalovchi vositalar qurigandan so‘ng, quyosh ta’sirida oyna yuzasida dog‘ qoldiradi. Shu sababli, deraza oynalarini bulutli kunlarda tozalagan ma’qul.
39
1,293
Ayollar
Zamonaviy uslub yaratish uchun sviterni qanday kiyimlar bilan kiyish kerak?
Agar sviter kiyish shunchaki oddiy uslub deb hisoblansa, bu, albatta, biroz noto‘g‘ri fikr. Sababi undan ham kutilmagan va ajoyib obrazlar yaratish mumkin. Bunga yulduzlar ko‘rinishida guvoh bo‘ling. Viktoriya Bekhemdan o‘rnak olsa arziydi, u keng sviterni plissirovkali yubka bilan uyg‘unlashtirgan. Ushbu uslub kuz-qish mavsumiga juda mos keladi. Agar yana qo‘shimcha qilishni istaydiganlar bo‘lsa, poshnali oyoq kiyim va sumkadan foydalanishi mumkin. Qora rangli sviterlar hamisha uning egasiga o‘zgacha ko‘rinish baxsh etadi. Uzun etik hamda yubka yordamida oddiygina sviter yanada boyitilgan. Ushbu uslubdan, albatta, yupqa matolardan issiq fasllarda ham foydalanish mumkin. Hattoki kechki ziyofat va uchrashuvlarga ham ushbu ko‘rinishda tashrif buyurish tavsiya etiladi. Sviterni zamonaviy keng shimlar bilan uyg‘unlashtirish ham ajoyib uslubni kashf etadi. Ayniqsa, yupqa matodagisi uni osongina kamar ichiga qayirib olishga yordam beradi. Sviter nafaqat isitadi, balki uning yorqin rangi kayfiyatga ham ta’sir o‘tkazadi. Qizil, pushti yoki sariq kabi ranglar klassik uslubdagi kostyum-shimlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Sviter va yubka, bu ham ajoyib tanlov. Ayniqsa, baland poshnali oyoq kiyim ushbu uslubga juda ham mos keladi. Kuz va bahor mavsumida eng ko‘p qo‘llaniladigan obrazlardan biridir. Ko‘pchilik jinsi shimlarni faqatgina kundalik hayotda kiyish mumkin, deb o‘ylaydi. Ammo uni sviter va klassik uslubdagi tufli bilan birlashtirish natijasida ziyofat va uchrashuvlarga ham kiyish mumkin. Yorqin va katta o‘lchamdagi sviterlarni shim va krossovka bilan birlashtirish mumkin. Bunday uslub do‘stlar bilan uchrashuvga mos keladi. Charm matosi hech qachon urfdan qolmaydi. Uni sviter va baland poshnali oyoq kiyim bilan uyg‘unlashtirish esa yangi obrazni namoyon qiladi. Sviterni mono uslubda ham kiyish mumkin. Bunday ko‘rinishdagi ayollar shaharning gavjum ko‘chalarida ham ko‘proq uchraydi. Havo isib ketganda esa uni shunchaki yelkaga tashlab olish kifoya.
75
1,989
Ayollar
Eskirgan va kiyish tavsiya qilinmaydigan 5 yozgi libos
Moda olamida tendensiyalar va urflar muntazam ravishda yangilanib turadi. Trendlarga befarq bo‘lmagan ayol-qizlar yildan-yilga qulay, erkin harakatlanish mumkin bo‘lgan, ortiqcha bezaklarsiz ham didli ko‘rinadigan liboslar urfga kirayotganini yaxshi biladi. Lekin ko‘pchilik garderobida dolzarb deb o‘ylab olib qo‘yilgan kiyim-kechaklar ham yo‘q emas. Shunday nozik jins vakillari uchun yoz kunlari qanday liboslar kiymaslik kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz. Tirtiq va yirtiqlari bor jinsi shim Bunday uslubdagi shimlar uzoq vaqt davomida zamonaviy qizlar uchun sevimli liboslardan biri bo‘lganiga qaramay, bugunga kelib tartibli va bel qismi baland bo‘lgan shimlar urfga kirdi. Alternativ sifatida yoz fasli uchun banan shaklini esga soluvchi, oq yoki och rang jinsi shimlarni tanlash tavsiya qilinadi. Shortik va uzun mayka Shortik bilan furbolka, mayka bilan esa shim yoki yubka kiyish kerak. Shortik bilan mayka kiyish kishi qomatini to‘rtburchak qilib ko‘rsatib qo‘yadi. Bunday ko‘rinishga ega bo‘lmaslik uchun shortikni bel qismi balandini tanlash va kamar yoki yozgi lentalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu qomatni chiroyli va ixcham, oyoqlarni esa uzun qilib ko‘rsatadi. Uzun ko‘ylak va poshnali tufli Maksimal darajada uzun, kamiga gulli printli ko‘ylak kiyib, poshnali tufli kiyish va aksessuar sifatida shlyapa kiyish tavsiya qilinmaydi. Ayollik latofatiga bu qadar ko‘p urg‘u bermaslik kerak. Oddiy didli kiyinish va shlyapa bilan obrazni to‘ldirish, gulli libos bilan esa oq krossovka yoki keta kiyish maslahat beriladi. Nazokatni aks ettirgan yaxshi, lekin me’yorida va kundalik bo‘lmagan obrazlar bilan. Kalta, keng yupka va top Avvallari bunday kiyinish va poyabzal sifatida poshnali tufli tanlash, ayollik nafosatini aks ettirish uchun eng dolzarb usullardan biri bo‘lgan, ammo hozir emas. Agar siz latofatli ko‘rinishni istaydiganlardan bo‘lsangiz, gulli yoki xol-xol printli yozgi keng ko‘ylakka e’tiboringizni qaratish, oyoq kiyim sifatida esa qulay va harakatlanish uchun oson bo‘lgan baletka yoki bosonojkalar tavsiya qilinadi. Kapri va futbolka Avvallari dolzarb bo‘lgan kaprilarning bugun urfdan qolishiga, bugungi kunga kelib dizaynerlar yopishib turadigan, qomatdagi muammolarni yaqqol ko‘zga tashlanishiga sababchi bo‘ladigan kiyim-kechaklardan qochib, erkin va qulay harakatlanish mumkin bo‘lgan trendlarni ilgari surayotgani sabab. Kapri o‘rniga keng va havo o‘tkazadigan, bel va oyoqlardagi kamchiliklarga e’tibor tortmaydigan kyulotlarni tanlashingiz mumkin. Obrazni oddiy oq futbolka va minimal oyoq kiyim, kechki tadbirlar uchun esa yorqin rangli bluzka va uchli tufli bilan muvaffaqiyatli yakunlash mumkin.
54
2,647
Ayollar
Ilk ajinlar paydo bo‘lganida yuz terisi parvarishida e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar
Ayollarning yuzida ajini ko‘paygani sari vahimasi ham shunga yarasha ortib boraveradi. Lekin bu qayg‘urishga arzimaydi, hamisha yosh ko‘rinishni xohlaydiganlar 30 yoshdan so‘ng yuz parvarishiga alohida e’tibor qaratsa bo‘lgani. Pardoz-andoz, salomatlik, to‘g‘ri ovatlanish haqida juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ular, albatta, yoshlikda yaxshi natija berishi mumkin. Ammo qarilik belgilari sezila boshlaganda-chi? Cosmopolitan nashri mutaxassisdan ushbu savolga batafsil javob oldi. Yuzni qattiq tozalashdan voz keching Hozirda tanadagi o‘lik hujayralardan qutulishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy yosharish usuli –pilingdan foydalanishingiz mumkin. Masalan, skrablar tarkibida mavjud qattiq moddalar qarish holatiga o‘tayotgan yuz terisini zararlaydi. Shuning uchun skrablardan foydalansangiz tarkibida yuzga botuvchi moddalarsiz vositalarni tanlang. Kollagen miqdorini ko‘paytiruvchi krem tanlang Yosh o‘tib borgan sari asosiy muammo  –  teri kollagen ishlab chiqarishda sustlashadi. Shuning uchun ham ajinlar paydo bo‘lmasligi uchun qarishga qarshi kremlardan foydalanish kerak, shundagina kollagen miqdori ortib, ajinlarni “haydash”ga yordam beradi. Oddiy namlantiruvchi “Quruq terilar uchun” yoki “Normal terilar uchun”  kremlari endi siz uchun emas, kollagen ishlab chiqaruvchi kremlar esa foyda keltirishi tabiiy. Zardobdan foydalaning Zardob – moddalarga to‘yingan mahsulot. Oddiy kremlardan farqli jihati shuki, u bir qancha faol moddalarni o‘z ichiga oladi. U haqiqiy foydali qismlarning kokteyli, ta’siri ham shunga yarasha. Agar undan sira ham foydalanmagan bo‘lsangiz, unda “taomnomangiz”ga qo‘shishning ayni vaqti. Bo‘yin sohasini unutmang Aytingchi, siz kremdan foydalanganingizda aynan qaysi joyga ko‘proq e’tibor qaratasiz? Faqat yuz va bo‘yinning tepa qismimi? Afsuski, ko‘pchilik ayollarning ham xatosi shunda. Ammo ayollar bo‘yinning pasti hamda ko‘ksi tekis va tarang bo‘lishini istaydi. Buning uchun parvarish borasida saxiy bo‘lmoq kerak. Yuz uchun qarishga qarshi foydalanayotgan kremdan aynan bo‘yin atrofiga ham surting. Chunki badan uchun mo‘ljallangan losyon hech qanday yoshartiruvchi xususiyatga ega emas. Limfotugunlarni uqalang Umid qilamizki, qachonlardir yuzingizni kosmetologlarga ishonib topshirasiz va professional parvarishni unutmaysiz. Shuni ham yodda tuting, ayollar 35 yoshdan so‘ng har 6 oyda bir marotaba limfotugunlarni uqalatishi zarur. Shu orqali tanada qon aylanishi yaxshilanadi, terining elastikligi oshadi va organizmda qarish jarayoni sekinlashadi. Kundalik rejangizni ushbu tavsiyani ham kiritib qo‘ying, amal qilish esingizdan chiqmasin. Haftada ikki marotaba yuz uchun niqob tayyorlang Siz faqat zarurat tug‘ilgandagina yuz uchun niqob tayyorlashga o‘rganib qolganmisiz? Unday bo‘lsa, bu ishingiz noto‘g‘ri. Aslida haftada bir marotaba yuzni niqob bilan oziqlantirish me’yor hisoblanadi. Masalan, A va E vitaminlari bilan oziqlantiruvchi niqob juda foydali, shuningdek, qarishga qarshi intensive niqobdan ham foydalaning. Tarkibida kollagen, elatstin, B vitaminlari va gialuron kislotasi borligiga ahamiyat bering. Pardozni gidrofilik moy bilan tozalang Yuz qismida eng nozik teri ko‘z atrofi hisoblanadi. Aynan ayollar pardozini yuvishda eng ko‘p zarar beradigan joy ham shu. Tush qoldiqlarini sovun bilan yuvib ketkazishga urinmang. Maxsus moylar bilan tozalang. Pardozni yuvishda gidrofilik moy, keyin esa iliq suvda yuving. Yana bir yaxshi variant – zardob. Uning tarkibida ham yog‘ mavjud, teri qurimaydi. Ajinlar paydo bo‘lishining sababi pardozni tozalashda teri qizarguncha ishqalayverishdir. Taomnomangizga sabzavot sharbatini qo‘shing Haqiqiy go‘zallik – ichki go‘zallik ekanidan barchaning xabari bor. Terining yosh ko‘rinishiga yordam bermoqchi bo‘lgan ayollar eng avvalo, ishni taomnoma tuzishdan boshlashi kerak. Kundalik ovqatlarni tamoman emas, qisman o‘zgartirish, vitaminga boy kokteyl ichishingiz kerak bo‘ladi. Ko‘kat, yangi karam sharbati tarkibida elastiklikni saqlashga yordam beruvchi moddalar mavjud. Qo‘llaringizga ahamiyat bering Eng qizig‘i shundaki, ayol kishining yuzi qancha yosh ko‘rinsa-da, qo‘llar barchasini sotib qo‘yadi. Qo‘l terisini ham parvarish qilish uchun maxsus kremlardan foydalanish hamda ratsionni qaytadan tuzib chiqish zarur.
95
4,240